Jihozlar va loyihalash asoslari
Qistirma va tiqinbop materiallar
Download 399.19 Kb.
|
Jihozlar va loyihalash asoslari (T.Otaqo'ziyev, M.Iskandarova)
2.4. Qistirma va tiqinbop materiallar
Qistirma niateriallar. Qistirma ajraladigan bo‘laklarni yig‘ishda ulami zichlash uchun flanes oralig‘iga egiluvchan materialdan qistirma qo‘yiladi. Boltlami tortib mahkamlashda qistirma deformatsiyaga uchrab, zichlangan mustahkam birikma vujudga keladi. Qistirmalar birikmalar orasi yaxshi zichlanishi uchun yetarlicha mustahkam va egiluvchan bo‘lishi, quvurlarning ichki bosim va haroratdan cho‘zilishini qabul qila olishi kerak. Bundan tashqari, ular agressiv muhit ta’sirida o‘z fizik xususiyatlarini saqlab qolishi lozim. Qurilma va quvurlarning ajraluvchi flanesli birikmalari uchun karton, asbest, polipropilen, tekstolit, qo‘rg‘oshin, mis, aluminiy kabi materiallar ishlatiladi. Yog‘ va namakop o‘tadjgan quvurlarning flanesli birikmalarini zichlash uchun qalinligi 0,2 -r 2,5 mm li karton bo‘lakchalari ishlatiladi. Kartonni ivib ketishdan saqlash uchun unga qaynoq mashina yog‘i yoki alif shimdiriladi. Harorati 600°C gacha bo‘lgan quruq agressiv gaz quvurlarini mahkamlashda asbest qistirmalardan foydalaniladi. Bunda qistirmaning qalinligi 4 mm dan oshiq bo‘lmasligi tavsiya etiladi, aks holda bosim ostida osongina ishdan chiqishi mumkin. Paronit 60—70% asbest, 12—15% kauchuk va mineral to‘ldirgichlar, jumladan, 1,5—2% oltingugurt aralashmasini bosim ostida olinadigan material bo‘lib, bug‘ quvurlari uchun asosiy qistirma sifatida ishlatiladi. U mineral kislotalar va ishqorlar oqadigan 150—170°C haroratdagi va ko‘pi bilan 0,3 MPa bosim ostidagi quvurlarni zichlashda foydalaniladi. Gaz quvurlarni zichlashda silhq flaneslarda 2,5 MPa bosimgacha paronit qistirmalarni ishlatish mumkin. Sovuq va issiq suv, mineral kislotalar va ishqorlarning kuchsiz eritmalari bo‘ladigan quvurlarda harorat 50—100°C atrofida bo‘lganda qistirma sifatida turli xil rezinalardan foydalaniladi. Ulardan polisiloksan kauchugi asosida olingan rezina —65 dan 250°C gacha bo‘lgan harorat oralig‘ida ishlash qobiliyatiga ega. Kuchsiz kislota va ishqorlar uzatiladigan quvurlarni zichlash uchun sanoatda 2,5 va 4 mm qalinlikda list ko‘rinishidagi poliizobutilen qo‘llaniladi. Undan bosim 0,05 MPa 24
www.ziyouz.com kutubxonasi
va harorat ±40°C bo'lgan sharoitda foydalanish maqsadga muvofiq. Poliizobutilen va polietilen aralashmasidan tayyorlangan kompozitsiya mustahkam bo‘lib, undan shisha quvurlarni —30±80°C haroratda zichlash uchun qistirma sifatida foydalaniladi. Q o‘shimchalar qo‘shilmagan «toza» polietilan ham qistirma sifatida, masalan, reaktiv xlorid kislotasi ishlab chiqarishda foydalaniladi. Ftorplast o‘ta toza moddalar olishda qurilmalarga qistirma sifatida foydalaniladi. Ftorplast va to'ldiruvchi (asbest, shisha tolasi, bariy sulfat va h.k.) aralashmasini presslab olingan qistirma material — 195 dan 250°C gacha harorat oralig‘ida va 5 MPa gacha bo'lgan bosimda ishlay oladi. Ftorplast ancha barqaror material bo'lib, suyultirilgan azot kislotasi ishlab chiqarishda paronit qistirmalarni yupqa tasma sifatida o‘rashda undan foydalaniladi. Yuqori bosimda ishlaydigan quvurlarni zichlash uehun qo‘rg‘oshin, mis va aluminiydan yasalgan qistirmalar ishlatiladi. Mashina va qurilmalarning salnigida, havo o‘tkazmaslikni ta’minlash maqsadida, tiqinlar va tiqma materiallar ishlatiladi. Paxta, kanop va zig‘irdan yigirilgan iplar (noagressiv muhit uchun), asbest tolasidan yigirilgan ip, shisha-tola, plastmassalar, yumshoq metallar va presslangan grafit (yuqori bosim uchun) shular jumlasidandir. Tiqinlar—yigirilgan ipdan to ‘qilgan yumaloq, to ‘rtburchak va to‘g‘riburchakli kesmaga ega bo‘lgan bog‘ichlardir (shnur). Agar ular val va shtoklarning salnigida ishlatilsa, ularga vazelin, parafin, viskozin va grafit kabi antifriksion tarkiblar shimdiriladi. Bog‘ichlarning mustahkamligini oshirish maqsadida ularga mis yoki latun sim qo'shib to‘qiladi. Hoziigi paytda sanoatda ftorplast-4D kukuniga yog‘ aralashtirib tayyorlangan egiluvchan zichlama material EZM ishlab chiqarish yo'lga qo‘yilgan bo‘lib, u o‘z-o‘zidan yog‘lanuvchi kimyoviy barqaror va issiqqa chidamli (150°C) tiqma material sifatida ishlatiladi. Nasos va kompressorlaming salniklari uchun mo‘ljallangan halqalar mis, bronza, babbit, presslangan grafit, tekstolit va plastmassadan tokarlik dastgohida yasalib, ishqalanadigan yuzasiga sayqal beriladi. Halqalar yaxlit yoki bo‘lak-bo£lak (odatda,2 ta yarim bo‘lak) bo'ladi. Keyingi paytlarda turli xil o‘z-o‘zini moylaydigan kompozitsion materiallar qo‘llanila boshlandi, ular tarkibiga moylash xususiyatiga ega bo‘lgan qattiq moddalar qo‘shiladi. Yuqori bosimda ishlaydigan armaturalar uchun HBjfT -1 va HBjfT - 2 markali tiqmalar ishlatiladi. Ular 32 MPa gacha bo‘lgan bosim va 25 www.ziyouz.com kutubxonasi 250°C gacha haroratga bardosh beradi. Bu asbestdan rezina qo'shib to'qilgan, tashqi tomonidan grafitlangan, ichiga latun sim qo'shib to‘qilgan bog‘ichdir. Download 399.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling