Jinoyat huquqi va kriminologiya


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana11.06.2020
Hajmi0.73 Mb.
#117119
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
bezorilik jinoyatini kvalifikatsiya qilish masalalari.

  Bilamizki,  jinoyatlar  turli  usullar 

yordamida  sodir  etilishi  mumkin.  Masalan,  qo`rqitib,  zo`rlab  yoki  o`ziga  qaram 

qilib olib. Bezorilik jinoyati ham turli usullarda amalga oshiriladi. Bu usullarni biz 

ushbu  jinoyatni  sodir  qiluvchi  shaxsning  xatti-harakatlarida  ko`rishimiz  mumkin. 

Demak,  usullar  quyidagilar  bo`lishi  mumkin:  jamoat  joylarida  uyat  so`zlarni 

aytish, shaxsni urish-do`pposlash, mulkka zarar yetkazish. 

Shu  o`rinda  aytib  o`tish  kerakki,  bezorilik  jinoyatining  obyektiv  belgilari 

bizga  ushbu  jinoyatni  boshqa  jinoyatlardan  farqlashda  katta  ahamiyatga  ega. 

Bezorlik  jinoyati  moddiy  tarkibli  jinoyatlar  turiga  kirib,  ushbu  qilmish  natijasida 

paydo bo`lgan oqibat  ushbu qilmishni kvalifikatsiya qilishda asosiy ro`l o`ynaydi. 

Chunki,  O`zbekiston  Respublikasi  Jinoyat  kodeksi  bilan  tartibga  solinadigan 

bezorilik  jinoyati  bir  vaqtning  o`zida  “mayda  bezorilik”  sifatida  O`zbekiston 

                                                

1

 Г.Н.Бoрзенков. Преступления против жизни и здоровья закон и правоприменительная практика. Москва 



Зерцало –М. 2009. С.222  

2

 M.X.Rustamboyev. Jinoyat huquqi (umumiy qism), -T,: “Adolat” 2006-yil. 



 

23 

 

Respublikasi  Ma’muriy  javobgarlik  to`g`risidagi  kodeksi  bilan  ham  tartibga 



solinadi.  Shu  o`rinda  “bezorilik”  hamda  “mayda  bezorilik”  qilmishlarini  bir-

biridan  farqlab  olishimiz  kerak.  “Bezorilikka  oid  ishlar  bo`yicha  sud  amaliyoti 

haqida”gi Oliy sud Plenumining 2002-yil 14-iyundagi qarorida ushbu qilmishlarni 

farqlab olinishi zarurligi ko`rsatib o`tilgan. Hususan, sudlar bezorilik jinoyati bilan 

ma’muriy  huquqbuzarlik  hisoblanmish  mayda  bezorilikni  bir-biridan  farqlashlari 

zarur.  Mayda  bezorilik  tushunchasi  O`zbekiston  Respublikasi  Ma’muriy 

javobgarlik  to`g`risidagi  kodeksining  183-moddasida  berilgan  bo`lib,  uning 

mazmuniga  ko`ra,  ushbu  huquqbuzarlik  jamoat  joylarida  uyatli  so`zlar  bilan 

so`kinish,  fuqarolarga  haqoratomuz  shilqimlik  qilish  hamda  jamoat  tartibini  va 

fuqarolarning  osoyishtaligini  buzuvchi  shu  kabi  boshqa  xatti-harakatlarda 

ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik harakatlarida 

ifodalanadi.  Bunda  Jinoyat  kodeksi  277-moddasining  1-qismida  nazarda  tutilgan 

jinoiy  oqibatlar  mavjud  bo`lmasligi  kerak.  Guruh  tomonidan  sodir  etilgan  mayda 

bezorilikni,  basharti,  ularnining  harakatida  Jinoyat  kodeksi  277-moddasi  1-qismi 

alomatlari  bo`lmasa,  Jinoyat  kodeksi  277-moddasi  2-qismining  “b”  bandi  bilan 

kvalifikatsiya  qilish  mumkin  emas.

1

  Agar  shaxs  jamiyatdagi  axloq  qoidalarini 



qasddan mensimagan bo`lsa va bu o`z ifodasini, birinchidan, jamoat joylarida uyat 

so`zlar  bilan  so`kinishda;  ikkinchidan,  fuqarolarga  haqoratomuz  muomula  va 

shilqimlik  qilishda;  uchinchidan,  jamoat  tartibi  va  fuqarolar  osoyishtaligini 

buzadigan  boshqa  harakatlarda  topsa,  u  holda  sodir  etilgan  huquqbuzarlik 

ma’muriy jazolanadigan mayda bezorilik darajasiga mos keladi.

2

  



Shuningdek,  xavfli  retsidivist  tomonidan  sodir  etilgan  mayda  bezorilik  ham 

o`z-o`zidan  jinoiy  javobgarlikni  keltirib  chiqarmaydi.  Agarda  mayda  bezorilik 

harakatlari  davom  etib,  aybdorning  keyingi  harakatlari  shaxsni  urish-do`pposlash, 

unga  yengil  tan  jarohati  yetkazish  yoki  mulkka  ancha  miqdorda  shikast  yetkazish 

yohud  nobud  qilish  bilan  sodir  etilgan  bo`lsa,  shaxs  ma’muriy  javobgarlikka 

                                                

1

 O’zbekiston Respublikasi Oliy sud Plenumining “Bezorilikka oid ishlar bo’yicha sud amaliyoti haqida”gi Qarori. 



2002-yil 14-iyun. 

2

 Sh.T.Ikromov Jinoyat huquqi (darslik). O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi. 2014-yil. 98-bet.  



24 

 

tortilmasdan, faqat jinoiy javobgarlikka tortiladi.



1

 

Shu  o`rinda  aytib  o`tish  kerakki,  bezorilik  ma’muriy  huquqbuzarlik  shaklida 



ham,  jinoiy  shaklda  ham  doimo  jamiyatdagi  axloq  qoidalarini  bila  turib 

mensimaslikdir.  Ular  o`rtasidagi  farqni  qonun  chiqaruvchi  belgilaydi.  Unda 

bezorilik  harakatlari  chog`ida  muayyan  shaxs  yo`l  qo`ygan  jamiyatdagi  axloq 

qoidalarini mensimaslik darajasi asos qilib olinadi. 

Xulosa,  qiladigan  bo’lsak,  bezorilik  jinoyati  bilan  mayda  bezorilik 

huquqbuzarligi  bir-biridan  keskin  farq  qiladi.  Agar  shaxsning  mol-mulkiga  yoki 

sog’lig’iga zarar yetkazilmasa, bu xatti-harakat mayda bezorilik deb baholanadi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

                                                



1

 O’zbekiston Respublikasi Oliy sud Plenumining “Bezorilikka oid ishlar bo’yicha sud amaliyoti haqida”gi Qarori. 

2002-yil 14-iyun.   


25 

 

2.2  Bezorilik jinoyatining subyektiv belgilari 

 

Shaxsni  javobgarlikka  tortishda  uning  yoshi  va  aqliy  yetukligi  alohida 



ahmiyatga ega. Professor M.X.Rustamboyevning ta’kidlashlaricha, “jinoyat huquqi 

nazariyasiga  ko`ra  har  qanday  ijtimoiy  xavfli  qilmish  sodir  qilgan,  qonunda 

belgilangan  yoshga  yetgan  va  aqli  raso  jismoniy  shaxslar  jinoyatning  sub’yekti 

bo`ladi.  Jinoyat  subyektiga  berilgan  boshqa  ta’rifga  ko`ra,  jinoyat  subyekti 

deganda  –  ijtimoiy  xavfli  qilmishni  sodir  qilgan  va  jinoyat  qonunida  belgilangan 

yoshga yetgan aqli raso jismoniy shaxs tushuniladi”

1

.  


O`zbekiston  Respublikasi  Jinoyat  kodeksining  17-moddasiga  ko`ra,  jinoyat 

sodir  etgunga  qadar  o`n  olti  yoshga  to`lgan,  aqli  raso  jismoniy  shaxslar 

javobgarlikka tortilishi belgilab qo`yilgan. 

Jinoyat  sodir  etgunga  qadar  o`n  uch  yoshga  to`lgan  shaxslar  javobgarlikning 

og`irlashtiruvchi holatlarda qasddan odam o`ldirganliklari uchungina javobgarlikka 

tortilishi ushbu moddaning 2-qismida ko`rsatib o`tilgan. 

Ushbu norma talablaridan kelib chiqib aytish mumkinki, Jinoyat kodeksining 

277-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan bezorilikning subyekti 16 yoshga to`lgan, 

aqli  raso  jismoniy  shaxs  hisoblanadi.  Jinoyat  kodeksining  17-moddasi  3-qismiga 

muvofiq,  jinoyat  sodir  etguniga  qadar  o`n  to`rt  yoshga  to`lgan  shaxslar  Jinoyat 

kodeksining  277-moddasi  2  va  3-qismlarida  nazarda  tutilgan  jinoyatlar  uchun 

javobgarlikka tortiladilar. 

Demak,  277-moddasida  jinoyat  subyekti  differenstatsiya  qilinganligini 

ko’rishimiz mumkin. 

Shu o`rinda aytib o`tish mumkinki, bezorilik jinoyatini sodir etgan shaxslarni 

faqat ularning yoshiga yoki aqliy rivojlanishiga ko`ra jazo tayinlanmaydi. Chunki, 

ushbu  jinoyat  turli  statusdagi  shaxslar  tomonidan  ham  sodir  etilishi  mumkin. 

Masalan, ushbu jinoyat xavfli retsidivist yoki ushbu jinoyatni takroran sodir qilgan 

shaxs tomonidan sodir etilishi mumkin.  

                                                

1

 H.R.Ochilov, E.O.Turg`unboyev “Jinoyat huquqi” (umumiy qism). –T.: nashriyoti, 2013. 130 bet. 



26 

 

Bezorilik  jinoyatini  xavfli  retsidivist  tomonidan  sodir  etilishi  ushbu 



jinoyatning  og`irlashtiruvchi  holati  deb  belgilanadi.  O`zbekiston  Respublikasi 

Jinoyat kodeksining 34-moddasi 2-qismiga ko`ra, “ilgari hukm qilingan jinoyatiga 

o`xshash  jinoyat  sodir  etgan,  ushbu  kodeksda  alohida  ko`rsatilgan  hollarda  esa, 

Maxsus qismining boshqa  moddalari bilan ham  hukm qilingan shaxsning qasddan 

yangi  jinoyat  sodir  etishi  xavfli  retsidiv  jinoyat  deb  topiladi”

1

.  Bezorilik  jinoyati 



xavfli  retsidivist  tomonidan  sodir  qilinsa,  Jinoyat  kodeksining  277-moddasi  3-

qismi “a” bandi bilan javobgarlikka tortiladi. 

Bezorilik  jinoyatini  takroran  sodir  etgan  shaxsga  jazo  tayinlashda  takroran 

jinoyat sodir etganlik asoslariga katta e’tibor berilishi kerak.  

O`zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumining  “Bir  necha  jinoyat  sodir 

etilganda  qilmishni  kvalifikatsiya  qilishga  doir  masalalar  to`g`risida”gi  qarorida 

belgilanishicha,  jinoyatlar  takrorlanganligi  deganda,  shaxs  tomonidan  turli 

vaqtlarda qasddan sodir etilgan ikki va undan ortiq jinoyat tushuniladi. Plenumning 

qonunni  bunday  sharxlshiga  Jinoyat  kodeksining  56-moddasi  “n”  bandida 

belgilangan  qoida  sabab  bo`lgan  deyish  mumkin.  Unga  ko`ra  ilgari  ham  qasddan 

jinoyat  sodir  etgan  shaxsning  takroran  yoki  qasddan  yangi  jinoyat  sodir  etishi 

jazoni  og`irlashtiruvchi  holat  hisoblanadi.  Biroq  faqat  qasddan  sodir  etiladigan 

jinoyatlar  takroriy  bo`ladi  deb  hisoblash  ehtiyotsizlik  tufayli  sodir  etiladigan 

jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishda muammolarni keltirib chiqaradi. 

Jinoyat  kodeksining  277-moddasi  3-qismi  “a”  bandida  bezorilik  jinoyatini 

sodir  etganlik  uchun  javobgarlik  belgilangan  bo`lib,  ushbu  band  bilan 

javobgarlikka tortish uchun shaxs: 

1) bezorilik jinoyatini ikki yoki undan ortiq marta sodir etgan bo`lishi; 

2) bezorilik harakatlarini turli vaqtlarda sodir etgan bo`lishi; 

3)  ulardan  birortasi  uchun  ham  sudlanmagan,  javobgalikka  tortish  muddati 

o`tib ketmagan bo`lishi zarur.

2

 



                                                

1

 O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi, -T.: “Adolat”, 2015 yil. 34-modda. 



2

 D.Karaketova. Takroriy jinoyat va uning belgilari // Huquq va burch, 2012 yil, 10-soni. 15-bet 



27 

 

Aynan  shu  belgilar  bir  paytning  o`zida  mavjud  bo`lganda  bezorilik  takroran 



sodir  etilgan  deb  topiladi.  Tergov-sud  amaliyotida  bezorilik  jinoyati  uzoq  vaqtlar 

oralig`ida qayta sodir etilganida jinoyatni kvalifikatsiya qilishda muammo vujudga 

kelmaydi. 

Har  qanday  jinoyatning  subyektiv  tomoni  jinoyat  tarkibining  eng  muhim 

elementi 

hisoblanadi.  bezorilik  jinoyatining  subyektiv  tomoni  ko`plab 

munozaralarni keltirib chiqaradi. 

Jamiyatda  yurish-turish  qoidalarini  mensimaslik  ko`p  qirrali  ijtimoiy  voqelik 

bo`lib, buni aniqlash faqat bu jinoyatni sodir etuvchi shaxsning subyektiv tomonini 

tahlil  qilish  orqali  aniqlanadi.  Jamiyatda  yurish-turish  qoidalari  faqat  shaxsning 

axloq  normalarining  o`zida  qay  darajada  olganligi  bilan  belgilanadi.  Bu  qilgan 

harakati axloqsiz ekanligini shaxs biladi va bu bilan qiladigan harakatlarini maqsad 

qiladi. Shu bois, o`zini ko`rsatishi, inson sha’nini mensimaslik, kuchini ko`rsatishi 

shaxsning  harakatini  anglashi  jamiyat  manfatlariga  zid  ekanligini  bilgan  holda 

sodir etilishi jamiyatda o`rnatilgan yurish-turish qoidalari deb, belgilanishi kerak. 

Bezorilikning    subektiv  tomoni  muayyan  harakatlar  sodir  etgan  shaxsning 

o`zaro  munosabatlari  bilan  emas,  balki  jamiyatda  o`rnatilgan  yurish-turish 

qoidalariga bo`lgan  munosabat bilan  xarakterlanadi.  Bezorilik sodir etuvchi shaxs 

harakatlariga  baho  berishda  shuni  nazarda  tutish  lozimki,  zarar  yetkaziluvchi 

obyektlar tizimiga birinchi  navbatda, jabrlanuvchidan ko`ra, jamoatchilik tartibiga 

ko`proq zarar yetkazilishi ham mansub hisoblanadi.

1

   



Jinoyat  tarkibining  subyektiv  tomoni  –  jinoyat  qonunida  jinoyat  deb 

belgilangan ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsning o`z qilmishiga bo`lgan 

ruhiy munosabati tushuniladi. Bezorilik subyektiv tomondan jinoyat qasddan sodir 

etiladi.


2

 

“Bezorilik  subyektiv  tomoni  bo`yicha  aybning  qasd  shakli  bilan  sodir 



etiladigan  jinoyatlar  qatoriga  kiradi.  Bu  jinoyat  Jinoyat  kodeksining  277-

moddasida  ko`rsatilgan  bo`lib,  modda  dispozitsiyasida  aybning  qasd  shaklidagi 

                                                

1

A.Ametov. Bezorilik jinoyati uning subyektiv tomonini aniqlash haqida ba’zi mulohazalar //O’zbekiston 



Respublikasi Oliy sudi Axborotnomasi, 2012-yil, 4-son, 25-bet.   

2

 M.X.Rustamboyev. Jinoyat huquqi (umumiy qism), -T,: “Adolat” 2006-yil. 



28 

 

belgisi  ko`rsatilgan.  Bezorilik  jinoyatining  subyektiv  tomondan  qasddan  sodir 



etilishi 

Belorusiya 

Respublikasi, 

Qirg`iston 

Respublikasi, 

Ozarbayjon 

Respublikasi,  Moldova  Respublikasi,  Estoniya  Respublikasi  Jinoyat  kodekslarida 

bezorilik haqidagi moddalar dispozitsiyasida ko`rsatilgan”

1



Olimlarning  bir  guruhi  bezorilik  qasddan  ya’ni  to`g`ri  qasddan  sodir  etiladi, 



deb  ko`rsatadi.  Bezorilik  harakatlarini  sodir  etayotgan  shaxs  uning  ijtimoiy  xavfli 

xarakterini  anglab  yetadi,  ijtimoiy  xafli  oqibatlar  kelib  chiqishini  oldindan  ko`ra 

bila-turib, bu oqibatlarning yuz berishini hohlaydi. 

Olimlarning boshqa guruhi esa, bezorilik to`g`ri qasd bilan sodir etilgani kabi 

egri  qasd  bilan  ham    sodir  etilishi  mumkin,  deb  ta’kidlashadi.  Masalan, 

A.N.Ignatov  bezorilik  to`g`ri  qasd  bilan  ham,  egri  qasd  bilan  ham  sodir  etilishi 

mumkinligi haqida fikr bildiradi.  

N.Ivanovning  fikriga  ko`ra,  bezorilik,  odatda,  egri  qasd  bilan  amalga 

oshiriladi.  Ya’ni  aybdor  bezorilik  qilar  ekan,  jamoat  tartibini  qo`pol  ravishda 

buzayotganiga,  avvalo,  befarqlik  bilan  qaraydi,  jamiyatga  ochiqdan-ochiq 

hurmatsizlik  qilayotganligi  haqida  mutlaqo  o`ylamaydi  va  shuning  uchun 

qilmishiga bunday munosabati egri qasd belgilariga to`g`ri keladi

2



Bizning  fikrimizcha,  bezorilik  jinoyatidagi  qasdni  aniqlash  bezorilik  jinoyati 



obyektiv  tomoni  belgilarining  murakkabligi  va  jinoyatning  ko`p  obyektliligi  bilan 

belgilanadi. 

A.Ametov  fikriga  ko`ra,  bezorilik  jinoyatini  sodir  etishda  qasdni  aniqlashga 

quyidagicha  yondashish  kerak.  Aytaylik,  bezorilik  jinoyatining  obyektiv  tomoni 

sifatida  jamiyatda  yurish-turish  qoidalarini  mensimaslikdan  shaxsga  kuch  ishlatib 

yoki kuch ishlatish bilan qo`rqitib sodir etilgan bo`lsa, bunday holatda faqat to`g`ri 

qasd  shaklida  ayb  bo`lishi  mumkin.  Jinoyat  kodeksining  277-moddasi 

dispozitsiyasidan  ham  ko`rish  mumkinki,  bezorilik  faqat  aybning  qasd  shaklida 

namoyon  bo`ladi.  Bu  jinoyat  aybning  ehtiyotsizlik  shaklida  yuz  berishi  mumkin 

emas.  Ya’ni  agar  jamiyatga  ochiq  hurmatsizlikni  ifodalovchi  jamoat  tartibini 

                                                

1

 A.Ametov. Bezorilik jinoyati uning subyektiv tomonini aniqlash haqida ba’zi mulohazalar //O’zb.Res.Oliy sudi 



Axborotnomasi, 2012-yil, 4-son, 25-bet.  

2

 Н.Иванов, Хулиганство: проблеми квалификации // Русская юстиция. 1996. №8. Б. 39-41. 



29 

 

qo`pol  buzish  holatida  shaxs  ehtiyotsizlikdan  o`zganing  mulkini  yo`q  qilsa  yoki 



unga  ziyon  yetkazsa,  Jinoyat  kodeksining  277-moddasida  ko`zda  tutilgan  jinoyat 

tarkibi bo`lmaydi. 

Bizning fikrimizcha, bezorilik jinoyati ham to’g’ri qasddan ham egri qasddan 

sodir etiladi. 

Bezorilik  jinoyatining  subyektiv  tomoni  fakultativ  belgilaridan  motiv  va 

maqsad  olimlar  tomonidan  alohida  o`rganib  kelinadi.  Masalan,  B.S.Volkov 

shunday  deb  yozgan  edi:  “Bezorilik  motivi  mazkur  jinoyat  subyektiv  tomonining 

majburiy  elementi  deb  qaralmasligi  mumkin  emas.  Bezorilik  motivsiz  bezorilik 

harakatlari bo`lishi mumkin emas”. 

Bezorilik motivini boshqa shaxsiy motivlar bilan noto`g`ri farqlash oqibatida, 

jinoyatlarni  noto`g`ri  kvalifikatsiya  qilish  hollari  ko`plab  uchraydi.  Ta’kidlash 

joizki,  bezorilik  motivini  yuzaga  keltiruvchi  sabab  shaxslar  o`rtasidagi  o`zaro 

munosabatlar  emas,  balki  jamiyatdagi  odob-ahloq  normalarini  oyoqosti  qilishdan 

iboratdir.   

Bezorilik  jinoyatini  sodir  etgan  shaxsga  jazo  tayinlashda  uning  qilmishi 

qanday  omillar  ta’sirida  vujudga  kelganligini  aniqlab  olishimiz  kerak.  Buning 

uchun biz bezorilik motivini boshqa jinoyatlar motividan farqlay olishimiz zarur. 

Bizningcha,  bezorilik  motivini  boshqa  shaxsiy  motivlari  orasidagi  farqni 

quyidagicha aniqlash mumkin: 

-  yaqqol  ifodalanuvchi  farq  shundan  iboratki,  shaxsiy  motiv  asosida  sodir 

etilgan  jinoyatlarda  shaxs  jinoyat  sodir  etishga  oldindan  tayyorlanishi,  o`z 

harakatlarini  o`ylab,  uni  amalga  oshirish  mexanizmlarini  belgilab  oladi.  Uning 

harakatlari birin-ketin, tizimlilik va mantiqiylik asosida bajariladi; 

- jamoat tartibini buzishga qaratilgan bezorilik motivi esa adovat, mantiqsizlik 

va  betartiblik  xarakteriga  egadir.  Bunday  xulq  ko`pgina  hollarda  shaxsiy 

nafratlanish  munosabatlari  yoki  jabrlanuvchining  noqonuniy  harakatlariga  bog`liq 

bo`lmasdan, to`satdan, o`z-o`zidan vujudga keladi; 

- shaxsiy  motivlarda subyekt  harakatlari,  hisob-kitobga amal qilinishi, o`ylab 

chiqilganligi  va  qisqa  muddat  davom  etishi  bilan  xarakterlanadi.  U  hamisha 


30 

 

konkret  natijaga  erishishga  intiladi,  o`z  harakatlarini  nazorat  qilib  boradi  va  o`zi 



xohlagan natijaga erishgach, harakatni to`xtatadi;  

  -  bezorilik  motivining  obyektiv  tomoni  betartib  ravishda  sodir  etiluvchi, 

alohida-alohida,  o`zaro  bir-biri  bilan  bog`lanmagan  va  bir-birlaridan  ajralib 

turuvchi


 

harakatlar bilan xarakterlanadi. Zo`ravonlik bitta yoki bir nechta obyektga 

nisbatan  yo`naltirilgan  bo`lishi  mumkin.  Bezorilikdan  jabr  ko`ruvchilar  qatoridan 

uning kelib chiqishiga hech qanday aloqasi bo`lmagan tasodifiy shaxslar ham o`rin 

olishi mumkin; 

  -  bezorilik  motivining  obyektiv  tomondan  xarakterlovchi  eng  asosiy 

mezonlardan  biri  sifatida  shaxsning  axloq-odob  qoidalari,  an’analarga,  fuqarolar 

osoyishtaligi  va  insonlar  sha’nini  mensimaslikni  jamiyatga  namoyish  etishni 

xohlash va nihoyat, fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlashga qaratilgan 

harakatlarni  sanab  o`tish  mumkin.  Mazkur  harakatlarning  oqibatlari  esa  odatda, 

bezorini unchalik qiziqtirmaydi. 

-  bezorilik  harakatlarining  asosiy  majburiy  elementlaridan  biri-bu  shaxsda 

aniq  natijaga  erishish  uchun  maqsadga  yo`naltirilgan  xohishning  mavjud 

emasligidir.

1

  

Bezorilik  motivida  jinoyat  sodir  etish  joyi  jinoyat  kvalifikatsiyasiga  ta’sir 



qilmaydi. 

Madaniyati  rivojlanmagan  ko`pincha  shaxslarning  shafqatsizligi,  emotsional 

befahmligi,  juda  yengil  tabiatligi,  besabrligi,  darg`azabligi,  qo`polligi,  dag`alligi, 

xudbinligi,  boshqalarning  manfaatlarini  mensimaslik  kabi  xulq-atvor  uslubining, 

boshqa insonlar bilan munosabatlarda shaklini belgilovchi shaxsiy xususiyatlardir. 

Bizning  fikrimizcha,  shaxsda  yuqori  madaniy  darajaning  shakllanishida  uning 

bilim saviyasining roli muhim ahamiyat kasb etadi.  

Tadqiqotlar  natijasiga  ko`ra,  o`rta  ma’lumotli  shaxslar  63,6%,  o`rta  maxsus 

ma’lumotga 

ega 


shaxslar 

31,8%ni 


tashkil 

etadi. 


Keltirilgan 

statistik 

ma’lumotlardan  ko`rish  mumkinki,  mazkur  jinoyatning  shaxsini  asosan  o`rta 

                                                

1

A..J.Ametov. Bezorilik motivi va uning o‘ziga xos xususiyatlari // Huquqshunos. Toshkent. 2012. №2. –B 22-24. 



31 

 

ma’lumotli  shaxslar  tashkil  etmoqda.  Statistik  ma’lumotlarga  ko`ra,  oxirgi  besh 



yilda biz tadqiq qilayotgan jinoyatni oliy ma’lumotga ega  shaxslar sodir etmagan. 

Bezorilik jinoyatining subyektiv tomoni hisoblangan motiv tushunchasiga bir 

qator olimlar o`z izlanishlari davomida turli ta’riflar berib o`tganlar. 

V.I.Borisov va V.N.Kutslar bezorilik motiviga aybdorning o`zini, o`z xulqini 

jamoatchilik  tartibiga  va  jamoatchilik  munosabatlariga  qarshi  qo`yish, 

atrofdagilarga  nisbatan  o`zini  baland  tutish,  johillik,  badjahllik,  janjalkashlik, 

o`zini qo`pol kuchini namoyish etish va bema’nilarcha mardlik sifatlarini namoyon 

etishga intilishdir, deb ta’rif berishadi.

1

 

Yuqoridagi  ta’riflarga  qo`shimcha  ravishda  A.N.Popov  quyidagicha  fikr 



bildirib  o`tgan:  “Bezorilik  motivini  aybdor  shaxs  jabrlanuvchini  sababsiz  yoki 

arzimagan  bahona  bilan  jazolashi,  ta’zirini  berishga  harakat  qiladigan  shaxsning 

xudbinligi va tajavuzkorligi deb ta’riflash mumkin”.

2

 



Fikrimizcha  yuqorida  berilgan  ta’riflardan  kelib  chiqib,  bezorilik  motiviga 

quyidagicha  ta’rif  berish  mumkin:  kuchsizlar  ustidan  kulish,  arzimagan  sababdan 

qizishib ketish, atrofdagilarga o`zini qarshi qo`yib, o`z ustinligi namoyish qilishdan 

iborat  jamiyatda  o`rnatilgan  yurish-turish  qoidalarini  mensimaslik.  Qasddan 

badanga  og`ir  shikast  yetkazishda  bezorilik  motiviga  inson  sha’nini  mensimaslik 

va inson sog`lig`iga yetkazilgan shikastdan lazzatlanish ham qo`shiladi. 

Bezorilik  motivi  tushunchasi  Oliy  sud  Plenumining  “Qasddan  odam 

o`ldirishga oid ishlar bo`yicha sud amaliyoti to`g`risidagi” 2004-yil 24-sentabrdagi 

qarorida odam o`ldirishga nisbatan ochib berilgan: “bunda aybdorning fel-atvorida 

jamoat  tartibiga  oshkora  bo`ysunmaslik,  atrofdagilarga  nisbatan  o`zini  qarshi 

qo`yish, bepisandlikni namoyish etish istagi mavjud bo`ladi”.

3

 



Sh.O.Sebekovning  fikricha,  amaliyotda  bezorilik  oqibatida  badanga  og`ir 

shikast  yetkazishni  kvalifikatsiya  qilishda  jiddiy  qiyinchiliklar  mavjud. 

Nazarimizda,  qiyinchiliklar,  avvalo,  motiv  turlarining  aralishib  ketishi  bilan 

                                                

1

 Борисов. В.И, V.N.Kuts. Преступления против жизни и здоровья: вопрос квалификации. Харьков., 1995.с. 



12  

2

 Попов. А.Н, Убийства при отягчаюших обстоятельствах. СПб: Юридический центр Пресс. 2003. Б. 862. 



3

 Oliy sud Plenumining “Qasddan odam o’ldirishga oid ishlar bo’yicha sud amaliyoti to’g`risidagi” 2004-yil 24-

sentabrdagi 13-sonli qarori, 16-bandi. 


32 

 

belgilanadi:  shaxsiy  (xafagarchilik,  qasd,  rashk.)  hamda  bezorilik  yohud  ularni 



farqlash mezonlarini bilmaslik

1



Sud-tergov  amaliyotida  muayyan  qiyinchilik  rashk  va  bezorilik  motivlarini 

bir-biridan  ajratishda  ko`rinadi.  Bu  qiyinchilik  shu  bilan  izohlanadiki,  rashk  ko`p 

hollarda  o`z  shakliga  ko`ra,  bezorilik  motivi  bo`lgani  uchun  sodir  etgan,  deb 

kvalifikatsiyalash uchun asos deb qaralmasligi lozim. 

Rashk  va  bezorilik  niyatini  farqlashda  bu  ikki  motivning  paydo  bo`lishi  har 

xilligidan  kelib  chiqishi  shart.  T.N.Nurkayevning  qayd  etishicha,  rashk  bezorilik 

motividan farqli ravishda aniq yo`naltirilganlik hususiyatiga ega. Jinoyat va jinoyat 

motivi  sifatida  rashk  “uchinchi”ning  obrazi  orqali  og`ir  qiynoq  va  azoblar  bilan 

kechayotgan diqqat obyektni yo`qotib qo`yishdan qo`rqishni anglatadi.

2

 



T.A.Krugxovaning  fikriga  ko`ra,  “rashk  tashqi  ko`rinishda,  jabrlanuchiga 

nisbatan  munosabatini,  uning  harakatlaridan  norozi  va  xafa  bo`lishni  bildiradi  va 

ular  bilan  o`zaro  munosabatdan  tashqarida  mavjud  bo`lishi  mumkin”.  Aksincha, 

bezorilik  atrofdagilarni  ,  jamiyatni,  odamning  sha’nini  mensimasligini  ko`rsatish, 

jamoat  tartibi  talablariga  o`z  xulq-atvorini  qarshi  qo`yishga  intilish,  o`z  qo`pol 

kuchini,  mastlik  holatida  botirligini,  shafqatsizligini,  jamoat  intizomiga  qarshi 

norozilik  hissini  ifodalash,  jamiyat  axloqiga  qarshi  chiqish  va  boshqa  buzuq 

niyyatlarda ko`rinadi. 

Biroq  ba’zi  olimlar  bezorilik  shaxsiy  adovat,  rashk  tarzidagi  motivlarga  ega, 

deb  baholaydilar.  A.Qodirovning  fikriga  ko`ra,  “qasd  qilish  hissi,  rashk  yoki 

oilaviy  nizolar  tufayli  vujudga  kelgan  janjal  kabi  zo`rlik  ishlatish  harakatlari 

bezorilik  tusini  olib,  ular  uchun  ruhiy  manba  bo`lishi  va  bezorilik  harakatlarida 

ifodalangan  ikkinchi  motivni  paydo  qilishi  mumkin.  Aybdor  faqat  o`zining  qasd 

olish,  rashk,  ko`rolmaslik  kabi  istaklarini  qondiribgina  qolmay,  balki  jamiyatda 

                                                

1

 Ш.О.Себеков. Проблемы ответственности за хулиганство по новому уголовному законадательству 



Республики Казахстан. Учебник. 1999. Б. 80. 

2

 Т.Н.Нуркаева. Личные(гражданские) право и свабоды человека и их охрана уголовно-правовыми 



средствами: вапросы теория и практики. СПб: изд «Юридический цент Пресс», 2003. С. 123 

33 

 

o`rnatilgan  yashash  qoidalari,  o`zini-o`zi  tutish  qoidalari,  shaxsning  qadr-



qimmatini mensimaslik kabi o`z hurmatsizligini ham namoyish qiladi”

1



Bezorilik  harakatlari  g`oyaviy,  siyosiy,  irqiy,  milliy,  diniy  nafrat  yoki 

dushmanlik,  shuningdek,  qaysidir  ijtimoiy  guruhga  nisbatan  nafrat  yoki 

dushmanlik motivi bilan ham sodir etilishi mumkin. Bu  motivlar mustaqil bo`lishi 

ham,  shuningdek,  bezorilik  motivining  paydo  bo`lishi  uchun  asos  bo`lishi  ham 

mumkin.  Masalan,  A.A.Meytning  futbol  ishqibozlari  sodir  etadigan  jinoyatlar 

to`g`risida  gapirar  ekan,  bezorilik  niyatlari  asosida  turli  komanda  va  klublarning 

ishqibozlari orasida adovat yuzaga chiqishi mumkinligini ta’kidlaydi

2



Yuqorida  berilgan  fikrlarni  umumlashtirib,  bezorilik  jinoyatining  subyektiv 

tomoni  haqida quyidagicha  xulosa berish  mumkin. Demak, bezorilik jinoyati  ham 

qolgan  ijtimoiy  xavfli  qilmishlar  singari  o`z  subyektiv  tomoni  belgilariga  ega 

bo`lib,  ushbu  belgilar  asosan  bezorilik  jinoyati  qasd  zamirida  ayrim  motivlar 

ta’sirida  paydo  bo`lishini  hamda  uning  motiv  va  maqsadi  bir  niyatga 

qaratilganligini ko`rishimiz mumkin. 

 

 

 



  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

                                                

1

 A.Qodirov. Jazoni og`irlashtiruvchi holatlar. Toshkent. “Adolat”. 1998. 88-b. 



2

 А.А.Мейтин. Криминологическая характеристка преступлений, совершаемых футбольными 

болельщиками: Афтореферат дис, канд. Юрид. Наук. Ростов-на-Дану. 2004. Б. 8. 


34 

 


Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling