17
2.2. Nometall konstruksion materiallar
Nometall konstruksion materiallar kelib chiqishiga qarab noorganik nometall materiallar va organik nometall materiallarga bo‘linadi.
Noorganik nometall materiallarga chinni, asbest, emal, diabaz, sopol va shisha kiradi. Ularning ko‘pchiligi o‘ta toza moddalar ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Suyuqlangan diabaz taxminan 48% Si02 va 16% A120 3 dan tashkil topgan bo‘lib, ayrim tog‘ jinslariga 1400°C haroratda marten pechida ishlov berib olinadi. U plavik va kremniy ftorid kislotalaridan tashqari barcha mineral kislotalar ta’siriga chidamli, ishqorlarda yemiriladi. Quyma diabaz toshlar abraziv tavsifida yemirilishga bardoshli va gaz o‘tkazmaslik xususiyatiga ega.
Asbest, asosan, magniy gidrosilikatlardan tashkil topgan ingichka tolali materialdir. Uning xrizotil turi ishqorlar ta’siriga chidamli. Amfibol asbest kislotalarga ham, ishqorlarga ham chidamli. Asbest issiqlikni kam o‘tkazuvchan xususiyatga ega bo‘lganligi uchun undan 600—800°C da ishlovchi qistirmalar tayyorlanadi. Undan yana sathi 1 m2va qalinligi 2—12 mm bo‘lgan taxtachalar, olovbardosh matolar, bog'ichlar va asbest paxta tayyorlanadi.
Sopol, odatda, 50—75% Si02 va 20—39% A120 3 dan tashkil topgan bo‘lib, mineral kislotalar ta’siriga chidamli, lekin plavik kislota (HF ning suvli eritmasi) va ishqorlar, yuqori haroratda esa fosfor kislotasi ta’sirida ham yemiriladi. Sopoldan kislotabardosh g‘ishtlar, taxtachalar, quvurlar va armaturalar, sovitgichlar, ustunlar, nasos va idishlar, adsorbsiya ustunlar uchun uchlik jismlar yasaladi. Mo‘rtligi va mexanik mustahkamligi pastligi sopol buyumlarning kamchiligi hisoblanadi. G ‘ovakligi yuqori (3—10%) bo‘lganligi uchun, ko'rkam ko‘rinish berish uchun ham, undan yasalgan buyumlar, odatda, ichidan va sirtidan sir bilan qoplanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |