Jinaytchi shaxsning krimenal turlarga tasnifi Reja: «Jinoyatchilik»


Download 94 Kb.
bet4/8
Sana23.03.2023
Hajmi94 Kb.
#1289500
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Jinaytchi shaxsning krimenal turlarga tasnifi

Jinoyatchilik tizimi. Ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda har qanday tadqiq etilayotgan obyektni chuqur o‘rganish uning tarkibiy tuzilishini aniq belgilash bilan bog‘liqdir. Biroq tadqiq etilayotgan obyekt (voqelik, jara- yon)ni o‘ziga xos tarkibiy tuzilishi yoki yaxlitligicha o‘rganish ham mumkin. Bu kabi yo‘nalish ham jinoyatchilikni o‘rganishda aniq ifodasini topmog‘i zarur. Gap shundaki, «tizim» atamasi turli sohalarda juda keng qo‘llaniladi va turli ma’nolarda ishlatiladi. Tizim nima, degan savolga javob topish uchun esa, birinchi galda, «tizimsizlik» degan iboraning mazmunini bilish lozim.
Shu o‘rinda jinoyatchilikni misol tariqasida oladigan bo‘lsak, uning «tizimi» qanday yoki «tizimsizligi» nimalarda ifodalanadi, degan savol tug‘i- lishi tabiiy. Jinoyatchilik ko‘p hollarda jinoyatlarning umumlashgan miqdori sifatida e’tirof etiladi. Vaholanki, bu o‘rinda jinoyatchilikni «tizim» sifatida ko‘rib chiqish mumkin emas. Binobarin, jinoyatchilik umumiy va yaxlit voqelik sifatida bir qator jinoyatlar xususiyatlarini integral bog‘liqligini ifodalovchi yaxlit voqelikning ifodasidir.
Bundan ko‘rinib turibdiki, barcha umumlashgan miqdor va tarkiban xilma-xillik integratsiya, ya’ni o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lgan xusu- siyatlarning yaqinlashuvidir. Aynan shu bir-biri bilan yaqinlik va aloqadorlik «tizim» tushunchasining ifodasidir. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda xulosa qilish mumkinki, jinoyatchilik ma’lum bir tizim asosida yoki tizimsiz holda tadqiq etilishi mumkin.
Ma’lumki, jinoyatchilik uchun xos bo‘lgan xususiyat uning bir-biriga o‘zaro bog‘liq bo‘lgan kompleks elementlarining mavjudligidir. O‘z vaqtida jinoyatchilik jamiyatdagi mavjud hodisa yoki sharoit bilan bog‘liq bo‘lgan keng qamrovli tizimdan iboratdir (jamiyatning ijtimoiy tizimi). Jinoyat­chilikning turlari (qiyosan olganda elementlari), o‘z xususiyatlariga ko‘ra, umumiy tizimning bir tarmog‘i hisoblanadi.
Shu bilan birga, ayrim turdagi jinoyatlar ham jinoyatchilik tizimiga kiruvchi elementdir. Shunga ko‘ra, jinoyatchilik o‘z tarkibiga bir-biriga bog‘liq elementlarni mujassamlantirgan holda bir butun tizimni tashkil etadi. Jinoyatchilik doimiy harakatdir, ya’ni keng miqyosidagi ijtimoiy sharoitda o‘zgaradi va o‘ziga xos ko‘rinishga yoki mazmunga ega bo‘lib boradi.
Jinoyatchilikning mazmun va mohiyatiga ko‘ra o‘zgarishi uning ele­mentlarining ham shaklan o‘zgarishiga olib keladi. Jinoyatchilik element- larini o‘zgarishi esa ayrim turdagi jinoyatlar va, umuman, jinoyatchilik turlarining o‘zgarishiga hamda shakllanishiga olib keladi. Bunda jinoyat­chilikning voqelik sifatidagi «tashqi» o‘zgarishlari ro‘y beradi.
Jinoyatchilikni alohida voqelik sifatida ko‘rib chiqish lozim. Chunki uning o‘zi alohida sifatlarga ega va ushbu sifatlar uning elementlarida mavjud bo‘lmasligi mumkin (ba’zi hollarda uning bir sifati bir yoki bir necha elementlarda uchramasligi mumkin).
Ushbu holat o‘ziga xos tizim sifatida faqatgina jinoyatchilikka xos bo‘lgan faoliyatni anglatadi. Zero, jinoyatchilikning jamiyat hayotiga zid bo‘lgan ijtimoiy voqelik kabi sifatini nazarga olmoq zarur. Umuman olganda, jinoyatchilik jamiyat ta’siri ostida, jamiyat nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda doimiy ravishda o‘zgarib turishini ko‘rish mumkin. Biroq, ta’kidlash joizki, hech bir jamiyat jinoyatchilikning rivojlanishini istamaydi, balki jinoyatchilikni illat sifatida «yo‘qotish» chorasini ko‘radi.
Shu tariqa jinoyatchilik o‘zining keng qamrovli o‘rnini boshqa ijobiy o‘zgarishlar uchun «bo‘shatib berishga» majbur bo‘ladi. Bu kabi jarayon ijtimoiy jamiyatdagi mavjud jinoyatchilikni «siquv» ostiga oladi va jinoiy bo‘lmagan ijtimoiy tizim jinoyatchilikka o‘zaro qarama-qarshi kuch sifatida shakllanadi. Aynan shu ijtimoiy tizim jinoyatchilikka qarshi kurash kabi ijobiy voqelikni yuzaga keltirishi va jinoyatchilikning barham topishiga sharoit yaratishi mumkin.

Download 94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling