Jihozlar va loyihalash asoslari


Chang va tomchilarni gazlardan ajratish apparatlari


Download 399.19 Kb.
bet75/213
Sana05.01.2022
Hajmi399.19 Kb.
#226045
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   213
Bog'liq
Jihozlar va loyihalash asoslari (T.Otaqo'ziyev, M.Iskandarova)

7.2. Chang va tomchilarni gazlardan ajratish apparatlari
Kimyo sanoatida ko‘pgina jarayonlar qattiq yoki suyuq muallaq zarrachalari bo‘lgan gaz muhitdan iborat aerozollar—kolloid sistemalar hosil boflishi bilan kechadi. Changlar, tutunlar (gaz+qattiq zarrachalar) va tumanlar (gaz + suyuq zarrachalar) aerozollarga kiradi.
Muhandislik amaliyotida muallaq zarrachalarnigina emas, balki turlicha, jumladan, cho'kkan chang zarrachalari ham chang deb aytiladi. Chang zarrachalarining o'lchamlari 5—100 mkm, tutun tarkibidagilarniki 0,001—5 mkm, tumandagilarniki 0,3—3 mkm atrofida bo‘ladi. Gaz sistemalarida o‘lchami 0,1 mkm va undan kichik bo‘lgan zarralar broun harakatida bo‘ladi va og‘irlik kuchi ta'sirida cho‘kmaydi.
Bir jinslimas gaz sistemasining fizik holatiga qarab uni ajratish uchun turli usullarni, ayrim hollarda esa bir necha usulni qo'shib qo'llash mumkin. Chunonchi tuman diffuziya, hajm bo‘ylab shimilish (absorbsiya) va boshqa usullar bilan ajratiladi. Portlashdan xavfli issiq gazlarni tozalash uchun tovush yordamida zarrachalarni qo‘shib yiriklashtirish (aglomeratsiya) usuli qo‘llanadi. Bu usul turli xil tarkxbli gaz sistemasiga jadal tovush to‘lqinlarini ta’sir ettirishga asoslangan. Bunda qattiq zarrachalar to'qnashishi natijasida yiriklashadi va ularni tutish osonlashadi.
Bir jinslimas gaz sistemasini tozalovchf qurilmalar quyidagilarga bo‘linadi: quruqlayin tozalovchi— filtrlovchi apparatlar (matodan, tiqma va g‘ovak filtrlar), cho‘ktiruvchi apparatlar (cho‘ktirish kameralari, markazdan qochma apparatlar — aerosiklonlar, inersiya bilan cho‘ktirgichlar, elektr yordamida cho‘ktirgichlar); ho‘l holda tozalagichlar (statistik, havo bilan ko'pirtiruvchi (barbotaj) va ko‘pikli apparatlar, dinamik gazyuvgichlar, inersion, oqimli va markazdan qochma changtutgichlar).
Apparatlar turining ko‘pligi texnologik jarayonlarning, gaz aralashmalari va ulardan foydalanish sharoitlarining turli-tumanligi bilan tushuniladi. Changtutish qurilmalari turli rusumdagi bir nechta
116

www.ziyouz.com kutubxonasi


apparatlardan tashkil topgan bo'lishi mumkin. Jumladan, sulfat kislotasi ishlab chiqarishda pech gazlari awal CK-U,H-34 rusumli siklonlarda, so‘ngra YHT 1-20-3 rusumli elektr filtrlarda tozalanadi. Bunda tozalanish darajasi 99,2—99,9% ni tashkil etadi.



Download 399.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling