Jinoyat huquqi va kriminologiya
a) badanga o`rtacha og`ir shikast yetkazib (JK 277-moddasi 2-qismi “a”
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
bezorilik jinoyatini kvalifikatsiya qilish masalalari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ommaviy tadbir
- 3.2. Javobgarlikni og`irlashtiruvchi holatida sodir etiladigan bezorilik
- Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
a) badanga o`rtacha og`ir shikast yetkazib (JK 277-moddasi 2-qismi “a”
bandi); Badanga o`rtacha og`ir shikast yetkazish sodir bo`lgan paytda hayot uchun xavfli bo`lmaydi va odatdagidek kechganida insonning o`limiga olib kelmaydi. Badanga yetkazilgan shikastning xususiyati va og`irlik darajasini aniqlash, odatda, tibbiyot organlari vakolatiga taalluqli bo`lib, O`zbekiston Respublikasi sog`liqni saqlash vazirining 1992 yil 21 oktyabrdagi buyrug`i bilan tasdiqlangan, 44
badanga yetkazilgan shikast og`irligini sud-tibbiy yo`sinda belgilash qoidalariga muvofiq o`tkaziladi. Badanga o`rtacha og`ir shikast yetkazishning belgilari quyidagilar: - sog`liqning kamida yigirma bir kun, biroq to`rt oydan ko`p bo`lmagan davrga yomonlashuvi; - umumiy mehnat qobiliyatining o`n foizidan o`ttiz uch foizigacha yo`qolishi 1 . b) ko`p miqdorda zarar yetkazib, birovning mukini nobud qilib yoki unga shikast yetkazib (JK 277-moddasi 2-qismi “e” bandi); Eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha bo`lgan miqdorda zarar yetkazilishiga olib kelgan birovning mulkini qasddan nobud qilish yoki unga shikast yetkazishda ifodalaniladigan bezorilik jinoyati JK 277-moddasi 2-qismining “e” bandi bo`yicha baholanadi. Bezorilikning bu ko`rinishi moddiy tarkib bilan tuzilgan va ko`p miqdordagi zarar yetkazilgan paytdan boshlab sodir etilgan hisoblanadi. O`zganing mulkini nobud qilish deganda, uni butunlay yaroqsiz holga keltirish tushuniladi. Mulkka shikast yetkazish deganda, uni qisman yaroqsiz holga keltirish tushuniladi. 2
Mulkka shikast yetkazish yoki nobud qilish ko’p miqdorda yuz bersa jinoyat tugallangan bo’ladi. Shunday holatda jinoyat Jinoyat kodeksining 173-moddasi bilan qo’shimcha kvalifikatsiya qilish mumkin emas. Shu o’rinda aytish mumkinki, ushbu jinoyat normasiga juda ko’p miqdordagi zarar me’yorini ham kiritsa maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Ommaviy tadbirlar vaqtidagi bezorilik harakati odamlar va butun jamiyatga nisbatan qo`pol hurmatsizlik bilan ajralib turadi. Chunki, qoidalarni tan olmaslik va hurmatsizlik xulqi bevosita bayramlar, tantanali namoyishlar, sayillar va
1 Ametov. A.J. Bezorilik oqibatida qasddan badanga og`ir shikast yetkazish jinoyati // O`zbekiston Respublikasi Oliy sud Axborotnomasi. – Toshkent. 2012. №2. –B 43-44. 2 Rustamboyev. M.X, Jinoyat huquqi V tom (maxsus qism), -T,: “Adolat” 2006-yil. 45
bayramlarga bag`ishlangan yoki qayg`u munosabati bilan ko`plab odamlar to`plangan boshqa tadbirlar vaqtida sodir etiladi. Ommaviy tadbirlarda ko`plab odamlar to`planib, ular odatda, jamoat joylarida o`tkaziladi. O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002 yil 14 iyundagi “Bezorilik ishlari bo`yicha sud amaliyoti to`g`risida” qarorining 10-bandiga ko`ra, “Ommaviy tadbirlar paytidagi bezorilik, ommaviy tartibsizliklarni keltirib chiqarish tahdidi bilan xavflidir. Ommaviy tadbir deganda, belgilangan tartibda davlat ho-kimiyati va boshqaruv organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek, o`zini o`zi boshqarish organlari tomonidan tashkil etilgan rasmiy tadbir (bayram sayllari, namoyishlar, mitinglar, majlislar, saylovlar, xalq hasharlari va hokazo)lar tushuniladi” 1 .
