Jihozlar va loyihalash asoslari


BOB. KIMYO SANOATI ASBOB-USKUNALARI YA ULARGA Q O ‘YILADIGAN TALABLAR


Download 399.19 Kb.
bet3/213
Sana05.01.2022
Hajmi399.19 Kb.
#226045
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   213
Bog'liq
Jihozlar va loyihalash asoslari (T.Otaqo'ziyev, M.Iskandarova)

BOB. KIMYO SANOATI ASBOB-USKUNALARI YA ULARGA Q O ‘YILADIGAN TALABLAR


1.1. Kimyo sanoati jihozlariga qo‘yiladigan umumiy talablar
Kimyo sanoatida turli maqsadlarga mo'ljallangan juda ko‘p asbob-uskunalar ishlatiladi. Kimyoviy jarayonlar kechadigan jihozlarga qo‘yiladigan talablar to‘la bajarilgandagina yuqori texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan olib borilishi mumkin.
Kimyo sanoatida ishlatiladigan asbob-uskunalar nihoyatda pishiq va yuqori mexanik mustahkamlikka ega bo‘lishi bilan birga, atrof-muhitni ifloslantirmasligi va xavfsiz bo‘lishi zarur. Kimyo sanoati asbob-uskunalarining ishonchliligi ularning mustahkamligi, uzoq vaqt xizmat qilishi va germetikligi bilan xarakterlanadi. Asbob-uskunalarning xarakteristikalariga alohida to‘xtalib o‘taylik.
Asbob-uskunalaming mustahkamligi uning uzoq vaqt xizmat qilishi va xavfsiz ishlashiga qo‘yiladigan talablar bilan uzviy bog‘liq. Lekin jihoz loyihalanayotganda, uning og‘irligi va narxini nazarda tutgan holda, ma’lum bir mustahkamlik chegarasi belgilanadi.
Ayrim asbob-uskunalar uchun asosiy talab mustahkamlik emas, balki uning bikirligi hisoblanadi. Masalan, bikirlikka qo‘yilgan talablarga binoan tashqi bosim ostida ishlaydigan silindr shaklidagi ustki korpuslar (o6euaiiKanap)ni katta o‘lchamli turli qoplamalar bilan o ‘raladigan (futerovka qilinadigan) idishlar va asbob-uskunalar devorlarining bikirligi hisoblanadi.
Asbob-uskunaning uzoq muddat xizmat qilishi uning muhim ko‘rsatkichlaiidan hisoblanadi. Qurilmalaming ko‘p turlari uchun xizmat muddati 10—12 yil qilib belgilanadi va bu muddat amortizatsiya uchun mablag1ajratilayotganda inobatga olinadi. Asbob-uskunalaming haqiqiy xizmat muddati esa (2 xil xizmat ko‘rsatish muddati), odatda, bu ko‘rsatkichlardan ancha yuqori bo‘ladi.

Xizmat ko‘rsatish muddati ko‘p omillar, jumladan, jihozlarning korroziya va erroziyadan yemirilishiga bog‘liq. Jihozning ma’naviy jihatdan eskirishini hisobga olsa, ularning xizmat ko‘rsatish muddatini katta qilib rejalashtirish har doim ham tejamkorlikka olib kelavermaydi. Yuqoriroq iqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishish uchun asbob-uskunalarni ma’lum muddatdan so‘ng yangi, ish unumi yuqori va takomillashganlari bilan almashtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.


Hozirgi paytda konstruktorlar ayrim jihozlarning xizmat muddatini 7

www.ziyouz.com kutubxonasi


6 yil qilib belgilamoqdalar. Lekin ma'naviy eskirmaydigan, tez-tez va narxi qimmat ta’mirlashni talab qilmaydigan asbob-uskunalaming xizmat muddatini qisqartirishning hojati yo‘q.


Jihozlarning germetikligi, ayniqsa, zaharli, o‘yuvchi, yong‘in va portlashdan xavfli moddalami qayta ishlovchi asbob-uskunalar uchun, texnika xavfsizligi, sanoat ekologiyasi, mehnat muhofazasi nuqtayi nazaridan qo‘yiladigan muhim talabdir. Biologik sistemaga uning tuzilishi va funksiyasini o‘zgartirishga sabab bo‘ladigan moddalar tushishini, ya’ni ularning atrof-muhitga tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Xomashyo va mahsulotlaming isrof bolishining oldini olish uchun ham germetik zichlanmagan qurilmalami foydalanishga topshirish mumkin emas.
Jihozlaming pishiqligi ular tuzilishining oddiyligi, o‘lchamlarining kichikligi, yengilligi, kamyob materiallarning oz sarflanishi, foydali harakat koeffitsientining yuqoriligi bilan aniqlanadi. Pishiqlik qurilmaning texnologik jihatdan kirishimlihgini va foydalanishda afzalligini ta’minlashi zamr.
Texnologiyaga kirishimlilik deganda, qurilma shaklining oddiyligi, arzonligi, uni yasash, yig‘ish va tiklashning oson va qulayligi tushuniladi.
Jihozning foydalanishda afzalligi deganda, uning ta’mirlashga yaroqliligi, texnologik jihatdan ishonchliligi, jarayonning xavfsiz kechishi, transportda tashish va foydalanishda qulayliligi tushuniladi.

Download 399.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling