Jinoyat huquqi tushunchasi va predmeti Jinoyat huquqi tushunchasi
Download 57.22 Kb.
|
jinoyat huquqi tushunchasi va predme
Jinoyat qonunchiligi – Oliy davlat hokimiyati organi tomonidan o‘rnatilgan jinoyat deb hisoblanadigan qilmishlar doirasi, ularni sodir etganlik uchun javobgarlik, jazo tayinlash, jazo turlari va hajmi, jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qilish asoslari, shuningdek, jinoiy javob-garlik asoslari va prinsiplarini belgilovchi huquq normalari majmui-dan iborat bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik tizimidagi mustaqil qonunchilik sohasidir.
Mustaqil huquq tarmog‘i hisoblangan jinoyat huquqidan farqli ravishda jinoyat huquqi fani davlatning jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi siyosati hamda jinoyat huquqining tarixiy taraqqiyot bos-qichlari bo‘yicha qarashlar, g‘oyalar va fikrlar tizimini, shuningdek, jinoyat huquqining o‘rganish predmeti, metodlari, vazifalari, tizimi va shu kabi masalalarni o‘z ichiga qamrab oladi. Bu fan jinoyat huquqi normalarining majmui sifatida uning tarixini, qo‘llash amaliyotini o‘rganadi hamda bu borada turli xil ilmiy-qiyosiy tadqiqotlar olib borilishini taqozo etadi. Bundan tashqari, jinoyat huquqi tushunchasi o‘quv intizomi sifatida qo‘llanilib, u yuridik o‘quv yurtlaridagi jinoyat huquqi bo‘yicha o‘quv materiallari va mavzu rejalarini o‘z ichiga oladi. Demak, jinoyat huquqi tushunchasi: huquq tarmog‘i, qonunchilik sohasi, yuridik fan va o‘quv intizomi sifatida qo‘llanilishi mumkin. Jinoyat huquqi huquq tarmog‘i sifatida umummajburiylik va mustaqillik xususiyatlarini o‘zida aks ettiradi.1 Jinoyat huquqining umummajburiylik xususiyati shunda na-moyon bo‘ladiki, shaxs jinoiy qilmish sodir etdimi – u javobgarlikka tortilishi kerak. Jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topilgan shaxsni javobgarlikka tortish esa davlat tomonidan majburlov choralari (kuchi)ni qo‘llash orqali ta’minlanadi. Jinoyat huquqining bunday xususiyatga egaligi ushbu huquq sohasi normalarining imperativligini bildiradi. Jinoyat huquqining umummajburiylik xususiyati quyidagi ikki omil bilan belgilanadi: – birinchidan, jabrlanuvchini himoya qilish, uning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini tiklash hamda jinoiy qilmish natijasida yetkazilgan zararni qoplash; – ikkinchidan, jinoiy qilmish sodir etgan shaxsni tarbiyalash, uni jinoiy javobgarlikka tortish, jinoiy oqibatni, ya’ni jinoyat tufayli yetkazilgan zararni bartaraf etishga majburlash.2 Boshqacha qilib aytganda, jinoyat huquqining umummajburiylik xususiyati jamiyat manfaatlarini jinoiy tajovuzlardan himoya qilish-ning jinoyat-huquqiy mexanizmi hisoblanib, jamiyatdagi har bir shaxsning xavfsizligini ta’minlovchi shart-sharoitlarni ifodalaydi. Bunday shart-sharoitlarning yetarli darajada bo‘lishi davlatning huquqiy tartibga solish funksiyasi bilan bog‘liq bo‘lib, jinoyat huquqi-ning ijtimoiy tartibga solish funksiyasini hamda mavqeini belgilab beradi. Jinoyat huquqining mustaqillik xususiyati uning boshqa ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq sohalaridan ajratilganligini bildirmaydi, balki jinoyat huquqining mustaqilligi uning huquq sohasi sifatida davlat va jamiyat manfaatlari, xavfsizligi va normal rivojla-nishiga tajovuz qiluvchi qilmishlarni jinoyat deb topish uchun asos bo‘luvchi belgilar doirasini mustaqil o‘rnata olishida ifodalanadi. Huquq sohasi va o‘quv intizomi sifatida jinoyat huquqining mustaqilligi quyidagi ikki belgi orqali namoyon bo‘ladi: tartibga solish predmeti, ya’ni jinoiy qilmish sodir etilganidan keyin jinoyat sodir etgan shaxs va maxsus vakolatli huquqni muhofaza qiluvchi organlar orqali davlat o‘rtasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar; tartibga solish metodi (uslubi), ya’ni huquqbuzarliklarga olib keluvchi qilmishlarni ma’lum bir shaklda jinoyat-huquqiy taqiqlash, jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxslarni javobgarlikka tor-tish va jazo tayinlashni belgilash. Bir so‘z bilan aytganda, jinoyat hu-quqining tartibga solish metodi-jinoyat huquqi predmeti hisoblangan ijtimoiy munosabatlarga ta’sir etish usullari va vositalari yig‘indisidan iborat. Yuqoridagi fikrlarga asoslanib xulosa qilib aytganda, jinoyat huquqi – qilmishning jinoiyligini, jinoiy javobgarlikka tortish asoslari va prinsiplarini, jazo tayinlash, jazo turlari va hajmini, jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qiluvchi holatlarni belgilovchi oliy davlat hokimiyati organi tomonidan o‘rnatilgan huquq normalari majmuidan iborat huquq tizimidagi mustaqil huquq sohasidir3. Shu tariqa, jinoyat huquqi keng ma’noda juda murakkab, keskin salbiy ijtimoiy voqelik hisoblangan jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi me’yoriy normalar manbai sifatida tushuniladi. Jinoyat huquqining boshqa huquq sohalaridan mustaqil ekanligi uning quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi bilan tavsif-lanadi: Download 57.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling