II BOB. NOORGANIK MODDALAR ISIILAB CHIQARUVCHI KORXONALARDA Q O ‘LLANADIGAN KONSTRUKSION MATERIALLAR
Kimyoviy asbob-uskunalar uchun konstruksion material tanlashda ularning xossalari (kimyoviy moddalarga chidamliligi, mustahkamligi, narxi, oson topilishi) va ishlab chiqarish jarayoni kechadigan sharoit; harorat, bosim, kimyoviy moddaning turi va konsentratsiyasi va h.k. hisobga olinadi. Absolut chidamli materialning o‘zi yo‘q. Kimyoviy chidamliligi yuqori bo‘lgan material yetarlicha mustahkam yoki issiqqa chidamli bo'lmasligi mumkin. Qimmatbaho, lekin mustahkam va korroziyaga chidamli material, undan devorlari yupqaroq va yengilroq qurilmalar yasashning imkoni bo‘lganligi uchun arzon materialdan afzalroq bo‘lishi mumkin. Barcha metall va nometall materiallar u yoki bu darajada kimyoviy yoki mexanik yemiriladi. Qurilmaning ishi, uzoq vaqt xizmat qilishi va ishonchliligi ko‘p jihatdan shu omillarga bog‘liq.
Quyida keltirilgan konstruksion materiallar o‘zining fizjk-kimyoviy xossalari, narxi va kamyobligidan kelib chiqib, taxminan aniq bir sohalarda qo‘llanishga mo‘ljallangan. Istiqbolli yangi materiallarning narxi pastligi, ularni ishlab chiqarishni kengaytirish ayrim eski turdagi konstruksion materiallarning u yoki bu ishlab chiqarishdan siqib chiqarilishiga olib keladi. Masalan, awaldan sulfat kislotasi ishlab chiqarish sanoatida keng qofilaniladigan qo‘rg‘oshin hozirgi paytda deyarli batamom organik konstruksion materiallar—faofit, polietilen, ATM va h.k. tomonidan siqib chiqarilgan. Sodda ishlab chiqarishda yaqin-yaqingacha barcha asosiy jihozlar cho‘yandan yasalgan bo‘lsa, hozirgi paytda ularning ayrim qismlari legirlangan po‘latdan yasalmoqda; yangicha tuzilishga ega bo‘lgan massa almashuv qurilmalarini ichini qoplash uchun titan ishlatish ko‘zda tutilmoqda.
Har bir aniq bir hol uchun konstruksion material tanlashda ular to ‘g ‘risida m a'lum otlar jam langan adabivotlardan — m a’lu-motnomalardan foydalangan ma’qul.
l
Do'stlaringiz bilan baham: |