RKZ-720-M 1 rudatermik elektr pechi 1000—1300°C haroratda qaytarish usulida fosfor olish uchun ishlatiladi (40-rasm).
Pech ichi olovbardosh g‘isht bilan qoplangan korpus va suv bilan sovitish uchun ustki qobiqdan tashkil topgan. Pechning pastki qismida ferrofosforni chiqarib turish uchun teshik (ko‘z), uning tubidan 400— 450 mm balandlikda esa toshqolni (shlak) chiqarib yuborish uchun 2 ta ko‘z (teshik) bor. Pech qop’qog‘idagi teshiklardap tutqichga mahkamlab qo‘yilgan elektrodlar pechga tushiriladi, material esa qopqoqdagi boshqa teshiklardan uzatiladi. Elektrodlaming uchi list po'latdan ishlangan. Elektrodlar yonib qisqara borgan sari, elektrodtutqich yordamida elektrodlar pastga tushirila boshlanadi, yuqori qismiga esa elektrodlaming qo‘shimcha seksiyasi kavsharlanadi. Pechga shixta ishlov berilishga qarab aralashma to‘xtovsiz ravishda bunker-larda tarnov orqali tushirib turiladi. Pech gazlarining chiqishiga to‘s-qinlik qilish uchun tarnov va bunkerlar doim shixta bilan to‘lib turishi kerak.
Havo so'rilishining oldini olish uchun pechda 0,3—0,6 kPa ga teng
114
Do'stlaringiz bilan baham: |