Nasoslar. kompressorlar. gazpuflagichlar va ventiiatorlar —
korxonadan asosan uzatish bilan birgalikda yig'ilgan holda beriladi; ular barcha asosiy qurilish ishlari bajarib bo‘lingandan keyin montaj qilinadi. Kranlardan qurilmani faqat montaj maydonchasiga yetkazib berish uchun foydalaniladi, uning keyingi jildirilishi sirpangich, lebedka, portpl va uchoyoqlar yordamida amalga oshiriladi. Montaj qilingan agregat chiniqtiriladi va yuk ostida sinovdan o'tkaziladi.
Zo‘ldirli tegirmonlar yasovchi —korxonadan ayrim uzellar boMib keladi. Ularni montaj qilish poydevorga umumiy ramani o‘rnatish va uni to‘g‘ri yotqizilganligini tekshirishdan boshlanadi. Undan keyin podshipniklar, baraban, elektrdvigatelli reduktor o‘rnatiladi. Sinash reduktorni ishlatib ko'rib sinashdan boshlanadi, so‘ngra reduktor baraban vali bilan ulanadi va 2-3 soat davomida tegirmon yuksiz ishlatib sinaladi.
Shneklar montaj maydonchasiga alohida seksiyalar holida keltiriladi. Montaj eng oxiridagi seksiyalardan boshlanadi. Seksiyalar qistirmalarda biriktiriladi, vintning ayrim qismlarini esa mufta bilan ulaydilar.
Elevatorlar o‘lchamlariga qarab yigMlgan holda yoki alohida uzellar ko‘rinishida olib kelinadi. Yirik yig‘ishlar bevosita qurilma o‘matiladigan joyning o‘zida olib boriladi. Loyihada ko‘rsatilgan holatga ko‘tarish kran yordamida amalga oshiriladi. Elevatorlami blok-blok qilib yig‘ish ulab uzaytirish yoki o‘stirish usullari bilan olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |