Jinaytchi shaxsning krimenal turlarga tasnifi Reja: «Jinoyatchilik»


Download 94 Kb.
bet2/8
Sana23.03.2023
Hajmi94 Kb.
#1289500
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Jinaytchi shaxsning krimenal turlarga tasnifi

Jinoyatchilik turlari. Jinoyatchilikning o‘z xususiyatlariga ko‘ra quyidagi ikki turga bo‘linishi hozirgi kunda kriminologiya fani tomonidan e’tirof etilgan. Bular birinchi bor jinoyat sodir etish (birinchi bor sodir etilgan jinoyatning turlari) va qayta yoki retsidiv jinoyatlar (retsidiv jinoyatlarning turlari)dan iboratdir.
Jinoyatchilikning bu ikki turi, o‘z navbatida, ayollar va erkaklar tomonidan sodir etiladigan jinoyatchilik turlariga bo‘linadi. Jinoyatchilikni shu tariqa tabaqalashtirish erkaklar va ayollar jinoyatchiligini yosh jihatdan ham ikki turga, ya’ni voyaga yetgan va yetmaganlar jinoyatchiligiga ajratishni taqozo etadi.
Bugunga kelib kriminologiyada jinoyatchilikning o‘n to‘rt turi mavjud deb e’tirof etilgan bo‘lib, har bir turdagi jinoyatchilik o‘ziga xos bo‘lgan jinoyat guruhlarini mujassamlashtirgandir. Bu esa jinoyatchilikka qarshi kurashni tashkil etishdagi mavjud muammolarni aniq belgilashga yordam beradi.
Bayon etilganlardan ko‘rinib turibdiki, jinoyatchilik elementlarini belgilashda «jinoyatchilikning umumiy holati» va «jinoyatchilikning miqdor ko‘rsatkichlari»ni o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra ta’riflash lozim. Umuman, jinoyatchilikning quyidagi to‘rtta, ya’ni umumiy holati, darajasi, dinamikasi va tuzilishi kabi elementlari mavjuddir.
Jinoyatchilikning tarkibiy tuzilishi. Ma’lumki, jinoyatchilik oddiy arifmetik yig‘indi sifatida miqdoran ko‘rib chiqilmaydi, balki shu jinoyatlar o‘rtasidagi «o‘zaro bog‘liqlik» xususiyatlaridan kelib chiquvchi tarkibiga ko‘ra baholanadi. Jinoyatlarning turlicha bo‘lishi va ular o‘rtasidagi «o‘zaro bog‘liqlik» jinoyatchilikning tarkibiy tuzilishini bildiradi.
Ta’kidlanganidek, jinoyatchilikning tarkibiy tuzilishi ma’lum bir vaqt oralig‘ida u yoki bu hududiy birlikda sodir etilgan alohida turdagi yoki toifadagi jinoyatlarning miqdorini umumiy jinoyatlar hisobida tutgan o‘rnini ifodalaydi. Agar jinoyatlarning umumiy holati va miqdor ko‘rsatkichlari jinoyatchilikning soni va sifatini ko‘rsatsa, jinoyatchilikning tarkibiy tuzilishi uning sifat darajasini anglatadi. Umuman olganda, jinoyatchilikning sanab o‘tilgan barcha elementlari, o‘z mohiyatiga ko‘ra, jinoyatchilikning miqdor va sifat o‘zgarishlarini tahlil etishga yordam beradi.
Jinoyatchilikning tarkibiy tuzilishini bilish bu ijtimoiy-salbiy illatni ilmiy bilishga imkon yaratadi. Ushbu uzviy bog‘liqlikni atroflicha o‘rganish esa jinoyatchilikka qarshi kurashni tashkil etishda katta ahamiyatga ega. Ushbu masalani hal etishda quyidagi ikki yo‘nalishda ish olib borish taqozo etiladi. Birinchisi, jinoyatchilikning ichki tomondan o‘zaro bog‘liqligi va ularning bir butun muammo ekanligi, ikkinchisi, jinoyatchilikning ijtimoiy xavflilik darajasi va jamiyat hayotidagi mavjud u yoki bu ijtimoiy muno- sabatlarda tutgan o‘rni.

Download 94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling