Jinoyat huquqi va kriminologiya


II BOB. JINOIY HUQUQIY LIBERALLASHTIRISH JARAYONIDA BIR


Download 426.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana29.07.2020
Hajmi426.88 Kb.
#125127
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
bir necha jinoyatlar uchun jazo tayinlashda odillik prinsipi.

II BOB. JINOIY HUQUQIY LIBERALLASHTIRISH JARAYONIDA BIR 

NECHA JINOYATLAR UCHUN JAZO TAYINLASHDA ODILLIK PRINSIPI 

TA’MINLANISHINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI 

2.1.  Jinoiy jazolarni liberallashtirish sharoitida bir necha jinoyatlar uchun jazo 

tayinlashda odillik prinsipi ta’minlanishining ilmiy-amaliy  muammolari va 

ularni hal qilish masalalari 

 

Yuridik  soha  olimlarining  fikrlari,  ilmiy  ishlarini  o’rganish,  bitiruv 



malakaviy  amaliyotida  sud-tergov  hujjatlarini  ko’rib  chiqish,  advokatlik  faoliyati 

materiallari  bilan  tanishish,  xorijiy  davlatlar  jinoyat  qonunchiligini  qiyosiy 

o’rganish  natijasida  bir  necha  jinoyatlar  sodir  etganlik  uchun  jazo  tayinlash 

bo’yicha  bir  qancha  muammolar  kuzatilayotganligi,  qonun  normalarining  har  xil 

talqin  qilinayotganligi,  buning  natijasida  esa,  jinoyat  qonunining  odillik, 

insonparvarlik,  ayb  uchun  javobgarlikning  muqarrarligi  kabi  prinsiplardan 

chetlashish holatlari kuzatilayotganligi aniqlandi. 

 

Jinoyat-huquqiy  sohani  liberallashtirishning  bosh  maqsadi  –  O’zbekiston 



Respublikasi 

Prezidenti 

I.Karimov 

tomonidan 

belgilab 

berilganidek, 

o’tkazilayotgan  islohotlarning  asosiy  yo’nalishi  –  inson  omili  bo’lib,  davlatning 

jinoyatchilikka  qarshi  kurashdagi  odil  siyosati  orqali  adolat  hamda  qonun 

ustuvorligini  ta’minlashdan  iborat.  Zero,  jinoiy  jazolarni  liberallashtirishdan 

maqsad,  jinoyatchini  jamiyatdan  ajratmagan  holda  boshqa  yengilroq  jazo  berish 

yo’li  bilan  jamiyatga  qaytarish  imkoniyati  yaratish,  ya’ni  uni  axloqan  tuzatishdan 

iborat


1

.  O’z  navbatida,  jinoyat  sodir  etgan  shaxslarga  insoniylik  bilan  yondashuv, 

“yaxshi o’ylangan, puxta va lozim darajada tayyorgarlik ko’rilgan, har tomonlama 

hisoblab  chiqilgan  va  albatta,  inqilobiy  emas,  balki  tadrijiy  bo’lish”

2

  ni  taqozo 



etadi. 

 

Dastlabki  muammo  shuki,  yuridik  texnika  nuqtayi  nazaridan  qonunchilikda 



bitta  huquqiy  institutni  aynan  bitta  tushuncha  bilan  nomlash  talab  etiladi  va  bu 

                                                             

1

  Radjabova M. Jinoiy jazolarni liberallashtirish: ilmiy va amaliy tahlil.-T.:Аdolat, 2005. -80 b. 



2

 Mirzajonov Q., Kerjner M.  Аmnistiya va avf – jazoni insoniylashtirish prinsipi. // Huquq-Pravo-L aw. -2000.-№1. 

-B. 36-39.   


38 

 

narsa  tushunchaning  qonun,  sud-tergov  amaliyoti  va  adabiyotlarda  bir  xil 



tushunilishini,  talqin  etilishini  ta’minlaydi.  Aytish  kerakki,  O’zbekiston  jinoyat 

qonunchiligida  aynan  shu  ko’rinishdagi  muammo  mavjud.  O’zbekiston 

Respublikasi  Jinoyat  kodeksining  VIII  bobi  “Bir  qancha  jinoyat  sodir  etish”  deb 

nomlangan  holda,  59-moddasi  “Bir  necha  jinoyat  sodir  etganlik  uchun  jazo 

tayinlash”  deb,  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumining  2008-yil  15-

maydagi qarori “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga 

doir  masalalar  to’g’risida”  deb  nomlangan.  Shuningdek,  Oliy  sud  Plenumining 

2006-yil  3-fevraldagi  “Sudlar  tomonidan  jinoyat  uchun  jazo  tayinlash  amaliyoti 

to’g’risida”gi  qarorida  ham  “bir  necha  jinoyat  yuzasidan”  jumlalaridan 

foydalanilgan.  “Necha”  va  “qancha”  so’zlarining  lug’aviy  ma’nolari  talqini  shuni 

ko’rsatadiki,  “qancha”  so’zi  aynan  miqdorni  bildirsa,  “necha”  so’zi  asosan 

raqamlar bilan bog’liq so’zlarga ishlatiladi. Masalan, yoshing nechada, soat necha 

bo’ldi kabi

1

. Shunga asosan, ushbu  huquq institutini “bir necha” emas, bir qancha 



deb  nomlash  va  yuqorida  nomlari  zikr  etilgan  normativ-huquqiy  hujjatlar  va 

normalarni birxillashtirish maqsadga muvofiq degan fikrdamiz.  

 

Navbatdagi  muammoli  holat. Olgingi paragraflarda bir qancha jinoyat sodir 



etish  shakllariga  to’xtalgan  edik.  Yuridik  olimlar,  xususan,  M.Z.  Muqumova  va 

M.H.  Jiyanovning  tadqiqot  ishlari,  o’tkazgan    ijtimoiy  so’rovlari  va  ilmiy 

xulosalaridan kelib chiqib aytish mumkinki, tergov va sud amaliyotida jinoyatlarni 

kvalifikatsiya  qilish  hamda  jazo  tayinlash    bilan  bog’liq  eng  ko’p  muammolar  bir 

qancha  jinoyat  sodir  etish  shakli  sifatida  aynan  takroran  jinoyat  sodir  qilish  bilan 

bog’liq  bo’lmoqda.    Xususan,  M.H.  Jiyanovning  o’tkazgan  anketa  so’rovlariga 

ko’ra,  so’rovda  qatnashganlarning  71,8  %  takroran  jinoyat  sodir  qilish  to’g’risida 

normani o’zgartish tarafdori ekanliklarini ma’lum qilgan.  

 

Shuningdek,  Angliya,  AQSh,  Fransiya,  Germaniya,  Shveysariya,  Ispaniya, 



Yaponiya,  Xitoy  Xalq  Respublikasi  jinoyat  qonunchiligi  tahlil  qilinganda  ularda 

takroran  jinoyat  sodir  qilish  tushunchasining  mavjud  emasligi  aniqlandi.  Rossiya 

Federatsiyasida  esa,  aynan  shunday  norma  nazariy  jihatdan  asoslanmaganligi, 

                                                             

1

 O’zbek tilining izohli lug’ati. – Toshkent: O’zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2008. – T.5. – B.241. 



39 

 

amaliy  jihatdan  zararli  ekanligi,  ijtimoiy  nuqtayi  nazardan  jinoyat  huquqi 



prinsiplariga zid ekanligi tufayli 2003-yil 8-dekabrdagi federal qonunga asosan JK 

dan chiqarib tashlangan.  

 

Ijtimoiy  adolat  prinsiplariga  zid  ekanligi  tufayli  bir  qancha  jinoyatlarning 



turi sifatida takroran jinoyat sodir etishdan voz kechish lozimligi haqida fikrni T.V. 

Kondrashova, A.N. Popov va T. Chernenko asarlarida ham kuzatamiz

1

.  


 

Takroran jinoyat sodir etish normasi tufayli vujudga kelayotgan muammolar 

va jinoyat huquqi prinsiplariga zid holatlarni quyidagilarda ko’rishimiz mumkin:  

 

Birinchi  holat.  Birinchi  misol.  Muqaddam  sudlanmagan  fuqaro  K.  2015-yil 



14-avgust  kuni  do’kon  yonida  turgan  fuqaro  F.ga  tegishli  bo’lgan  velosipedni 

o’g’irlaydi.  21-avgust  kuni  esa,  qo’shnisi  M.ning  eshik  oldida  qoldirilgan 

velosipedini  o’g’irlaydi.  Unga  nisbatan  JK  169-moddasi  3-qism  “a”  bandiga 

asosan, olti yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.  

 

Ikkinchi  misol.  Muqaddam  sudlanmagan  fuqaro  A.  2014-yilning  iyun-iyul 



oylari  davomida  ketma-ket  o’nta  velosipedni  o’g’irlaydi.  Sud  unga  ham  JK  169-

moddasi  3-qism  “a”  bandiga  asosan,  olti  yil  muddatga  ozodlikdan  mahrum  qilish 

jazosini tayinlaydi. 

 

Xuddi  shunday  holatlar  amaliyotda  firibgarlik,  talonchilik  va  boshqa 



jinoyatlar  bilan  ham  uchramoqda.  Bir  shaxs  tomonidan  necha  marta  o’g’irlik 

qilinsa ham agar ulardan birontasi uchun sudlangan bo’lmasa takroran jinoyat sodir 

etilish  deb  qaralib  JK  169-moddasi  3-qism  “a”  bandi  bilan  javobgarlikka 

tortilmoqda.  Yuqoridagi  misollarda  takroriy  jinoyatlarning  ijtimoiy  xavflilik 

yig’indisi va jinoyat sodir etgan shaxsning ijtimoiy xavfliligi qonun tomonidan bir 

xil deb qaraladi. Bu esa, jinoyat qonunining prinsiplariga ziddir.  

 

Ikkinchi holat. Fuqaro S. tug’ruqxonada ishlaydi. U 2014-yilning fevral-mart 



oylarida  to’rt  marta  JK  124-moddasida  ko’rsatilgan  jinoyatni  sodir  etgan,  ya’ni 

tamagirlik  niyatida  bolani  almashtirib  qo’ygan.  Uning  qilmishi  JK  124-moddasi 

bilan  kvalifikatsiya  qilingan.  Ushbu  modda  bitta  qismdan  iborat  bo’lib,  unda 

                                                             

1

 Черненко Т. Формы множественности преступлений и их отражение в квалификации преступлений // 



Уголовное право. – Москва, 2000. – С 42.  

40 

 

“takroran  sodir  etsa”  degan  qism  mavjud  emas.  Shuningdek,  sud  S.  ga  jazo 



tayinlashda  ham  uning  qilmishiga  jinoyatlar  majmui  sifatida  qaray  olmaydi. 

Chunki,  JK  59-moddasida  “shaxs  Maxsus  qismning  turli  moddalarida”  degan 

qoida nazarda tutilgan. Shunga ko’ra, sud faqat bitta asosga tayanadi, ya’ni JK 56-

moddasi  birinchi  qism  “n”  bandida  nazarda  tutilgan  “ilgari  ham  qasddan  jinoyat 

sodir  etgan  shaxsning  takroran  yoki  qasddan  yangi  jinoyat  sodir  etishi”  deb  S.  ga 

nisbatan jazoni og’irlashtiruvchi normani qo’llagan holda og’irroq jazo tayinlaydi. 

Ammo tayinlangan og’irroq jazo JK 124-moddasida nazarda tutilgan eng og’irdan 

ko’p  bo’lmaydi.  Ushbu  holat,  fikrimizcha,  ijtimoiy  adolat  prinsiplariga  zid  va 

jinoyat  qonunining  ayb  uchun  javobgarlik  va  javobgarlikning  muqarrarligi 

prinsiplariga  mos  kelmaydi.  Chunki,  S.  bitta  jinoyatni  to’rt  marta  sodir  etgani 

holda  u  faqat  bitta  jinoyat  uchun  javobgarlikka  tortilmoqda  va  bitta  jinoyat 

sanksiyasi doirasida jazolanmoqda. 

 

Uchinchi  holat. Takroran  jinoyat sodir qilishning  ikkinchi  turi – “Kodeksda 



alohida  ko’rsatilgan  hollarda  esa,  turli  moddalarda  nazarda  tutilgan”  ikki  yoki 

undan  ortiq  jinoyatlardan  hosil  bo’ladigan  takroriy  jinoyatlar  ham  bir  paytning 

o’zida takroran jinoyat sodir qilish  va jinoyatlar jamining  qo’llanilishiga sababchi 

bo’layotganligi  uchun  amaliyotda  adolatsizlikni  keltirib  chiqarmoqda.  Masalan, 

shaxs 2015-yil 11-martida qasddan odam  o’ldirgan va buning uchun sudlanmagan 

holda shu yilning 2-avgustida qasddan badanga og’ir shikast yetkazgan. Bu holatda 

shaxsning  ikkinchi  qilmishi  JK  104-moddasi  uchinchi  qismi  “b”  bandi  bilan 

kvalifikatsiya  qilinadi.  Chunki,  bu  holatda  takroriylikning  “Jinoyat  kodeksining 

alohida  ko’rsatilgan  holat”i  mavjud  bo’lib,  qasddan  badanga  og’ir  shikast 

yetkazishni  takroran  qilingan  deb  baholashga  hamda  qasddan  odam  o’ldirganlik 

bilan  qo’shilib,  jinoyatlar  majmui  sifatida  qaralishga  va  JK  59-moddasida  asosan, 

bir  necha  jinoyatlar  uchun  jazo  tayinlashga  sabab  bo’lmoqda.  Bunday  holat  JK 

Maxsus qismining qator moddalarida nazarda tutilgan.  

 

B.V. Voljenkinning fikricha, bir paytning o’zida takroran jinoyat sodir etish 



va  jinoyatlar  jamini  qo’llash  haqidagi  norma  mutlaqo  noto’g’ri,  chunki  ularning 

har  biri  jazolarni  qo’shish  qoidalarini  qo’llash  odillik  prinsipining  buzilishini 



41 

 

kuchaytiradi,  xolos



1

.  Fikrimizcha,  yuqoridagi  holat  haqiqatan  ham  jinoyatlarning 

ijtimoiy  xavflilik  yig’indisini  xolisona  va  odil  ifoda  eta  olmaydi  va  jinoyatlar 

jamini  tashkil  qiluvchi  jinoyatlardan  birining  asossiz  ravishda  og’irlashtiruvchi 

qism bilan javobgarlikka tortilishiga sabab bo’ladi. Bu esa, Jinoyat kodeksining 8-

moddasidagi  odillik  prinsipining  jiddiy  buzilishiga  olib  keladi.  Xususan, 

M.H.Jiyanov    o’tkazgan  ijtimoiy  so’rovda  qo’yilgan  “Jinoyat  qonunchiligini 

liberallashtirish  nuqtai  nazaridan  shaxs  “Kodeksda  alohida  ko’rsatilgan  hollarda 

turli  moddalarda  nazarda  tutilgan”  jinoyatni  sodir  etganda,  uning  qilmishi  bir 

vaqtning o’zida ham takroran jinoyat, ham jinoyatlar majmui sifatida kvalifikatsiya 

qilinishi  shaxsning  huquq  va  erkinliklariga  zid  kelmaydimi?”  degan  savolga 

so’rovda  qatnashganlarning  72,8  %  i  shaxsning  huquq  va  erkinliklarini  qisman 

buzadi, deya javob bergan.  

 

To’rtinchi  holat.  Aytaylik,  shaxs  oldin  JK  169-moddasi  birinchi  qismida 



ko’rsatilgan jinoyatni sodir qildi, keyinroq esa yana xuddi shunday jinoyatni sodir 

qildi. Ulardan ikkinchisi huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ochildi va 

u  uchun  shaxs  jazoga  hukm  qilindi.  Hukm  kuchga  kirib,  jazoning  ma’lum  qismi 

o’talgandan  keyin  shaxsning  oldingi  jinoyati  ham  ochildi.  Bu  holatda  qilmish 

jinoyatlar  jami  tariqasida  emas,  balki  takroran  jinoyat  sodir  etish  deb  JK  169-

moddasi  uchinchi  qism  “a”  bandi  bilan  qayta  kvalifikatsiya  qilinishi  kerak  va 

ushbu  vaziyatda  sud  JK  ning  59-moddasi,  ya’ni  bir  necha  jinoyatlar  uchun  jazo 

tayinlash qoidalarini qo’llay olmaydi. Xo’sh, bu holatda birinchi hukmning taqdiri 

nima bo’ladi?  Umummantiq qoidalari bo’yicha ushbu holatda birinchi hukm bekor 

bo’lishi  va  ish  qayta  tergovga  qaytarilishi,  tergovda  shaxsning  qilmishi  JK  169-

moddasi uchinchi qismi “a” bandi bilan kvalifikatsiya qilinib, sudga olib chiqilishi 

kerak. Ammo O’zbekiston jinoyat qonunchiligida bunday prinsipial qoida  mavjud 

emas.  Shu  sababli,  Jinoyat  protsessual  qonunchiligining  tarixiy-an’anaviy  qoidasi 

ishga  tushadi:  “qonunni  qo’llayotganda  kelib  chiqadigan  har  qanday  shubhalar, 

ziddiyatlar  va  bo’shliqlar  ayblanuvchi  foydasiga  hal  qilinishi  kerak”.  Xo’sh,  unda 

                                                             

1

 Волженкин Б.В. Принцип справедливости и проблемы множественности преступлений по УК РФ // 



Законность. Москва, 1998. - № 12. 

42 

 

javobgarikning  muqarrarligi  prinsipi  nima  bo’ladi?  Yetkazilgan  zararni  undirish, 



fuqaroviy  da’vo  masalalari-chi?  Aytish  kerakki,  olimlarning  tadqiqotlarida  ham 

aynan ushbu muammo yoritilmagan, balki chetlab o’tilgan. 

 

Ko’rishimiz  mumkinki,  jinoyat  qonuni  normalarining  yetarli  darajada 



mukammal  emasligi  huquq  tizimi  prinsiplari  o’rtasidagi  zddiyatlarga  sabab 

bo’lmoqda.  Bu  esa,  o’z  navbatida  huquqning  boshqa  sohalari  normalari  aniq  va 

to’liq  ishlashiga  xalal  beryapti.  Natijada  esa,  shaxsning  qonuniy  huquq  va 

manfaatlariga zarar yetmoqda.  

 

Shu  nuqtayi  nazardan  ko’plab  xorijiy  davlatlarning  tajribasini,  yuridik  soha 



olimlarining  fikrini  hamda sud-tergov amaliyotini  hisobga  olgan  holda bir qancha 

jinoyatlar  sodir  etishning  shakli  sifatida  takroran  jinoyat  sodir  etishni  jinoyat 

qonunidan  chiqarish  taklif  etiladi.  Bugungi  kunda  Jinoyat  kodeksi  Maxsus 

qismining  47  ta  moddasida  takroran  jinoyat  sodir  etish  kvalifikatsiyalovchi  belgi 

sifatida  nazarda  tutilgan.  Bir  qancha  jinoyat  sodir  etish  shakllari  sifatida  faqat 

jinoyatlar  majmui  va  retsidiv  jinoyat  qoldirilishi  kerak.  Ushbu  taklifning  amalga 

oshirilishi  jinoyat  qonunchiligini  liberallashtirish  sharoitida  yuqorida  qayd  etib 

o’tilgan  muammoli  holatlarning  bartaraf  etilishida  hamda  inson  huquq  va 

manfaatlarini to’laroq ro’yobga chiqarilishida muhim qadam bo’lar edi.  

 

M.H.  Jiyanov  o’z  ilmiy  ishida  takroran  jinoyat  sodir  etishni  bir  qancha 



jinoyat  sodir  etish  shakli  sifatida  jinoyat  qonunidan  chiqarishni  taklif  qilgan-u, 

ammo bir shaxs tomonidan Jinoyat kodeksi ayni bir moddasi yoki bir moddasining 

ayni bir qismida belgilangan jinoyatlarni turli vaqtlarda sodir etishni ham jinoyatlar 

majmui  sifatida  baholash  kerakligi  xususidagi  masala  ochiq  qoldirilgan.  Jinoyat 

kodeksini  yangi  32

1

-modda  bilan  to’ldirish



1

ni  taklif  qilgani  holda,  ushbu  holatda 

jazo  tayinlash  masalasiga  to’xtalmagan.  Fikrimizcha,  Jinoyat  kodeksi  59-moddasi 

birinchi qismini quyidagi tahrirda yangidan qabul qilish maqsadga  muvofiq bo’lar 

edi: 

“59-modda. Bir qancha jinoyat sodir etganik uchun jazo tayinlash 

                                                             

1

 Batafsil ma’lumot uchun qarang: Jiyanov M.H. Bir qancha jinoyat sodir etganlik uchun javobgarlik muammolari: 



12.00.08-Jinoyat huquqi va kriminologiya; yuridik fanlar doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya 

/ Ilmiy maslahatchi: M.H.Rustamboyev. – T., 2012. 



43 

 

 



Shaxs  Jinoyat  kodeksi  Maxsus  qismining  turli  moddasida  yoki  bir 

moddasida  yoki  bir  moddasining  bitta  qismida  yoki  turli  qismlarida  nazarda 

tutilgan  ikki  yoki  undan  ortiq  jinoyatni  turli  vaqtlarda  sodir  etsa  yoxud  bir 

qilmishi bilan Maxsus qism turli moddalarida nazarda tutilgan  ikki yoki undan 

ortiq jinoyatni sodir etsa, ulardan birortasi uchun ham sudlangan bo’lmasa, sud 

ushbu Kodeksning 54-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq har qaysi 

qilmish  uchun  jazo  tayinlab,  so’ngra  tayinlangan  yengilroq  jazoni  og’irrog’i 

bilan qoplash yoxud tayinlangan jazolarni to’la yoki qisman qo’shish yo’li bilan 

jinoyatlar majmui bo’yicha jazo tayinlaydi.” 

 

Jinoyat qonuni normalaridagi g’alizliklardan yana biri shuki, JK 59-moddasi 



8-qismiga ko’ra, “agar ish bo’yicha hukm chiqarilganidan keyin mahkumning ana 

shu  ish  bo’yicha  chiqarilgan  hukmga  qadar  sodir  etilgan  yana  boshqa  jinoyatda 

aybli  ekanligi  aniqlansa  ham  jazo  o’sha  tartibda  tayinlanadi.  Bunday  holda 

jinoyatlar  majmui  bo’yicha  sud  tomonidan  tayinlangan  jazo  muddatiga  birinchi 

hukm  yuzasidan  jazoning  o’talgan  qismi  qo’shiladi”  degan  qoida  mavjud.  Ushbu 

holatda  jinoyatlar  jami  bo’yicha  jazo  tayinlash  vaqtida  jazoning  o’talgan  yoki 

o’talmagan  qismiga  ahamiyat  berilmay,  birinchi  hukm  bo’yicha  tayinlangan  jazo 

bilan keyingi hukm bo’yicha tayinlangan jazolar qisman yoki to’la qo’shilib qat’iy 

jazo  tayinlanadi,  birinchi  hukm  bo’yicha  tayinlangan  jazoning  o’talgan  qismi 

jinoyatlar jami bo’yicha tayinlangan jazoning o’talgan qismi hisoblanadi. 

 

Ushbu  holatga  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumi  tomonidan 



“Sudlar  tomonidan  jinoyat  uchun  jazo  tayinlash  amaliyoti  to’g’risida”gi  qaroriga 

2014-yilning  23-mayida  qo’shimcha  kiritilib

1

,  shunday  tushuntirish  berildi: 



“Sudlar  shuni  nazarda  tutishlari  lozimki,  jinoyatlar  majmui  uchun  JK  59-

moddasining sakkizinchi qismi bo’yicha jazo tayinlanganda,  uzil-kesil jazo, qoida 

tariqasida,  Jinoyat  kodeksining  Umumiy  qismida  belgilangan  tartib  va  miqdorda 

tayinlanib,  birinchi  hukm  bo’yicha  tayinlangan  jazodan  kam  bo’lishi  mumkin 

emas.  Bunday  hollarda  birinchi  hukm  bo’yicha  tayinlangan  jazoning  o’talmagan 

qismidan  emas,  balki  uning  to’liq  miqdoridan  kelib  chiqish  shartligiga  e’tibor 

                                                             

1

 O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi 07-sonli qarori. 



44 

 

qaratilsin.  Shuningdek,  ushbu  qarorga  2010-yil  14-mayda  o’zgartish  va 



qo’shimcha  kiritilgan  bo’lib,  unda  shunday  tushuntirish  berilgan  edi:  “JK  59-

moddasining  sakkizinchi  qismiga  muvofiq  tayinlangan  uzil-kesil  jazo  muddatini 

belgilashda birinchi hukm bo’yicha o’talgan jazo hisobga olinadi

1

”. 



 

Sudlar  tomonidan  ushbu  holatda  qonun  normasi  asosan  to’g’ri 

qo’llanilayotgan  bo’lishiga  qaramasdan  qonun  matnidagi  noaniqlik  jazo 

tayinlashda xatoga yo’l qo’yishga sabab bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, qonun 

matni  qanchalik  sodda  va  tushunarli  bo’lsa,  qonunni  tushunish,  huquqiy 

savodxonlik va huquqiy madaniyat shu darajada yuqori bo’ladi.  

 

Shulardan kelib chiqqan holda, JK 59-moddasi sakkizinchi qismini quyidagi 



tahrirda  bayon  qilishni  taklif  qilamiz:  “Bunday  holda  har  ikkala  hukm  bo’yicha 

tayinlangan  jazolarni  qisman  yoki  to’la  qo’shish  orqali  uzil-kesil  jazo 

tayinlanadi.  Birinchi  hukm  bo’yicha  tayinlangan  jazoning  o’talgan  qismi  uzil-

kesil tayinlangan jazoning o’talgan qismi deb hisoblanadi”. 

 

O’zbekiston  Respublikasi  Jinoyat  kodeksi  60-moddasi  (bir  necha  hukm 

yuzasidan  jazo  tayinlash)  ning  uchinchi  qismida  “Bir  necha  hukmlar  yuzasidan 

axloq  tuzatish  ishlariga  yoki  xizmat  bo’yicha  cheklash  jazosiga  hukm  qilinib,  ish 

haqi yoki pul ta’minotidan ushlab qolishning har xil miqdori belgilangan hollarda, 

bu  jazolarning  faqat  muddatlari  qo’shiladi”  deb  ko’rsatilgan.  Jinoyat  kodeksi  59-

moddasi (bir necha jinoyat yuzasidan jazo tayinlash) da esa, ushbu qoida nazarda  

tutilmaganligi sababli amaliyotda qonunni har xil talqin qilish holatlari kuzatilgan. 

Xususan,  M.  JK  167-moddasi  birinchi  qismi  bilan  aybdor  deb  topilib,  unga  ish 

haqining  20  %  izini  ushlab  qolgan  holda  bir  til  muddatga  axloq  tuzatish  ishlari 

jazosi  tayinlangan.  JK  228-moddasi  birinchi  qismi  bilan  aybdor  deb  topilib,  ish 

haqining  15  foizini  ushlab  qolgan  holda  ikki  yil  axloq  tuzatish  ishlari  jazosi 

tayinlangan.  JK  59-moddasiga  asosan,  jazolarni  qisman  qo’shish  yo’li  bilan  ish 

haqining  25  %  ini  ushlab  qolgan  holda  ikki  yil  olti  oy  muddatga  axloq  tuzatish 

ishlari  jazosi  tayinlangan.  Sud  ushbu  holatda  jazo  muddatini  ham,  ushlab  qolish 

foizlarini  ham  qisman  qo’shgan.  Vaholanki,  bir  necha  hukm  yuzasidan  jazo 

                                                             

1

 O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 08-sonli qarori. 



45 

 

tayinlash  mantiqan  olib  qaraganda  bir  necha  jinoyat  uchun  jazo  tayinlashga 



qaraganda  jiddiyroq  bo’lgani  holda  unga  yengillik  berilmoqda,  bir  necha  jinoyat 

uchun jazo tayinlashda esa, foizlar qo’shilishiga ham yo’l qo’yilmoqda. 

 

Ushbu  holatga  aniqlik  kiritish  uchun  Oliy  sud  Plenumi  tomonidan  “Sudlar 



tomonidan  jinoyat  uchun  jazo  tayinlash  amaliyoti  to’g’risida”gi  qarorga 

qo’shimcha  kiritilib,  unda  quyidagi  tushuntirish  berildi:  “JK  60-moddasining  5-

qismiga  ko’ra,  bir  necha  hukmlar  yuzasidan  axloq  tuzatish  ishlariga  yoki  xizmat 

bo’yicha  cheklashga  hukm  qilinib,  ish  haqi  yoki  pul  ta’minotidan  ushlab 

qolishning  har  xil  miqdori  belgilangan  hollarda  bu  jazolarning  faqat  muddatlari 

qo’shiladi.  Shunga  ko’ra,  bunday  hollarda  uzil-kesil  axloq  tuzatish  ishlari  jazosi 

tayinlanganida, ish haqi yoki pul ta’minotidan ushlab qolishning eng ko’p bo’lgan 

miqdori belgilanishi lozim. Bir necha jinoyat sodir etganlik uchun JK 59-moddasi 

tartibida jazo tayinlashda ham shu qoidalarga amal qilinishi lozim”.  

 

Yuqoridagi  tushuntirishdan  ko’rishimiz  mumkinki,  bir  necha  jinoyat  uchun 



jazo  tayinlashda  axloq  tuzatish  jazosi  tayinlansa,  uning  muddatlari  qoplanib,  to’la 

yoki qisman qo’shilib, foizlariga kelganda tayinlangan jazolardagi eng yuqori foiz 

olinishi  kerak.  Bu  bilan  Oliy  sud  Plenumi  bir  necha  jinoyat  sodir  etish  hamda  bir 

jinoyati uchun hukm qilinib, jazo o’talayotgan paytda yana jinoyat sodir etishning 

ijtimoiy  xavflilik  xususiyatiga  bir  xil  baho  bermoqda.  Fikrimizcha,  bu  jinoiy 

jazolarni  liberallashtirish  jarayonining  mazmuniga  mos  kelmaydi  va  odillik 

prinsipining  ro’yobga  chiqishiga  xizmat  qila  olmaydi.  Shu  sababli,  Oliy  sud 

Plenumining  ushbu  tushuntirishini  o’zgartirib,  bir  necha  jinoyat  uchun  axloq 

tuzatish jazosi tayinlanayotganda ularning ish haqidan ushlab qolish foizlari har xil 

bo’lsa,  eng  past  foizni  uzil-kesil  jazo  uchun  tayinlash  to’g’risida  qoida  kiritilishi 

maqsadga muvofiq bo’lar edi.  

 

Bitiruv-malakaviy 



ishining 

1.3 


paragrafida 

M.H. 


Jiyanov 

va 


M.Z.Muqumovalar  tomonidan  jinoyatlar  ideal  jami  va  jinoyatlar  real  jami  uchun  

jazo belgilashning alohida tartibini joriy qilish to’g’risida takliflar bildrirlganligini 

ta’kidlab  o’tgan  edik.  Ushbu  fikrlarga  biz  ham  qo’shilamiz.  Chunki,  jinoyatlar 

majmuini  real  va  ideal  turlarga  ajratish  shaxs  jinoiy  faoliyatining  xususiyati  va 



46 

 

qonunda  ko’rsatilgan  huquqiy  oqibatlarga  asoslangan.  Shaxs  jinoiy  faoliyatining 



ijtimoiy  xavflilik darajasi jinoyatlarning  ideal  majmuiga qaraganda real  majmuida 

yuqoriroq  bo’ladi,  chunki  jinoyatlarning  real  majmuida  shaxs  uchun  birinchi  va 

keyingi jinoyatlar oralig’ida o’z jinoiy  faoliyatini qayta baholash  va to’g’ri  yo’lga 

qaytishga vaqt ham, imkoniyat ham ko’proq bo’ladi, lekin u o’z jinoiy niyatlaridan 

qaytmaydi va jinoiy faoliyatini davom ettiradi.  

 

Shu  jihatdan  O’zbekiston  Respublikasi  JK  59-moddasi  ikkinchi  qismini 



quyidagi  jumlalar  bilan  to’ldirishni  taklif  qilamiz:  


Download 426.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling