Jinaytchi shaxsning krimenal turlarga tasnifi Reja: «Jinoyatchilik»
Download 94 Kb.
|
Jinaytchi shaxsning krimenal turlarga tasnifi
Jinoyatchilik ko‘rsatkichlari
Kriminologiya nuqtai nazaridan jinoyatchilik ko‘rsatkichlari, ya’ni miqdori quyidagi to‘rt yo‘nalish orqali baholanadi: jinoyatchilikning umumiy holati; tuzilishi; dinamikasi; darajasi. Shuningdek, jinoyatchilik ko‘rsatkichlari uning oqibatida yuzaga keladigan moddiy yoki ma’naviy zararning hajmi, shakli va xususiyatlarini ham o‘z ichiga oladi. Ba’zan jinoyatchilikka qarshi kurashga jalb etilgan yalpi moddiy xara- jatlar ham jinoyatchilikning ko‘rsatkich ifodasi sifatida e’tirof etilganligini ko‘rish mumkin. «Jinoyatchilikning ko‘rsatkichlari» tushunchasi borasida huquqshunoslar orasida o‘ziga xos turlicha yondashuvlar mavjud. Shundan kelib chiqqan holda, bu tushunchani to‘g‘ri anglash uchun, uni keng yoki tor ma’noda talqin etish maqsadga muvofiqdir. «Jinoyatchilik ko‘rsatkichlari» tushunchasi keng ma’noda o‘z ichiga nafaqat jinoyatchilikning umumiy miqdorini, balki tizimi va dinamikasini ham oladi hamda sanab o‘tilgan har bir jihatlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Tor ma’noda esa jinoyatchilik umumiy miqdorining u yoki bu davr oralig‘idagi yoki tarixiy bosqich davomidagi holati tushuniladi. Shu o‘rinda «jinoyatchilikning holati» faqat jinoyatchiliknimi yoki uning turli ko‘rinish- larinimi, shuningdek, faqat jinoyatchilikning turli ko‘rinishlarinimi yoki jinoyatchilarni ham e’tiborga oladimi, degan haqli savollar tug‘ilishi tabiiy va o‘rinlidir. Chunki bu kabi muammolarning aniq yechimini topmay turib, masalaning mohiyatini ochib berish mumkin emas. Jinoyatchilikning holati o‘z ichiga sodir etilgan jinoyatchilik va jinoyat sodir etgan shaxslarning umumiy miqdorini oladi. Biroq bir qator huquqiy adabiyotlarda bu fikrga umumiy aniqlik kiritilishi va jinoyatchilikning umumiy holati hamda jinoyatchilikning miqdori aniq ifodalanishi lozimligi taklif etilganligini ham ko‘rish mumkin. Jumladan, jinoyatchilikning miqdori u yoki bu hududiy birlikda sodir etilgan jinoyatlar miqdorini aholi jon boshiga nisbati bilan ifodalanadi. Miqdoriy ko‘rsatkichlar faqat raqamlarga nisbatan qiyosan aniqlanadi. Zotan, jinoyatchilikning aniq miqdorini aholining barcha qatlamlari bo‘yicha emas, balki amaldagi jinoyat qonunchiligi bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin bo‘lgan yoshdagi shaxslarning umumiy miqdori asosida belgi- lanishini ham inobatga olish lozim. Download 94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling