Jinoyat huquqi va kriminologiya


Download 426.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana29.07.2020
Hajmi426.88 Kb.
#125127
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
bir necha jinoyatlar uchun jazo tayinlashda odillik prinsipi.

  Ammo  sud  amaliyotida  bitta  moddaning  turli 

qismlarida  nazarda  tutilgan  turli  vaqtlarda  sodir  etilgan  bir-biridan  tamoman 

alohida-alohida  bo’lgan  jinoyatlar  uchun  jazo  tayinlashda  sodir  qilingan 

jinoyatlarning eng og’iri bilan jazo tayinlashdek jiddiy xatolar juda kam bo’lsa-da 

uchrab turadi. 

 

Jinoyat  huquqi  nazariyasida  jinoyatlarning  ideal  jami  va  jinoyatlarning  real 



jami  tushunchalari  mavjud.  Yuqorida  nomi  qayd  qilingan  Oliy  sud  Plenumi 

qarorida  ham  bu  tushunchalarga  to’xtalib  o’tilgan  bo’lib,    jinoyatlar  real  majmui 

ikki  va  undan  ortiq,  har  qaysisi  Jinoyat  kodeksi  Maxsus  qismi  turli  moddalarida 

(moddasi  turli  qismlarida)  nazarda  tutilgan  muayyan  jinoyat  tarkibini  tashkil 

etuvchi, jinoiy qilmish sodir etilganda mavjud bo’ladi.  

 

Jinoyatlar  ideal  majmuida  esa,  aybdorning  bitta  xatti-harakatida  Jinoyat 



kodeksi  Maxsus  qismi  turli  moddalarida  (moddasi  turli  qismlarida)  nazarda 

tutilgan  kamida  ikkita  jinoyat  tarkibi  belgilari  mavjud  bo’lib,  qilmish  ushbu 

normalardan birortasi bilan ham to’liq qamrab olinmaydi. 

 

V.P.  Malkov  jinoyatlarning  ideal  jami  sun’iy  ravishda  tuzilgan  yuridik 



konstruksiya bo’lmasdan shaxsning bir harakati bilan ikki yoki undan ortiq jinoyat 

sodir etish natijasidir - deb yozadi. M.M. Isayev, N.D. Durmanovlar jinoyatlarning 

ideal  jami  aybdorning  bir  harakati  bilan  ikki  yoki  undan  ortiq  jinoyat  tarkiblarini 

bajarishidir,  desa,    Krasikov  Y.А.  Jinoyat  kodeksi  Maxsus  qismining  turli 

moddalari  bilan  qo’riqlanadigan  turli  obyektlariga  zarar  yetkazish  yoki  har  xil 

yoxud  bir  qancha  oqibatlarni  kelib  chiqishi  bilan  bog’liq  bo’lgan  yagona  jinoiy 

qilmishdir

1

, deb yozadi. 



 

Bu borada mamlakatimiz olimlaridan M.H. Jiyanov salmoqli ish olib borgan 

va  u  jinoyatlar  ideal  jami  hamda  jinoyatlar  real  jami  tushunchalarini  Jinoyat 

kodeksida  norma  darajasida  belgilab  qo’yishni  taklif  qilgan:  “Jinoyat  kodeksi 

Maxsus  qismining  turli  moddalarida  yoki  bitta  moddasining  turli  qismlarida 

nazarda  tutilgan  javobgarlikka  tortilladigan  ikki  yoki  bir  necha  jinoiy  qilmishni 

                                                             

1

 Usmonaliyev M. Jazo tayinlash. O’quv qo’llanma. – T.: “Yangi asr avlodi”, 2003. – 37-b. 



19 

 

turli vaqtlarda sodir etish, agarda ulardan birortasi uchun ham shaxs hali sudlangan 



bo’lmasa, jinoyatlar real majmui deb topiladi.  

 

Bir  harakat  bilan  Jinoyat  kodeksi  Maxsus  qismining  turli  moddalarida 



nazarda  tutilgan  ikki  yoki  bir  necha  jinoiy  qilmishni  sodir  etish  jinoyatlar  ideal 

majmui deb topiladi”

1



 



M.H.  Jiyanov  jinoyatlar  ideal  jami  va  jinoyatlar  real  jami  tushunchalarini 

huquqiy  norma  sifatida  belgilab  qo’yish  orqali  ushbu  qoidalarni  jazo  tayinlashga 

ham  tadbiq  etishni  taklif  etgan.  Chunki,  uning  fikricha  jinoyatlar  ideal  jamining 

ijtimoiy  xavflilik  darajasi  jinoyatlar  real  jamining  ijtimoiy  xavfliligidan  kamroq. 

 

Jinoyatlar  real  jami  va  ideal  jamining  bir  necha  jinoyatlar  uchun  jazo 



tayinlashdagi o’ziga xos xususiyatlarini keyingi paragraflarda ko’rib chiqamiz. 

 

 



 

                                                             

1

 Batafsil qarang: Jiyanov M.H. Bir qancha jinoyat sodir etganlik uchun javobgarlik muammolari: 12.00.08-Jinoyat 



huquqi va kriminologiya; yuridik fanlar doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya / Ilmiy 

maslahatchi: M.H.Rustamboyev. – T., 2012. 157-bet 



20 

 

1.2. Bir necha jinoyatlar uchun jazo tayinlashning rivojlanish tarixi, huquqiy 



asoslari va unda odillik prinsipining namoyon bo’lishi 

 

Bir  qancha  jinoyatlar  sodir  etish  institutining  tarixiy  jihatlariga  e’tibor 



qaratsak.  Bu  boradagi  dastlabki  norma  RSFSR  ning  1922-yildagi  Jinoyat  kodeksi 

bo’lib,  bu  hujjat  Turkiston  hududida  ham  amal  qilgan.  Ushbu  kodeksning  29-30-

moddalarida  jinoyatlar  ideal  jami  va  real  jami  uchun  jazo  tayinlash  qoidalari 

nazarda  tutilgan  bo’lib,  jumladan  29-moddaga  ko’ra,  “Аgar  aybdor  sodir  etgan 

qilmishda  kodeksning  turli  moddalarida  nazarda  tutilgan  jinoyatlarning  belgilari 

mavjud bo’lsa, sud og’irroq jazoni nazarda tutuvchi modda asosida jazo tayinlashi” 

belgilangan.  

 

O’zbekiston  SSRning  1926-yilda  qabul  qilingan  Jinoyat  kodeksida 



jinoyatlarning ideal majmui bir necha jinoyat sodir etish shakllariga kiritilib, unga 

ko’ra:  “Agar  shaxsning  sodir  etgan  qilmishida  bir  necha  jinoyat  belgilari  mavjud 

bo’lsa, jumladan hukm chiqarilgunga qadar shaxs tomonidan ikki yoki undan ortiq 

jinoyatlar  sodir  etilgan  bo’lsa,  ijtimoiy  ta’sir  choralari  eng  og’ir  chorani  nazarda 

tutuvchi jinoyat yuzasidan tayinlanadi.  

 

1959-yilda qabul qilingan O’zbekiston  SSR Jinoyat kodeksining  yuqoridagi 



qonunlardan  farqli  jihati  shunda  ediki,  unda  bir  necha  jinoyatlar  uchun  jazo 

tayinlashning  yangi  qoidalari,  jumladan  jazolarni  to’la  yoki  qisman  qo’shish 

qoidasi nazarda tutilgan edi.  

 

E’tiborli  jihati  shundaki,  yuqoridagi  qonunlarning  birortasida  bir  qancha 



jinoyatlar  instituti  nazarda  tutilmagan  bo’lib,  ularda  ushbu  qoidalar  jazo  tayinlash 

instituti doirasida belgilab berilgan edi.  

 

O’zbekiston  Respublikasining  1994-yil  22-sentabrda  qabul  qilingan 



amaldagi  Jinoyat  kodeksida  bir  necha  jinoyatlarning  nazariy  tushunchalari,  ular 

uchun jazo tayinlashning qoidalari belgilab berilgan.  

 

Unga  ko’ra  quyidagi  hollarda  bir  necha  jinoyat  sodir  qilganlik  uchun  jazo 



tayinlash lozimligi to’g’risidagi qoidalar qonuniy ifodasini topgan:   

 

a)  jinoiy  harakat  Jinoyat  kodeksi  Maxsus  qismining  turli  moddalari  bilan 



kvalifikatsiya qilinganida;  

21 

 

 



b)  ish  bo’yicha  hukm  chiqarilganidan  keyin  mahkumning  birinchi 

hukmgacha yana boshqa jinoyatda aybdorligi aniqlangan hollarda;  

 

v)  shaxs  bir  xildagi  yoki  turli  xildagi  bir  necha  harakatlarni  sodir  etgan 



bo’lib,  ulardan  biri  tugallangan  jinoyat  tariqasida,  boshqalari  esa  jinoyatga 

tayyorgarlik  ko’rish,  suiqasd  qilish  yoki  ishtirokchilik  tariqasida  kvalifikatsiya 

qilinganida. 

 

O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  muqaddimasida  va  14-



moddasida  ko’rsatilganki,  davlat  o’z  faoliyatini  inson  va  jamiyat  farovonligini 

ko’zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi. Ijtimoiy 

adolat  keng  ma’nodagi  tushuncha  bo’lib,  har  bir  huquq  instituti  o’zida  ushbu 

prinsipning  qaysidir  tomonini  qamrab  oladi.  Ushbu  prinsipning  jinoiy-huquqiy 

tomoni O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining odillik prinsipi bilan qamrab 

olingan, desak xato qilmaymiz.  

 

Odillik  prinsipi  jinoyat  qonunining  eng  muhim  prinsiplaridan  biri 



hisoblanadi  va  u  JK  ning  8-moddasida  aks  etgan:  “Jinoyat  sodir  etishda  aybdor 

bo’lgan  shaxsga  nisbatan  qo’llaniladigan  jazo  yoki  boshqa  huquqiy  ta’sir  chorasi 

odilona  bo’lishi,  ya’ni  jinoyatning  og’ir  yengilligiga,  aybning  va  shaxsning 

ijtimoiy xavflilik darajasiga muvofiq bo’lishi kerak.  

 

Hech  kim  bitta  jinoyati  uchun  ikki  marta  javobgarlikka  tortilishi  mumkin 



emas”.  

 

Jazoning  odilligi  prinsipi  jazo  turlari,  tizimi,  jinoiy  javobgarlik  va  jazodan 



ozod qilish to‘g‘risidagi normalarda ham o‘z aksini topgan. 

 

Jinoyat  sodir  etgan  shaxslarga  nisbatan  qo‘llaniladigan  jazo  va  boshqa 



huquqiy ta’sir chorasi odilona bo‘lishi uchun quyidagi: 

 

-  qilmishning  ijtimoiy  xavflilik  darajasi  (jinoyat  natijasida  yetkazilgan 



zararning miqdori va uni sodir etish usuli) va xususiyati (jinoiy tajovuz obyekti); 

 

- aybdorning shaxsi (jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli) va uning xavflilik darajasi; 



 

-  jinoyat  sodir  etish  holatlari,  ya’ni  jazoni  og‘irlashtiruvchi  va 

yengillashtiruvchi holatlar; 


22 

 

 



-  aybning  darajasi  (shakli  –  qasddan  yoki  ehtiyotsizlik  orqasida)  muvofiq 

bo‘lishi kerak. 

 

Odillik  prinsipining  “hech  kim  aynan  bitta  jinoyati  uchun  ikki  marta 



javobgarlikka  tortilishi  mumkin  emas”  degan  asosiy  qoidasi  xalqaro-huquqiy  va 

konstitutsiyaviy prinsip hisoblanadi.    

 

Jinoyat  huquqi  odillik  prinsipining  mohiyati  shundaki,  shaxs  sodir  etgan 



qilmishning jinoiyligi jinoyat qonunida belgilangan holatlar va ishonchli dalillarga 

asoslangan hollardagina u jinoiy javobgarlikka tortiladi. Ushbu prinsip qonuniylik, 

fuqarolarning  qonun  oldida  tengligi  va  insonaprvarlik  prinsiplari  bilan  bevosita 

bog‘liqdir

1



 



Ma’lumki,  jinoyatlar  o’z  ijtimoiy  xavflilik  darajasiga  ko’ra  to’rtta  guruhga 

bo’linadi  (JK  15-modda)  va  har  bir  darajadagi  jinoyat  uchun  jinoyatlar  majmui 

tariqasida  jazo  tayinashning  alohida  qoidasi  belgilangan.  Bu  ham  odillik  prinsipi 

namoyon bo’lishining bir ko’rinishidir. 

 

Jinoyat  qonunchiligini  liberallashtirish  jarayonida  bir  necha  jinoyatlar  sodir 



etganlik  uchun jazo  tayinlash to’g’risidagi  JK  ning  normasiga bir  necha  marotaba 

o’zgartirishlar kiritildi. Xususan, 1994-yilda Jinoyat kodeksida bir necha jinoyatlar 

yuzasidan  jazo tayinlashda jazoning  yengilrog’ini og’irrog’i bilan qoplash  qoidasi 

nazarda  tutilmagan  bo’lsa,  2004-yil  27-avgustda  qabul  qilingan  “O’zbekiston 

Respublikasining  ayrim  qonun  hujjatlariga  o’zgartirish  va  qo’shimchalar  kiritish 

to’g’risida”gi  Qonuniga  binoan  Jinoyat  kodeksining  59-moddasi  yangi  tahrirda 

qabul qilinib, jazoning  yengilrog’ini og’irrog’i bilan qoplash qoidasi  ham  nazarda 

tutildi.  

 

Jinoiy  jazolarni  liberallashtirishning  keyingi  davrida  o’lim  jazosini  bekor 



qilinishi va uning o’rniga uzoq muddatli hamda umrbod ozodlikdan mahrum qilish 

jazolarining  tadbiq  etilishi  munosabati  bilan  JK  ning  59-moddasiga  ham 

o’zgartishlar kiritilib, sodir etilgan  jinoyatlardan bittasi  uchun  umrbod ozodlikdan 

mahrum  qilish  tariqasidagi  jazo  tayinlanganda  yengilroq  turdagi  jazoni  umrbod 

                                                             

1

 Rustamboyev M.H. Jinoyat huquqi (Umumiy qism). Oliy O’quv yurtlari uchun darslik. – T.:  “ILM ZIYO”, 2005. 



– 38-b. 

23 

 

ozodlikdan  mahrum  qilish  bilan  qoplash  orqali  jazo  uzil-kesil  tayinlanishi 



to’g’risidagi,  sodir  etilgan  jinoyatlardan  bittasi  uchun  uzoq  muddatli  ozodlikdan 

mahrum  qilish  jazosi  tayinlanganda  jazolarni  to’la  yoki  qisman  qo’shish  yoxud 

yengilroq  jazoni  og’irrog’i  bilan  qoplash  orqali  jazo  uzil-kesil  tayinlanishi 

to’g’risidagi qoidalar kiritildi.  

 

Jinoyat  kodeksining  XI  bobi  jazo  tayinlash  masalalariga  bag’ishlangan 



bo’lib, 54-moddaga ko’ra, jinoyat sodir etishda qonunda belgilangan tartibda aybli 

deb  topilgan  shaxs  jazoga  tortiladi.  Sud  jazo  tayinlashda  sodir  etilgan  jinoyatning 

xususiyati  va  ijtimoiy  xavflilik  darajasini,  qilmishning  sababini,  yetkazilgan 

zararning  xususiyati  va  miqdorini,  aybdorning  shaxsini  hamda  jazoni 

yengillashtiruvchi va og’irlashtiruvchi holatlarni hisobga oladi.  

 

Bir  necha  jinoyat  sodir  etganlik  uchun  jazo  tayinlash  tartibiga  e’tibor 



beradigan  bo’lsak,  sud  har  qaysi  jinoyat  uchun  alohida-alohida  jazo  tayinlab, 

so’ngra  tayinlangan  yengilroq  jazoni  og’irrog’i  bilan  qoplash  yoxud  tayinlangan 

jazolarni to’la yoki qisman qo’shish yo’li uzil-kesil jazo tayinlaydi.  

 

Mutaxassislar  oarsida  ham  jazo  tayinlashning  bu  tartibi,  ya’ni  oldin  har  bir 



jinoyat  uchun  alohida  jazo  tayinlab,  so’ng  uzil-kesil  jazo  tayinlash  yuzasidan  har 

xil  yondashuvlar  mavjud:  xususan, N.А.Belyakov “Sud jinoyatlar jamiga kiruvchi 

har  bir  jinoyat  uchun  jazo  tayinlashda  har  bir  jinoyatni  bir-biridan  alohida  holda 

jinoyat  hodisasining  o’zi  deb  qaramasligi  kerak.  Bundan  tashqari,  sud  bir  necha 

jinoyat  sodir  etilganligini  esdan  chiqarmasligi  kerak.  Jazo  tayinlashning  umumiy 

asoslariga  ko’ra jazo tayinlashda  faqat jinoyatning  xususiyati  va  ijtimoiy  xavflilik 

darajasigina  emas,  balki  aybdorning  shaxsi,  jazoni  yengillashtiruvchi  va 

og’irlashtiruvchi holatlarni ham hisobga oladi. Bundan tashqari, ikkinchi va undan 

oldin  sodir  etilgan  har  bir  jinoyat  uchun  jazoni  og’irlashtiruvchi  holatni  hisobga 

olishi,  ya’ni  ilgari  ham  qasddan  jinoyat  sodir  etgan  shaxsning  qasddan  yangi 

jinoyat  sodir  etishi  (O’zbekiston  Respublikasi  JKning  56-moddasi  1-qismi  “n” 

bandi)  deb  hisoblab  jazo  tayinlashi  kerak”,  deb  yozadi

1

.  Bu  fikrga  mazmunan 



                                                             

1

 M.Usmonaliyev. Jinoyat huquqi (Umumiy qism). Oliy o’quv yurtlari uchun darslik. – T.: “Yangi asr avlodi”, 2005. 



– 476-b. 

24 

 

qo’shilgan  holda, N.D. Durmanov jazo shaxsning butun jinoiy  faoliyatini  hisobga 



olgan  holda  tayinlanishi  lozim,  degan  fikrni  ilgari  surgan.  Bajanov  M.  I  esa, 

yuqoridagi  fikrlarga  qarshi  chiqib,  alohida-alohida  jazo  tayinlash  tartibini 

yoqlagan

1

.  



 

Bir  necha  jinoyatlar  uchun  jazo tayinlashning alohida-alohida tartibi  haqida 

to’xtalgan M.H. Rustamboyev uning quyidagi ijobiy xususiyatlarini qayd etgan:  

 

a)  jinoyatlar  majmuiga  kiruvchi  alohida  jinoyatlar  uchun  amnistiya  va  avf 



etishni ancha yengillashtiradi; 

         b)  bunday  jinoyatlar  kassatsiya  yoki  nazorat  tartibida  ko‘rilganda  har  bir 

jinoyat  uchun  jazoni  yengillashtiruvchi  yoki  og‘irlashtiruvchi  holatlarini  e’tiborga 

olishda; 

         c)  ozodlikdan  mahrum  qilishga  hukm  qilinganlarga  nisbatan  jazoni  o‘tash 

koloniyasi  rejimi  turini  belgilashda, shaxsni  o‘ta  xavfli  retsidivist  deb  topish 

masalalarini hal qilishni osonlashtiradi

2



 

Bu  masalaga  to’xtalgan  Muqumova  M.Z.  esa,  quyidagi  jihatlarga  e’tibor 

qaratgan:  

 

birinchidan,  sodir  etilgan  har  bir  jinoyat  uchun  alohida-alohida  jazo 



tayinlash,  shaxsni  axloqan  tuzatish  maqsadiga  erishish  va  tuzatish  hamda 

jinoyatlarning  umumiy  va  maxsus oldini olish, shuning bilan birga  har bir jinoyat 

uchun jazoning muqarrarligi prinsipiga mos kelishi kerak;  

 

ikkinchidan, jazo tayinlashning ushbu tartibi hukmni appelyatsiya va nazorat 



tartibida  tekshirib  ko’rilganda,  har  bir  jinoyat  uchun  jazoni  yengillashtiruvchi  va 

og’irlashtiruvchi  hamda  Jinoyat  kodeksining  54-moddasida  nazarda  tutilgan 

holatlarni e’tiborga olishda muhim ahamiyatga ega;  

 

uchinchidan,  jazo  tayinlashning  ushbu  tartibi  ozodlikdan  mahrum  etishga 



hukm  qilinganlarga  jazoni  o’tash  koloniyasi  turini  belgilash,  shaxsni  xavfli  yoki 

o’ta xavfli retsidivist deb topish masalalarini hal qilishni osonlashtiradi;  

                                                             

1

 Бажанов М.И. Назначение наказания по совокпности преступлений и приговоров. – Харьков, 1977. – с. 49 



2

 Rustamboyev M.H. Jinoyat huquqi (Umumiy qism). Oliy O’quv yurtlari uchun darslik. – T.:  “ILM ZIYO”, 2005. 

– 375-b. 


25 

 

 



to’rtinchidan,  har  bir  jinoyat  uchun  alohida  holda  amnistiya  aktini  qo’llash  

imkonini beradi

1



 



Fikrimizcha, bu  masala  mamlakatimiz jinoyat qonunida to’g’ri hal qilingan. 

Jazo  tayinashning  ushbu  tartibi  jinoyat  qonuni  maqsadlarini  va  prinsiplarini  to’la 

ro’yobga chiqarishda o’ziga xos o’ringa ega.   

 

Jinoyat  kodeksiga  muvofiq,  bir  necha  jinoyatlar  sodir  etganlik  uchun 



jinoyatlar jami bo’yicha jazo tayinlash qoidalari quyidagi hollarda qo’llaniladi:  

 

1) jinoiy qilmish jinoyat  qonunining  turli  moddalari  bilan  kvalifikatsiya 



qilinganda; 

 

2)  shaxs  bir  necha  aynan  o’xshash  qilmishni  sodir  etgan  bo’lib,  ulardan 



ayrimlari  tugallangan  jinoyat,  boshqalari  esa  —  jinoyatga  tayyorgarlik,  suiqasd 

tariqasida  kvalifikatsiya  qilinganda  yoki  ayrimlari  mustaqil,  boshqalari  esa 

ishtirokchilikda sodir etilganda; 

 

3)  ish  bo‘yicha  hukm  chiqarilgandan  keyin  mahkumning  birinchi  ish 



bo‘yicha chiqarilgan hukmgacha yana boshqa jinoyatda aybdorligi aniqlanganida. 

 

Shuni  ham  aytib  o’tish  kerakki,    “jinoiy  qilmish  jinoyat  qonunining  turli 



moddalari  bilan  kvalifikatsiya  qilinganida”  degan  jumlada,  qilmishlardan  biri 

tayyorgarlik  ko’rish,  suiqasd  qilish  yoki  ishtirokchilikda  sodir  etish  holatlari  ham 

nazarda  tutilgan.  Masalan,  shaxs  JK  104-moddasida  nazarda  tutilgan  jinoyatni 

sodir etgan, buning  uchun sudlanmagani  holda, oradan qanchadir  vaqt o’tgach JK 

169-moddasidagi  belgilangan  jinoyatni  sodir  qilishga  suiqasd  qilgan.  Ushbu 

holatda sud tomonidan JK 59-moddasi asosan, JK 104-moddasi va JK 25-moddasi 

orqali JK 169-moddasi bilan jinoyatlar majmui bo’yicha jazo tayinlanadi. 

 

Jinoyat  kodeksi  Maxsus  qismining  shunday  moddalari  borki,  ularning  turli 



qismlarida har xil jinoyatlar uchun javobgarlik nazarda tutilgan. Masalan, JK 228, 

248, 273-moddalari. Xo’sh, shaxs  tomonidan  turli  vaqtlarda  bitta  moddaning  turli 

qismlarida  nazarda  tutilgan  mustaqil  jinoyatlar  sodir  etilsa,  jazo  qanday 

tayinlanadi? Masalan, shaxs  2015-yilning yanvar oyida boshqa JK 228-moddasida 

nazarda  tutilgan  jinoyatni  sodir  etgan,  ya’ni  boshqa  shaxs  foydalanishi  uchun 

                                                             

1

 Usmonaliyev M. Jazo tayinlash. O’quv qo’llanma. – T.: “Yangi asr avlodi”, 2003. – 47-b. 



26 

 

rasmiy  hujjatni  soxtalashtirib  sotgan.  Oradan  qanchadir  vaqt  o’tib,  ushbu 



moddaning uchinchi qismidagi jinoyatni sodir etgan, ya’ni boshqa shaxsga tegishli 

hujjatdan uning soxtaligini bila turib foydalangan. Ushbu holatda jazo qay tartibda 

tayinlanishi  masalasiga  Oliy  sud  Plenumining  2006-yil  3-fevraldagi  “Sudlar 

tomonidan  jinoyat  uchun  tayinlash  amaliyoti  to’g’risida”gi  qarorida  tushuntirish 

berilgan  bo’lib,  unga  ko’ra  bunday  holatlarda  ham  JK  59-moddasini  qo’llab 

jinoyatlar jami bo’yicha jazo tayinlash kerak.  

 

 Garchi Oliy sud Plenumining qarorida tushuntirish berib o’tilgan bo’lsa-da, 



yuqorida  bayon  qilingan  holatni  bartaraf  etish  uchun  Jinoyat  kodeksining  59-

moddasi  birinchi  qismini  “shaxs  Maxsus  qismning  turli  moddalarida”  degan 

so’zlardan  keyin    “bitta  moddasining  turli  qismlarida,  basharti  ushbu  qismlar 

turli  jinoyatlar  uchun  javobgarlikni  nazarda  tutsa”  degan  so’zlar  to’ldirish 

maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz.  

 

Jinoyat ishlari bo’yicha odil sudlovni amalga oshirishda sudning  protsessual 



faoliyatida  jazo  tayinlash  bosqichi,  juda  muhim  va  mas’uliyatli  qismdir,  chunki 

tayinlangan  jazo  yetarli  darajada  aybdorni  sodir  etgan  jinoyati  uchun  ham 

jazolashi,  ham  jazodan  ko’zlangan  maqsadlariga  –  mahkumni  axloqan  tuzatish, 

mahkum va boshqa shaxslar tomonidan  jinoyatlar sodir etilishining oldini olishga 

erishish  uchun yetarli bo’lishi kerak.  

 

Jinoyat  protsessual  kodeksining  468,  484-moddalariga  ko’ra,  jazo 

tayinlashning JK 59-moddasida belgilangan tartibiga rioya qilmaslik, ya’ni har bir 

jinoyat uchun alohida jazo tayinlanmasdan, jinoyatlar jami bo’yicha jazo belgilash 

va  alohida  jinoyatlar  uchun  jazo  tayinlab,  jinoyatlar  jami  bo’yicha    qat’iy  jazo 

belgilamaslik, shuningdek adolatsiz jazo tayinlash hukmning bekor bo’lishiga olib 

keladi. 

 

Jinoyat kodeksining 8, 54-moddalari mazmuniga ko’ra, jazo adolatli bo’lishi 



—  har  bir  holatda  individual  tayinlanishi,  jinoyatning  xususiyati  va  ijtimoiy 

xavflilik  darajasiga, aybdorning shaxsiga,  shuningdek jazoni  yengillashtiruvchi  va 

og’irlashtiruvchi holatlarga muvofiq bo’lishi kerak.  


27 

 

 



Jinoyatning  ijtimoiy  xavflilik  xususiyati  tajovuz  obyekti  (inson  hayoti  va 

sog’lig’i, mulk, jamoat xavfsizligi va h.k.), ayb shakli, jinoiy qilmishning qonunda 

qaysi toifaga (JK 15-moddasi) kiritilganligi bilan belgilanadi. 

 

Jinoyatning  ijtimoiy  xavflilik  darajasi  qilmish  sodir  etilishi  holatlari  (jinoiy 



niyatning  amalga  oshirilganligi  darajasi  va  bosqichlari  jinoyatni  sodir  etish  usuli, 

zarar  miqdori  yoki  kelib  chiqqan  oqibatlar  og’irligi,  ishtirokchilikda  sodir  etilgan 

jinoyatda sudlanuvchining roli) bilan belgilanadi. 

 

Agar  shaxs  tomonidan  ikki  va  undan  jinoyat  sodir  etilib,  ulardan  ayrimlari 



bo’yicha  shaxs  aybini  bo’yniga  olib  kelgan  bo’lsa,  bu  holat  jazoni 

yengillashtiruvchi  holat  sifatida  faqat  bo’yinga  olish  to’g’risida  ariza  berilgan 

jinoyatlar uchun jazo tayinlash paytida hisobga olinishi kerak.  

 


28 

 


Download 426.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling