Jinoyat huquqi va kriminologiya
“Shaxs bir qilmishi bilan JK
Download 426.88 Kb. Pdf ko'rish
|
bir necha jinoyatlar uchun jazo tayinlashda odillik prinsipi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shu nuqtayi nazardan quyidagi taklifni ilgari suramiz
- 2.2. Bir necha jinoyatlar uchun jazo tayinlash qoidalarini takomillashtirish
“Shaxs bir qilmishi bilan JK
Maxsus qism truli moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etsa, jinoyatlar majmui bo’yicha tayinlangan jazolarning yengilrog’i og’irrog’i bilan qoplanadi yoxud jazolarni to’la yoki qisman qo’shish bilan orqali uzil-kesil jazo tayinlanadi”. Nazarimizda, jazo tayinlashning yuqoridagi qoidalari mamlakatimizda olib borilayotgan jinoiy-huquqiy siyosatning liberallshtirish mazmun-mohiyatiga, ya’ni odillik, insonparvarlik prinsiplariga to’la mos keladi.
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi jazo tizimidagi asosiy jazolardan biri bu jarima jazosidir. Sud-huquq islohotlari davrida “iqtisodiyot sohasidagi jinoyat ishlari bo’yicha qamoq va ozodlikdan mahrum etish jazolari o’rniga jarima shaklidagi iqtisodiy sanksiyani qo’llash imkoniyati ancha kengaytirildi 1 ”. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to’g’risida”gi qarori 2 da ham jarima tariqasidagi jazo turini nafaqat ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan va uncha og’ir bo’lmagan jinoyatlar, balki og’ir jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarga nisbatan ham, agar bu jazo qonun sanksiyasida nazarda tutilgan bo’lsa, kengroq qo’llash tavsiya etilgan.
1 Karimov I.A. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” nomli ma’ruzasi // Xalq so’zi. 2010-yil 13-noyabr. 2
47
Ushbu ko’rsatmadan kelib chiqqan holda bugungi kunda sud amaliyotida jarima tariqasidagi jazo keng doirada qo’llanilmoqda. Bir necha jinoyat sodir etish holatlari ham bundan mustasno emas.
Tergov-sud amaliyotida garchi jarima jazosini qo’llash bilan bog’liq muammolar ko’zga tashlanmasa-da, ammo advokatlik amaliyoti ushbu jazo qo’llanilishi bilan bog’liq quyidagi muammo juda ko’p hukmlarda uchrashini ta’kidlamoqda.
Tuman sudi tomonidan fuqaro A. ga nisbatan JK 182-moddasi birinchi qismi va 184-moddasi ikkinchi qismi “b” bandi bilan qo’zg’atilgan jinoyat ishi ko’rib chiqildi. Ish holatlariga qaraganda, A. JK 182-moddasi birinchi qismida ko’rsatilgan jinoyatni 2013-yilning fevral oyida sodir etgan, JK 184-moddasi ikkinchi qismi “b” bandida ko’rsatilgan jinoyatni esa, 2014-yilning mart oyida sodir etgan. Unga nisbatan jinoyat ishi esa, 2015-yilning aprel oyida qo’zg’atilib, sud tomonidan iyun oyida ko’rib chiqilgan. A. JK ning yuqoridagi moddalari bilan aybdor deb topilgan va unga nisbatan JK 182-moddasi birinchi qismi bo’yicha eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravari miqdorida jarima jazosi, JK 184-moddasi ikkinchi qismi bilan ham eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan. Jinoyat kodeksi 59-moddasi ikkinchi qismiga ko’ra, sanskiya doirasida tayinlangan jazolarni qisman qo’shish qoidasi qo’llanilib, eng kam oylik ish haqining uch yuz baravari miqdorida jarima tariqasida uzil-kesil jazo tayinlangan 1 . “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to’g’risida”gi qarorda
tushuntirish berilganki, jarima tariqasidagi jazo tayinlanganda hukmning qaror qismida jarima miqdori bilan bir qatorda uning jinoyat sodir etilgan vaqtdagi eng kam oylik ish haqi miqdoridan kelib chiqib hisoblangan, jami summasi ham ko’rsatiladi. Ushbu qoidadan kelib chiqib, yuqoridagi holatda tuman sudi A. ga nisbatan eng kam oylik ish haqining uch yuz baravari miqdoridagi jarimani 2014-yil mart oyida amalda bo’lgan eng kam oylik ish haqi miqdoridan – 96 105 so’mdan kelib chiqib, 300x96 105=28 831 500 so’m miqdorida jarima to’lashi lozimligini hukmning qaror qismida ko’rsatib
1 Jinoyat ishlari bo’yicha Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek tuman sudining 2015-yilgi arxiv ma’lumotlaridan. 48
qo’ymoqda. Lekin nima uchun sud jinoyatlardan biri 2013-yilda sodir etilganligini va jarima miqdori ham o’sha vaqtdagi eng kam oylik ish haqi miqdoridan kelib chiqishi kerakigiga e’tibor bermayapti va uzil-kesil jazo tayinlanganda eng kam oylik ish haqi miqdorini so’nggi jinoyat sodir etilgan paytdagi miqdordan kelib chiqmoqda? Bu jinoyat qonunining vaqt bo’yicha amal qilish qoidasining buzilishi emasmi? Vaholanki, A. tomonidan birinchi jinoyat sodir etilgan vaqt ya’ni 2013- yilning fevral oyida eng kam oylik ish haqi miqdori 79 590 so’m bo’lgan va bu miqdordan kelib
chiqib uzil-kesil tayinlangan jarima
hisoblansa, 300x79 590=23877000 so’mni tashkil qiladi va oldingi miqdordan 4954500 so’m farq qilmoqda. Yoki bo’lmasa, ko’rishimiz mumkinki, sud alohida-alohida jazo tayinlash vaqtida ikkita jinoyatga bir xil miqdordagi jarima jazosi tayinlagan. Shundan kelib chiqib qisman qo’shish vaqtida ham ulardan teng miqdorda oladi deb faraz qilsak, quyidagicha miqdor kelib chiqadi: 150x79500=11925000 so’m, 150x14475000 so’m, jami 11925000+14475000=26400000. Bu miqdor ham hukmda ko’rsatilgan miqdordan 2 431 500 so’m farq qiladi. Miqdordagi farqlarni oz summa deb bo’lmaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har so’mning o’z o’rni bor va sud tomonidan jinoyat qonunining prinsipial qoidalaridan birining buzilishi aybdor shaxsning jazoni tezroq o’tab bo’lib, halol va normal turmush tarziga o’tib olishiga qandaydir ma’noda xalaqit beradi va shaxs tomonidan yangi jinoyatlar sodir etilishiga sabab bo’lishi mumkin.
Shu o’rinda aytish kerakki, Oliy sud Plenumining yuqorida qayd etilgan qarorida ham bir necha jinoyat uchun jarima jazosini tayinlashda qanday qoidaga amal qilinishi xususida biror tushuntirish mavjud emas.
BMTning Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro pakti 15- moddasi 1-bandida “Hech kim sodir etilgan paytida davlatning amalda bo’lgan ichki qonunchiligi yoki xalqaro qoidaga ko’ra, jinoyat hisoblanmagan biror-bir harakati yoki kamchilikka yo’l qo’ygani uchun jinoyat sodir etilganlikda aybdor deb topilishi mumkin emas. Xuddi shuningdek, jinoyat sodir etilgan vaqtda qo’llanilishi lozim bo’lgan jazoga nisbatan og’irroq jazo berilishi mumkin emas.
49
Аgar jinoyat sodir etilganidan keyin qonun bilan nisbatan yengil jazo belgilansa, ushbu qonun mazkur jinoyatchilikka nisbatan qo’llaniladi”, deya qayd etilgan 1 . Shu nuqtayi nazardan quyidagi taklifni ilgari suramiz: Oliy sud Plenumining “Sudlar tomonidan jazo tayinlash amaliyoti to’g’risida” gi qaroriga qo’shimcha kiritib, unda bir necha jinoyat uchun jarima jazosi tayinlanayotganda alohida-alohida jazo tayinlash vaqtida har bir jinoyat sodir qilingan vaqtdagi eng kam oylik ish haqlari miqdoridan kelib chiqqan holda jarimaning summasini belgilab olib, uzil-kesil jazo tayinlashda summalarni qo’shish to’g’risida tushuntirish berilishi kerak. Yoxud uzil-kesil jazo tayinlashda alohida-alohida tayinlangan jazolardan qancha miqdordan olinganligini ko’rsatib, shu miqdorlar bo’yicha tegishli eng kam oylik ish haqidan kelib chiqib, uzil-kesil jazo tayinlash to’g’risida ko’rsatma berilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi, degan fikrdamiz. Zero, ushbu ko’rsatmalar jinoyat qonunining asl mazmun-mohiyati bo’yicha qo’llanib, qonunning vaqt bo’yicha amal qilish qoidasi va insonparvarlik hamda odillik prinsiplarining yanada to’laroq ro’yobga chiqishiga ko’maklashgan bo’lar edi.
Amaliyotda kam bo’lsa-da, uchrab turadigan muammolardan yana biri shuki, Jinoyat kodeksi Maxsus qismi bir qancha moddalarida yetkazilgan moddiy zararning o’rni qoplangan taqdirda ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo’llanilmaydi, degan qism bilan to’ldirilganligi munosabati bilan ozodlikdan mahrum qilishni tayinlashning qonunda cheklanganligi bir qator muammolarni keltirib chiqaradi. Masalan, shaxsning qilmishi Jinoyat kodeksi 180-moddasi (soxta bankrotlik) va 228-modda (hujjatlarni qalbakilashtirish) 1-qismi bilan jinoyatlar majmui tariqasida kvalifikatsiya qilingan bo’lib, jinoyatlarning biri uchun ozodlikdan mahrum qilishdan boshqa, ya’ni axloq tuzatish ishlari, ikkinchisi uchun qamoq yoki boshqa bir jazo turi tayinlangan bo’lsa, uzil-kesil jazo tayinlash tartibi qanday bo’ladi. Bir necha jinoyat sodir etganlik uchun har xil turdagi jazolarni qo’shish yo’li bilan jazo tayinlashda, ma’lumki, sud O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 61-moddasida (har xil turdagi jazolarni qo’shishning
1 Sh. Berdiyev // Qonunning vaqt bo’yicha amal qilish instituti. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining Axborotnomasi. 2015-yil 3-son. 29-bet. 50
hisoblash qoidalari) nazarda tutilgan qoidalarga amal qilib, jazoning og’irroq turini tayinlashi lozim. Unga ko’ra, har xil turdagi asosiy jazolarni qo’shganda, ozodlikdan mahrum qilishning bir kuni:
a) qamoq yoki intizomiy qismga jo’natishning bir kuniga; b) axloq tuzatish ishlari yoki xizmat bo’yicha cheklashning uch kuniga to’g’ri keladi.
Аmmo ushbu qoidaga ko’ra axloq tuzatish ishlari, qamoq, intizomiy qismga jo’natish, xizmat bo’yicha cheklash jazolarini bir-biriga qo’shish yoki alohida ijro etish masalalari tartibga solinmagan. Аmaliyotda esa, ushbu hollarda har xil turdagi asosiy jazolarni qo’shishda bir kunlik qamoq yoki intizomiy qismga jo’natishga uch kunlik axloq tuzatish ishlari, bir kunlik qamoqqa, intizomiy qismga jo’natishning bir kuni va uch kunlik axloq tuzatish ishlariga uch kunlik xizmat bo’yicha cheklash jazosi muvofiq kelishiga asoslanadilar. Qonunda boshqa jazo turlarini faqat ozodlikdan mahrum qilish bilan qo’shish va alohida-alohida ijro etiladigan qoidalar nazarda tutilgan, xolos.
Masalani, yuqoridagi tartibga ko’ra hal qilish, nazarimizda, adolatdan emas, chunki Jinoyat kodeksi 61-moddasining 1-qismi (jazolarni qo’shishning hisoblash qoidalari)da nazarda tutilgan qoidalar asosan ozodlikdan mahrum qilish jazosiga tegishlidir.
Аgarda bir necha jinoyat yuzasidan tayinlangan jazolarning biri axloq tuzatish ishlari, ikkinchisi qamoq bo’lsa, yagona jazo tayinlash masalasi qanday hal qilinishi kerak? Qonun mazmuniga ko’ra axloq tuzatish ishlari, xizmat bo’yicha cheklash, muayyan huquqdan mahrum qilish faqat ozodlikdan mahrum qilish bilan qo’shiladi. Аytaylik, sud jinoyatlar jami tariqasida jinoyatlardan biri uchun qamoq, ikkinchisi uchun axloq tuzatish ishlari tayinlasa (har ikki jinoyati uchun javobgarlikka tortilgan normalarning sanksiyasida ozodlikdan mahrum qilish nazarda tutilmagan bo’lsa), yagona jazo tayinlash qanday hal qilinishi kerak?
Аgarda aybdorning qilmishlari kvalifikatsiya qilingan normalardan birining sanksiyasida ozodlikdan mahrum etish nazarda tutilgan bo’lsa, sud, albatta, ozodlikdan maщrum qilishni tayinlaydi. Bunday jazo nazarda tutilmagan hollarda 51
sudlar ana shunday vaziyatdan chiqish uchun qanday harakatlar qiladilar? Bunday holda ular uchun yagona yo’l qoladi. Ya’ni O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 61-moddasiga asoslanib, axloq tuzatish ishlarini ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirib, so’ng bu jazoga qamoq jazosini to’la yoki qisman qo’shib jazo tayinlashga majbur bo’ladilar.
Amaliyotda vujudga kelayotgan ushbu muammolarni bartaraf etish yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan har xil turdagi jazolarni qo’shish yuzasidan tegishli tushuntirish berilsa yoxud bu tushuntirishni Jinoyat kodeksida norma sifatida belgilab qo’yilsa, qonundagi ushbu bo’shliq bartaraf etilgan bo’lardi, degan fikrdamiz.
Tuman sudi tomonidan fuqaro S. ga nisbatan jinoyat ishi ko’rib chiqilib, JK 188-moddasi (noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish) va 278 5 - moddasi (kompyuter sabotaji) bilan aybdor deb topilgan. Ushbu moddalar sanksiyalarida muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi qo’shimcha jazo tariqasida nazarda tutilgan va agar ish bo’yicha JK 57-moddasida nazarda tutilgan holatlar mavjud bo’lmasa, qo’llanilishi majburiydir. Shunga ko’ra, sud S. ga 188- moddasi bo’yicha eng kam oylik ish haqining to’rt yuz baravari miqdorida jarima va ikki yil davomida tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish huquqidan mahrum qilish jazosini tayinlagan. JK 278 5 -moddasi bo’yicha esa, eng kam oylik ish haqining uch baravari miqdorida jarima va bir yil davomida kompyuter xizmatlari faoliyati bilan shug’ullanish huquqidan mahrum etilgan. JK 59-moddasi yettinchi qismiga asosan, jinoyatlar majmui bo’yicha tayinlangan asosiy jazoga sud ayrim jinoyatlar uchun tayinlangan qo’shimcha jazolarni ham qo’shishi mumkin. Bunda muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi qo’shimcha jazoning uzil-kesil tayinlangan muddati JK ning 45-moddasida nazarda tutilgan eng ko’p muddatdan ortiq bo’lmasligi lozim. “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to’g’risida”gi qarorda quyidagicha tushuntirishar berilgan: bir necha jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topilgan shaxsga nisbatan qo’shimcha jazo turi va miqdori asosiy jazo singari har bir harakat uchun alohida, so’ngra esa jinoyatlar majmui bo’yicha uzil-kesil tayinlanishi lozim. Аgar qo’shimcha jazo jinoyatlar majmuiga
52
kiruvchi birorta ham jinoyat uchun tayinlanmagan bo’lsa, u jinoyatlar majmui bo’yicha qo’llanilishi mumkin emas.
Аgar jinoyatlar majmuiga kiruvchi ikki va undan ko’p jinoyat uchun aynan bir turdagi qo’shimcha jazo tayinlangan bo’lsa, uning uzil-kesil miqdori ko’proq qo’shimcha jazo muddatini ko’zda tutuvchi modda sanksiyasi doirasida ularni to’la yoki qisman qo’shish orqali, jinoyat qonuni moddasida muddat belgilanmagan yoki qo’shimcha jazo JK 45-moddasi asosida qo’llanilgan bo’lsa, ushbu jazo turi uchun belgilangan maksimal muddat doirasida belgilanadi (46-band). 52-bandda ham shu qoida takrorlangan: ikki yoki undan ortiq jinoyatlar majmui bo’yicha qo’shimcha jazo belgilashda, agar alohida jinoyatlar uchun tayinlangan jazo bir turga mansub bo’lsa, sud ushbu qo’shimcha jazo turi uchun belgilangan maksimal muddat doirasida ularning yengilrog’ini og’irrog’i bilan qoplash yoki ularni to’la yoki qisman qo’shish qoidasi bo’yicha uzil-kesil jazo tayinlaydi.
Xo’sh, yuqoridagi keltirilgan misolda qo’shimcha jazolar qay tartibda qo’shiladi? Bu o’rinda ikkita jinoyat yuzasidan ham bir xil qo’shimcha jazo – muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi tayinlanmoqda, faqat mahrum qilinayotgan huquqlar har xil.
Ushbu holatda bu qo’shimcha jazolarga nisbatan to’la yoki qisman qo’shish qoidalari qo’llanilmaydi va ular alohida-alohida tayinlanadi 1 . Garchi bir necha jinoyatlar uchun tayinlanayotgan qo’shimcha jazo bir xil – muayyan huquqdan mahrum qilish bo’lsa-da, mahrum qilinayotgan huquqlar turli xil bo’lganligi uchun sud ularni alohida tayinlaydi: ikki yil davomida tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanmaslik va bir yil kompyuterlarga xizmat ko’rsatish faoliyati bilan shug’ullanmaslik. Mazkur holatni Oliy sud Plenumining qarorida “agar bir necha jinoyatlar uchun qo’shimcha jazolar tariqasida muayyan huquqdan mahrum qilish tayinlansa va ular turli xil huquqlarni nazarda tutsa, ular alohida tayinlanadi” tarzida belgilab qo’yishni maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz.
1 Usmonaliyev M. Jazo tayinlash // O’quv qo’llanma. “Yangi asr avlodi”. Toshkent – 2003. 84-bet. 53
bo’yicha ayrim xorijiy davlatlar tajribasi Bir necha jinoyatlar sodir etish va ular uchun jazo tayinlash masalasi yuzasidan ayrim xorijiy davlatlar tajribasini o’rganganimizda guvoh bo’ldikki, Ispaniya, Yaponiya, Germaniya kabi davlatlarda bu masala jinoyat qonunchiligida jazoga bag’ishlangan bo’lim doirasida, Rossiya, Qozog’iston, Belarus kabi davlatlarda esa, jazo bilan birgalikda jinoyatga bag’ishlangan bo’lim doirasida ham tartibga solingan. Quyida ushbu davlatlar qonunchiligining bir necha jinoyatlar uchun jazo tayinlash bo’yicha o’ziga xos xususiyatlarini qiyosiy-tahlil qilgan holda ko’rib chiqamiz.
Yuqoridagi paragraflarda ham
aytib o’tgan
edikki, Rossiya
Federatsiyasining 2003-yil 8-dekabrdagi federal qonuniga muvofiq bir qancha jinoyatlarning shakli sifatida takroran jinoyat sodir etish Jinoyat kodeksidan chiqarib tashlangan. Hozirda jinoyatlar majmui va retsidiv jinoyat bir qancha jinoyatlarning shakllari sifatida tan olinadi.
Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksi 10-bobida “Jazo tayinlash” deb nomlanib, unda har qaysi jinoyat uchun alohida holda jazo tayinlash tartibi mustaqil belgilangan. Ya’ni yengillashtiruvchi holatlar mavjud bo’lganda (62- modda), jinoyat uchun qonunda ko’rsatilganidan ham yengilroq jazo tayinlash (64- modda), tamom bo’lmagan jinoyatlar uchun jazo tayinlash (66-modda); ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyat uchun jazo tayinlash (67-modda); retsidiv jinoyat uchun jazo tayinlash (68-modda); jinoyatlar majmui uchun jazo tayinlash (69-modda); hukmlar jami uchun jazo tayinlash (70-modda) 1 . Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 69- moddasining 2-qismida “Аgar jinoyatlar majmui tariqasida sodir etilgan jinoyatlar uncha og’ir bo’lmagan yoki ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan jinoyatlar bo’lsa, yoki og’ir yoki o’ta og’ir jinoyatlarga tayyorgarlik bo’lsa, yoxud og’ir yoki o’ta og’ir jinoyatga suiqasd qilingan bo’lsa, yengilroq jazoni og’irrog’i bilan qoplab yoxud to’la yoki qisman qo’shish yo’li bilan uzil-kesil jazo tayinlanadi. Bunda tayinlangan uzil-kesil
1
54
jazoning muddati yoki miqdori jinoyatlar majmuiga kiruvchi sodir etilgan jinoyatlarning eng og’iri uchun belgilangan maksimal muddatning yarimidan ortiq bo’lishi mumkin emas.”
Ushbu moddaning uchinchi qismiga ko’ra esa, agar sodir etilgan jinoyatlar majmuiga kiruvchi jinoyatlardan loaqal biri og’ir yoki o’ta og’ir jinoyat bo’lsa, jazolarni qisman yoki to’la qo’shish yo’li bilan uzil-kesil jazo tayinlanadi. Bunda agar ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanadigan bo’lsa, uzil-kesil tayinlangan jazo jinoyatlar majmuiga kiruvchi jinoyatlardan eng og’iri uchun belgilangan maksimal muddatning yarmidan oshishi mumkin emas.
Mazkur moddaning to’rtinchi qismida esa, jinoyatlar majmui uchun qo’shimcha jazolarni qo’llash tartibi yoritilgan. Unga ko’ra, tayinlangan qo’shimcha jazolar Jinoyat kodeksi Umumiy qismida ko’rsatilgan maksimal muddat doirasida to’la yoki qisman qo’shiladi.
Yuqoridagilardan ko’rishimiz mumkinki, Rossiya Federatsiya jinoyat qonunchiligida jinoyatlar jami bo’yicha tayinlanadigan uzil-kesil jazo muddati yoki miqdoriga cheklash qo’yilmoqda, ya’ni sodir etilgan jinoyatlarning eng og’iri uchun belgilangan eng ko’p muddatning yarmidan ortiq bo’lishi mumkin emas.
Bu holat ham insonparvarlik va jinoiy jazolarni liberallashtirish siyosatining mazmun-mohiyatiga mos keladi va shu nuqtayi nazardan ushbu normalarni milliy qonunchiligimizga joriy qilish masalasini ko’rib chiqish maqsadga muvofiq bo’lar edi.
jinoyatlarning ikki shakli mavjud: jinoyatlar jami va retsidiv. Jazo tayinlash qoidalariga bag’ishlangan bobda jinoyatlar jami xususida so’z boradi. Mazkur JK ning 73-moddasiga muvofiq, jinoyatlar jami deganda, aybdor tomonidan ikki yoki undan ortiq jinoyatlarni yoki ijtimoiy xavfli qilmisharni sodir etish tushuniladi. Ispaniya Jinoyat kodeksi shaxs tomonidan ikki yoki undan ortiq jinoyatlar sodir etilganida, uzil-kesil yagona jazo tayinlash qoidalarini nazarda tutmaydi. Ushbu hollarda Jinoyat kodeksining 73-moddasiga ko’ra, jazolar birgalikda ijro etish
55
uchun tayinlanadi. Аgar u yoki bu jazoni birgalikda ijro etish mumkin bo’lmasa, ular ketma-ketlik bilan og’iridan yengiliga navbatida mustaqil ijro etiladi.
Ispaniya Jinoyat kodeksining 76-moddasi jinoyatlar jami bo’yicha jazo tayinlashning maksimal chegarasini belgilaydi. Jinoyatlar jami bo’yicha tayinlangan jazo eng og’ir jazoning uch karrasidan oshib ketmasligi kerak. Quyidagi holatlarda maksimal chegara: - agar shaxs ikki yoki undan ortiq jinoyat uchun sudlanayotgan bo’lsa va ulardan biri uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan bo’lsa, 25 yilni; - agar shaxs ikki yoki undan ortiq jinoyat uchun sudlanayotgan bo’lsa va ulardan biri uchun 20 yildan ortiq ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan bo’lsa, 30 yilni tashkil etadi.
Ispaniya Jinoyat kodeksining 77-moddasida jinoyatlarning ideal jami uchun jazo tayinlash haqida so’z boradi. Ushbu moddadagi qoida “bir harakat bilan ikki yoki undan ortiq huquqbuzarlikni sodir etish” haqida hisoblanadi, ya’ni jinoyatlar ideal jamiga nisbatan qo’llaniladi. Bunda tayinlanadigan uzil-kesil jazo sodir etilgan jinoyatlarning og’irrog’i uchun tayinlanadigan jazodan kelib chiqadi va bu holatda jazo jinoyatlar uchun alohida-alohida jazo tayinlashga nisbatan yengilroq bo’lishi kerak 1 .
Shundan kelib chiqib, aytishimiz mumkinki, Ispaniya jinoyat qonunchiligi bo’yicha jinoyatlar ideal jami bo’yicha tayinlanadigan jazo jinoyatlar real majmui bo’yicha tayinlanadigan jazoga nisbatan yengildir.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, Ispaniya jinoyat qonunchiligining ijobiy jihatlari sifatida quyidagilarni ko’rsatib o’tishimiz mumkin:
jinoyatlar ideal jamiga kodeksda ta’rif berilganligi va jinoyatlar ideal jami va jinoyatlar real jami uchun jazo tayinlashning alohida tartiblari belgilanganligi;
jazolarni birgalikda ijro etishning imkoni bo’lmasa ularni og’iridan yengiliga navbatida ijro etish to’g’risida qoida belgilanganligi.
1
56
Bitiruv-malakaviy ishining yuqoridagi paragraflarida bir necha jinoyat sodir etish shakllari sifatida jinoyatlar ideal jami va jinoyatlar real jamini ajratish hamda ular uchun jazo tayinlashning alohida tartiblarini ishlab chiqish to’g’risida takliflar berilgandi. Bu takliflar mazmun jihatidan Ispaniya jinoyat qonunchiligiga monanddir.
Yaponiya Jinoyat kodeksida bir necha jinoyat sodir etishning ikki turi ko’rsatilgan: jinoyatlar majmui va retsidiv jinoyat. Jinoyat kodeksining 9-bobi jinoyatlar majmuiga bag’ishlangan. Jinoyat kodeksining 45-moddasiga muvofiq, jinoyatlar majmui – bu, hali sud qarori chiqarilmagan shaxs tomonidan bir necha jinoyatlarni sodir etishdir. Yaponiya Jinoyat kodeksining 54-moddasida jinoyatlarning ideal jami tushunchasi berilgan va shu moddaga asosan “Аgar bir qilmish bir necha jinoyat tarkiblariga to’g’ri kelsa yoki harakat jinoyat sodir etish vositasi, yoxud uning oqibati bo’lib, boshqa jinoyat tarkibiga to’g’ri kelsa, qonunda nazarda tutilgan jazolarning og’iri tayinlanadi”.
Jinoyat kodeksi 9-bobida jinoyatlar jami uchun jazo tayinlash qoidalari belgilangan. Unga ko’ra, jinoyatlar jamiga kiruvchi eng og’ir jinoyat uchun og’irroq jazoni qo’llash usuli va jazolarni qoplash usullari qo’llaniladi.
Yaponiya Jinoyat kodeksining 46-moddasiga muvofiq, “Agar jinoyatlar jamiga kiruvchi jinoyatlardan biri uchun o’lim jazosi belgilangan bo’lsa, boshqa jazo chorasi qo’llanilmaydi, mol-mulkni musodara qilish jazosi bundan istisno”.
Jinoyatlar jami bo’yicha jarima va boshqa jazolar birgalikda qo’llanilishi mumkin. Jinoyatlar jamiga kiruvchi jazolar uchun o’lim jazosi belgilangan hollar bundan mustasno 1 .
Germaniya Federativ Respublikasida bir qancha jinoyatlar sodir etish va ular uchun jazo tayinlash bilan bog’liq jihatlar Jinoyat kodeksining uchinchi bo’limi 3- bobida berilgan bo’lib, “Qonunlarni bir necha marta buzganlik uchun jazo choralari” deb nomlanadi. Ushbu bobning 52-paragrafiga ko’ra, “agar bir yoki shunga o’xshash qilmish bir necha jinoyat qonunlari bir qonunni ko’p marotaba buzsa, bitta jazo qo’llaniladi”. Ushbu paragraf mazmuni tahlili shuni ko’rsatadiki,
1
57
uning mazmuni Germaniya Federativ Respubikasi Jinoyat kodeksi bo’yicha bir qancha jinoyat sodir etish haqida emas, bir necha qonunlarni yoki bir qonunni bir necha marta buzish haqida boryapti.
Agar bir necha jinoyat qonunlari buzilsa, og’ir jazo belgilangan qonun bilan jazo tayinlanadi. Bunda boshqa qo’llanilishi mumkin bo’lgan qonunlarga qaraganda jazo yengilroq bo’lishi mumkin emas.
Bu holatda gap jinoyatlarning ideal majmui haqida bormoqda. Germaniyada jinoyatlarning ideal majmui yagona jinoyat sifatida qaraladi va ushbu yagona jinoyatga bitta asosiy jazo tayinlanadi.
Germaniya Jinoyat kodeksining ko’rib chiqilayotgan bobi 53-paragrafi qilmishlar jamiga bag’ishlangan. Garchi bu paragrafda qilmishlar jami tushunchasi ochib berilmasa-da, ushbu paragraf mazmunidan, shuningdek 55-paragrafdan kelib chiqib, qilmishlar jamini quyidagicha tushunish mumkin: shaxs tomonidan sudlangunga qadar bir qancha jinoyatlar sodir etish. 53-paragrafning 1-moddasiga muvofiq, agar shaxsning sodir etgan bir qancha jinoiy qilmishi uchun bir vaqtda bir necha hukmlar chiqarilgan bo’lsa, uning oqibatida bir necha ozodlikdan mahrum qilish yoki bir necha jarima jazolari tayinlangan bo’lsa, unda yagona jazo qo’llaniladi. Ko’rinib turibdiki, jinoyatlar jami uchun jazo tayinlash ikki bosqichda amalga oshiriladi: birinchi bosqichda alohida jinoyatlar uchun jazo tayinlansa, ikkinchi bosqichda umumiy uzil-kesil jazo tayinlanadi. 54-paragrafda bayon etilgan qoidaga binoan, umumiy jazo jinoyat uchun tayinlangan maksimal jazo ko’paytirish yo’li bilan belgilanadi.
Umumiy jazo miqdori muddatli jazolarda – ozodlikdan mahrum qilish uchun o’n besh yildan, mulkiy jazolarda shaxs jami mulkining yarmidan, jarimalarda – 720 kunlik jarima stavkalaridan oshmasligi kerak 1 .
Germaniya Federativ Respublikasi Jinoyat kodeksida jinoyatlar jami uchun jazo tayinlashning juda liberal qoidalari belgilangan: har bir sodir etilgan jinoyatlar uchun tayinlangan jazolar to’liq qo’shilmaydi, ozodlikdan mahrum qilishning eng ko’p muddati o’n besh yildan oshmasligi kerak.
1
58
GFR Jinoyat kodeksini tahlil qilish natijasida quyidagi xulosalar qilindi: bir necha jinoyat sodir etganlik uchunmas, balki qonunlarni bir necha marta buzganlik uchun jazo choralari belgilangan; ushbu qoidalarda JK ning jazo tayinlash to’g’risidagi bo’limida berilgan bo’lib, bir qancha jinoyatlarga bag’ishlangan alohida bob yoki bo’lim mavjud emas.
Germaniya Federativ Respublikasi jinoyat qonunchiligining e’tiborli jihati shuki, u o’ta liberal xarakterga ega. Bu avvalo, ushbu davlat rivojlanishining yuksak darajada ekanligi bilan bog’liq. O’zbekiston Respublikasida ham mamlakat va jamiyat taraqqiyoti bilan hamohang tarzda jazolarni liberallashtirish siyosati davom ettirilmoqda.
1999-yilning 2-iyunida qabul qilingan Belarus Respublikasi Jinoyat kodeksida bir qancha jinoyatlar sodir etish haqidagi normalar mavjud. Kodeksning yettinchi bobi “Bir qancha jinoyatlar” deb nomlanib, ushbu bobda bir qancha jinoyatlarning quyidagi shakllari qayd etilgan: takroriy jinoyatlar, jinoyatlar jami va retsidiv jinoyat.
Belarus Respublikasi Jinoyat kodeksining 41-moddasiga muvofiq, Jinoyat kodeksi Maxsus qismi bir moddasida ikki yoki undan ortiq jinoyatni sodir etish takroriy jinoyat deb topiladi. Belarus Respublikasi Jinoyat kodeksining 10-bobi “Jazo tayinlash” deb nomlanib, uning bitta moddasida jinoyatlar jami uchun jazo tayinlash tartibi belgilangan. Belarus Respublikasi Jinoyat kodeksining 71- moddasiga muvofiq, “agar Kodeks Maxsus qismi moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan bir xil turdagi jinoyatlar takroran sodir etilsa yoki birinchi holatda tamomlangan jinoyat, ikkinchi holatda xuddi shunday tamomlanmagan jinoyat sodir etilsa yoxud birinchi holatda shaxs bajaruvchi, ikkinchi holatda xuddi shunday jinoyatning boshqa ishtirokchisi bo’lsa, har bir jinoyat alohida baholanadi. Ushbu holatda har bir jinoyat uchun alohida jazo tayinlanadi va yengilroq jazoni og’irrog’i bilan qoplash orqali uzil-kesil jazo tayinlanadi”.
Belarus Respublikasi Jinoyat kodeksi 42-moddasida jinoyatlar majmui tushunchasi berilgan: “Jinoyat kodeksi Maxsus qismining turli moddalarida 59
nazarda tutilgan ikki yoki undan ortiq jinoyatlarni sodir etish, jinoyatlar jami deb topiladi.
“Jazo” deb nomlangan bo’limda jinoyatlar jami bo’yicha jazo tayinlash qoidalari belgilangan. Belarus Jinoyat kodeksi 72-moddasiga ko’ra, jinoyatlar jami yuzasidan jazo tayinlashda sud har bir jinoyat uchun asosiy va qo’shimcha jazolarni tayinlab, yengilroq jazoni og’irrog’i bilan qoplash yoki jazolarni qisman yoki to’liq qo’shish yo’li uzil-kesil jazoni tayinlaydi.
Agar jinoyatlar jamiga hech bo’lmaganda bitta og’ir jinoyat kirsa, unda Belarus Respublikasi Jinoyat kodeksi 72-moddasi uchinchi qismiga muvofiq, uzil- kesil jazo jazolarni qisman yoki to’liq qo’shish yo’li bilan tayinlanadi. Bunda ozodlikdan mahrum qilish jazosi sifatida uzil-kesil jazo yigirma yildan oshib ketmasligi kerak.
Rossiya Federatsiyasi va Belarus Respublikasi kabi davlatlar Jinoyat kodekslarining jazo tayinlash borasidagi o’izga xos xususiyatlari shundaki, ularda retsidiv jinoyatlar uchun jazo tayinlashning alohida tartiblari nazarda tutilgan. Xususan, Belarus Respublikasi Jinoyat 65-moddasida retsidiv jinoyat sodir etilganda jazo tayinlash qoidalari belgilangan bo’lib, unga ko’ra, retsidiv jinoyat uchun ushbu jinoyat uchun belgilangan og’irroq jazo miqdorining yarmidan, xavfi retsidiv uchun uchdan ikki qismidan, o’ta xavfli retsidiv jinoyat uchun to’rtdan uch qismidan kam bo’lmasligi kerak.
Belarus Respublikasi Jinoyat kodeksi 64-moddasida retsidiv jinoyat javobgarlikni og’irlashtiruvchi holat sifatida belgilangan 1 . Retsidiv jinoyatlar uchun jazo tayinlashning alohida tartibi belgilash masalasi Jiyanov M.H. ning ilmiy ishida ham ilgari surilib, O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga 59 1 -modda kiritishni taklif qilgan. E’tiborli jihati, uning taklifi Belarus Respublikasi Jinoyat kodeksi 65-moddasi bilan mazmunan deyarli bir xil 2 .
1
http://www.pravo.kulichki.com/vip/uk/indeks.htm/hs79ss%
2 Qarang: Jiyanov M.H. Bir qancha jinoyat sodir etganlik uchun javobgarlik muammolari: 12.00.08-Jinoyat huquqi va kriminologiya; yuridik fanlar doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya / Ilmiy maslahatchi: M.H.Rustamboyev. – T., 2012. 251-bet.
60
Yuqoridagi tahlillardan ko’rishimiz mumkinki, rivojlangan davlatlarning aksariyatida bir qancha jinoyat sodir etishning ikki shakli – jinoyatlar majmui va restsidiv jinoyat nazarda tutilgan. Bu holatning ijobiy jihat ekanligini yuqoridagi paragraflarda asoslashga harakat qilgan edik. Shu nuqtayi nazardan, bu ijobiy jihatni mamlakatimiz jinoyat qonunchiligiga tadbiq etsak, bu jinoyat-huquqiy liberallashtirish siyosatining mazmun-mohiyatiga mos kelardi va inson va fuqaro huquqlarining ishonchli kafolati sifatida odillik va insonparvarlik prinsiplarining to’laroq ro’yobga chiqishi uchun xizmat qilardi, degan fikrdamiz.
Shuningdek, Ispaniya jinoyat qonunchligining jinoyatlar ideal jami va jinoyatlar real jami uchun jazo tayinlashning alohida tartibini belgilashdek, ijobiy tomonini ham o’zlashtirish zarur. Zero, jinoyatlar ideal jami va jinoyatlar real jamining ijtimoiy xavflilik xususiyatlar bir-biridan ma’lum darajada farq qiladi. Shuningdek, retsidiv jinoyat uchun ham jazo tayinlashning alohida tartibi belgilansa, maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Download 426.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling