Jinoyat huquqi tushunchasi va predmeti Jinoyat huquqi tushunchasi
Download 57.22 Kb.
|
jinoyat huquqi tushunchasi va predme
6. Jinoyat huquqi prinsiplari
Jinoyat huquqining muhofaza qilish va oldini olish vazifalari faqatgina jinoyat huquqi prinsiplariga qat’iy rioya qilinishi orqali bajarilishi mumkin. Jinoyat huquqi prinsiplari haqida to‘la ma’lumot olish uchun quyidagi masalalarga e’tibor berish kerak:
Jinoyat huquqi prinsiplari deganda, umuman jinoyat huquqi yoki uning alohida institutlari mazmunini ifodalovchi, jinoyat huquqi normalarida mustahkamlangan boshlang‘ich asos, asosiy g‘oyalar tushuniladi. Prinsiplar jinoyat qonunida mustahkamlangan demokratik davlat-ning jinoyat-huquqiy siyosati mohiyatini va hozirgi yo‘nalishlarini ifodalaydigan, sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlik negizlari, che-garalari va shakllari haqida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, axloqiy, diniy va huquqiy tasavvurlarni aks ettiradigan yetakchi g‘oyalar va asosiy qoidalardir. Jinoyat huquqi prinsiplari - jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida qonun chiqaruvchi, qonunni amalda qo‘llovchi organlar va barcha fuqarolar uchun majburiy bo‘lgan asosiy qoidalardir. Jinoyat huquqi prinsiplari quyidagi:
xalqaro va milliy huquq normalariga mos kelishi; jinoyat huquqi prinsiplarining fundamental xususiyatga ega ekanligi; jinoyat huquqi prinsiplarining o‘zaro aloqadorligi kabi belgilarga ega. Jinoyat huquqi prinsiplari birinchi navbatda xalqaro huquq nor-malariga, ya’ni xalqaro tashkilotlar tomonidan qabul qilingan hujjat-larga mos kelishi kerak. Shuningdek, jinoyat qonunidagi prinsiplar o‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mos kelishi va undagi normalardan kelib chiqishi kerak. Jinoyat huquqi prinsiplari jinoyat huquqi normalari uchun fundamental asos bo‘lib xizmat qiladi, ya’ni jinoyat huquqi normalar jinoyat huquqi prinsiplaridan kelib chiqadi va ularga zid bo‘lmasligi kerak. Bunday prinsiplar nazariyada prinsip normalar deb ataladi. Jinoyat huquqi prinsiplari bir-biriga bog‘liq tarzda zanjirsimon harakatda bo‘lib, ulardan birining buzilishi o‘z navbatida boshqa prinsiplarning buzilishiga olib keladi. Jinoyat huquqi prinsiplari obyektiv va subyektiv belgilarga ega. Prinsiplarning obyektiv belgisi - jinoyat huquqi prinsiplarining jinoyat huquqi normalari bilan mustahkamlanganligi va huquqiy faoliyatning asosi bo‘lib xizmat qilishida ifodalanadi. Prinsiplarning subyektiv belgisi - jinoyat huquqi prinsiplarining alohida subyektlar: qonun chiqaruvchi va huquqni qo‘llovchi organlar, shuningdek, fuqarolar tomonidan individual ongli qabul qilib olinishi bilan bog‘liqdir. Prinsiplarning subyektiv mohiyati ularning umumtartibga soluvchi ahamiyatga ega ekanligini bildirib, shaxslarni o‘z qilmish (xatti-harakat)larini boshqara olishlariga undaydi16. Jinoyat huquqi prinsiplari jinoyat qonunchiligini "qo‘llash" borasida jinoyat huquqi uchun asosiy qoidalarni belgilab beradi. Jinoyat huquqi prinsiplarining "harakatlanish mexanizmi" jinoyat qonunlarini qo‘llovchi shaxslar (surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya) orqali amalga oshiriladi. Jinoyat huquqi prinsiplari buzilganda bunday buzilishlarni bar-taraf etish hamda prinsiplarning buzilishiga olib kelgan g‘ayriqonu-niy qaror va xatti-harakatlarni bekor qilish uchun davlat nazorati (sud, prokuratura organlari nazorati) harakatga keladi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida belgilangan prinsip-lar:
Download 57.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling