Jinoyat huquqi tushunchasi va predmeti Jinoyat huquqi tushunchasi


Download 57.22 Kb.
bet14/22
Sana06.12.2021
Hajmi57.22 Kb.
#178733
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Bog'liq
jinoyat huquqi tushunchasi va predme

Qonuniylik prinsipi

Qonuniylik prinsipi Jinoyat kodeksi 4-moddasida mustahkamlab qo‘yilgan bo‘lib, unda uchta mustaqil norma belgilangan:



  1. Sodir etilgan qilmishning jinoiyligi, jazoga sazovorligi va boshqa huquqiy oqibatlar faqat Jinoyat kodeksi bilan belgilanadi.

  2. Hech kim sud hukmisiz jinoyat sodir qilishda aybli deb topilishi va qonunga xilof ravishda jazoga tortilishi mumkin emas.

  3. Jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxs qonunda belgilangan huquqlardan foydalanadi va muayyan majburiyatlarni bajaradi.

Yuqorida ko‘rsatilgan birinchi qoidaga ko‘ra “qonuniylik” quyidagi ma’nolarda qo‘llanilishi mumkin:

  1. qilmishning jinoiyligi yoki jinoyat emasligini belgilashda jinoyat qonunchiligiga bevosita va to‘liq mos keluvchi xatti-harakat ma’nosida;

  2. sudning jinoyat qonunchiligiga zid bo‘lmagan qonuniy kuchga kirgan hukmi orqali qilmishning jinoiyligiga baho berish ma’nosida;

  3. jinoyat sodir etgan shaxsning sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida to‘g‘ridan to‘g‘ri belgilangan jazo turlari va boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir choralari ko‘rinishidagi javobgarligi ma’nosida;

  4. sodir etilgan jinoyat bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat huquqiy oqibat ma’nosida.18 Masalan, O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘l-gan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni (O‘zbekis-ton Respublikasi hududidan tashqarida sodir etgan jinoyatlari uchun) ekstraditsiya qilish.

Jinoyat huquqining qonuniylik prinsipi bir necha huquqiy talablardan kelib chiqadi:

Ulardan birinchisi – xalqaro huquq normalarining milliy huquq normalaridan ustunligi, ya’ni qonuniylik prinsipiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari xalqaro huquq normalariga zid bo‘lmasligi kerak. Bunday xalqaro huquqiy normalar 1948-yilgi Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi, 1986-89-yillardagi Vena kelishuvlari, Narkotizm va terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha Konvensiya hamda boshqa xalqaro jinoyatlar va xalqaro xususiyatdagi jinoyatlar uchun javobgarlikni belgilovchi xalqaro shartnomalarda ifodalanadi.

Shuni aytib o‘tish joizki, xalqaro huquq normalari inson huquq-lari bilan bog‘liq bo‘lib, unda sanksiyalar mavjud bo‘lmaganligi tufayli Jinoyat kodeksiga “Tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar” deb nomlangan VIII bob kiritilganligi milliy huquq norma-larining xalqaro huquq normalariga mos kelishini bildiradi.

Qonuniylik prinsipining ikkinchi talabi – Jinoyat kodeksining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mos kelishidir.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasinnig 16-moddasiga ko‘ra, birorta ham qonun va boshqa normativ huquqiy hujjat Konstitu-tsiya normalariga va qoidalariga zid kelishi mumkin emas.

Jinoyat kodeksining Konstitutsiyaga mos kelishi, shuningdek, Jinoyat kodeksi va Konstitutsiya normalari o‘rtasida kolliziya (qara-ma-qarshilik) kelib chiqqanda, O‘zbekiston Respublikasi Konstitu-tsiyasi normalarining ustunligi tan olinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya’ning 24-moddasida: “Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir”,-deb aytib o‘til-gan. Konstitutsiya’ning aynan shu moddasidan kelib chiqib O‘zbekis-ton Respublikasi Jinoyat kodeksida “Hayotga qarshi jinoyatlar” bobi kiritilgan.



Uchinchi talab: “qonunda ko‘rsatilmagan jinoyat ham, jazo ham mavjud emas”. Bu qadimiy huquqiy qoida lotinchada quyidagi formula orqali ifodalanadi:

Nullum crimen, nulla poena sine lege”.

Ushbu qoida qonuniylik prinsipining asosiy qoidasi bo‘lib, unga ko‘ra, shaxs qonunda ko‘rsatilgan jinoyati uchun qonunda ko‘rsatilgan jazo doirasidagina javobgarlikka tortiladi, ya’ni shaxsning sodir etgan qilmishining jinoiyligi va ushbu jinoyat uchun jazoning mavjudligi jinoyat qonunida aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.

qonuniylik prinsipining to‘rtinchi talabi - jinoyat uchun javob-garlik haqidagi normalarning jinoyat qonunida kodifikatsiyalanishi kerakligida ifodalanadi, ya’ni javobgarlikni belgilovchi alohida qo-nunlar, masalan, harbiylarning jinoiy javobgarligi, voyaga yetmagan-larning jinoiy javobgarligi to‘g‘risidagi qonunlar amal qilishi mumkin emas. Barcha jinoyat huquqiy normalar yagona Jinoyat kodeksida mujassamlanishi kerak.

Jinoyat huquqi qonuniylik prinsipining beshinchi talabi bo‘yi-cha: jinoyat qonunining analogiya bo‘yicha qo‘llanilishi taqiqlanadi, ya’ni “jinoyat-huquqiy javobgarlikni belgilovchi normalar jinoyat kodeksida to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatilmagan bo‘lsa, shunga o‘xshash normalar qo‘llaniladi” degan qoida jinoyat huquqida qo‘llanilmaydi.

Qonuniylik prinsipining oltinchi talabi kriminalizatsiya bilan bog‘liq bo‘lib, qonun chiqaruvchi tomonidan shaxsning jinoyat deb hisoblanadigan xuq-atvori uning qilmishiga nisbatan, ya’ni shaxs, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazuvchi harakat yoki harakatsizlikka nisbatan olinadi. Ma’lum bir jinoyatni sodir qilish xayoli, o‘yi jinoyat deb hisoblanmaydi va ular uchun jazo mavjud emas. (“Cogitationis poenam nemo patitur.”)19

Jinoyat huquqi nazariyasidagi ilmiy bahslarga ko‘ra, javobgar-likning muqarrarligi prinsipini qonuniylik prinsipi tarkibiga kiritish ham mumkin.



Download 57.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling