Jihozlar va loyihalash asoslari
Qurilmalarni sinovdan o ‘tkazish va qabul qilib olish qoidalari
Download 399.19 Kb.
|
Jihozlar va loyihalash asoslari (T.Otaqo'ziyev, M.Iskandarova)
1.2. Qurilmalarni sinovdan o ‘tkazish va qabul qilib olish qoidalari
Bosim ostida ishlaydigan qurilmalarni foydalanishga topshirishda, ya’tti ishlab chiqaruvchi korxonada tayyor boflganidatt keyin, kirnyo korxonalarida yig‘ib bo‘lgandatt so‘ng kavsharlangan choklarining zichligi va pishiqligi, to‘g‘ri yig‘ilganligi, asosiy qism va mexdnizmlarinittg Davlat texnik nazorati qoidalariga binOatt ishonchli ishtashi va germetikligini tekshirib ko'rish uchun ular gidravlik sinovddn o'tkaziladi. Tayyorlagan korxOfla qurilmatti buyurtmachiga uni yig‘ish Va xavfsiz ishlatish borasidagi hasPbri va ko‘rsatmalar bilan birga tOpshiradi. Qurllmaning kbrpusida unittg pasport rria’lurttotlari keltirilgan jadval boflishi lozim. Qurilmani yig‘ib bO‘lgandatt sO‘flg, foydalanishdan awal, shahdr Davlat texflik nazOrat idOralarida ro‘yxatdan o‘tkaziladi va bu haqda uning pdsportiga belgilab qo‘yiladi. . Bosim ostida ishlaydigafl har bir qurilmani 3 yilda bir marta ichki tomonlari ko‘zdan kechiriladi, alohida qo‘shimcha talablar mavjud bo‘lgatt hollardan tashqari, kamida har olti yilda bir marta gidravlik sinOvdan o'tkaziladi. QUrilmani gidravlik siflovdan o‘tkazishda avval, uning tashqi tomonlari ko‘zdan kechiriladi, choklari qasmoqlardan tozalanadi, 9
www.ziyouz.com kutubxonasi
teshiklarning qopqoqiari yopiladi, kichik quvur (patrubok)lar berkitiladi. So'ngra qurilmaga havo batamom siqib chiqarilguncha suv quyiladi, sinov nasosiga ulanadi. Qurilmaga suv kerakli bosimgacha haydaladi va uning devorining qalinligiga qarab, 10—60 min davomida shu bosim ushlab turiladi. Shundan so‘ng bosimni sekin-asta ish bosimigacha tushiriladi, qurilma metall bolg‘a bilan taqillatib urib ko‘riladi, ko‘zdan kechirib chiqiladi. Agar qoldiq deformatsiyalar, darz ketish belgilari, choklardan va zichlangan joylardan suv ketishlar bo‘lmasa, qurilma belgilangan me’yorlarga javob beradi, deb hisoblanadi. Quyma idishlar, shuningdek, 0,5 MPa (5 kgs/sm2) gacha bo‘lgan ortiqcha bosim ostida ishlaydigan barcha idishlar /?k= 1,5 /r MPa [d]20/ (lekin 0,2 MPa dan kam bo‘lmagan) bosimda sinovdan o‘tkaziladi (p — ish bosimi; [d]—20°C harorat va ish bosimida ruxsat etilgan kuchlanish). 0,5 MPa dan yuqori bo‘lgan bosimda ishlaydigan idishlar 1,25 p. [d]20/[d], lekin 0,8 MPa dan kam bo‘lmagan bosim ostida sinaladi, Quyma idishlar, ish bosimi qandayligidan qat’i nazar, ularni ishlab chiqaruvchi korxonalardagi ish bosimidan 1,5 marta yuqori bosimda, kimyo korxonalarida esa 1,25 marta yuqori, lekin 0,2 MPa dan kam bo'lmagan bosimda sinovdan o‘tkaziladi. Vakuum ostida ishlaydigan qurilmalar 0,2 MPa ichki ortiqcha bosim ostida sinovdan o'tkaziladi, bosimsiz ishlaydigan idishlar esa suyuqlik quyib tekshiriladi. Choklar va ulangan joylarning zichligini tekshirish uchun ko‘pincha oddiygina «kerosinli tekshiruv» usuli qo‘llaniladi. Bunda qasmoqlardan tozalangan chokning tashqi tomoniga bo‘r surkaladi, ichkari tomoni esa kerosin bilan ho'llanadi. Agar choklarda yoriqlar bo‘lsa, kerosin so‘rilib bo‘rning rangini qoraytiradi. Baland tik qurilmalar (ustunlar)da suyuqlik ustuni hisobiga ostki bosim ustki bosimdan ancha farq qOadi. Agar bunday qurOma bosimsiz ishlashga mo'ljallangan bo'lsa, u holda, gidravlik sinov o‘tkazilsa, qurOmaning pastki qismida yoriqlar paydo bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bunday qurilmalar pnevmatik sinovdan o‘tkaziladi. Bunda gidravlik sinovga qaraganda xavfsizlik choralari jiddiyroq ko'riladi. Bunda bosim ish bosimidan 5— 10% gagina yuqori bo‘ladi. Kompressor yordamida kerakli bosim yaratilgandan so‘ng u o‘chiriladi — ventil yopib qo‘yiladi va uzoq vaqt mobaynida bosimning pasayishi aniqlanadi. Sovun eritmasi yordamida havo chiqayotganjoyni aniqlash qiyin emas. Bu holda sinov o‘tkazilgunga qadar qurilma taqillatib tekshirib turiladi. Pnevmatik sinov o'tkazilayotganda Davlat texnika nazorati xodimi ishtirok etishi shart. 10 www.ziyouz.com kutubxonasi Download 399.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling