Jinoyat huquqi tushunchasi va predmeti Jinoyat huquqi tushunchasi


Download 57.22 Kb.
bet16/22
Sana06.12.2021
Hajmi57.22 Kb.
#178733
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Bog'liq
jinoyat huquqi tushunchasi va predme

Demokratizm prinsipi
Demokratizm prinsipi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi-ning 6-moddasida belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra, jamoat birlashma-lari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari yoki jamoalar jinoyat sodir etgan shaxslar axloqini tuzatish ishiga qonunda nazarda tutilgan hollarda jalb qilinishlari mumkin.

Ushbu prinsip, ya’ni demokratizm prinsipi:



birinchidan, jinoyat sodir etgan shaxslarni axloqan tuzatish maqsadini ko‘zlaydi;

ikkinchidan, qonunda nazarda tutilgan hollarda jamoat birlashmalari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlariarning jalb qilinishini ta’minlaydi.

Demokratizm prinsipining asosiy vazifasi jinoyat sodir etgan shaxslarni qayta tarbiyalash jarayonida jamoat birlashmalarini, jamoatchilikni jalb etish hisoblanadi. Albatta, ushbu ishga jamoat birlashmalarini jalb qilish shartlari, shakli va tartibi qonunda alohida ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lishi kerak.

Demokratizm prinsipini boshqacha tarzda “jamoatchilik yordami prinsipi” deb ham atash mumkin. Ushbu prinsipning bunday nomla-nishiga sabab – jinoyat qonunida jinoyat sodir etgan shaxslarni qayta tarbiyalashda jamoatchilik yordamiga taya’nilganliging ushbu norma orqali ifodalangan. Ayrim olimlar fikriga ko‘ra,20 demokratizm prinsipi ijtimoiyizm davridan qolgan bo‘lib, qonuniylik prinsipining buzilishiga olib keladi. Lekin bu fikrga qo‘shilib bo‘lmaydi. Chunki jinoyat sodir etgan shaxsni qayta tarbiyalash insonparvarlik prinsipining asosini tashkil etib, demokratizm prinsipi jinoyatchilarni kayta tarbiyalash maqsadini ko‘zlaydi va ularni qayta tarbiyalashning shakllaridan biri hisoblanadi.




Download 57.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling