Jinoyat huquqi tushunchasi va predmeti Jinoyat huquqi tushunchasi
Download 57.22 Kb.
|
jinoyat huquqi tushunchasi va predme
Ayb qasd (to‘g‘ri qasd, egri qasd) va ehtiyotsizlik (beparvolik, o‘z-o‘ziga ishonish) shakllarida bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy xavfli qilmishlar faqat aybli, ya’ni qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan bo‘lsagina u jinoyat deb topiladi. Ayb uchun javobgarlik prinsipi – “Ijtimoiy xavfli qilmish va uning oqibatiga nisbatan shaxsiy aybi aniqlanmagan hech bir shaxs jinoiy javobgarlikka tortilmaydi”,- degan qoidani mustahkamlaydi. Bu qoida qadimgi Rim huquqida ham mavjud bo‘lib, quyidagi formula orqali ifodalanadi: “Nullum crimen, nulla poena sine cupla” – “ Aybsiz jinoyat ham, jazo ham bo‘lmaydi”,- degan ma’noni bildiradi23. Ayb uchun javobgarlik prinsipi subyektiv jihatdan shaxsning o‘z ijtimoiy xavfli qilmishi va uning oqibatiga nisbatan ruhiy munosa-batini anglatsa, obyektiv jihatdan jinoyat qonunida aybi bo‘lmagan shaxsning jinoiy javobgarlikka tortilmasligi belgilab qo‘yilganligida ifodalanadi. Bundan tashqari, jinoyat qonuni “aybsiz holda zarar yetkazish” uchun javobgarlikni istisno qiladi. Jinoyat kodeksining 24-moddasiga ko‘ra, agar shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini ang-lamagan, anglashi mumkin va lozim ham bo‘lmagan yoki uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga ko‘zi yetmagan va ishning ijtimoiy oqiba-tiga ko‘zi yetishi mumkin va lozim ham bo‘lmagan bo‘lsa, bunday qilmish aybsiz holda sodir etilgan deb topiladi. Aybsiz holda zarar yetkazish jinoyat huquqida “kazus” (“cazus”) deb ataladi va jinoiy javobgarlikni istisno qiladi. Bunday kazuslar odatda fors major hollari, yengib bo‘lmas kuchlar natijasida yuzaga keladi. Demak, ayb uchun javobgarlik prinsipi – ijtimoiy xavfli qilmish va uning oqibatiga nisbatan aybi isbotlangan shaxsgina jinoiy javobgarlikka tortilishini bildiradi. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yilgi Jinoyat kodeksi ayb uchun javobgarlik prinsipiga amal qilingan holda tuzilgan bo‘lib, unda “Ayb” deb nomlangan maxsus bob ajratilgan va ushbu bob normalari aybning shakllari, murakkab aybli jinoyatlar, aybsiz holda zarar yetkazish kabi jinoyat huquqiy holatlarni belgilab bergan. Download 57.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling