Jinoyat huquqi tushunchasi va predmeti Jinoyat huquqi tushunchasi
Download 57.22 Kb.
|
jinoyat huquqi tushunchasi va predme
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maxsus oldini olish
Umumiy oldini olish funksiyasi jinoyat sodir etilmasdan avval uning oldini olishga qaratilgan bo‘lib, javobgarlikning muqarrarligi prinsipi, qilmishning jinoiyligi va jazoga sazovorligi haqidagi normalarni o‘rnatish, ya’ni jamiyat a’zolari tomonidan jinoyat sodir etilganida ularni jazolash bilan qo‘rqitish orqali amalga oshiriladi. Bu funksiya jamiyatdagi barcha shaxslarga qaratilganligi uchun "umumiy oldini olish" deb ataladi.
Maxsus oldini olish funksiyasi jinoyat sodir etilganidan keyin yangi jinoyat sodir etishning oldini olishga qaratilgan bo‘lib, jinoyat huquqiy taqiqlarni buzib jinoyat sodir etgan shaxsni jinoiy javobgar-likka tortish hamda unga jazo tayinlash yoki boshqa jinoyat huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Bu bilan jinoyatchi javobgarlikka tortilganida u tomonidan boshqa jinoyat sodir etilishining oldini olish maqsad qilib qo‘yiladi. Ushbu funksiya faqat jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan qaratilganligi uchun "maxsus oldini olish" deb ataladi. Jinoyat huquqining jinoyatning oldini olish funksiyasi quyidagi vositalar orqali hal etiladi: jinoyat huquqining umumiy qoidalari; jazo qo‘llashning umumiy va maxsus qoidalari; jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishni belgilovchi normalar; jinoyat sodir etganligida chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lish haqidagi normalar; jinoiy qilmishni istisno qiluvchi holatlarni belgilovchi normalar; ikki yo‘nalishdagi ogohlantiruvchi normalar12. U yoki bu qilmishni jinoyat deb e’lon qilish va ularga qonun normalaridagi sanksiyalar jazoni belgilanishining o‘zi bilan jinoyat qonunchiligi shaxsning ruhiyatiga ta’sir qiladi. Qilmishning jinoiyligi va ular uchun jazo tayinlashning to‘g‘riligi jinoyat huquqining umumiy oldini olish xususiyatini ifodalaydi. Jinoyat huquqining jinoyatning oldini olish funksiyasi huquqiy muhofaza qilish vositasi bo‘lib, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish va chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lish haqidagi normalarni ham o‘z ichiga oladi. Jinoyat kodeksi 26-moddasiga ko‘ra, shaxs jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish harakatlarini yoki jinoyat sodir etishga bevosita qaratilgan harakatlarni oxiriga yetkazish mumkinligini anglagan holda to‘xtatsa, shuningdek, jinoiy oqibat kelib chiqishi mumkinligini angla-gan holda, shunday oqibat kelib chiqishini oldini olsa, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish deb topiladi. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish javobgarlikni istisno qiladi. Ya’ni jinoyat qonunchiligi jinoiy qilmishni boshlagan va jinoiy oqibat kelib chiqqunga qadar bunday qilmishni ixtiyoriy ravishda to‘xtatgan shaxsning "oltin ko‘prik" vazifasini bajaruvchi javobgarlikdan ozod qilinishi belgilab qo‘yilgan. Jinoyat kodeksining 66-moddasida aybdor o‘z qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish belgilab qo‘yilgan bo‘lib, unga binoan, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar jinoyat sodir qilingandan keyin jinoyat tufayli yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda bartaraf qilib, aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilgan, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin.
Demak, jinoyat huquqining jinoyatning oldini olish funksiyasi bir necha institut va normalar tizimi orqali hal etilib, ular: jazo qo‘llash tahdidi bilan jinoyat sodir etishga yo‘l qo‘ymaslik; qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlarni belgilash orqali zarar yetkazilishining oldini olish; boshlangan jinoyatdan ixtiyoriy qaytishni belgilash orqali jinoiy oqibat yuz berishining oldini olish; chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lishni belgilash orqali yetkazilgan zararni bartaraf etish; jinoyat sodir etganlikda aybdor shaxslarni jazolash orqali retsidiv jinoyatlarga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan.13 Jinoyat huquqining tarbiyaviy funksiyasi O‘zbekiston Respub-likasi fuqarolarini Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish ruhida tarbiyalash vazifasini bajarishga qaratilgan. Bu funksiya fuqarolarning huquqiy ongini oshirish, ularning shaxsi, huquq va erkinliklari qonun bilan himoya qilinganligiga hamda jinoyat sodir qilgan shaxsning jazolanishi muqarrarligiga ishonch ruhida tarbiyalash maqsadini ko‘zlaydi. Yuqoridagi funksiyalardan tashqari, jinoyat huquqi jinoyatchilik-ka qarshi kurash olib borishda ko‘maklashadigan fuqarolarni rag‘bat-lantirish va ularga imtiyozlar berish funksiyasini ham bajaradi. Jinoyat qonunida qilmishida jinoyat tarkibi mavjud bo‘lsa ham, bunday qil-mishi orqali fuqarolar, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilgan shaxslarni rag‘batlantiruvchi maxsus normalar nazarda tutilgan. Masa-lan, Jinoyat kodeksi Umumiy qismidagi 35-41-moddalar ("qilmish-ning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar"), shuningdek, Jinoyat kodeksi Maxsus qismidagi ayrim normalar, masalan, 211-modda (pora berish), 212-modda (pora olish-berishda vositachilik qilish), 248-mod-da (qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilma-lariga qonunga xilof ravishda egalik qilish), 273-modda va h.k. Jinoyat kodeksining 211-moddasi 4-qismiga ko‘ra, basharti, shaxsga nisbatan pora so‘rab tovlamachilik qilingan bo‘lsa va bu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilgandan keyin bu haqda o‘z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo‘lsa, bunday shaxs javobgarlikdan ozod etiladi.
Download 57.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling