Jinoyat huquqi tushunchasi va predmeti Jinoyat huquqi tushunchasi


Jinoyat huquqining muhofaza qilish funksiyasi


Download 57.22 Kb.
bet8/22
Sana06.12.2021
Hajmi57.22 Kb.
#178733
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Bog'liq
jinoyat huquqi tushunchasi va predme

Jinoyat huquqining muhofaza qilish funksiyasi. Jinoyat ko-deksi 2-moddasiga muvofiq, shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan qo‘riqlash vazifasini bajarishga qaratilgan.

Jinoyat huquqi o‘zining ushbu vazifasi orqali Jinoyat qonuni bilan muhofaza qilinadigan obyektlar va ularning muhimligi jihatdan ketma-ketligini belgilab bergan. Ya’ni jinoyat-huquqiy muhofaza obyektlariga:



Quyidagilar jinoyat huquqining muhofaza qilish funksiyasini hal etish vositalari hisoblanadi:

  1. jinoiy javobgarlik asoslari va prinsiplarini o‘rnatish;

  2. jinoiy qilmishlar chegarasini, ya’ni jinoyat deb hisoblanuvchi qilmishlar doirasini belgilash;

  3. jinoiy qilmishlar uchun jazo va boshqa jinoyat huquqiy ta’sir choralarini belgilash.10

Jinoyat huquqining muhofaza qilish funksiyasi ikki yo‘l bilan amalga oshiriladi: aktiv va passiv.

Jinoyat huquqiy muhofaza qilishning passiv yo‘li jinoyat qonuni-ning qabul qilinishi, e’lon qilinishi va kuchga kirishi faktining o‘zi bilan хususiyatlanadi. Bunda jinoyat qonunchiligida belgilangan ji-noyatlar doirasi va ular uchun jinoiy javobgarlikning o‘zi bilan jinoyat huquqi muhofaza qiluvchi obyektlarga tajovuz qilinishining oldi olinadi.

Aktiv yo‘li jinoyat sodir etilganidan keyin jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan obyektlarni jinoiy tajovuzlardan himoya qilishda ifodalanadi.

Jinoyat huquqining oldini olish funksiyasi orqali ushbu huquq sohasining yangi jinoyatlar sodir etilishining oldini olish, jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik vazifasi bajariladi11.

Jinoyat huquqining oldini olish funksiyasini ikkiga:

Umumiy va Maxsus funksiyalarga bo‘lib o‘rganish mumkin.


Download 57.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling