Jinaytchi shaxsning krimenal turlarga tasnifi Reja: «Jinoyatchilik»


Download 94 Kb.
bet3/8
Sana23.03.2023
Hajmi94 Kb.
#1289500
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Jinaytchi shaxsning krimenal turlarga tasnifi

Jinoyatchilik dinamikasi. Jinoyatchilikning ushbu elementi ma’lum bir vaqt oralig‘ida uning harakatlanishi (o‘zgarishi) hisoblanadi. Jinoyatchilik dinamikasi (harakati) deganda faqat jinoyatchilik miqyosi bilan bog‘liq harakat tushuniladi. Biroq bu ushbu tushunchaning tor ma’nosidir.
Jinoyatchilik ijtimoiy-huquqiy illat sifatida. Kriminologiya jinoyat­chilikni ijtimoiy hayotdagi illat sifatida o‘rganadi va uning huquqiy jihatdan mavjudligini ham inobatga oladi. Jinoyatchilik jamiyat uchun xavfli ijtimoiy- huquqiy illat bo‘lib, salbiy xususiyatga ega.
Demak, jinoyatchilik mavjud ijtimoiy voqelikdir. Uning ijtimoiyligi shaxslar tomonidan jamiyatda o‘rnatilgan yashash qoidalarini buzishga qaratilgan nojo‘ya harakat (yoki jinoyat)larning mavjudligi bilan belgilanadi. Jinoyatchilik muammolariga ijtimoiy tomondan yondashilsa, uning ijtimoiy xavfliligini belgilash imkoni yuzaga keladi.
O‘z navbatida, jinoyatchilikning ijtimoiy mohiyati uning jamiyat manfaatlariga mos kelmasligi bilan ifodalanadi. Shuning uchun ham jinoyatchilikning yuzaga kelishi har bir jamiyatning hayot tarzi bilan uzviy bog‘liqdir. Ijtimoiy jihatdan nojo‘ya xatti-harakat (yoki jinoyat) qonun asosida belgilanadi va qonun asosida jazolanadi. Bu esa jinoyatchilikning mohiyatini belgilaydi. Shundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, ji­noyatchilikning ijtimoiy-huquqiy hodisa sifatida tadqiq etilishi kriminologiya nuqtai nazaridan e’tirof etilgan.
Jinoyatchilikni o‘rganishning mohiyati. Har bir ijtimoiy voqelik, shuningdek, jinoyatchilikni o‘rganish ham o‘z mohiyatiga ega. Zotan, krimi­nologiya jinoyatchilikni mavjud voqelik, «yaxlit bir organizm» sifatida o‘rganadi.
Ushbu «organizm» asosan ijtimoiy va huquqiy jihatdan o‘rganiladi. Bu o‘rinda jinoyatchilik umuman yaxlit holatda, uning o‘ziga xos alomatlari ham aynan umumlashgan holda hamda faqat ijtimoiy-huquqiy yo‘nalishda o‘rganiladi, degan fikr kelib chiqmasligi lozim. Ma’lumki, u yoki bu hodisaning mohiyati uning o‘ziga xos ichki va umumiy tavsifi berilishini taqozo etadi.
Shuning uchun ham jinoyatchilikni o‘rganishda uning ichki, ijtimoiy va tashqi xususiyatlari huquqiy jihatdan o‘rganiladi, degan fikrga ham kelmaslik kerak. Jinoyatchilikning birinchi yoki ikkinchi tomondan ko‘rib chiqilishi mohiyatni anglatadi deyish noo‘rindir. Jinoyatchilikni faqat bir tomondan, ya’ni ijtimoiy-huquqiy tomondan yaxlit voqelik sifatida o‘rganish lozim.
Shuningdek, jinoyatchilikni o‘rganish mohiyat jihatidan uning o‘ziga xos bo‘lgan barcha «ko‘rsatkichlarini» mavjudligida ham emas. To‘g‘ri, har bir holatda mohiyat chuqur ma’noga, voqelik esa ko‘p qirrali mazmunga ega va mohiyat ham, voqelik ham bir-biri bilan o‘zaro mutanosiblik asosida shakllanadi, ya’ni mohiyat u yoki bu voqelikni keltirib chiqaradi va ifoda- laydi, voqelik esa mohiyat bilan e’tiborlidir.
Ijtimoiy hayotda jinoyatchilik mavjud bo‘lganligi uchun ham aynan mohiyat jihatidan o‘rganiladi. Chunki jinoyatni mohiyat jihatidan o‘rganish ijtimoiydir, uning mavjudligi esa huquqiy jihatdan belgilanganligidadir. Jinoyatchilikda mohiyat va voqelik chambarchas bog‘langan. Zotan, falsafa nuqtai nazaridan kelib chiqilganda, mohiyat voqeliksiz mavjud emas va mohiyatning o‘zi ham mavjud voqelik ekanligini e’tibordan chetda qoldir- maslik zarur. Shu bilan birga, mohiyat voqelikka xos bo‘lib, doimiy ravishda o‘zgarib turishi mumkin (ya’ni mohiyat jihatidan o‘rganish va o‘rganishga bo‘lgan munosabat ham).
Ko‘rinib turibdiki, jinoyatchilik mohiyatining o‘zgarishi bilan birga, uning mavjudligi ham o‘zgaradi yoki nihoyasiga yetadi. Mohiyat jinoyatchilikning mavjudligini o‘rganish bilan bog‘liqdir. Shundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, jinoyatchilikni mohiyat jihatidan o‘rganish tadqiqotning barcha yo‘nalishlarida uni ijtimoiy-huquqiy voqelik sifatida e’tirof etishni talab etadi.

Download 94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling