Jigar kasalliklarida parhezning ahamiyati


Jigarga yoqadigan vositalar


Download 25.43 Kb.
bet4/5
Sana18.12.2022
Hajmi25.43 Kb.
#1028674
1   2   3   4   5
Bog'liq
Jigar kasalliklarida parhezning ahamiyati

Jigarga yoqadigan vositalar: Xushbo’y dorilar (Za’faron va rayxon sharobi) Qoramayiz
Anjir Limon
Olma va sabzi soki Sut mahsulotlari
Qaynatma va dimlama ovqatlar ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
Jigar kuchsizligida tavsiya etiladigan parhez taomlar:
ovqat asosan g’aliz va yopishqoq bo`lmasligi kerak.

-chala pishirilgan tuxum.
-asal
-sho’rvalar (asosan mayiz qo’shib dorchin va murch bilan xushbo’y qilingan anor doni sho’rvasi)
-rayhoniy sharob, gulsafsar sharobi yaxshi foyda beradi.
Jigar kasalliklarida qo`llaniladigan dorivor o`simliklar Arpabodiyon - a`zolardagi chiqindilarni chiqarishda hazm sistemasi a`zolari kasalliklarida keng qo`llaniladi. Arpabodiyon mevasining qaynatmasi qorin dam bo`lganda,mizoj sustlashganda yelni haydovchi sifatida ishlatiladi.
Za`faron - jigarni quvvatlovchi, o`t haydovchi, xushbo’y va noyob dorivor sifatida ishlatiladi.
Sachratqi - o`simligi ildizining qaynatmasi ishtaha ochuvchi, ovqat hazm qilishini yaxshilovchi ta`sir ko`rsatadi. Sachratqi va moychechak gullari aralashmasidan tayyorlangan qaynatma jigar , taloq, buyrak va me`da kasalliklarida o`t haydovchi, siydik haydovchi sifatida qo`llanilib kelinmoqda.
Do`lananing mevasi guli va bargi ishlatiladi. Mevasidan tayyorlangan ekstrakt va damlamalar jigar , o`t -tosh kasalliklarida, yurak faoliyatining funksional buzilishlarida davolash maqsadida ishlatiladi .
Limono`t - ko`p yillik yovvoyi o`simlik. Tarkibida vitamin- C, 0,33 % gacha efir moyi, 0,55 % gacha flavonoidlar, organik kislotalar, qand, 16,56 % gacha oshlovchi va boshqa moddalar bor. Limono`t bargi damlamasi jigar, oshqozon, yurak kasalliklarida, kamqon kasalliklarida, tomir tortishganda va boshqa hollarda og’riq qoldiruvchi hamda surgi dori sifatida ishlatiladi
Sabzi - Vitaminlarga boy, jigarda uglevod almashinuvini va ovqat hazm bo`lishini yaxshilaydi yurak qon tomirlar faoliyatida nuqsonlar bo`lganda tomir devorlarini kengaytiruvchi, tinchlantiruvchi omillar sifatida ta`sir ko’rsatadi. Yurak atrofida, to’sh orqasida hosil bo`ladigan og’riq xurujlaridan holi qiladi.

Olmaning tarkibida qand moddasi, turli xil kislotalar, C, B vitaminlar, organizm uchun zarur bo`lgan tuzlar ham bor. Yurak va jigar kasalliklarida kamqonlik va bundan tashqari oshqozon ichak yo`lini yallig’lanishida ham ishlatiladi
Sarsabil - Lolagulllar oilasiga mansub ko`p yillik o`simlik. O`simlikning ildizlari, poyasi, mevasidan foydalaniladi. U qimmatli sabzavot mahsuloti sifatida ham foydalaniladi. Uning tarkibida organizm uchun nihoyatda zarur bo`lgan lizin moddasi, A vitamin, B1, B2,B6,C, PP vitaminlari bor. Qon bosimini pasaytiradi, yurak va jigar faoliyatini uyg’unlashtiradi, periferik qon tomirlarini kengaytiradi

Download 25.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling