Jinaytchi shaxsning krimenal turlarga tasnifi Reja: «Jinoyatchilik»
Download 94 Kb.
|
Jinaytchi shaxsning krimenal turlarga tasnifi
Yashirin (latent) jinoyatchilik. Hozirgi kunda kriminologiyada yashirin (latent) jinoyatlar deyilganda, jinoyatga daxldor ishlarni qonun asosida ko‘rib chiqishga va tergov harakatlarini yuritishga vakolatli davlat organlariga xabar kelmagan yoki tegishlicha axborot-hisob yuritish ro‘yxatidan o‘tmagan jinoyatlarni tushunish e’tirof etiladi.
Ushbu umumiy tushuncha orqali yashirin jinoyatchilikning oddiy, oraliq va sun’iy yashirinlik kabi guruhlari belgilangan. Birinchi guruhga kiruvchi jinoyatlar to‘g‘risidagi xabar tegishli davlat organlariga yoki shaxsga ma’lum bo‘lmaganligi bilan izohlanadi. Ikkinchi guruhdagi holatda esa jinoiy xatti- harakatlar oqibatida ro‘y bergan hodisa jinoyat deb idrok etilmaydi va noaniqligicha qoladi. Uchinchi guruhdagi jinoyatlarda esa jinoyatchilik ho- latlari g‘ayriqonuniy tarzda inkor qilinadi va tegishlicha ro‘yxatga olinmaydi. Sanab o‘tilgan holatlarning har birida o‘ziga xos umumiylik mavjud bo‘lib, u ham bo‘lsa jinoyatchilik yoki unga taalluqli xabarning yo‘qligi, shuningdek, obyektiv voqelikdan kelib chiqqan holda sun’iy hamda qasddan yashirish holatlarning mavjudligidir. Aynan shu kabi xabar kelmaydigan yoki yashirin jinoyatlar, yuqorida ta’kidlanganidek, jinoyatchilikning yashirinlik holatini ifodalaydi. Jinoyatchilikning yashirinlik holati va, ayniqsa, uning miqdori (miqyosi) hozirgi kunda kriminologiya nuqtai nazaridan eng dolzarb muammo hisoblanadi va ushbu muammo kam o‘rganilganligi bois jahon olimlarining e’tiborini o‘ziga qaratmoqda. Yashirin jinoyatchilikning miqdorini aniqlash va unga baho berish esa mutaxassislar tomonidan jinoyatchilikka umumiy baho berishda katta ahamiyatga ega ekanligi e’tirof etilgan. Ta’kidlash joizki, yashirin jinoyatchilikning mavjudligi va uning miqyosi, yashirin jinoyatchilikni keltirib chiqaruvchi sabab hamda sharoitlar xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Yashirin jinoyatchilikning guruhlarga bo‘linishi ham ularning sodir etilishiga turli sabab va sharoitlarning ta’siridir. Har doim ham jinoyatchilikning umumiy holati yoki miqyosi to‘g‘risida aniq ma’lumotlarga ega bo‘lish qiyin. Shuning uchun ham qonunchilik, ushbu holatni inobatga olgan holda, u yoki bu jinoiy ish yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishini va bunda faqat jabrlanuvchining arizasi e’tiborga olinishini ko‘zda tutadi. Shuningdek, ba’zi jinoyat ishlari sud tomonidan dastlabki tergov yoki surishtiruv ishlari o‘tkazilmay ham ko‘rib chiqilishi mumkin. Tabiiyki, bunday hollarda jinoyatlar birlamchi ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘ladi. Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan ba’zi jinoyat ishlari mahalliy boshqaruv idoralarining komissiyalari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Shu bois ham bir qator jinoyatlar umumiy statistika ma’lumotlariga kir- masligi kuzatiladi. Shu o‘rinda jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan davlat idoralarining o‘z xizmat vazifalariga mas’uliyatsiz xodimlari aybi bilan ham ayrim jinoyatlar umumiy hisobga olinmagan hollarni uchratish mumkin. Asossiz ravishda jinoyat ishi qo‘zg‘atmaslik, jinoyat ishini harakatdan to‘xtatish, «oqlash» hukmini chiqarish kabilar shular jumlasidandir. Shuning uchun ham jinoyatchilikni o‘rganishda uning umumiy holatini ko‘rsatishga salbiy ta’sir etuvchi omillarni inobatga olmaslik mumkin emas. Bu kabi vaziyatlarda yashirin jinoyatlar to‘g‘risida aniq ma’lumotlarga ega bo‘lish zarur, chunki yashirin jinoyatlarni sun’iy ravishda ko‘payishiga ta’sir etuvchi salbiy holatlar jinoyatchilikka umumiy baho berishga ta’sir etmasligi lozim. Bir qator olimlarning fikricha, jinoyatchilik o‘zida xilma-xil ma’lumotlarni mujassam etgan ijtimoiy illat sifatida e’tirof etiladi. Bu fikrga to‘liq qo‘shilish qiyin. Zotan, keyingi paytlarda an’ana tusiga kirib qolgan va jinoyatchilik xususidagi ma’lumotlarni faqat absolut yoki qiyosiy tomondan cheklash hamda kriminologiya nuqtai nazaridan tizimga xos bo‘lmagan tarzda belgilanishidan tashqari bo‘lgan imkoniyatlar ham mavjudligini esda tutish lozim. Shuningdek, yashirin jinoyatchilikka xos bo‘lgan doimiylikni, shu bilan birga, zarur vaziyatlarda asta-sekinlik bilan o‘zgara olish xususiyatlarini ham e’tiborga olish zarur. To‘g‘ri, jinoyatchilikka umumiy ta’rif berishda ba’zi hollarda uning yashirin xususiyati e’tiborga olinmaydi. Fikrimizcha, ushbu holatda mualliflar latent jinoyatlarning mohiyatini bir qadar bo‘rttirib ko‘rsatishga harakat qilganlar. Zotan, u yoki bu voqelikni tahlil etishda ushbu voqelikka xos bo‘lgan barcha ma’lumotlarni to‘plash shart emas. Eng asosiysi, voqelikni ilmiy bilishning to‘g‘ri yo‘lini topmoq kerak. Jinoyatchilikni ilmiy bilishda mavjud va tahlil etish mumkin bo‘lgan ma’lumotlar asosida ish ko‘rish maqsadga erishishdagi katta omil bo‘lishini inobatga olish lozim. Shuning uchun ham jinoyatlarni tahlil etishda matematik metodlarga tayanish maqsadga muvofiqdir. Chunki matematik metodlar va qiyoslash orqali «cheklangan» miqdor asosida umumiy miqdordagi vaziyat aniq tahlil etiladi. Tabiiyki, jinoyatchilikning umumiy holati xususida fikr yuritilganda uning latentlik holati ham inobatga olinadi. Download 94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling