Jinoyat huquqi va kriminologiya
Bezorilik uchun javobgarlik belgilangan jinoyat qonuni normalarining
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
bezorilik jinoyatini kvalifikatsiya qilish masalalari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB. BEZORILIK JINOYATINING YURIDIK TAHLILI
- 1) qilmish.
- 3) sababiy bog`lanish.
1.2. Bezorilik uchun javobgarlik belgilangan jinoyat qonuni normalarining
rivojlanish tarixi “Bezorilik” so`zini nimani anglatadi, u qayerdan bizga kelib qolgan?-degan savolni qo`yadigan bo`lsak, bezori va bezorilik so`zlarini paydo bo`lishiga oid bir qancha nazariyalar mavjudlligini ko`ramiz. Ana shunday nazariyalardan biriga ko`ra, bezorilik so`zi qadimgi rus so`zi “хулить” va fransuzcha “gens’- kishilar so`zidan kelib chiqqan. Yana bir boshqa nazariyaga ko`ra, “xuligan” jumlasi XIX-XX asrlarda asosan ingliz tilida so`zlashadigan xalqlar tomonidan iwlatilgan bo`lib, kelib chiqishi odatda davlat tili ingliz tili hisoblangan mamlakatlar Angliya va AQSH bilan bog`liq. Misol uchun, Angliyada bu so`z “huligan” sifatida 1890 yilda uning janubiy-sharqida London juda keng tarqalgan va tez orada Angliyada “Jinoyatni oldini olish qonuni” ishlab chiqildi. Hususan Rossiya hukumati qonunchiligida XX asr boshida vujudga kelgan ushbu jinoyatga 1892-yilda poytaxt politsiyasi tomonidan qat’iy choralar ko`rilgan. Shundan so`ng Sankt-Peterburg hokimi fon Valya ushbu huquqbuzarlikni oldini olish bo`yicha tartibiy nizom ishlab chiqdi. 1 Shunday qilib, oxir-oqibat shu vaqtdan boshlab shaharni taribini buzadigan zo`ravon bir til bilan “хулиган” deb nomlana boshlandi. 2
sifatida ajratib ko`rsatgan birinchi kodeksga aylangan edi. 1922-yildagi Jinoyat kodeksining 176-moddasi “Shaxs hayoti, sog`lig`i, sha’ni va qadr-qimmatiga qarshi jinoyatlar to`g`risida”gi bobda joylashib unda shunday ta’rif keltirilgan edi: “Bezorilik”, ya’ni alohida fuqarolar va jamiyatga oshkora hurmatsizlik namoyon
1 Шапошников В.Н. Хулиганы и хулиганство в России. Аспекты истории и литературы XX века. М.:Московский лицей, 2000.-С.33-34 2 Ametov. A.J. Bezorilik jinoyatining ravojlanish tarixi // Yosh olimlar ilmiy maqolalar to`plami. Toshkent, TDYuI, 2010. –B 74-76. 13
bo`lishi bilan birga kechadigan janjallar, maqsadsiz harakatlar- majburiy mehnat yohud bir yil muddatga ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi”. 1926-yildagi UzSSR jinoyat kodeksida esa “bezorilik”ga endi ancha boshqacharoq ta’rif bergan va “jamiyatga qarshi oshkora hurmatsizlik bilan birga kechadigan bezorilarcha harakatlar” deya ta’riflangan va u boshqaruvga (hokimiyatga) qarshi jinoyatlar sirasiga kiritilgan edi. Keyinchalik, 1959-yildagi Jinoyat kodeksining 206-moddasida “Jamoat tartibini qo`pol tarzda buzadigan va jamiayatga nisbatan oshkora hurmatsizlikni ifoda etadigan qasddan harakatlar” sifatida kvalifikatsiyalanar edi. 1
to`g`risidagi 277-moddani “Jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar” deb nomlangan 20- bobga joylashtirgan va bezorilik dispozitsiyasini sezilarli o`zgartirgan edi. Moddada shunday deyilgan: “Bezorilik, ya’ni jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, urish-do`pposlash, badanga yengil shikast yetkazish yoki o`zganing mulkiga shikast yetkazish yohud nobud qilish ancha miqdorda zarar yetkazish”dir 2 .
Bu kodeksdagi bezorilik jinoyatining yangi ta’rifi jinoiy bezorilikni mayda bezorilikdan, shuningdek, shaxsga qarshi jinoyatlardan aniq ajratib olishga imkon beradigan ancha to`liq va aniq ta’rifini beradiki, mazkur masala avvallari ko`plab qiyinchiliklar tug`dirar edi. Mayda bezorilik tushunchasi O`zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 183- moddasida ko`rsatilgan bo`lib, uning mazmuniga ko`ra, ushbu huquqbuzarlik jamoat joylarida uyatli so`zlar aytish yoki shunday so`zlar bilan so`kinish, behayo qiliqlar ko`rsatish, odamlarga nisbatan haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibi va fuqarolar osoyishtaligini buzish kabi jamiyatda yurish-turish qoidalarini ochiqdan – ochiq mensimaslik harakatlarida ifodalanadi. Bunda Jinoyat kodeksining 277-moddasi birinchi qismida ko`rsatilgan jinoiy oqibatlar kelib chiqsa bu qilmish shu modda bo`yicha kvalifikatsiya etishni taqozo etadi. Shuningdek qonun chiqaruvchi bezorilik harakatlari tufayli og`ir oqibatlarning
1 Ametov. A.J. Bezorilik jinoyatining ravojlanish tarixi // Yosh olimlar ilmiy maqolalar to`plami. Toshkent, TDYuI, 2010. –B 74. 2 O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi, “Sharq” 1994 yil. 14
kelib chiqishini inobatga olgan holda Jinoyat kodeksi Maxsus qismi 1-bobida “Hayotga qarshi jinoyatlar” 97-modda Qasddan odam o`ldirish “l” bandi va 2-bob “Sog`liqqa qarshi jinoyatlar” 104-moddasining “e” bandlariga joylashtirib qo`yilgan. 2001-yil 29-avgustdagi O’zbekiston Respublikasi jionoyat, ma’muriy va jinoyat-protsessual qonunlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi qonuniga binoan, 75% jinoyat og’ir turdagi jinoyatlar toifasidan ijtimoiy xavfi kata bo’lmagan va uncha og’ir bo’lmagan jinoyatlar toifasiga kiritilganligi munosabati bilan Jinoyat kodeksinig 277-moddasi 2 va 3-qismlari sanksiyasilari avvalgi Jinoyat kodeksi sankisiyalariga nisbatan ancha yengillashtirildi. Hususan, Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismida ko`rsatilgan ozodlikdan mahrum qilish jazo muddati 5 yildan 3 ga o`zgartirildi. 1994-yildagi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismida ko`rsatilgan besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi uch yildan besh yilgacha deb belgilandi. Demak, bezorilik jinoyati uncha og’ir bo’lmagan jinoyatlar toifasiga kiritildi. 2015-yilgi Jinoyat kodeksiga nazar tashlasak, ushbu kodeksdagi o`zgartirish ham aynan jazo muddatlariga taaluqliligini ko`rishimiz mumkin. Bu shundan darak beradiki, mamlakatimizda jinoiy jazolarni liberallashtirish islohoti keng olib borilmoqda. Hususan, 2015-yildagi Jinoyat kodeksining 277-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlariga ozodlikni cheklash jazosi yangi jazo sifatida kiritildi. Shu bilan bir qatorda 2001-yildagi Jinoyat kodeksining 277-moddasi ikkinchi qismida ko`rsatilgan uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yohud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish deb o`zgartirildi. 277-moddasi 3-qismida ko`rsatilgan uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yohud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish deb belgilandi.
15
2.1. Bezorilik jinoyatining obyektiv belgilari
O`zbekiston Respublikasi jinoyat qonuniga ko`ra, shaxsga jinoiy javobgarlik tayinlashdan oldin sodir etilgan qilmishdagi jinoiy tarkibi tomonlarini batafsil tahlil qilinmasdan, uni jinoiy javobgarlikka tortish mumkin bo`lmaydi. Shuning uchun biz paragrafning mazkur qismida bezorilik jinoyatining obyektiv belgilarini tahlil qilishni maqsadga muvofiq deb topdik. Bezorlikning obyektiv tomoni betartib ravishda sodir etiluvchi, alohida- alohida, o`zaro bir-biri bilan bog`lanmagan harakatlar bilan namoyon bo`ladi. Zo`ravonlik bitta yoki bir nechta obyektga nisbatan yo`naltirilgan bo`lishi mumkin. Bezorilikdan jabr ko`ruvchilar qatoridan uning kelib chiqishiga hech qanday aloqasi bo`lmagan tasodifiy shaxslar ham o`rin olishi mumkin. Ob’ektiv tomondan bezorining harakatlari jamiyatga nisbatan oshkora hurmatsizlik qilish orqali ifoda etiluvchi jamoatchilik tartibini buzish bilangina cheklanib qolmasdan, balki, fuqarolarga nisbatan zo`ravonlik qilish; ularga mulkiy zarar yetkazish, shunday harakatlar sodir etish bilan tahdid qilishda xarakterlanadi. Demak, bezorilik jinoyatining obyekti jamoat taribi, fuqarolarning jismoniy daxlsizligi, sog`lig`i, o`zganing mulki hisoblanadi. O`zbekiston Republikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi “Bezorilkka oid sud ishlari amaliyoti haqida”gi qarorining 1-bandida: “Tushuntirilsinki, bezorilik jamoat tartibiga qarshi qaratilgan bo`lib, jamiyatda yurish turish qoidalarini qasddan mensimaslikda ifodalangan harakatlar shaxsni urish do`pposlash, unga yengil tan jarohati yetkazish yoki o`zganing mulkiga ancha miqdorda shikast yetkazish yohud uni uni ancha miqdorda nobud qilish bilan bog`liq holda sodir etiladi” 1 , deb ko`rsatilgan. Ushbu normada keltirilgan jamoat tartibi tushunchasiga turlicha yondashuvlar mavjud.
1 O’zbekiston Respublikasi Oliy sud Plenumi qarorlari to’plami: (2001-2006-yillar)- O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi. –T.: “Adolat”, 2006-y. 16
Tajavuz obyekti sifatidagi jamoat tatibi deganda, ijtimoiy muomula va hulq- atvor qoidalarining asosini tashkil etuvchi kishilarning o`zaro munosabatlaridagi lozim bo`lgan yurish-turishni, jamoat va fuqarolar tinchligini, umume’tirof etgan axloqiy, huquqiy, diniy, ma’naviy, milliy va boshqa an’analar, urf-odatlar va qadryatlarni hurmat qilish va ularga rioya etishni taminlaydigan ijtimoiy munosabatlar yig`indisini tushunilmog`i kerak. 1
Jamoat tartibi tushunchasiga professor M.X.Rustamboyev quyidagicha ta’rif bergan: “ Jamoat taribi deganda, jamiyatda odamlar o`rtasidagi huquq va axloq me’yorlariga asoslangan munosabatlar yig`indisi bo`lib, u orqali fuqarolarning xavfsizligi va tinchligi, o`zgalar mol-mulkining saqlanishi, davlat, jamoat va boshqa korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlar normal faoliyatining ta’minlanishi tushuniladi” 2 .
M.X.Rustamboyev va M.Usmonaliyevlarning fikriga ko`ra, jinoyat huquqi nazariyasida jinoyatning obyekti: umumiy, maxsus, turdosh va bevosita obyektlarga ajratiladi. 1) umumiy obyekt. Umumiy obyekt deyilganda, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat qonuni bilan qo`riqlanadigan barcha ijtimoiy munosabatlarning yig`indisi tushuniladi. Boshqa barcha jinoyatlardagi kabi mazkur jinoyatning ham umumiy obyekti deganda, an’anaviy tarzda qonun bilan qo`riqlanadigan barcha ijtimoiy munosabatlarning jami tushuniladi, ya’ni umumiy obyekt haqiqattan ham jinoyat qonunida javobgarligi ko`zda tutilgan barcha faoliyat uchun umumiy, yagona bo`ladi. 2) maxsus obyekt. Maxsus obyekt jinoyat qonuni bilan qo`riqlanadigan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy mohiyatiga ko`ra bir-biriga o`xshash yoki yaqin bo`lgan ijtimoiy munosabatlarni o`z ichiga oladigan obyektlar guruhidir.
1 O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga sharx (maxsus qism), -T.: “Adolat”, 2007 yil. 2 M.X.Rustamboyev. Jinoyat huquqi (umumiy qism), -T,: “Adolat” 2006-yil. 17
Bezorilik jinoyatining maxsus obyekti sifatida jamoat xafsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar tushuniladi. 3) turdosh obyekt. Bezorilik jinoyatining turdosh obyekti bu jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar hisoblanadi. 4) bevosita obyekt. Bevosita obyekt, deyilganida ijtimoiy xavfli tajovuz bevosita qaratilgan ijtimoiy munosabat tushuniladi. Aynan jinoyatning bevosita obyektini to`g`ri aniqlash jinoyatni kvalifikatsiya qilishda katta ahamiyat kasb etib, jinoyatga yarasha jazo tayinlashda muhim o`rin tutadi.
o`rnatilgan axloq-odob normalari, shaxsning sog`lig`i va mol-mulk huquqining daxlsizligidir. Shu o`rinda aytib o`tish kerakki, bezorilik jinoyatining bevosita obyekti o`z navbatida uch turga ya’ni asosiy bevosita obyekt, qo`shimcha bevosita obyekt va fakultativ bevosita obyektlarga bo`linadi. Endilikda ushbu bevosita obyekt turlariga to`xtalib o`tamiz. Agar jinoyatning bevosita obyekti bitta emas, balki bir nechta bo`lsa, ulardan biri asosiy obyekt
hisoblanadi. Chunonchi, bezorilikning asosiy obyekti jamoat tartibi bo`lib, ushbu jamoat taribiga zarar yetkazilishi natijasida ushbu jinoyat qonun bilan himoya qilinadigan boshqa munosabatlarga ham xavf tug`dirishi mumkin. Mana shu asosiy obyekt konkret jinoyatni Jinoyat kodeksining tegishli bobiga kiritish uchun asos bo`ladi. Ikki obyektli jinoyatlarda zarar asosiy obyektdan tashqari boshqa obyektga ham yetkazilib, u qo`shimcha obyekt hisoblanadi. Qo`shimcha obyekt murakkab tarkibli jinoyatlarda bo`lib, boshqa jinoyat tarkibidan ajratishda muhim ahamiyatga egadir. Biz bilamizki, bezorilik jinoyati murakkab jinoyatlar turiga kirmaydi. Shunining uchun ushbu jinoyatning qo`shimcha obyekti mavjud emas. Jinoyat huquqi nazariyasida yana fakultativ obyekt degan tushuncha ham bor. Bu shunday ijtimoiy munosabatdirki, jinoyat sodir etilganda ma’lum zarar yetkazilishi ham, yetkazilmasligi ham mumkin. Bezorilik jinoyati obyektlari orasida ham fakultativ obyektlarni ko`rishimiz mumkin. Bezorilik jinoyatining
18
fakultativ obyektlari shaxslarning sog`lig`i hamda mol-mulkka bo`lgan huquqlari hisoblanadi. Demak, bezorilik jinoyati sodir etilganida shaxsning sog`lig`i hamda mol-mulkiga zarar yetishi ham, yetmasligi ham mumkin. Jinoyatni boshqa bir jinoyatdan farqlaydigan belgisi uning obyektiv tomoni hisoblanadi. Оbyеktiv tomon sud аmаliyoti vа jinоyat huquqi nаzаriyasidа muhim аhаmiyatgа egа. U quyidаgichа ifоdаlаnаdi: Jinоyat tаrkibining elеmеnti sifаtidа оb`еktiv tаrаf jinоiy jаvоbgаrligining аsоsigа kirаdi. U jinоiy jаvоbgаrlikni оb`еktiv chеgаrаsini bеlgilаydi. Аyblаnuvchi fаqаt еtkаzilgаn zаrаr vа sоdir etgаn jinоyati uchun jаvоb bеrаdi. Оbyеktiv tаrаf jinоyatni to`g`ri kvаlifikаsiya qilishning tаxminini bеlgilаydi. Fаqаt uning sinchiklаb qilgаn tаhlili vа bаxоsi аyblаnuvchining yo`nаltirilgаn g`аrаzini bеlgilаshgа imkоn bеrаdi. (mаsаlаn, hаyotgа tаjаvuz qilishdа аyblаnuvchi tоmоnidаn ishlаtilаdigаn qurоl yoki vоsitа, mushning kuchi vа uning sоnini, еtkаzilgаn jаrоxаtlаr xаrаktеrini bаhоlаsh zаrur). 1
qoidalariga qasddan hurmatsizlik bildirish, urish-do`pposlash, badanga yengil shikast yetkazish yohud o`zganing mulkiga jiddiy zarar yetkazish yoki uni nobud qilish bilan bog`liq holda sodir qilinganlikda ifodalanadi. 2
Bezorilik jinoyati alternative harakatlar orqali sodir etiladi. Chunki, Jinoyat kodeksining 277-moddasi dispozitsiyasida keltirilgan harakatlarning birini sodir etish yetarli hisoblanadi. Jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimaslik deganda, qonunlarga, axloq-odob normalariga, jamiyatda mavjud bo`lgan urf-odat va an’analarga hurmatsizlik tushuniladi. 3
bir qatorda axloq-odob qoidalariga ham bepisandlik ko`zi bilan qarab, ushbu ijtimoiy munosabatga ham zarar yetkazadi. Jamiyatdagi axloq qoidalarini
1 Irkаxоdjаеv А.K., Xоlikulоv U.Sh. Jinоyatlаrni kvаlifikаsiya qilishning ilmiy аsоslаri. O’quv qo’llаnmа. –T.: TDYuI nаshriyoti, 2012. 59 bеt. 2 M.X.Rustamboyev. Jinoyat huquqi (umumiy qism), -T,: “Adolat” 2006-yil. 3 O’zbekiston Respublikasi Oliy sud Plenumining “Bezorilikka oid ishlar bo’yicha sud amaliyoti haqida”gi Qarori. 2002-yil 14-iyun.
19
mensimaslikning shakllari xilma-xildir, chunki jamoat tartibi uyat so`zlarni aytish, urish-janjal chiqarish, fuqarolarga zo`rlik ishlatish, o`zgalar mulkini yo`q qilish yoki unga zarar yetkazish kabi yo`llar bilan ham buzilishi mumkin. Ammo barcha bezorilik harakatlari uchun huquqiy muhofazaga olingan jamoat tartibini jamiyatda barcha tomonidan qabul qilingan axloq qoidalarini mensimaslik yo`li bilan buzish xosdir. Jamiyatdagi axloq qoidalarini mensimaslik deganda, qonunga, ijtimoiy muomula hamda axloq-odob qoidalariga, umum e’tirof etgan an’ana va urf- odotlarga, shakllangan hayot tarziga nisbatan hurmatsizlikning namoyon bo`lishi tushuniladi. 1
Yana boshqa so`z bilan aytganda shaxs jamiyatdagi axloq qoidalarini mensimagan holda jamoat tartibini tashkil etuvchi va qonun bilan himoya qilinuvchi ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazadigan yoki zarar yetkazishning real xavfini vujudga keltiradigan muayyan harakatlar qiladi. “Odatda jamiyatdagi axloq-odob qoidalarini mensimaslik oshkora, ya’ni ko`pchilik odamlar oldida yuz beradi. Biroq bezorilik mahfiy bekitincha amalga oshiriladigan va bir qancha vaqtdan so`ng ochiladigan, ma’lum bo`ladigan hollarni inkor etmaydi. Shu boisdan odamlar oldida sodir etish belgisi bezorilik jinoyati tarkibi uchun zaruriy ahamiyatga ega emas” 2 . Urish-do`pposlash deganda, aybdor tomonidan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan buzib, shaxsning badaniga shikast yetkazmagan holda bir necha zarba berish tushuniladi. 3
Shu bilan bir qatorda ushbu normada keltirib o`tilgan badanga yengil shikast yetkazish harakati bo`yicha tushuntirish O`zbekiston Republikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 27-iyundagi “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid sud amaliyoti to`g`risida”gi qarorining 1-bandida keltirilgan bo`lib, unga ko`ra: “Badanga shikast yetkazish deganda, inson organlari yoki organizm to`qimalari
1 O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga sharx. (Maxsus qism). –T,: “Sharq” 2007-yil. 2 O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga sharx. (Maxsus qism). –T,: “Sharq” 2007-yil. 3 O’zbekiston Respublikasi Oliy sud Plenumining “Bezorilikka oid ishlar bo’yicha sud amaliyoti haqida”gi Qarori. 2002-yil 14-iyun. 1-bandi. 20
anatomik to`kisligi yoki ular fiziologik funksiyasining tashqai ta’sir oqibatida buzilishi tushunilmog`i lozim. Badanga yetkzilgan shikastning hususiyati va og`irlik darajasini aniqlash, odatda, tibbiyot organlari vakolatiga taalluqli bo`lib, O`zbekiston Respublikasi sog`liqni saqlash vazirining 1992 yil 21 oktabrdagi buyrug`i bilan tasdiqlangan, badanga yetkazilgan shikast og`irligini sud-tibbiy yo`sinda belgilash qoidalariga muvofiq o`tkaziladi”. Biz bilamizki, bezorilik jinoyatining obyektiv tomoni zaruriy va fakultativ belgilarga bo`lib o`rganiladi. Bezorilik jinoyatining obyektiv tomoni zaruriy belgilari quyidagilar:
zaruriy belgisi hisoblanadi. Biroq ko`pchilik qilmishlarni jinoyat deb hisoblash uchun u tufayli ro`y bergan ma’lum bir oqibatlarini aniqlamoq zarur. Bezorilik jinoyati ham ijtimoiy xavfli qilmishlar sirasiga kiradi. 2) oqibat. Jinoyatning oqibati deganda sodir etilgan jinoyat natijasi ta’sir qiluvchi ijtimoiy munosabatning buzilish darajasi tushuniladi. Bezorilik jinoyati sodir etilganda jamiyatda o`rnatilgan ijtimoiy munosabatlarga, shaxsning sog`lig`iga hamda mol-mulkiga zarar yetadi. Mana shu yetkazilgan zarar miqdori jinoyatning oqibati natijasida yuzaga keladi. Bezorilik jinoyati moddiy tarkibli jinoyatlar turkumiga kirganligi bois, bezorilik jinoyati natijasida oqibat kelib chiqqanidan so`ng ushbu jinoyat tugallangan hisoblanadi.
natijasida kelib chiqqan oqibatlar orasidagi sababiy bog`lanish moddiy tarkibli jinoyatlarning uchinchi, zaruriy belgisi hisoblanadi. 1
Bezorilik jinoyatining fakultativ belgilar: joyi, vaqti, usuli, sharoiti, jinoyatni amalga oshirish quroli va vositasi singari belgilardan iboratdir.
1 M.X.Rustamboyev. Jinoyat huquqi (umumiy qism), -T,: “Adolat” 2006-yil. 21
1) jinoyat joyi. Ta’kidlash kerakki, jinoyat sodir etish joyi bezorilikning asosiy hususiyati bo`lmasa ham u amalga oshirilgan harakatlarni jinoyat-huquqiy baholashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bezorilik jinoyatining sodir qilinish joyi haqida ko`plab qarashlar mavjud bo`lib, bir qator olimlarimiz bu hususida fikr yuritganlar. Bezorilik jinoyatining obyektiga nazar tashlasak, ushbu jinoyat jamoat joylarida, jamoat tartibiga qarshi qaratilgan hatti-harakatlar zamirida sodir etilar ekan. Shu o`rinda jamoat joylari tushunchasiga alohida e’tiborimizni qaratishimiz kerak. A.Ametovning fikricha, “jamoat joylari deganda, ta’lim-tarbiya muassasalari, tibbiy muassasalar, teatr, hiyobon va boshqa madaniy dam olish joylari, davlat va xo`jalik idoralarini tushunish mumkin”. “Jamiyatga ochiq hurmatsizlikni ifodalovchi va jamoat tartibini o`ta qo`pol ravishda buzuvchi harakatlar ko`p hollarda ommaning ko`z o`ngida sodir etiladi, chunki aynan jamoat joylarida bezoriga jamoat tartibini buzish hamda jamiyatga o`z hurmatsizligini ifodalash juda oson. Bu yerda bezori o`zini atrofdagilarga, o`z xulqini esa, ijtimoiy ahloq normalariga oshkora qarama-qarshi qo`yish mumkin. Nihoyat, aynan shunday vaziyatda bezori ko`proq nizolarni chiqarishga urinadi” 1 .
Ba’zi bir olimlarimiz bezorilik jinoyatining sodir etilish joyi sifatida faqat jamoat joylari nazarda tutilishiga e’tiroz bildirib o`tganlar. M.Narikbayevning fikricha, faqat jamoat joylarida va omma oldida sodir etilgan harakatlar bezorilik bo`lishi mumkin, deb hisoblaydigan olimlarning fikri xato 2 .
Bezorilik jinoyatining sodir etilish joyi masalasida G.Borzenkov ham o`z qarshlarini ifoda etgan. Ushbu olimning fikricha, bezorilik uchun harakatlarning (yoki ularning oqibatlarining) ommaviyligiga, namoyishkora ekanligiga intilish, jamiyatdagi o`zini tutish me’yorlarni oshkora yomon ko`rishni ko`rsatish
1 Утанов.М.А. Проблемы борьбы с хулиганством. Дис…канд. юрид. наук. –Т.: 1999. 40 бет 2 Нарикбаев М. Борьбы с насильственными преступлениями. // Вестник Верховного суда Республики Казхстан, 1997, №4 С. 35
22
harakterlidir. Biroq bezorilik faqat jamoat joylarida emas, balki begonalar ishtirokisiz ham namoyon qilinishi mumkin 1 . Yuqorida jinoyat joyi yuzasidan keltirilgan fikrlarni umumlashtirib aytish mumkinki, jamoat joylaridagi bezorilik eng ko`p uchraydi. Lekin bezorilikka xos urish-janjallar nojamoat joylarida ham sodir etiladi. Bundan tashqari yashirin ko`chalarda va boshqa mahfiy joylarda ham ushbu jinoyat sodir etilishi mumkin. Shuning uchun bezorilik jinoyati sodir qilinish joyi aniq belgilanishi maqsadga muvofiq emas. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasida ko`zda tutilgan bezorilik urish-do`pposlash yoki yengil tan jarohati yetkazish bilan bog`liq jamiyatda o`rnatilgan xulq-atvor qoidalarini buzish sodir bo`lgan paytdan tugallangan hisoblanadi. O`zganing mol-mulkini nobud qilish yoki unga jiddiy zarar yetkazish bilan bog`liq jamiyatda o`rnatilgan xulq-ator qoidalarini qasddan mensimaslik oqibatida jiddiy zarar yetkazilganida tamom bo`lgan jinoyat hisoblanadi. 2
2) jinoyatning sodir qilinish usuli. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling