Jihozlar va loyihalash asoslari


Texnik xizm at k o ‘rsatish


Download 399.19 Kb.
bet140/213
Sana05.01.2022
Hajmi399.19 Kb.
#226045
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   213
Bog'liq
Jihozlar va loyihalash asoslari (T.Otaqo'ziyev, M.Iskandarova)

Texnik xizm at k o ‘rsatish: dinam ik yuklama ko'taruvchi mahkamlovchi detallarning (shatunli boltlar, shpilka va boshqalar), rasolanadigan detallar (klinlar, mahkamlovchi vtulkalar, podshipniklar), ular orasidagi tirqishlarni tekshirish yo‘li bilan; trans missiyalar, tishli changaklar, uzatuvchi tasma va zanjirlar, fraksionlar, salaniklar va hokazo; moyli va sovituvchi tizimlar, kraterlar, moyli vannalar va moydonlar; korroziyaga ko‘proq uchrashi mumkin bo‘lgan va muhofazalangan yuzalarning holati tekshirib ehiqiladi.
Texnik xizmat ko‘rsatish mazmuni GOST 2601-68 ga muvofiq chegaralangan «Foydalanish bo‘yicha qo‘llanma» yoki «texnik ko'rsatish bo‘yicha qo‘llanma» larga binoan olib boriladi.
Joriv ta’mirlash: detallarning ayrim qismlarini almashtirish; korroziyaga qarshi qoplamalarni butunlay yoki qisman almashtirish; zichlatmalardagi qistirmalarni va mahkamlovchi detallami almashtirish; apparatlami tozalash (masalan, soda ishlab chiqarishda distelyatsiya bo‘limida); fraksion tormoz liniyalarini, troslarni, zanjirlarni almashtirish; podshipniklarni qayta quyish; klapan va shtoklarni o‘yish va so‘ngra silliqlash; porshenli halqalarni almashtirish; saqlaydigan klapanlarni rasolash; buzilgan armaturalarni tuzatish yoki almashtirish; bosim ostida ishlaydigan apparatlarni tekshiruvdan o‘tkazish va Davlat texnik nazorat inspeksiyasiga topshirishni ko'zda tutadi.
Kapital ta’mirlashda sex butunlay to‘Xtatiladi va qayta tiklash ishlari olib boriladi: masalan, mashina yoki apparat to‘la qismlarga ajratiladi yoki yedirilgan detallar almashtiriladi. Bunda qurilma o‘rnatilgan joydan ko'chirilishi mumkin. Kapital ta’mirlashga kamchiliklar vedomosti, xarajatlar smetasi tuziladi, hamda ta’mirlash normativlarini hisobga olgan holda ishlarni tashkil etish rejasi ishlab chiqiladi.
Kapital ta’mirlash hajmiga oshirilgan detal va uzellarni almashtirish yoki ularni montaj qo‘yimigacha yetkazib qayta tiklash; mashinalarni tekshirish, markazlashtirish va balansirovka qilish, zarur bo‘lganda staninani yoki rarhani tekshirish va ularni beton bilan qayta quyish; futerovka katalizatorni almashtirish, muhofaza qoplamalarni qayta tiklash; agregatni almashtiriladigan detal va uzellarini bir xillashtirishga imkon beradigan qilib modernizatsiyalash kiradi.
Kimyo korxonalarida ta'mirlash davomiyligini qisqartirish maqsadida yakka tartibda, stend, seksiya, uzel ta’mirlash usullari joriy etilgan.
Ta’mirlashning vakka tartibdagi usulida apparat va mashinalardan yechib olib qayta tiklangan detal va uzellar xudi shu apparat va mashinaga
2 0 0

www.ziyouz.com kutubxonasi


o‘rnatiladi. Qurilmaning uzoq to‘xtab turib qolishi tufayli ta’mirlashning bu usuli ilg‘or hisoblanmaydi.


Stend usulida ta’mirlanishi lozim bo‘lgan mashina yoki apparat stendga o‘tkaziladi, ularning o‘rniga esa xudi shunaqa yangi yoki awal ta'mirlangan mashina yoki apparat o‘rnatiladi. Bu tariqa ta’mirlashda qurilma yoki mashinalaming turib qolishi kamayadi, ta'mir sifati oshadi, kunduz kunlari ta’mirlash ishlarini olib borishga imkoniyat tug‘iladi. Animo, bu usul faqat gabaritlari uncha katta bo‘Imagan mashinalarni (nasoslar, ventilyatorlar va boshqalar) ta'mirlashda, ularning o‘miga qo‘yishga zaxirada shunga o‘xshash qurilmalar bo‘lgan holda va sexda keng o‘tish va transportda o‘tiladigan joylar mavjud bo‘lgandagina ishlatilishi mumkin. Bu usulda asosan kapital ta ’m ir paytida foydalaniladi.
Seksiva usulidan kam sonli mashina va apparatlarni, agar ularning zaxirasi mavjud bo‘lsa, o'rtacha ta’mirlash uchun foydalaniladi.

Uzel ta’mirlashda mashina va apparatlaming bir qismi zaxiradagi uzellar (aWaldan ta’mirlangan, yangi yoki yasalgan) bilan almashtiriladi. U agar qurilma alohida uzel va agregatlardan tashkil topgan hollarda, masalan, korxonalarda katta miqdorda mavjud bo‘lgan bir tipdagi modellami soni cheklangan qurilmalarni, trasport va quvur uzatish xo‘jaligini ta’mirlash uehun qo‘llanadi. Bu usul qurilmalarning ishlamasdan turib qolish vaqtini keskin qisqartiradi va oehiq maydonchada ta’mirlash ishlarini olib borayotgan personal ishi bu uzellarni faqat montaj va demontaj qi lish bilangina chegaralanishini ta'mirlaydigan maxsus tashkil qilingan ustaxonlarda yasalgan uzellardan foydalanish imkonini beradi.


Mashina va apparatlar kapital ta’mirlangandan so‘ng tarkibiga bosh mexanik, texnik nazorat bo‘limi muxandisi, texnika xavfsizligi bo‘yicha muxandis va ishlab chiqarish boshlig'i kiritilgan hay’atga dalolatnoma bilan topshiriladi.

Qurilmalarni joriy va kapital ta’mirlashga to‘xtatishdan tashqari, sex ishlab turganda ta’mirlana olmaydigan qurilmalarni (gazgoltderlar, ventilyatsiya va kanalizatsiya tarmoqlari, quvurlar va katta quwatga ega bo‘lgan boshqa apparatlar) ta’mirlash uchun davriy to‘xtatishlar ko‘zda tutiladi.


Katta korxonalarda ta’mirlash ishlari ta’mirlash-mexanik sexlarda (TMS) olib boriladi. Shuning uchun TMS ning qurilmalarning ayrim turlarini ta ’mirlash uehun ixtisoslashgan uchastkalari mavjud.
2 0 1

www.ziyouz.com kutubxonasi


Ta’mirlash xizmati: markazlashtirilgan, markazlashtirilmagan va aralash boTishi mumkin. Xizmat ko‘rsatishning markazlashtirilgan tizimida qurilmalarni ta’mirlash TMS ning kuchlari bilan olib boriladi, markazlashtirilmagan tizimda ta’mir ishlari mexanika sexlarining ta ’mirlash uchastkalarida amalga oshiriladi, aralash tizimda ta’mirlashda TMS ham, texnologik sexlarning ta’mirlash boTimlari ham ishtirok etadilar. TMSda qurilmalarni kapital ta'mirlash va ehtiyot qismlarni yasash amalga oshiriladi. Ta'mirlashni tashkil qilishning markazlashtirilgan tizimi samaraliroq hisoblanadi. Kimyo korxonalarida aralash tizim tez-tez qoTlab turiladi.


Ta'mirlash ishlarini markazlashtirish darajasi quyidagi formulaga binoan aniqlanadi:

Km= P/P0 -

(11.1)

bu yerda: P —TMS dagi ishchilar soni; P0 —korxonadagi ta'mirlash personalining umumiy soni.
Ta’mirlashni «Kimyota’mirqurilishmontaj» tresti tomonidan korxonalar o‘rtasida markazlashtirish keng tarqalgan. Bunday tashkilot kimyo korxonalrida ta’mir ishlarini pudrat usulda olib boradi.
Ixtisoslashgan ta’mirlash korxonalari tashkil etiladi. Bunday korxonalarda ta’mirlash ishlarini olib borish yaxshi samara beradi, qachonki:

S, + T + M < S . , boTsa

bu yerda: S —ta'mirlashning ixtisoslashgan korxonadagi tannarxi; T —transport va o‘rab joylashga ketgan xarajatlar; M — qurilmani montaj va demontaj qilishga
ketgan xarajatlar; —kimyo korxonasi sharoitidagi ta’mirlash tannarxi.
Korxonada ko‘p sonli transportda tashish noqulay qurilmalar boTgan taqdirda ta’mirlovchi korxonalarga ko‘ra, ta'mirlovchi treslar iqtisodiy jihatdan qoTayroqdir.
Ixtisoslashgan korxonalar (ta’mirlash treslari, ta’mirlash bo‘yicha boshqarmalar, ta'mirlash uchastkalari) quyidagilarni amalga oshiradi:


  1. ehtiyot qismlarni yasash; 2) mexanizatsiyalash vositalarini yaratish va tayyorlash; 3) ta’mirlash texnologiyasini ishlab chiqish; 4) qurilma va uning ayrim uzellarini almashtiruv jamg‘armasini yaratish.



Download 399.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling