Jdpu antiplag uz (ID: 3921) Tashkilot: Hisobot "Antiplag. Uz" servisi tomonidan taqdim etilgan hujjat to'G'risidagi ma'lumotlar


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/32
Sana18.06.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1582087
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32
Bog'liq
document-merge64706adba9f0e

10
15


17 
Kamoliddin kuchli sog‘inch, ruhiy iztirob, xorg‘inlik, unutib bo‘lmas xotiralar 
tufayli uyqusiz tunlarni bedor o‘tkazar edi. Ayolining vafot etganiga ikki yil 
bo‘lgan bo‘lsada, boshida uni qattiq qumsar, vaqt o‘tgani sayin esa oz-moz 
yuraklari tasalli topib borardi. Ba’zida atrofdagilar unga xotini bilan bog‘liq 
xotiralarni eslatar, ba’zida esa keksalar, mahalla raisining uylan degan 
dashnomlarini eshitib yana ayolini esga olardi. Muallif tomonidan keltirilgan 
jumlalar orqali ham Kamoliddinni qanday xarkterga ega ekanligini ko‘rishimiz 
mumkin: 
“Bir xil erkaklar borki, xotini betob yotgandayoq, “peshonam shu ekan”, 
deydi-yu, boshqasini mo‘ljallab qo‘yadi. Lekin Kamoliddin Rashidaxon bilan o‘n 
uch yil oralaridan qil o‘tmay, og‘iru yengilni baravar tortishib, bir-birlariga shu 
qadar ko‘nikib ketgan ekanlarki, bechora jon beray deyotganda ham Kamoliddin 
o‘lim degan bedodlikni aqliga sig‘dirolmay, “U ketsa, mening qolishimdan nima 
ma’no?” deb yurak-bag‘ri o‘rtandi. Ta’riflar orqali Kamoliddinni ayolini chin 
dildan sevgan, hurmat qilgan, oilasini hamma narsadan ustun qo‘ygan, o‘zgalarga 
hamda ayoliga qattiq gapirmagan, mehnati orqali ro‘zg‘or tebratgan inson sifatida 
hayolimizda gavdalantirishimiz mumkin. Ammo Rashidaxonning o‘limidan so‘ng 
ikkita qo‘shnisining biri ro‘mol, biri jemfer olib chiqib “Shu narsalar sizlarnikida 
turib tursin, deb bergandilar rahmatlik,”-deganlari esa Kamoliddinning ozgina 
hasisroq ekanligini ifodalaydi. Muallif qahramonlarni hech birini bejiz shunchaki, 
tanlamagan. Qahramonlarning xarakter tuzilishidagi bir-biridan yiroqlik go‘yo bir-
birini to‘ldirgandek bo‘ladi. Lekin bu yerda qo‘shni ayollar obrazining 
kiritilishining sababi Kamoliddinning xarakterida kamchilik borligini, ya’ni 
yuqorida aytganimiz ozroq xasislik, be’tiborlik borligini ko‘ramiz. Uning bu 
xususiyatini Rashidaxonning necha yillardan beri kiyilib tamom bo‘lgan paltosida 
ko‘ramiz. Muallif tomonidan: Kamoliddin Rashidaxon tirigida u-bu narsani ayasa 
ayagandiru, ammo o‘lgandan keyin butun borini to‘kib tashladi,”- deya keltirilgan 
jumlalaridan ham Kamoliddinda ziqnalikka o‘xshash bir salbiy bo‘yoqdorlik 
borligini ko‘rishimiz mumkin. Ammo o‘lgan o‘lib ketdi, endi shuncha qilganni 
3


18 
kimga nima foydasi bor, o‘lgan tirilib kelarmidi, axir o‘lding o‘chding-degan gap 
bejizga aytilmagan. Kamoliddinning xarakterida jahli tezlikni, ammo shu jahlni 
yengishlikni, og‘ir-bosiqlikni ko‘ramiz.
Ularning qizlari Xosiyat esa borgan sari onasini eslar, doim uni qumsab 
yig‘lardi. Qanchalik urinmasin, otasining daldasi tufayli yangi keladigan onasini 
kutib olishda kuch to‘playdi, hammadanda o‘zini baxtli ko‘rsatishga harakat qiladi. 
Lekin foydasi bo‘lmaydi, qo‘shnisi Suyima xolaning gaplari xuddi onasining 
ovozidek eshitiladi, onam tirilib keldi deya ostonada xushidan ketadi. Yozuvchi 
murg‘akkina bo‘lishiga qaramay kuchli, serg‘ayrat, mehnatkash, oqko‘ngil qizni 
Xosiyat obrazida tasvirlagan hamda uning qayg‘uli, mungli chehrasini ham chizib 
bera olgan. Sog‘inch o‘ti har tarafdan kuydirsada, atrofdagilarning, qarindosh-
urug‘larining mehribonchiligini, unga ma’yus, rahmdillik bilan qarashlarini, hamda 
o‘zgacha munosabatda bo‘lishlarini aslo yoqtirmasdi.
Iztiroblar iskanjasida qolgan Kamoliddin esa kattalarning gaplariga 
ko‘nishga majbur bo‘ladi. Uning yakkayu yagona yo‘li qayta oila qurish edi. 
Bunga Xosiyatning qanday qarashini u sezib tursada, ammo boshqa iloji 
yo‘qligini his qilardi. Aynan xarakterlar shuni ko‘rsatib beradi. Yozuvchi 
Kamoliddinni ikkinchi bora uylanishida qanchalik dovdirab, o‘zini yomon his 
etayotganligini, hijolat chekib atrofdagilarning ko‘ziga qaray olmayotganligini 
tasirli bo‘yoqlarda chizib bergan.
Shu narsani alohida qayd etish kerakki, Qodiriy, Oybek, Ayniy, Cho‘lpon, 
Fitrat kabi mashhur yozuvchilarimiz ham badiiy asar yozishga kirishishdan oldin, 
eng avvalo mavzu taqozosiga ko‘ra, qalamga olinayotgan ma’lum tarixiy davrni 
chuqur ilmiy va huquqiy asoslarida o‘rganib chiqqanlar.
1
O‘ktam Usmonov 
ijodida ham ko‘rishimiz mumkinki, ularning bolalik kunlari, eshitganlari va 
ko‘rganlari, umuman olganda ishonarli voqealar, hayotiy tasvirlar qalamga 
olinadi. Kitobning fazilati yozuvchilik san’atining asosiy va muhim tomoni 
1
Sharq yulduzi. 2012-yil, 153-bet. 


19 
sanaluvchi xarakter yaratish mahoratining tekshirilishida ko‘rinadi. Xarakter 
yaratishda esa, albatta, inson ruhiyati masalasi asosiy unsur sanaladi. Mana 
shunday mehnat evaziga dunyoga kelgan asarlarning umri ham, qadri ham ulug‘ 
bo‘ladi.
“Xarakter va uning psixologiyasi tahlili adabiyotning kamoloti, yozuvchining 
mahorati darajasini belgilovchi omildir”.
2
Xuddi shunday O‘ktam Usmonov ham 
qahramonlari ruhiyatini, xarakter-xususiyatlarini o‘z maromida, badiiy yo‘sinda 
kerakli jumlalar va ta’riflar orqali tasvirlab, hikoyaning keng qamrovli bo‘lishida 
katta ish qilgan. 
“Yana kelgan baxt” hikoyasida esa kechroq bo‘lsada, hayotiga baxt kirib 
kelgan qiz yana kimningdir dunyosiga baxt tariqasida kirib kelishini, jajjigina qalb 
uchun og‘riqli bo‘lgan quvonchning ta’sirli tomonlarini, insonlar xarakteri, 
qahramonlarning o‘zlarida his qilmagan nuqsonlarini yaqqol ko‘rishimiz mumkin.
Adib hikoyalari sarlavhasiga e’tibor berar ekanmiz, bunda ham teran ma’no 
ayni bir qahramonning xarakter-xususiyati asosida tanlangan nomni ko`ramiz. 
Masalan, “Sayribog` qushlar” hikoyasini o`qib boshlaganimda aynan bu hikoya 
qishloq, undagi turish-turmush, odamlar, bog`-u rog`lar haqida bo`lsa kerak deb 
o`ylagandim. Ammo hikoyani o`qir ekanman, bu fikrim tubdan xato ekanlini 
bildim. Hikoya oddiy bir talaba yigit tomonidan so`zlab beriladi. U kuzatishlari 
asosida sayribog` qushlar birikmasi qo`llangan bo`lib, bu so`z go`zal, latofatli bir 
ayolga nisbatan ishlatilganligini ko`ramiz.
O‘ktam Usmonovning yuqorida tahlilga tortilgan “Nomus” hikoyasi 
qahramonlarining xarakterida atrofdagi insonlarning fe’l-atvorini ko‘ramiz. Farruh 
ota-onasining mehnatlari qadriga yetmagan, oila-a’zolarining mehribonliklariga 
nisbatan ko‘rnamaklik qilgan, oilaning muqaddas tushunchalarini o‘ziga yod deb 
bilgan, o‘tkinchi hoyu-havaslar bilan yurgan aniqrog‘ini aytganda to‘qlikka 
sho‘xlik qilgan obraz hisoblanadi. Yozuvchi bu obraz orqali aynan hozirgi davrda 
2
G. Sattorova “Milliy xarakter va badiiy talqin”. – T:.“Fan” 2002-yil. 


20 
o‘sib-ulg‘ayayotgan yoshlarning hayotini, taqdirini xarakterlari asosida ochib 
bergan. Hamda kitobxonlarni Bozor Hamroevich, Iqbolxon, Farruhning ahvoliga 
tushib qolmaslik uchun ogoh bo‘lishga undaydi. Bozor Hamroevich esa aynan 
qaysi o‘rinda xato qilganini anglay olmagan, farzand tarbiyasida noto‘g‘ri yo‘lni 
tanlagan, ayoliga mehr-muhabbatda bo‘lgan shaxs obrazi sifatida gavdalantirilgan.
Yozuvchi bu hikoyasida ramka unsuri bo`lmish sarlavhadan unumli 
foydalangan bo`lib, bu orqali hikoyaning ma’no-mazmuni, obrazlar xarakteri 
mohirlik bilan ochib berilgan. 
Hikoya nomini izohli lug`atlarda “sayribog`” so`zini “sayrbog`” holida bergan 
bo`lib, sayrgoh ma’nosini bildiradi. Hikoyaning bosh qahramoni talaba yigit ham 
domlaning ikkinchi xotinini sayribog` qushga o`xshatadi. Chunki ayol bazm-u 
jamshid, ko`ngilxushlik hamda dunyo kezishni juda sevardi. Shuning uchun ham 
shu xarakterlarni yuzaga chiqarish uchun ayolga nisbatan qush so`zini keltirgan.
Hikoyada domlaning birinchi xitini va ikkinchi ayolining xarakterlari o`zaro 
komflikt qilib olingan. Birinchi ayolining xarakterida xushmuomalalik, 
mehnatkashlik, samimiylik,farzandlariga mehribon, tinib-tinchimas bir ayolni 
ko`radigan bo`lsak, ikkinchi ayolining fe’l-atvorida esa tanoz bir xurliqo ayollarga 
xos bo’lgan xislatlar bilan birga noziklik, xushchaqchaqlik, gapga chechanlik, 
quvnoq davralarni xush ko`ruvchi ayolni ko`ramiz. Domlaning birinchi ayolining 
ismi Ma’rifat, ikkinchi ayolining ismi esa Shoira bo’lib, ularning dunyoqarashi 
turish-turmushi, fe’l-atvori ham bir-birlaridan tubdan farq qilib, qanday qilib 
Ma’rifat opaga o`rganib qolgan domlaning ko`ngli bir zumda boshqa bir insonga 
bog`lanishi mumkin. Hikoyani o`qir ekanmiz, qahramonlarning Shoiraxonga 
qarab: “Mana shu ayol Davron Bakirovichning ikkinchi ayoli bo`ladi”,- degan 
gaplariga umuman ishongimiz kelmaydi.
Ma’rifat opa tirikligida Davron Bakirovich har kuni ishga xuddi yangi 
kuyovlardek yasanib, savlat to`kib borardi. Har kuni toza yoqali dazmollangan 
ko`ylak va bejirim kastyum-shim kiyib kelardi. Bitta kastyum-shimni tez-tez kiyib 


21 
kelsa ham ammo har kuni turli bo`yinbog` taqib kelardilar. .Tuflilarini hat daqiqa 
artib turadigandek, aksing ko`rinadigan darajada yaltillab turardi. Talaba qizlar 
yuradilar”,-der edi. Hamma domlaning bunday ko`rinishda yurishiga sabab bo`lgan 
uning ayolini ko`rishni xohlardi. Lekin ko`pchilik domlaning ayollarini o`zgacha 
tasavvur qilardi.
Davron Bakirovich xarakterida ham boshqa domlalarga xos bo`lgan fe’l-
atvorni ko`rishimiz mumkin. Masalan, hikoya qahramoni bo`lmish talaba tilidan 
aytilgan mana bu parchada domlaning xarakter belgilaridan ba’zilariga guvoh 
bo`lamiz: 
“Institutning birinchi kursida birinchi soatni bizga shu Davron Bakirovich 
o`tgan edi; u o`zbek sovet adabiyotidan dasr berardi.Ko`p yillik malakasi tufayli u 
ma’ruzaga shu qadar chechan bo`lib ketgandiki, eshitib to`ymasdik. U 
hammamizga mehribon edi, besh yil davomida biron studentga ovozini baland 
qilganini masalan, men eslayolmayman; jahli chiqsa faqat achitib olar edi. Shunda 
ham jahlini chiqargan bolaga yaqin borib, deyarli uning o`ziga gapirar, shu sababli 
domla nima deganini ko`pincha eshitmay qolardik. “
3
Akbatta bundan ko`rinyaptiki, domlaning xarakterida ko`ngilchanlik, 
xushmuomalalik, murosaga kelishish, asabiylashmaslik hamda sabr-toqatni ham 
ko`rishimiz mumkin.
Birinchi ayoli Ma’rifat opa esa tinim bilmas, o`zini o`ylamas, farzandlari eri 
uchun jonini fido qilguvchi ayol edi. U ham Shoiraxonga o`xshab Alloh bergan 
omonat jonini avaylab, dunyo kezib, har kuni turli liboslar kiyib, bo`ynini durlarga, 
qo`llarini tillo zanjirlarga to`ldirib, xushbo`y atirlardan sepib, odamlar orasida 
ajralib yashasa bo`lardi, axir uning ham shunday yashashga xaqqi bor ediku. Lekin 
u bunday qilmadi. Farzandlari tarbiyasi uchun ertalabdan kechgacha ular bilan vaqt 
o`tkazib, ularning toza ozoda yurishi uchun har kuni qo`li kir tog`oradan chiqmay, 
oilasiga vaqtida issiq ovqat tayyorlab, jonini fido qilgan haqiqiy o`zbek ayollaridan 
3
O’ktam Usmonov. Sirli sohil. –T.:” G’afur G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti”. 1981-yil, 
14


22 
biri desak bo`ladi. Ma’rifat opaning domlaga nisbatan ham ko`rsatilgan shunday 
mehr va e’tiborlari tufayli ham domla butun universitetda ko`zga ko`ringan inson 
edilar. Ko`pchilik talabalardan tortib domlalargacha ham barchasi Davron 
Bakirovichga har tomondan havas qilar edilar. Albatta bunga eng katta sabab 
Ma’rifat opa edi. Chunki Ma’rifat opa o`lganlaridan keyin Shoiraxonga kuni 
qolgan domlaning ahvoli butunlay o`zgarib ketgan edi. Bir paytlar barcha havas 
qiladigan Davron Bakirovichdan hozir asar ham qolmagandi. Buni biz hikoya 
yakunlanishida ham ko`ramiz: Lekin shunday bo`lsa ham men Davron 
Bakirovichni bari bir bu ahvolda ko`rarman, deb sira o`ylamagan edim. Ustidagi 
oddiy chit ko`ylagi dazmollanmagan, keng shimi xuddi qopdek shalvirab, 
gavdasini battar ayanchli ko`rsatar edi. O`zi esa nihoyatda qarib, bukchayib 
qolibdi; qo`lida kattakon sumka, bamisoli og`irligidan qaddi egilib ketayotgandek. 
Yo`lda ham u nimanidir zo`r berib o`ylab boryapti shekilli, ajin to`la peshonasini 
mahkam ushlab olgan; yoki boshi og`riyaptimi- bilib bo`lmas edi. Qorin qo`ygan, 
ko`kragi ichkariga botib, yuz- ko`zi nihoyatda so`lg`inlashgan edi… 
Agar Ma’rifat opa tirik bo`lganida balki bunday ahvolga tushmagan 
bo`larmidi.
O‘ktam Usmonovning yuqorida tahlilga tortilgan “Nomus” hikoyasi 
qahramonlarining xarakterida atrofdagi insonlarning fe’l-atvorini ko‘ramiz. Farruh 
ota-onasining mehnatlari qadriga yetmagan, oila-a’zolarining mehribonliklariga 
nisbatan ko‘rnamaklik qilgan, oilaning muqaddas tushunchalarini o‘ziga yod deb 
bilgan, o‘tkinchi hoyu-havaslar bilan yurgan aniqrog‘ini aytganda to‘qlikka 
sho‘xlik qilgan obraz hisoblanadi. Yozuvchi bu obraz orqali aynan hozirgi davrda 
o‘sib-ulg‘ayayotgan yoshlarning hayotini, taqdirini xarakterlari asosida ochib 
bergan. Hamda kitobxonlarni Bozor Hamroevich, Iqbolxon, Farruhning ahvoliga 
tushib qolmaslik uchun ogoh bo‘lishga undaydi. Bozor Hamroevich esa aynan 


23 
qaysi o‘rinda xato qilganini anglay olmagan, farzand tarbiyasida noto‘g‘ri yo‘lni 
tanlagan, ayoliga mehr-muhabbatda bo‘lgan shaxs obrazi sifatida gavdalantirilgan.
O‘ktam Usmonov hikoyalarida insonning jamiyatda, oilada tutgan o‘rni, 
oilaviy turmush, turmushning mushtlari, hayot sinovlarining oldida egalib 
qolmasligimizni, to‘g‘ri yo‘lni doim qalbimizga quloq solib anglab olishimiz 
lozimligi haqidagi ibratlarni o‘zida aks ettiradi. Yuqorida aytganimiz “Yana kelgan 
baxt” hikoyasi qahramonlari taqdiri bilan o‘xshash qahramonlarni biz “Jala” 
hikoyasida ham ko‘rishimiz mumkin. Bu qisqa hikoya muallifning kuzatuvchi 
sifatida ko‘rgan-bilganlarini aytib berishi natijasida yaratilgan ya’ni muallif 
tomonidan hikoya qilingan. Hikoyada Kamoliddinga o‘xshab ayolidan juda erta 
ayrilib qolgan inson obrazini hamda ona mehriga to‘ymagan Xosiyatga o‘xshash 
Yulduz obrazini ko‘rishimiz mumkin. O‘ktam Usmonovning qisqagina 
hikoyalarida olam-olam ma’no yashiringan. “Jala” hikoyasi qahramoni Asqarjon 
ayolidan ayrilsada, boshqa bilan taqdirini hayoliga keltirmas, hattoki unga hech 
kimning rahmi kelishini xohlamas, shu tufayli bolasiga o‘zgacha mehr berar, uni 
onasini sog‘inmasligiga harakat qilardi. Doim qizchasini qo‘ymas, uni buyuk otalik 
mehri bilan parvarishlardi. Lekin Asqarjonni bunday og‘ir judolikka uchraganidan 
xabari yo‘q insonlar esa uning shlapa kiyib yurishini laqab qilib olgan, Asqarjonni 
esa xotinidan qo‘rquvchi kimsa sifatida qabul qilishardi. Hikoya qahramoni 
xarakter jihatdan Kamoliddin obraziga juda ham o‘xshaydi, lekin unda hech 
qanday salbiy tomonlarni yoki nuqsonni ko‘rmaymiz. Asqarjon Kamoliddinga 
nisbatan farzand tarbiyasiga katta mas’uliyat bilan yondoshadigan, ayriliqdan 
so‘ng esa o‘zini qo‘lga olgan va bundan keyingi hayotini qizining tarbiyasi, 
kelajagi uchun sarflaydigan obrazdir.  

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling