Jinoyat huquqi va kriminologiya
Download 426.88 Kb. Pdf ko'rish
|
bir necha jinoyatlar uchun jazo tayinlashda odillik prinsipi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- “59-modda. Bir qancha jinoyat sodir etganik uchun jazo tayinlash Shaxs Jinoyat kodeksi Maxsus qismining turli moddasida yoki bir
- “Bunday holda har ikkala hukm bo’yicha tayinlangan jazolarni qisman
- Foydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro’yxаti
- Normativ-huquqiy hujjatlar
- Darslik va o’quv qo’llanmalar
- Ilmiy adabiyotlar va maqolalar
- Davriy nashr va jurnallar
61
Jinoiy-huquqiy liberallashtirish jarayonida jazo tayinlash, xususan, bir necha jinoyatlar sodir etganlik holatida jazo tayinlash to’g’risidagi qonun normalari yuzasidan ham bir qancha islohotlar amalga oshirildi. Shu bilan birga aytish kerakki, inson va fuqaro huquqlarini ta’minlash, odillik va insonparvarlik prinsiplarini ro’yobga chiqarishda jazo tayinlash amaliyotida, umuman jinoyat qonunchiligida yetarlicha kamchilik va muammolar borligi tadqiqotimiz davomida ko’rib chiqildi. Bir necha jinoyatlar uchun jazo tayinlash tartibini yanada takomillashtirish, uning samarali mexanizmini ishlab chiqish, ushbu holatda javobgarlikni belgilovchi normalari va asoslarni aniqlashtirishni bugun davr talab qilmoqda.
Bir necha jinoyat uchun jazo tayinlashda odillik prinsipi mavzusida olib borgan tadqiqotimiz natijasida quyidagi xulosalarga keldik va quyidagi takliflarni ilgari suramiz:
1. Bir qancha jinoyat sodir etish shakli sifatida takroran jinoyat sodir etishni Jinoyat kodeksidan chiqarish va jinoyatlar majmui va retsidiv jinoyatni qoldirish. Shuningdek, Jinoyat kodeksi Maxsus qisminig 47 ta moddasidan takroran jinoyat sodir etishni kvalifikatsiyalovchi belgi sifatida chiqarish.
2. Jinoyat kodeksi 59-moddasi birinchi qismini quyidagi tahrirda yangidan qabul qilish maqsadga muvofiq bo’lar edi: “59-modda. Bir qancha jinoyat sodir etganik uchun jazo tayinlash Shaxs Jinoyat kodeksi Maxsus qismining turli moddasida yoki bir moddasida yoki bir moddasining bitta qismida yoki turli qismlarida nazarda tutilgan ikki yoki undan ortiq jinoyatni turli vaqtlarda sodir etsa yoxud bir qilmishi bilan Maxsus qism turli moddalarida nazarda tutilgan ikki yoki undan ortiq jinoyatni sodir etsa, ulardan birortasi uchun ham sudlangan bo’lmasa, sud ushbu Kodeksning 54-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq har qaysi qilmish uchun jazo tayinlab, so’ngra tayinlangan yengilroq jazoni og’irrog’i bilan qoplash yoxud tayinlangan jazolarni to’la yoki qisman qo’shish yo’li bilan jinoyatlar majmui bo’yicha jazo tayinlaydi.” 62
3. JK 59-moddasi sakkizinchi qismini quyidagi tahrirda bayon qilishni taklif qilamiz: “Bunday holda har ikkala hukm bo’yicha tayinlangan jazolarni qisman yoki to’la qo’shish orqali yagona jazo tayinlanadi. Birinchi hukm bo’yicha tayinlangan jazoning o’talgan qismi uzil-kesil tayinlangan jazoning o’talgan qismi deb hisoblanadi”.
4. Jinoyatlar ideal jami va jinoyatlar real jami uchun jazo tayinlashning alohida tartiblarini, shuningdek, retsidiv jinoyat uchun ham alohida tartibni ishlab chiqish.
5. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan yangi qaror qabul qilinib, unda:
- bir necha jinoyat uchun axloq tuzatish jazosi tayinlanayotganda ularning ish haqidan ushlab qolish foizlari har xil bo’lsa, eng past foizni uzil-kesil jazo uchun tayinlash to’g’risida qoida kiritilishi maqsadga muvofiq bo’lar edi;
- bir necha jinoyat uchun jarima jazosi tayinlanayotganda alohida-alohida jazo tayinlash vaqtida har bir jinoyat sodir qilingan vaqtdagi eng kam oylik ish haqlari miqdoridan kelib chiqqan holda jarimaning summasini belgilab olib, uzil- kesil jazo tayinlashda summalarni qo’shish to’g’risida tushuntirish berilishi kerak. Yoxud uzil-kesil jazo tayinlashda alohida-alohida tayinlangan jazolardan qancha miqdordan olinganligini ko’rsatib, shu miqdorlar bo’yicha tegishli eng kam oylik ish haqidan kelib chiqib, uzil-kesil jazo tayinlash to’g’risida ko’rsatma berilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi; - shuningdek, “agar bir necha jinoyatlar uchun qo’shimcha jazolar tariqasida muayyan huquqdan mahrum qilish tayinlansa va ular turli xil huquqlarni nazarda tutsa, ular alohida tayinlanadi” tarzida qoida belgilab qo’yishni maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz.
63
Rahbariy adabiyotlar:
1. Karimov I.А. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo’lida. T.6. –T.: O’zbekiston, 1998. – 429 b.
2. Karimov I.А. Аdolat – qonun ustuvorligida. Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oltinchi sessiyasidagi nutqi. // “Xalq so’zi”. 2001. 30- avgust.
3. Karimov I.А. Qonun va adolat ustivorligi erkin va faravon hayot kalitidir. “Xalq so’zi”, 2004 yil 18-sentabr.
4. Karimov I.А. Inson, uning huquq va erkinliklari – oliy qadriyat. T. 14. – Toshkent: O’zbekiston, 2006. –280 b.
5. Karimov I.A. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” nomli ma’ruzasi. – T.: “O’zbekiston”, 2010.
6. Karimov I.А. Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish – mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy mezonidir. T.19. –Toshkent: O’zbekiston, 2011. – 360 b.
7. Karimov I.A. Mamlakatimizni 2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi // “Xalq so’zi”. 2016-yil 17-yanvar.
1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: “O’zbekiston”, 2014. 2. O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (2015-yil 1-oktabrgacha bo’lgan o’zgartish va qo’shimchalar bilan). Rasmiy nashr. – T.: “Adolat”, 2015. – 480 b.
3. O’zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (2015-yil 1- sentabrgacha bo’lgan o’zgartish va qo’shimchalar bilan). Rasmiy nashr. – T.: “Adolat”, 2015. – 786 b. 64
4. O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga sharhlar. –T.: “Аdolat”, 1997. – B.56-65.
5. O’zbekiston Respublikasining “Sudlar to’g’risida”gi Qonuni // O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Аxborotnomasi, 2001 y., 1-2-son, 10- modda; 2002 y., 1-son, 20-modda; 2004 y., 1-2-son, 18-modda; O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2004 y., 51-son, 514-modda; 2007 y., 29- 30-son, 296-modda; 2009 yil, 52-son, 553-modda; 2011 y., 16-son, 162-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Аxborotnomasi, 2007 y., 6- son, 249-modda; 2012 y., 38-son, 433-modda; 2014 y., 4-son, 45-modda.
6. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 1-fevralda qabul qilingan “Sudlar tomonida jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to’g’risida”gi 1-son qarori.
7. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 15-mayda qabul qilingan “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar to’g’risida” gi 13-son qarori Darslik va o’quv qo’llanmalar:
1. M.Usmonaliyev. Jinoyat huquqi (Umumiy qism). Oliy o’quv yurtlari uchun darslik. – T.: “Yangi asr avlodi”, 2005. – 662 b.
2. Usmonaliyev M. Jazo tayinlash. O’quv qo’llanma. – T.: “Yangi asr avlodi”, 2003. – 120 b.
3. Rustamboyev M.H. Jinoyat huquqi (Umumiy qism). Oliy O’quv yurtlari uchun darslik. – T.: “ILM ZIYO”, 2005. – 480 b.
4. Rustamboyev M.H. O’zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. Umumiy qism. I tom. Jinoyat to’g’risida ta’limot // OTM uchun darslik. – T.: “ILM ZIYO”, 2010. – 400 b.
5. Rustamboyev M.H. O’zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. Umumiy qism. II tom. Jazo to’g’risida ta’limot // OTM uchun darslik. – T.: “ILM ZIYO”, 2011. – 304 b.
6. Rustamboyev M.H. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga sharhlar. Umumiy qism. – T.: “ILM ZIYO”, 2006. – 608 b. 65
7. Jinoyat huquqi. Umumiy qism: Darslik (To’ldirilgan va qayta ishlangan ikkinchi nashri) / R. Kabulov, A.A. Otajonov va boshq. – T.: O’zbekiston Respublikasi IVV Akademiyasi, 2012. – 448 b.
8. Rustamboyev M.H., Tuxtasheva U.A. O’zbekiston Respublikasida sud hokimiyati va sud-huquq islohotlari: ilmiy-publitsistik nashr – T.: TDYuI nashriyoti, 2009. – 559 b.
9. Sud-huquq tizimini isloh etish: o’quv-uslubiy majmua. – O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent davlat yuridik instituti – T.: “Adolat”, 2011. – 80 b. Ilmiy adabiyotlar va maqolalar:
1. Якубов А.С., Матлюбов Б. Совокупность преступлений и ее виды // Ҳуқуқ. Право. Law. – Toshkent, 2000.
2. Matlyubov B. Jinoyat huquqida jinoyatlarning real majmui tushunchasi va belgilari // Demokratlashtirish va inson huquqlari, – Toshkent, 2002.
3. Ochilov H. Jinoyat majmui: ularga jazo tayinlash tartibi to’g’risida // Hayot va qonun. – Toshkent, 2004.
4. Sud-huquq islohotlari: hozirgi holati va takomillashtirish istiqbollari. Ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. 2007-yil 17-may. – T.: TDYuI, 2007.
5. Sud-huquq islohotlarini yanada takomillashtirish jarayonida fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishning dolzarb muammolari. – T.: TDYuI, 2009.
Davriy nashr va jurnallar:
1. O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining Axborotnomasi. – Toshkent, 2014. - № 4.
2. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi axborotnomasi. – Toshkent, 2015. - № 1.
3. O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Oliy o’quv kurslari axborotnomasi. – Toshkent, 2013. - № 3. 66
1. http://www.lex.uz 2. http://www.cyberleninka.ru
3. http://www.elibrary.ru 4. http://www.consultant.ru
5. http://www.juris.de 6. http://www.pravo.ru Download 426.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling