Jinoyat huquqi va kriminologiya


III BOB. JAVOBGARLIKNI OG’IRLASHTIRUVCHI HOLATLARIDA


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana11.06.2020
Hajmi0.73 Mb.
#117119
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
bezorilik jinoyatini kvalifikatsiya qilish masalalari.

III BOB. JAVOBGARLIKNI OG’IRLASHTIRUVCHI HOLATLARIDA 

SODIR ETILADIGAN BEZORILIK JINOYATINI KVALIFIKATSIYA QILISH 

VA JAZO TAYINLASH MASALALARI 

3.1. Javobgarlikni og`irlashtiruvchi holatida sodir etiladigan bezorilik 

jinoyatining umumiy tavsifi. 

 

Har  bir  jinoyat  ishi  sudda  ko`rib  chiqilish  mobaynida  ushbu  qilmishni  sodir 



etgan  shaxsning  xatti-harakatlariga  ko`ra,  ko`rib  chiqilayotgan  jinoyat  ishining 

og`irlashtiruvchi  hamda  yengillashtiruvchi  holatlari  alohida  e’tiborga  olinadi.  Sud 

jazo  tayinlashda  sodir  etilgan  jinoyatning  hususiyati  va  ijtimoiy  xavflilik 

darajasini,  qilmishning  sababini,  yetkazilgan  zararning  hususiyati  va  miqdorini, 

aybdorning  shaxsini  hamda  jazoni  yengillashtiruvchi  va  og`irlashtiruvchi 

holatlarini  hisobga  oladi.

1

  Hozirgi  kunda  davlatimiz  olib  borayotgan  odil  siyosati 



natijasida  shaxslarga  jazo  tayinlashda  insonparvarlik  prinsiplariga  ko`p  e’tibor 

berilmoqda  ya’ni  jinoyat  sodir  etgan  shaxsga  jazo  tayinlash  borasida  O`zbekiston 

Respublikasi  Jinoyat  kodeksining  57-moddasi  (yengilroq  jazo  tayinlash)  ko`p 

qo`llanilmoqda. Hususan voyaga yetmagan shaxslarga jazo tayinlash vaqtida uning 

shaxsiga katta ahamiyat berilmoqda. O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining 1996 

yil  19  iyuldagi  16-sonli  “Jinoyat  uchun  jazo  tayinlash  amaliyoti  to`g`risida”gi 

Plenumi  qarorining  1,7  bandida  “Voyaga  yetmaganlarga  jazo  tayinlashda  jarima, 

axloq  tuzatish  ishlari,  qamoq  kabi  jazolarning  samadorligiga  e’tibor  berish  lozim. 

Shu  bilan  birga  og`ir  jinoyat  sodir  etishda  ayblangan,  muqaddam  sudlangan, 

huquqni  buzganligi  uchun  ichki  ishlar  organlari  hisobida  turgan  voyaga 

yetmaganlarga jazo tayinlashda kat’iyatsizlikka yo`l qo`yib bo`lmaydi”

2



 Chunki,  ushbu  holatlar  javobgar  shaxsga  jazo  tayinlash  vaqtida  unga 

tayinlanadigan  jazo  turi  va  muddatiga  ta’sir  qiladi.  Bizga  ma’lumki,  O`zbekiston 

Respublikasi  Jinoyat  kodeksining  55-56-moddalarida  jazoni  yengillashtiruvchi 

hamda og`irlashtiruvchi holatlari ko`rsatib o`tilgan. 

                                                

1

 O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 55-modda, -T.: “Adolat”, 2015-yil. 412 bet. 



2

 O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi Qarorlari. 1991-1997 yillar // “Sharq”, Т:.1997 y., 43-bet. 



35 

 

Sudlar  tomonidan  jinoyat  ishlarini  ko`rishda  eng  avvalo  jinoyat  sodir  eilish 



bilan bog`liq bo`lgan barcha holatlarni, uni sodir qilgan shaxsni, qilmishda jinoyat 

qonunida  ko`zda  tutilgan  barcha  belgilarning  mavjudligini  to`la  va  batafsil 

aniqlash, jinoyatni to`g`ri kvalifikatsiya qilish, qonuniylik va adolatlilik prinsipiga 

rioya qilishning asosiy shartidir.  

Jazoni  yengillashtiruvchi  va  og`irlashtiruvchi  holatlar  ma’lum  darajada 

qilmishning ijtimoiy xavfliligini belgilovchi mezon bo`lib ham hisoblanadi.  

Quyida  jazo  tayinlashda  e’tiborga  olinadigan  jazoni  yengiullashtiruvchi 

holatlarga to`xtalamiz: 

a)  aybni  bo`yniga  olish  to`g`risida  arz  qilish,  chin  ko`ngildan  pushaymon 

bo`lish yoki jinoyatni ochishga faol yordam berish; 

b) yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda bartaraf qilish; 

v)  og`ir  shaxsiy,  oilaviy  sharoitlar  oqibatida  yoki  boshqa  mushkul  ahvolda 

jinoyat sodir etish; 

g) majburlash yoki moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoxud boshqa jihatdan 

qaramliligi sababli jinoyat sodir etish; 

d)  jabrlanuvchining  zo`rlik,  og`ir  xakorati  yoki  boshqacha  g`ayriqonuniy 

harakatlari tufayli vujudga kelgan kuchli ruhiy xayajonlanish holatida jinoyat sodir 

etish; 


e)  zaruriy  mudofaaning,  oxirgi  zaruratning  asosli  chegarasidan  chetga  chiqib 

jinoyat  sodir  etish,  ijtimoiy  xavfli  qilmishni  sodir  etgan  shaxsni  ushlashda,  kasb 

yoki xo`jalik faoliyatiga bog`liq bo`lgan asosli tavakkalchilikda zarar yetkazish; 

j) voyaga yetmaganning jinoyat sodir etishi; 

z) homilador ayolning jinoyat sodir etishi; 

i)  jabrlanuvchining  g`ayriqonuniy  yoki  ahlokka  zid  xulq-atvori  ta’siri  ostida 

jinoyat sodir etishi. 

Professor  M.X.Rustamboyevning  fikriga  ko`ra,  O`zbekiston  Respublikasi 

Jinoyat  kodeksining  55-moddasida  jazoni  yengillashtiruvchi  holatlarning,  bir 

tomonidan real xayotda ko`proq uchraydigan turlari va turli-tuman jinoyatlar sodir 

qilish  uchun  tipik  bo`lgan  holatlar  olingan  bo`lsa,  ikkinchi  tomondan,  qonun 


36 

 

chiqaruvchi organ jinoyat sodir etish  va jinoyatchi shaxsiga jiddiy ta’sir qiladigan 



holatlarnigiga  jazoni  yengillashtiruvchi  holatlar  ro`yxatiga  kiritgan.  Shu  o`rinda 

aytish  kerakki,  har  bir  qilmishning  yengillashtiruvchi  holatlari  bo`lganidek  uning 

og`irlashtiruvchi holatlari ham qonun bilan belgilab qo`yiladi. 

Jazoni 


og`irlashtiruvchi 

holatlar 

O`zbekiston 

Respublikasi 

Jinoyat 

kodeksining 56-moddasida ko`rsatib o`tilgan bo`lib ular quyidagilardan iborat:  

a) homiladorligi aybdorga ayon bo`lgan ayolga nisbatan; 

b) yosh bola, qariya yoki ojiz ahvoldagi shaxsga nisbatan; 

v)  xizmat  vazifasi  yoki  fukarolik  burchini  bajarganligi  munosabati  bilan 

shaxsga yoki uning yaqin qarindoshlariga nisbatan; 

g) aybdorga  moddiy tomondan,  xizmat jihatidan  yoki boshqa jihatdan  qaram 

shaxsga nisbatan; 

d) o`ta shafqatsizlik bilan; 

e) ko`pchilik uchun xavfli bo`lgan usulda; 

j) yosh bola yoki ruhiy kasalligi aybdorga ayon bo`lgan shaxsdan foydalangan 

holda; 


z) jinoyat natijasida og`ir oqibatlarning kelib chiqqanligi; 

i)  umumiy  ofat  sharoitidan  foydalangan  holda  yoki  favqulodda  holat  vaqtida 

yoxud ommaviy tartibsizliklar jarayonida; 

k) g`arazli yoki boshqacha past niyatlarda; 

l) irqiy yoki milliy dushmanlik yoxud adovat zamirida; 

m)  bir  guruh  shaxslar  tomonidan  oldindandan  til  biriktirgan  holda  yoki 

uyushgan guruh yoxud jinoiy uyushma tomonidan; 

n)  ilgari  ham  qasddan  jinoyat  sodir  etgan  shaxsning  takroran  yoki  qasddan 

yangi jinoyat sodir etishi; 

o)  mastlik  holatida  yoki  giyohvandlik  vositalari;  psixotrop  yoxud  kishining 

aql-idrokiga ta’sir qiluvchi boshqa moddalar ta’siri ostida jinoyat sodir etish.

1

 



Yuqorida 

keltirilgan 

normaga 

asosan, 


bezorilik 

jinoyatining 

ham 

og`irlashtiruvchi  holatlari  ushbu  jinoyatni  taribga  soluvchi  moddada  (JK  277-



                                                

1

 O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 57-modda, -T.: “Adolat”, 2015-yil. 412 bet. 



37 

 

modda) ko`rsatib o`tilgan. Bezorilik jinoyatining og`irlashtiruvchi holatlari Jinoyat 



kodeksining 277-moddasi 2 va 3-qismlarida berib o`tilgan. 

O`zbekiston  Respublikasi  Jinoyat  kodeksining  277-moddasiga  ko`ra 

og`irlashtiruvchi  holatlarda  bezorilik  jinoyatini  sodir  etishni  quyidagicha  tasniflab 

o`rganish maqsadga muvofiq bo`ladi. 

Obyektiv tomon belgilariga ko’ra: 

a)  sovuq  qurol  yoki  kishining  sog’lig’i  uchun  amalda  shikast  yetkazishi 

mumkin bo’lgan narsalarni (qurol sifatida) namoyish qilib, ularni qo’llash 

b)  bilan qo’rqitib yohud qo’llab (JK 277-modda 2-qism “v” bandi); 

badanga o’rtacha og’ir shikast yetkazib (277-modda 2-qismi “a” bandi); 

c)  ko’p  miqdorda  zarar  yetkazib,  birovning  mulkini  nobud  qilib  yoki  unga 

shikast yetkazib (JK 277-modda 2-qismi “e” bandi); 

d)  ommaviy  tadbirlar  o’tkazilayotgan  vaqtda  (JK  277-modda  3-qism  “v” 

bandi). 

Obyektiga ko’ra: 

a)  yosh  bola,  qariya,  nogiron  yoki  ojiz  ahvoldagi  shaxslarni  xo’rlab  (277-

modda 2-qismi “d” bandi); 

b)  jamoat  tartibini  saqlash  vazifasini  bajarib  turgan  hokimiyat  vakili  yoki 

jamoatchilik  vakiliga  yohud  bezorilik  harakatlarining  oldini  olish 

chorasini  ko’rgan  boshqa  fuqarolarga  qarshilik  ko’rsatib  sodir  etilgan 

bo’lsa (JK 277-modda 3-qismi “g” bandi). 

Subyektiga ko’ra: 

a)  bir guruh shaxslar tomonidan (JK 277-modda 2-qismi “b” bandi); 

b)  takroran  yoki  xavfli  retsidivist  tomonidan  (JK  277-modda  3-qismi  “a” 

bandi). 


Subyektiv tomon belgilariga ko’ra: 

a)  o’z  mazmuniga  ko’ra  umum  e’tirof  etgan  axloq  qoidalarini 

namoyishkorona  mensimaslikda  ifodalanuvchi  o’ta  ketgan  behayolik 

bilan (JK 277-modda 2-qism “g” bandi); 



38 

 

b)  o’qotar  qurolni  namoyish  qilib,  uni  qo’llash  bilan  qo’rqitib  yoki  qo’llab 



(JK 277-modda 3-qism “b” bandi). 

Demak,  og’irlashtiruvchi  holatlarda  bezorilik  jinoyatini  sodir  etilishning  turlarini 

quyidagicha ta’riflashimiz mumkin: 

1)  bezorilik  jinoyatining  subyekti  belgilariga  ko’ra  ya’ni  ushbu  qilmish  kim 

tomonidan sodir etilganligiga ko`ra: 

a) bir guruh shaxslar tomonidan; 

O`zbekiston  Respublikasi  Jinoyat  kodeksining  Maxsus  qismi  ko`plab 

normalarida  jinoyatlarni  ishtirokchilikda  sodir  etilishi  og`irlashtiruvchi  holat 

sifatida  nazarda  tutilib,  uning  turli  shakllari  uchun  javobgarlik  belgilangan. 

Ishtirokchilik  shakllaridan  biri  bo`lgan  oddiy  ishtirokchilik  (bir  guruh  shaxslar 

tomonidan oldindan til biriktirmay) va  murakkab ishtirokchilik (bir guruh shaxslar 

tomonidan  oldindan  til  biriktirib)  Jinoyat  kodeksining  qator  normalarida 

og`irlashtiruvchi holat sifatida nazarda tutilgan. 

Avvalo  shuni  aytish  kerakki,  Jinoyat  kodeksining  Maxsus  qismi  muayyan 

moddasida  nazarda  tutilgan  jinoyat  bir  kishi  tomonidan  sodir  etilgan  bo`lsa, 

jinoyatni  kvalifikatsiya  qilish  va  aybdorga  jazo  tayinlash  masalalari  jinoyat 

qonunida  nazarda  tutilgan  umumiy  asoslarda  hal  qilinadi.  Ishtirokchilikda  jinoyat 

sodir etilganda esa, javobgarlik masalasi alohida qoidalarga muvofiq hal qilinadi. 

M.X.Rustamboyevning  fikriga  ko`ra,  bir  guruh  shaxslar  tomonidan  sodir 

etilgan bezorirlik birga bajaruvchilik bo`lib, birga harakat qiluvchi shaxslar mazkur 

jinoyatning  obyektiv  tomonini  bevosita  bajaradilar,  biroq  birgalikda  ishtirok  etish 

avvaldan  kelishib  olingan  bo`lmaydi.  Bunday  holatda  odatda  ishtirokchilar 

bezorilik harakalarini sodir etayotgan shaxsga kelib qo`shiladilar

1



b)  takroran  yoki  xavfli  ratsidivist  tomonidan;  Bezorilik  jinoyatini  xavfli 



retsidivist  tomonidan  sodir  etilishi  ushbu  jinoyatning  og`irlashtiruvchi  holati  deb 

belgilanadi.  O`zbekiston  Respublikasi  Jinoyat  kodeksining  34-moddasi  2-qismiga 

ko`ra,  “ilgari  hukm  qilingan  jinoyatiga  o`xshash  jinoyat  sodir  etgan,  ushbu 

kodeksda  alohida  ko`rsatilgan  hollarda  esa,  Maxsus  qismining  boshqa  moddalari 

                                                

1

 M.X.Rustamboyev. Jinoyat huquqi (umumiy qism), -T,: “Adolat” 2006-yil. 



39 

 

bilan  ham  hukm  qilingan  shaxsning  qasddan  yangi  jinoyat  sodir  etishi  xavfli 



retsidiv  jinoyat  deb  topiladi”.  Bezorilik  jinoyati  xavfli  retsidivist  tomonidan  sodir 

qilinsa,  Jinoyat  kodeksining  277-moddasi  3-qismi  “a”  bandi  bilan  javobgarlikka 

tortiladi. 

Bezorilik  jinoyatini  takroran  sodir  etgan  shaxsga  jazo  tayinlashda  takroran 

jinoyat sodir etganlik asoslariga katta e’tibor berilishi kerak.  

O`zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumining  “Bir  necha  jinoyat  sodir 

etilganda  qilmishni  kvalifikatsiya  qilishga  doir  masalalar  to`g`risida”gi  qarorida 

belgilanishicha,  jinoyatlar  takrorlanganligi  deganda  shaxs  tomonidan  turli 

vaqtlarda qasddan sodir etilgan ikki va undan ortiq jinoyat tushuniladi. Plenumning 

qonunni  bunday  sharxlshiga  Jinoyat  kodeksining  56-moddasi  “n”  bandida 

belgilangan  qoida  sabab  bo`lgan  deyish  mumkin.  Unga  ko`ra  ilgari  ham  qasddan 

jinoyat  sodir  etgan  shaxsning  takroran  yoki  qasddan  yangi  jinoyat  sodir  etishi 

jazoni  og`irlashtiruvchi  holat  hisoblanadi.  Biroq  faqat  qasddan  sodir  etiladigan 

jinoyatlar  takroriy  bo`ladi  deb  hisoblash  ehtiyotsizlik  tufayli  sodir  etiladigan 

jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishda muammolarni keltirib chiqaradi. 

Jinoyat  kodeksining  277-moddasi  3-qismi  “a”  bandida  bezorilik  jinoyatini 

sodir  etganlik  uchun  javobgarlik  belgilangan  bo`lib,  ushbu  band  bilan 

javobgarlikka tortish uchun shaxs: 

1) bezorilik jinoyatini ikki yoki undan ortiq marta sodir etgan bo`lishi; 

2) bezorilik harakatlarini turli vaqtlarda sodir etgan bo`lishi; 

3)  ulardan  birortasi  uchun  ham  sudlanmagan,  javobgalikka  tortish  muddati 

o`tib ketmagan bo`lishi zarur.

1

 

Aynan  shu  belgilar  bir  paytning  o`zida  mavjud  bo`lganda  bezorilik  takroran 



sodir  etilgan  deb  topiladi.  Tergov-sud  amaliyotida  bezorilik  jinoyati  uzoq  vaqtlar 

oralig`ida qayta sodir etilganida jinoyatni kvalifikatsiya qilishda muammo vujudga 

kelmaydi. 

Shu  bilan  bir  qatorda  aytish  kerakki,  xavfli  retsidivist  sodir  etadigan 

jinoyatning  ijtimoiy  xavflilik  darajasi  takroran  sodir  etishga  nisbatan  yuqoridir.

1

 



                                                

1

 D.Karaketova. Takroriy jinoyat va uning belgilari // Huquq va burch, 2012 yil, 10-soni. 



40 

 

Bu haqida Oliy sud ham o`z qarorlarining birida tushuntirish berib, retsidiv jinoyat 



bir necha jinoyat turlari ichida eng xavflisi bo`lib, u shaxs tomonidan jinoiy xulq-

atvor  davom  ettirilayotganidan  dalolat  berishini  mustahkamlab  qo`ygan.  Demak, 

qonunchilik bu ikki subyektni differentsatsiya qilishni talab etadi. 

2) bezorilik jinoyatining sodir etilish  usuliga ko`ra  ya’ni subyektiv tomoniga 

qarab: 

a)  sovuq  qurol  yoki  kishining  sog`lig`i  uchun  amalda  shikast  yetkazishi 

mumkin bo`lgan narsalarni (qurol sifatida) namoyish qilib, ularni qo`llash bilan 

qo`rqitib yohud qo`llab (JK 277-modda 2-qism “v” bandi); 

Sovuq  qurol  yoki  qo`llanilishi  sog`liqqa  zarar  yetkazishi  mumkin  bo`lgan 

boshqa  predmetlarni  namoyish  qilish  deganda,  bezorining  o`z  qo`lidagi  mazkur 

predmetlarni  qo`llashni  po`psa  qilmasdan  ko`rsatishga  yo`naltirilgan  har  qanday 

harakat tushuniladi.  

Sovuq  qurolni  yoki  qo`llanishi  sog`liqqa  obyektiv  zarar  yetkazishi  mumkin 

bo`lgan  boshqa  predmetlarni  qo`llash  yoki  qo`llash  bilan  qo`rqitish  deganda, 

aybdor  shaxsga  zarar  yetkazgan,  yetkazishga  uringan,  biroq  aybdorning  irodasiga 

bog`liq bo`lmagan holatlarga ko`ra, oqibatga erishilmagan harakatlar, shuningdek, 

mazkur  predmetlarning  qo`llanishi  shaxsning  hayotiga  yoki  sog`lig`iga  zarar 

yetkazish xavfini tug`diradigan harakatlar tushunilmog`i lozim

2



Sovuq qurollarga mushak kuchini ishlatish hisobiga o`ldirish yoki tan jarohati 

yetkazish  uchun  mo`ljallangan  narsalar  kiradi.  Sovuq  qurollarni teshuvchi (nayza, 

xanjarlar),  chopuvchi  (qilich,  bolta),  teshuvchi-chopuvchi  (palashlar,  qilichlar), 

teshuvchi-kesuvchi (xanjarlar, fin pichoqlari), sindiruvchi ( kastetlar, gurzilar) kabi 

turlari mavjud. 

Bosha  narsalarga  sog`liqqa  zarar  yetkazish  hususiyatiga  ega  bo`lgan  har 

qanday narsalar kiradi

3

.  



                                                                                                                                                       

1

  Ametov. A.J.  Bezorilik oqibatidagi jinoyat: uni sodir etgan shaxsning kriminologik tavsif //  Huquq va burch. 



Toshkent. 2012. №2. –B 58-59. 

2

 M.X.Rustamboyev. Jinoyat huquqi (umumiy qism), -T,: “Adolat” 2006-yil. 



3

 O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga sharx (maxsus qism), -T.: “Adolat”, 2007 yil. 



41 

 

b)  o`z  mazmuniga  ko`ra  umum  e’tirof  etgan  axloq  qoidalarini 



namoyishkorona  mensimaslikda  ifodalanuvchi  o`ta  ketgan  behayolik  bilan  (JK 

277-modda 2-qism “g” bandi); 

O`taketgan  surbetlik  deganda,  umum  e’tirof  etgan,  hurmat  qiladigan, 

jamiyatda  qabul  qilingan  xulq-atvor,  axloq  qoidalarini  namoyishkorona,  ya’ni 

oshkora mensimaslik tushuniladi

1

.  


Namoyishkorona  deganda,  hamma  qabul  qilgan  axloq  qoidalarini  oshkorona 

mensimaslik tushuniladi. 

O`ta  surbetlik-  ma’naviyatning  umum  e’tirof  etgan  me’yorlarini,  ijtimoiy 

uyatni,  odobni  namoyishkorona  mensimaslik  bo`lib,  jamoat  joyida  yalang`ocha 

ko`rinishda,  boshqa  fuqarolar  oldida  jinsiy  aloqaga  kirishishda,  bemorlar, 

qariyalar,  zaif  kishilar,  ayollarni,  yodgorliklarni  tahqirlashda  va  boshqa 

harakatlarda ifodalanadi

2



Shu  bilan  birga  bezorilikning  o`ta  surbetlik  bilan  qilinganligini  aniqlashda 

jinoiy  harakat  amalga  oshirilgan  barcha  sharoitlarni,  uning  harakterini,  vaqtini, 

joyini shart-sharoitini va boshqa hususiyatlarini hisobga olish zarur

3



c)  o`qotar  qurolni  namoyish  qilib,  uni  qo`llash  bilan  qo`rqitib  yoki  qo`llab 

(JK 277-modda 3-qism “b” bandi); 

Bezorilik jinoyatining ushbu turi shaxs tomonidan o`zga shaxsning sog`lig`iga 

jiddiy  ziyon  yetkazish  xavfini  vujudga  keltiruvchi  turli  xil  qurollarni  namoyish 

qilish, qo`llash bilan qo`rqitish yoki qo`llash bilan sodir etiladi. 

Namoyish  etish  deganda  bezorilik  harakati  jarayonida  sovuq  qurol  yoki 

boshqa narsalarni, ularni qo`llash tahdidi bor yoki yo`qligidan qat’iy nazar, jamoat 

oldida ko`rsatishdir.  Birovning sog`lig`iga  zarar  yetkazish  mumkin  bo`lgan sovuq 

qurol  yoki  boshqa  narsalarning  bezorilik  xulqi  jarayonida  ko`rsatilishi  faktining 

o`ziyoq jinoiy qilmish sodir etilgan deb hisoblash uchun yetarlidir

4

.  



 3) bezorilik jinoyati obyektiga ko’ra og’irlashtiruvchi holat: 

                                                

1

 M.X.Rustamboyev. Jinoyat huquqi (umumiy qism), -T,: “Adolat” 2006-yil. 



2

 O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi Qarorlari. 1991-2005 yillar // “Sharq”, Т:.1997 y., 43-bet. 

3

 O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga sharx (maxsus qism), -T.: “Adolat”, 2007 yil. 



4

 M.X.Rustamboyev. Jinoyat huquqi (umumiy qism), -T,: “Adolat” 2006-yil. 



42 

 

a)  yosh  bola,  qariya,  nogiron  yoki  ojiz  ahvoldagi  shaxslarni  xo`rlab  (JK 



277-moddasi 2-qism “d” bandi); 

“Kichik  yoshdagilarga o`n to`rt yoshga yetmagan shaxslar kiradi. Keksa kishi 

deb, mehnat qonunlarida belgilangan pensiya yoshiga yetgan shaxsga aytiladi.   

Nogiron  deganda  esa,  belgilangan  tartibda  I,  II,  III  guruh  nogironi  deb  tan 

olingan  shaxs  tushuniladi.  Shu  bilan  birga  ayb  qo`yishda  shaxsning  nogironligi 

yaqqol  ko`rinishi  va  aynan  shu  qusur  tufayli  shaxs  kamsitilgan  (haqoratlangan  ) 

bo`lishi shart”

1



Ojizlik deyilganida, jabrlanuvchining jinoyatchiga jismoniy qarshilik ko`rsata 

olmasligi, o`zining shaxsiy manfaatlari va huquqlarini, qadr-qimmatini himoya eta 

olmasligi,  kutilayotgan  xavfdan  qocha  olmasligi  yoki  o`zini  chetga  ololmasligi 

tushuniladi.  Ojizlik  kasallik,  mastlik,  giyohvandlik  vositalarini  iste’mol  qilish  va 

boshqalar tufayli yuzaga kelishi mumkin.  

Xo`rlash  yoki  tahqirlash  deganda,  aybdorning  jabrlanuvchi  shaxsning  qadr-

qimmati va sha’nini kamsitishga, unga ma’naviy, axloqiy, jismoniy azob-uqubatlar 

yetkazishga qaratilgan har qanday harakati tushuniladi.

2

 

Shu  bilan  bir  qatorda  aytish  mumkinki,  hozirgi  kunda  bezorilik  jinoyati 



nafaqat  yuqorida  nomlari  keltirilgan  shaxslarga  nisbatan  sodir  etilmoqda,  balki 

ushbu  jinoyat  ayollarga  nisbatan  ham  sodir  etilish  holatlari  ko’p  uchramoqda. 

Shuning  uchun  Jinoyat  kodeksining  277-moddasida  ko’rsatilgan  harakatlar 

homiladorligi aybdorga ayon bo’lgan ayolga nisbatan sodir etilsa og’irlashtiruvchi 

holat sifatida baholanishi kerak.  

b)  jamoat  tartibini  saqlash  vazifasini  bajarib  turgan  hokimiyat  vakili  yoki 

jamoatchilik  vakiliga  yohud  bezorilik  harakatlarining  oldini  olish  chorasini 

ko`rgan  boshqa  fuqarolarga  qarshilik  ko`rsatib  sodir  etilgan  bo`lsa  (JK  277-

moddasi 3-qism “g” bandi); 

Jamoat tartibini saqlash vazifasini o`tash deganda, ko`cha va jamoat joylarida 

post  yoki  patrul  xizmatini  o`tash;  namoyishlar,  mitinglar,  tomoshalar,  sport 

                                                

1

 M.X.Rustamboyev. Jinoyat huquqi (umumiy qism), -T,: “Adolat” 2006-yil. 



2

 O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi qarorlari to’plami: ( 2001-2006 yillar) – O’zbekiston 

Respublikasi Oliy sudi. –T.: “Adolat” 2006-yil.  43-bet. 


43 

 

musobaqalari  va  boshqa  ommaviy  tadbirlar  vaqtida  jamoat  tartibini  saqlash; 



avariyalar,  ijtimoiy  va  tabiiy  halokatlarning  oqibatini  tugatish;  qonunga  qarshi 

harakatlarga to`sqinlik qilish yoki oldini olish tushuniladi. 



Hoimiyat  yoki  jamoat  vakili  deganda,  militsiya  hodimlari  bilan  birga  davlat 

organlarida  doimiy  yoki  vaqtincha  xizmat  o`tayotgan  va  jamoat  tartibini  saqlash 

vazifasini  bajarayotgan  shaxslar,  shuningdek,  jamoat  tartibini  saqlashda  ijtimoiy 

burchini o`tayotgan yoki bu ishga maxsus jalb etilgan shaxslar kiradi. 

O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 15-

moddasiga  ko’ra  hokimiyat  vakiliga  quyidagicha  ta’rif  berib  o’tilgan,  ya’ni 

davlatning  biron-bir  hokimiyat  organi  nomidan  ish  ko’rib,  muayyan  vazifalarni 

doimiy  yoki  vaqtincha  amalga  oshiruvchi  va  o’z  vakolatlari  doirasida  ko’pchilik 

yohud barcha fuqaro yoki mansabdor shaxslar uchun majburiy bo’lgan harakatlarni 

sodir  etish  yoki  farmoyishlar  berish  huquqiga  ega  bo’lgan  shaxs  hokimiyat  vakili 

deb e’tirof etilgan.  

Qarshilik  ko`rsatish  aybdorning  qonunda  ko`rsatilgan  shaxslarning  qonuniy 

faoliyatiga kuch  ishlatib  yoki kuch  ishlatmasdan qarshi  harakat qilishini bildiradi. 

Bezorilikda  qonunda  ko`rsatilgan  shaxslarga  qarshilik  ko`rsatish  ular  jamoat 

tartibini qo`riqlash vazifasini bajarayotgan vaqtlarda amalga oshiriladi. 

  Agar  bezorilik  harakatlarini  to`xtatish  chorasini  ko`rayotgan  shaxsga 

qarshilik  ko`rsatish  paytida  ishlatilgan  zo`rlik  natijasida  aybdor  tomonidan  yana 

boshqa  og`ir  jinoyat  sodir  etilgan  bo`lsa,  bu  hol  bezorilik  jinoyati  tarkibi  bilan 

qamrab olinmaydi. 

4) jinoyatning obyektiv tomon belgilariga ko`ra: 




Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling