Jinoyat huquqi tushunchasi va predmeti Jinoyat huquqi tushunchasi
Jinoyat huquqi fani va uning predmeti
Download 57.22 Kb.
|
jinoyat huquqi tushunchasi va predme
5. Jinoyat huquqi fani va uning predmeti
Jinoyat huquqi fani - yuridik fanlar tizimi (yurisprudensiya)dagi mustaqil huquqiy fan bo‘lib, jinoyat huquqi, shuningdek, jinoyatchi-likka qarshi kurashish yo‘llari va vositalari haqidagi jamiyatda ayni vaqtda hukm surayotgan qarashlar, g‘oyalar va fikrlar tizimidan iboratdir. Jinoyat huquqi fanining predmeti huquqiy hodisalar va jarayonlar bo‘lganligi uchun u yuridik fanlar tizimiga kirsa ham, bir vaqtning o‘zida ijtimoiy (gumanitar) fanlarning bir tarmog‘i ham hisoblanadi. Aynan shuning uchun ham jinoyat huquqi fani jinoyat qonun-chiligining obyektiv hodisa va jarayonlar bilan bog‘liqlikda o‘rganadi, shuningdek, jinoyatchilikka qarshi kurashishning normativ huquqiy bazasini shakllantirish yo‘nalishida huquqni muhofaza qiluvchi organ-larga tavsiyalar va O‘zbekiston Respublikasi Oliy davlat qonunchilik organiga takliflar (de lege ferenda)ni ishlab chiqarish maqsadida huquqni muhofaza qilish va huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha empirik bilimlar va materiallarni umumlashtiradi va tahlil qiladi. Jinoyat huquqi fanining predmeti jinoyat-huquqiy tartibga solish predmetidan kengroq bo‘lib, jinoyat huquqiy tartibga solish pred-metini jinoyat huquqi tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy muno-sabatlar tashkil etsa, jinoyat huquqi fanining predmeti - jinoyat qonuni va uning amal qilish muammolari, shuningdek, jinoyat qonuni norma-larini qo‘llash amaliyoti hisoblanadi. Shunday qilib, jinoyat huquqi fanining predmeti ikki asosiy insti-tutdan: jinoyat va jazodan iborat. Jinoyat huquqi ushbu institutlarning rivojlanishi va o‘zgarishini jinoyatchilikka qarshi kurash maqsadida ularni o‘rganadi. Jinoyat huquqi fanining asosiy vazifalaridan biri - aniq ijtimoiy-siyosiy holatlardan kelib chiqib, jinoyat qonunini amalda qo‘llashning keng umumlashtirilgan asoslari bo‘yicha jinoyat qonunini amalda qo‘llash va ularning samaradorligini oshirish hisoblanadi. Jinoyat huquqining ijtimoiylik xususiyati (ijtimoiyligi) shundaki, u jinoyat qonunchiligi, jinoyat huquqi tarkibidagi institut va tushun-chalarni statistik jihatdan emas, balki uning o‘zgarishi va rivojlanishi bo‘yicha o‘rganadi.
jinoyat qonunini ilmiy sharhlash; qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish; jinoyat huquqining tarixiy taraqqiyoti bosqichlarini o‘rganish; milliy va xorijiy huquqiy tizimlarni ilmiy qiyosiy tahlil qilish; jinoyat huquqining ijtimoiylik xususiyatidan kelib chiqib, qilmishlarni kriminalizatsiya qilish (qilmishlarni jinoyat deb topish) yoki dekriminalizatsiya qilish, jinoyat-huquqiy tartibga solish mexa-nizmi, jinoyat qonunchiligining qo‘llanishi, jinoyatchilik darajasi, tuzilishi va dinamikasi tushunchalari orqali jinoyat qonunchiligini real o‘rganish; xalqaro jinoyat huquqiga oid muammolar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish14. Yuqoridagilarga asosan jinoyat huquqi fanningi zamonaviy huquqiy fan sifatida quyidagi vazifalari mavjud: Ma’lum bir ijtimoiy shart-sharoitlarga ta’sir qiluvchi amaldagi jinoyat qonunlar hamda uning normalari bo‘yicha tizimli va kompleks tadqiqotlar o‘tkazish. Umuman jinoyat qonunlari va ularning alohida institutlari, ularning umumlashtirilgan va alohida qo‘llanilishining tahlili borasi-da, shuningdek, u yoki bu ijtimoiy holatlarni kriminalizatsiya yoki dekriminalizatsiya qilish bo‘yicha prognoz berish. Jinoyat qonunlarini qabul qilish, ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, uning amal qilishi va qo‘llanishi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishda davlat organlarining qatnashishini ta’minlash. Xorijiy mamlakatlar jinoyat qonunlarini o‘rganish va ularning ijobiy tomonlarini O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunlariga kiri-tish va amaliyotda sinab ko‘rish. (Xususan, shaxsning huquq va erkin-liklarini himoya qilish, bozor iqtisodiyoti, tinchlik va insoniyat xavf-sizligi masalalari bo‘yicha qonunchilikdagi yangi normalarni qo‘llash borasida.). Jinoyat huquqining rivojlanish yo‘llarini ilmiy jihatdan asoslash va prognoz qilish, huquqiy-demokratik davlatning mohiyati, vazifalari va prinsiplariga to‘liq mos keluvchi jinoyat qonunchiligi konsepsiyalarini ishlab chiqish15. Download 57.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling