Jdpu antiplag uz (ID: 3921) Tashkilot: Hisobot "Antiplag. Uz" servisi tomonidan taqdim etilgan hujjat to'G'risidagi ma'lumotlar
Adib hikoyalarida xarakter muammosi
Download 1.15 Mb. Pdf ko'rish
|
document-merge64706adba9f0e
1.2. Adib hikoyalarida xarakter muammosi.
Har bir davr hikoyachiligi o‘ziga xos g‘oyat murakkab va xilma-xil fikrlarga boy bo‘lib, turlicha tasvir yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi. Shuningdek bugun ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotda yuz berayotgan voqealarni, inson hayotida, ruhiyatida, orzu istaklarida, yashash tarzida sodir bo‘ladigan hayotiy haqiqatlarni kichik janrda badiiy ifoda etishning turli tamoyillari kuzatilmoqda . Adabiyot – so‘z san’ati. “San’atning betakror salohiyati ham shundaki, u ayni shu davrdagi odamlar ongi shuurini, hayot nafasi va jamiyat ehtiyojlarini tasvirlanayotgan mazmunga singdirib yuboradi. Natijada o‘sha ifoda ob’ekti 22 10 16 barcha xalqlar va elatlarning nazarini tortadigan, e’tiborini qozonadigan mohiyati bilan umumbashariy qadriyat maqomiga ega bo‘ladi” 1 .. O‘zbek hikoyachiligida qahramon obrazini, uning xarakterini xolis o‘rganish, tarixiy haqiqatlarni badiiy haqiqatga aylantirish, qahramonlarni shaxs sifatida butun murakkabliklari bilan birga tasvirlash, ijodkor badiiy niyatini ramziy talqinlarda ifodalanishini kuzatish, hikoyalarni badiiyat mezonlari asosida tekshirish hamda o‘zbek hikoyachiligida qahramon xarakterini ochib berish muhim masalalardan biridir. Inson hayotga bir bor keladi. Shu sabablimi doimo baxtli yashashga harakat qiladi. Esini tanigandan boshlab o‘z baxtini, quvonchini maqsadlarida, hayollarida chiza boshlaydi. O‘ktam Usmonov hikoyalarida ham baxt ortidan kelgan qayg‘uni, kech kelgan baxtni, baxtsizlikni o‘z qo‘li bilan yaratgan insonlar taqdirini ko‘rishimiz mumkin. Kimningdir hayotdan juda erta ketishi kimningdir baxtiga sababchi bo‘lganligini yozuvchining “Yana kelgan baxt” hikoyasida ko‘rishimiz mumkin. Xususan, adibning bu hikoyasida ko‘ngil deb atalgan o‘ziga xos dunyoning bir ko‘chasiga nigoh tashlanadi. O‘ktam Usmonov hikoyalarini birma- bir o‘qir ekanmiz ularning orasida ko‘pchiligi boshqalariga o‘xshamas, biridagi taqdirlar, qahramonlar, syujetlar boshqasida kuzatilmaganligini ko‘ramiz. Lekin ba’zi hikoyalarini o‘qiganimizda, o‘zaro o‘xshash qahramonlarni, o‘xshash taqdirlarni ko‘ramiz. Balki yozuvchi xuddi shunday insonlarni hayoti davomida ko‘rgan, ular bilan yaqindan tanish bo‘lgandir. Bu narsa esa, asar qahramonlarining xarakter xususiyatlari orqali ifodalanadi. “Yana kelgan baxt” hikoyasi qahramoni xarakteri bilan emas balki tashqi ko‘rinishi tomonidan ham “Jala” qahramoniga o‘xshaydi. Ikkovi ham ayolidan juda erta ayrilgan, kichkina qiz farzandlari bor. Qizlarning yosh xususiyatlarida biroz farq bor. Ikkala qahramon ham atrofdagilarning “qachon uylanasan”, “qachongacha so‘qqabosh bo‘lib yurasan” degan nasihatlaridan bezigan edilar. “Yana kelgan baxt” bosh obrazi vakili 1 Раҳимжонов Н. Истиқлол ва бугунги адабиёт “Ўқитувчи”, 2012. 27 бет. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling