Jihozlar va loyihalash asoslari


Download 399.19 Kb.
bet7/213
Sana05.01.2022
Hajmi399.19 Kb.
#226045
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   213
Bog'liq
Jihozlar va loyihalash asoslari (T.Otaqo'ziyev, M.Iskandarova)

2.1. Metallar va qotishmalar
Po‘lat. Ishlatilish sharoiti va muhitiga qarah kimyoviy jihozlarni yasashda turli-tuman materiallar ishlatiladi. Noagressiv yoki kuehsiz agressiv muhit bilan to‘qnashuvchi qurilmalarni yasashda oddiy (GOST
11

www.ziyouz.com kutubxonasi


380-71) va sifatli (GOST 1050-74) uglerodli poMatlar keng ishlatiladi.


Ularning tarkibida 0,06 dan 0,6% gacha uglerod bo‘ladi.

Achitilish darajasiga qarab po‘lat uch turga boMinadi. «Yuvosh po‘lat» tarkibida FeO ning miqdori juda kam bo‘lganligi, uning maxsus metall qoliplarda «xotirjam» qotishini ta'minlaydi. Bunday po‘lat «cn» belgisi bilan tamg‘alanadi. «Qaynovchi po‘lat» batamom achitilmagan boMganligi tufayli, ular maxsus metall qoliplarda qotayotgan FeO ning po‘lat tarkibidagi uglerod bilan reaksiyaga kirishishi natijasida metalldan CO pufakchalari ajralib chiqadi. Buning natijasida po'latning mexanik va texnologik ko‘rsatkichlari yomonlashadi, sifati ham pasayadi, lekin u po‘latning boshqa turlariga qaraganda arzonroq bo‘ladi. Bunday po‘lat «Kn» belgisi bilan tamg'alanadi. «Yarimyuvosh po‘latlar»—bu oraliq turdagi poMatlar bo‘lib, «nc» belgisi bilan tamg'alanadi.


Kafolatlanayotgan (garantiya berilgan) ko‘rsatkichlariga qarab oddiy sifatli po‘lat uch: A, E, B turda bo‘ladi. A guruhga kafolatlangan mexanik xossaga ega bo‘lgan, B guruhga kafolatlangan kimyoviy tarkibga ega bo‘lgan, B guruhga kafolatlangan kimyoviy tarkibga va mexanik xususiyatga ega bo‘lgan po‘latlar kiradi.
Oddiy sifatli po'latlar quyidagicha markalanadi (tamg‘alanadi): A guruhga mansub po‘lat CT harfi va 0, 1, 2, 3 ,..., 6 (uglerod miqdorining foizda berilgan ulushi) raqamlari bilan belgilanadi. Raqam qancha katta boTsa, uglerodning miqdori shuncha yuqori boTadi, demak, mustahkamligi ham shuncha yuqori, egiluvchanligi esa past boTadi. Masalan, Crlnc, CT3nx, Cr3cn, CT6CH va h.k. B va B guruhlarga mansub poTatlar oldiga tegishlicha quyidagi harflar qo‘yiladi, masalan: BCT2]OI, BCr4cn.
Kavsharlash usulida tayyorlanadigan qurilmalar uchun ishlatiladigan poTat tarkibida uglerodning miqdori 0,4% dan oshmasligi lozim, chunki uning miqdori yuqori boTganda poTat havoda toblanishga moyil boTadi, natijada u sovitilayotganda kavsharlangan joylarda yuqori kuchlanish va toblanish yoriqlari paydo boTishi mumkin.
Qozonlar tayyorlashda va yuqori bosim hamda yuqori haroratda ishlashga moTjallangan apparatlar yasash uchun ishlatiladigan poTat kamida 17% nisbiy cho‘zilishga ega boTishi lozim. Obechaykalarni egish va ikki jo‘va oraligTdan oTkazish paytida material kuchli egilish deformatsiyasiga uchraganligi tufayli cho‘zilish talab etiladi. Shuni nazarda tutish lozimki, bunday poTatlar — 30 -r- 200°C harorat oralig'ida va 1,6 MPa dan yuqori boTmagan bosimda ishonchli ishlaydi.
12

www.ziyouz.com kutubxonasi


20 MPa gacha bosim va harorat — 40 dan 450°C gacha bo‘lgan oraliqda ishlovchi apparatlar markasi 10, 15, 20 bo‘lgan konstruksion sifatli potlatdan tayyorlanadi. Konstruksion sifatli po'latlarda 05, 08, 10, 15, 20, 25 va bundan keyin har 5 oraliq bilan 85 markalarda ishlab chiqariladi. Ularning tarkibida marganes (0,25—0,8%), xrom va krcmniv (0,2%) aralashmasi bo‘ladi. Uglerodning miqdori poMatning markasiga mutanosib bo‘ladi. Misol uchun 25 markali po‘lat tarkibida 0,25% uglerod bo‘ladi.


Uglerodli po‘latlar 60°C gacha haroratda 70—95%li sulfat kislotasiga, kuchsiz ishqorlar eritmasiga va ayrim tuzlar eritmalariga yetarli darajada chidamlidir. Shu tufayli ular sulfat kislota, ishqor va qator mineral tuzlar ishlab chiqarish sanoatida keng qo‘llanadi. Kislota ishlab chiqarish sexlarida uglerodli po‘latlardan, asosan, apparatlaming kislotaga chidamli materiallar bilan qoplanadigan korpuslari yasaladi.
Agressivroq muhitlar va yuqoriroq haroratli sharoitlarda ishlaydigan jihozlarni tayyorlash uchun tarkibida nikel, xrom, vanadiy, titan va boshqa metallar aralashmalari bo‘lgan legirlangan poMatlardan foydalaniladi. Nikel va xrom asosiy legirlovchi elementlardir. Nikel po‘latning korroziyaga chidamliligini va mexanik mustahkamligini oshiradi hamda ularga ishlov berishni yaxshilaydi. Xrom esa po‘latning issiqlikka chidamliligini oshiradi va uning miqdori 11 — 14% bo'lganda po‘lat atmosferada korroziyalanishga bardoshli boMadi (zanglamaydigan poMat). PoMatning korroziyaga bardoshliligiga marganes kam ta’sir ko‘rsatadi. PoMat tarkibida uning miqdori 10—15% ni tashkil qilganda poMatning zarbaga va eroziyaga qarshilik ko‘rsatish xossasi kuchayadi. Shuning uchun bunday poMatlardan tegirmon va maydalovchi uskunalarning ayrim qismlari yasaladi.
PoMat tarkibiga molibden kiritish orqali uning issiq sulfat va fosfor kislotalarga hamda xloridlarga boMgan chidamliligining oshishiga erishish mumkin. PoMatning vodorod ta’siridan korroziyaga: bardoshljligini oshirish uchun uning tarkibiga molibden kiritiladi. Titan va niobiy poMatning kristallararo korroziyaga ta’sirehanligini kamaytiradi.
PoMat markasida legirlovchi elementlar quyidagi harflar bilan belgilanadi: nikel — H, xrom — X, marganes — T, titan — T, molibden

— M, volfram — B, vanadiy — , niobiy — B, kremniy — C, mis — K, aluminiy — K). Harflardan o‘ngda turgan raqamlar legirlovchi ele-ment miqdorini ko‘rsatadi. Agarda uning miqdori 1,5% dan kam boMsa, u holda raqam qo‘yilmaydi. Markaning boshida keltirilgan ikki xonali


13

www.ziyouz.com kutubxonasi


raqamlar uglerod o‘rtacha miqdori foizining yuzdan bir ulushini ko‘rsatadi. Misoluchun: 12X18H10T markali po‘lat tarkibida 0,12%Cr, 18%Cr, 18%Ni va 1,5% gacha Ti bo‘lib, bu po‘lat kimyo sanoatida keng qoTlaniladi. U azot kislotasi, ishqorlar, nitratlar ta’siriga va gaz ta’siridan korroziyalanishga o‘ta chidamli.

PoTattarkibida xromning miqdori yuqori boTganda bu poTat 800°C gacha haroratda ishlashi mumkin. Lekin harorat undan oshishi bilan poTatning mustahkamligi kamayadi. Qurilmalar mustahkamligi hisoblanayotganda buni eTiborga olish zarur. Fosfor kislotasi ishlab chiqarish sanoatida tarkibida molibden va mis boTgan poTat ishlatiladi, 3H-943 yoki OX23H28M3if3T shular jumlasidandir.
15X25T, 15X28T va 15X28 markali xromli poTatlar oksidlanishga va kuchsiz agressiv muhitda ochiq alangada qizdirishga o‘ta chidamli boTib, 1000—1100°C haroratga dosh beradi.

Kuchli agressiv muhitda, 100 MPa gaeha boTgan bosim va 196 dan 700°C gacha boTgan harorat oralig‘ida 10X17H13M2T markali poTat ishlatiladi.


Kimyoviy moddalar ta'siriga chidamliligi yuqoriligi tufayli legirlangan poTatlar kimyo sanoatining turli tarmoqlarida: murakkab tarkibli o‘g‘itlar, fosfor kislotasi, soda va ishqorlar ishlab chiqarishda, azot sanoatida tuzlar ishlab chiqarishda keng qoTlaniladi. Legirlangan poTatlardan yasalgan asbob-uskunalar, xuddi shu sharoit uchun uglerodli poTatlardan yasalgan asbob-uskunalarga nisbatan yengilroq va mustah-kamtoq boTadi. Lekin legirlangan poTatlarning narxi uglerodli poTatlarnikidan yuqori. Shuning uchun kimyo qurilmalarini yasash uchun sanoatda ikki qatlam: asosiy material — uglerodli poTat va muhofazada qatlami legirlangan poTatdan iborat list poTat ishlab chiqariladi. Lekin bunday poTat cheklangan miqdorda ishlatiladi.

Download 399.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling