- Jigar yetishmovchiligi sindromi - jigami organizmning hayot faoliyati uchun muhim
- bo‘lgan ko'p sonli vazifalarining chuqur buzilishi, u yoki bu darajada yaqqol namoyon
- bo'lgan asab - ruhiy o'zgarishlar va jigar komasi rivojlanishigacha bo'lgan holatlar bilan
- bog'liq.
- Jigar yetishmovchiligi kechishi va klinik-morfologik xususiyati dinamikasi bo'yicha
- o'tkir va surunkali bo'ladi. O'tkir jigar yetishmovchiligi bir necha soat yoki kun ichida
- rivojlanadi va aniq namoyon bo'lgan va tez rivojlanib boruvchi klinik simptomlar bilan
- kechadi. Surunkali jigar yetishmovchiligi bir necha oy yoki bir necha yillar davomida
- rivojlanadi va klinik belgilaming sekin va bosqichma-bosqich namoyon bo'lishi bilan
- xarakterlanadi.
Klinikasi va tashhislash. Jigar yetishmovchiligi jigar to'qimasining yallig'lanish simptomlari, parenximatoz yoki xolestatik sariqlik, shish-assitik va gemorragik sindromlar, gepatogen ensefalopatiya, endokrin buzilishlar va boshqa bir qator o'zgarishlar bilan namoyon bo'lishi mumkin. Uning klinik belgilari turli-tuman bo'lishiga qaramay, asab-ruhiy buzilishlar va gepatodepressiya indikatorlarini pasayishi hamda gemorragik sindrom kasallikning og'irlik darajasini baholashda muhim ahamiyatga ega bo'lgan asosiy mezoni hisoblanadi. Kichik jigar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlami umumiy holsizlik, emotsional noturg'unlik, kayfiyatni tez o'zgarishi bezovta qiladi. Organizmni alkogolga va boshqa toksik ta’sirlarga ega bo'lgan moddalarga nisbatan tolerantligi pasayadi. Yuklamali sinamalar bilan o'tkazilgan laborator tekshirishlarda yengil o'zgarishlar aniqlanadi va bu jigaming metabolik faoliyati (gepatotsellyular yetishmovchiligi yoki gepatodepressiyada zardobli biokimyoviy sindrom) buzilganligidan dalolat beradi. Birinchi bosqich, prekoma, ensefalopatiya belgilari avj olib boradi; xavfsirash va
Do'stlaringiz bilan baham: |