1
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi Qarorlari. 1991-1997 yillar // “Sharq”, Т:.1997 y., 43-bet. 46
jinoyatini kvalifikatsiya qilish masalalari
Javobgarlikni og`irlashtiruvchi holatlarida bezorilik jinoyatini sodir etgan shaxsning harakatlarini kvalifikatsiya qilish masalalari O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi “Bezorilikka oid ishlar bo`yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorida atroflicha ko`rsatib o`tilgan. Quyida biz javobgarlikni og`irlashtiruvchi holatlarida bezorilik jinoyatini sodir etgan shaxsning harakatlarini kvalifikatsiya qilish masalalarini yoritishda Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-va 3-qismlari bandlarini alohida-alohida izohlab o`tamiz. Qilmishni Jinoyat kodeksi 277-moddasi 2-qismining "a" bandi bilan kvalifikatsiya qilish uchun aybdorning jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik bilan bog`liq harakatlari natijasida jabrlanuvchiga o`rtacha og`irlikdagi shikast yetkazilganligini aniqlash kerak. Bezorilik jinnoyati tarkibi qasddan badanga o`rtacha og`ir shikast yetkazish jinoyatini o`zida qamrab oladi, shuning uchun ham bezorilik natijasida jabrlanuvchining badaniga o`rtacha og`irlikdagi shikast yetkazilgan bo`lsa, qilmish Jinoyat kodeksining 105-moddasi birinchi qismi bilan qo`shimcha kvalifikatsiya qilinmaydi. Agar bezorilik natijasida Jinoyat kodeksining 105-moddasi ikkinchi qismida ko`rsatilgan belgilar aniqlangan bo`lsa, qilmish Jinoyat kodeksining 277- moddasi ikkinchi qismining “a” bandi bilan qamrab olinmaydi. Bunday hollarda aybdorning harakatlari Jinoyat kodeksining 105-moddasi ikkinchi qismining tegishli bandi bilan qo`shimcha kvalifikatsiya qilinadi. 1
etilganda qilmish Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan kvalifikatsiya qilinadi.
1
Jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish. Darslik (To’ldirilgan va qayta ishlangan ikkinchi nashri). // R. Kabulov, A.A. Otajonov va boshq. – T.: O’zbekiston Respublikasi IVV Akademiyasi, 2012. – 261 b.
47
Bezorilik harakatlarini bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan deb topish uchun ikki va undan ortiq shaxsning bezorilik harakatlarini sodir etishdan avval kelishganligi yoki kelishmaganligining ahamiyati yo`q. Bunda har bir ishtirokchi tomonidan jabrlanuvchining badaniga, mulkiga shikast yetkazilishi yoki bezorilik jinoyatini keltirib chiqaruvchi boshqa harakatlarning sodir etilgan bo`lishi shart emas. Bezorilik jinoyatini sodir etishga qaratilgan harakatlar bir shaxs tomonidan sodir etilish jarayonida unga boshqa shaxslar shu maqsadda kelib qo`shilganda ham bunday jinoyat bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan deb topiladi. Qilmishni Jinoyat kodeksi 277-moddasi 2-qismining "v" bandi bilan kvalifikatsiya qilish uchun bezorilik zamirida sovuq qurol yoki shaxsning sog`lig`iga amalda shikast yetkazishi mumkin bo`lgan boshqa narsalarni namoyish qilish (ko`rsatish)ning o`zi yetarlidir. Bunda ularni qo`llashga nisbatan taxdid bo`lgan-bo`lmaganligining ahamiyati yo`q, biroq bu holat sud tomonidan jazo tayinlash paytida hisobga olinishi kerak. Bezorilik harakatlarini Jinoyat kodeksi 277-moddasi 2-qismining "g" bandi bilan kvalifikatsiya qilishda sud aybdorning aynan qaysi harakatlari o`ta ketgan behayolik deb baholanayotganligini hukmda ko`rsatishi shart. Bezorilik harakatlari o`taketgan behayolik bilan sodir etilgan deb topish masalasini hal etish chog`ida sud ishning muayyan holatlari majmuidan kelib chiqishi hamda sodir etilgan jinoyatning xususiyati, vaqti, joyi va shart- sharoitlarini inobatga olishi lozim. Aybdorning qilmishini Jinoyat kodeksi 277-moddasi 2-qismining "d" bandi bilan kvalifikatsiya qilish uchun bezorilik harakatlari yosh bolani, qariyani, nogiron yoki ojiz ahvoldagi boshqa shaxslarni xo`rlash shaklida sodir etilgan bo`lishi kerak. Ko`p miqdorda zarar yetkazish, birovning mulkini nobud qilish yoki unga shikast yetkazish bilan bog`liq holda sodir etilgan bezorilik Jinoyat kodeksi 277- moddasi 2-qismining "e" bandi bilan qamrab olinadi va shuning uchun ham ushbu holatni Jinoyat kodeksining 173-moddasi bilan qo`shimcha kvalifikatsiya qilish talab qilinmaydi. Xuddi shuningdek, bezorilik oqibatida o`zganing mulkiga shikast
48
yetkazish yoki nobud qilish ancha miqdorda zarar yetkazish bilan bog`liq holda sodir etilgan bo`lsa, qilmishni Jinoyat kodeksi 277-moddasining 1-qismi bilan kvalifikatsiya qilinishining o`zi kifoyadir. Aybdorning harakatini Jinoyat kodeksi 277-moddasi 3-qismining "b" bandi bilan kvalifikatsiya qilish uchun uning bezorilik harakatlari davomida o`qotar qurolni namoyish qilganligi faktining o`zi yetarlidir. Ish bo`yicha aybdor tomonidan o`qotar qurolni qo`llashga tahdid qilinganligi yoki qo`llanilganligi holatlari jazo tayinlashda e’tiborga olinishi lozim. O`qotar qurol tushunchasiga baho berishda sudlar O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996 yil 27 fevraldagi "Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish to`g`risidagi ishlar bo`yicha sud amaliyoti haqida" 1 gi 3-sonli qarorining 2-bandida berilgan tushuntirishlarga amal qilishlari kerak. Shu bilan birga sudlar shuni e’tiborga olishlari lozimki, aybdorning harakatini Jinoyat kodeksi 277-moddasi 3-qismining "b" bandi bilan kvalifikatsiya qilish uchun qurol jinoyat sodir etish paytida otishga yaroqli deb topilgan bo`lishi shart. Basharti, yaroqsiz bo`lsa, bezorilik Jinoyat kodeksi 277-moddasi 2-qismining "v" bandi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim. Bezorilik jinoyatini sodir etishda ishlatilgan yoki namoyish etilgan o`qotar qurol tegishli ruxsatnomasiz aybdorning egaligida bo`lgan bo`lsa, qilmish Jinoyat kodeksining 248-moddasi bilan ham qo`shimcha kvalifikatsiya qilinadi. Bezorilik harakatlari davomida aybdor jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarib turgan hokimiyat yoki jamoatchilik vakiliga yoxud bezorilik harakatlarining oldini olish (to`xtatish) chorasini ko`rgan boshqa fuqarolarga faol qarshilik ko`rsatsa, shu jumladan, ularga nisbatan o`rtacha og`ir shikast yetkazish darajasida zo`rlik ishlatsa, bunday qilmish Jinoyat kodeksi 277-moddasi 3- qismining "g" bandi bilan to`liq qamrab olinadi va Jinoyat kodeksining boshqa moddalari bilan qo`shimcha kvalifikatsiya qilishni talab etmaydi. Agar bezorilik harakatlarini to`xtatish chorasini ko`rayotgan shaxsga qarshilik ko`rsatish paytida ishlatilgan zo`rlik natijasida aybdor tomonidan yana boshqa
1 O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi Qarorlari. 1991-1997 yillar // “Sharq”, Т:.1997 y., 43-bet. 49
og`ir jinoyat sodir etilgan bo`lsa, bu hol bezorilik jinoyati tarkibi bilan qamrab olinmaydi. Bezorilik harakatlari tugagandan keyin, shu jumladan, aybdor ushlangandan so`ng ko`rsatilgan qarshilik, bezorilik jinoyatining alomatlariga xos holat deb hisoblanmasligi va bunday holda qilmish jinoyatlar majmui bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim. Ma’muriy javobgarlikka sabab bo`ladigan mayda bezorilik davomida jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarib turgan hokimiyat yoki jamoatchilik vakiliga yoxud bunday harakatlarni to`xtatish chorasini ko`rgan fuqaroga nisbatan qarshilik ko`rsatilsa, bunday qilmish Jinoyat kodeksi 277-moddasi 3-qismining "g" bandi bilan kvalifikatsiya qilinishi mumkin emas. Bu holda aybdorning harakatlari, ko`rsatilgan qarshilikning xususiyatiga qarab, Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddalari bilan kvalifikatsiya qilinadi. Agar Jinoyat kodeksi Maxsus qismining muayyan moddalarida (Jinoyat kodeksining 277-moddasidan boshqa) bezorilik, o`sha jinoyatni kvalifikatsiya qiluvchi alohida belgi sifatida nazarda tutilgan bo`lsa, bu holat qilmishni Jinoyat kodeksining 277-moddasi bilan qo`shimcha kvalifikatsiya qilishni istisno etadi (masalan, Jinoyat kodeksi 104-moddasi 2-qismining "e" bandi, 97-moddasi 2- qismining "l" bandi). Yuqorida berilgan qoidaga misol tariqasida quyidagi sud hukmini keltirib o`tishimiz mumkin: “Namangan viloyati sudining hukmi tomonidan T.Najimov Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismi “j,i,l” bandlari bilan 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. Ish apellyatsiya tartibida ko`rib chiqilib, hukm o`zgarishsiz qoldirilgan. T. Spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda qovun sotayotgan M.ning oldiga borib, bezorilik tuyg`ulari bilan, hech bir sababsiz, jamiyatda yurish turish qoidalarini mensimasdan, “35 ming so`m qarzingni qachon berasan” degan so`zlarni aytib, uni haqoratlab, o`ta shavfaqatsizlik bilan qasddan o`ldirgan. Ish materiallaridan ko`rinishicha, sud T.ning voqea joyida bo`lgan shaxslarga sezdirmaslik maqsadida M.ga qarata “35 ming so`m qarzingni qachon berasan”
50
degan so`zlarni gapirganligini asos qilib, sudlanganning bezorilik tuyg`ulari bilan sodir etgan harakatlarini Jinoyat kodeksi 97-moddasining javbogarlikni og`irlashtiruvchi holatlaridan biri hisoblangan “i” bandi bilan ham kvalifikatsiya qilish haqida noto`g`ri xulosaga kelgan. Jinoyat ishida M.ning T.dan qarzi bo`lganligi haqida dalillar mavjud emas. Ishdagi aniqlangan holatlarga qaraganda T. Jabrlanuvchi M.ni mutlaqo tanimagan va u bilan qarz olish yoki berish munosabatida bo`lmagan. Oliy sud jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay’ati T. Tomonidan M.ga qarata “35 ming so`m qarzingni qachon berasan” deb gapirilgan so`z haqiqiy holatini ko`rsatmasdan, balki bezorilik harakatini yashirish maqsadida o`zgalar fikrini chalg`itish uchun gapirilgan so`z ekanligini inobatga olib, T.ning aybidan Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismi “i” bandi chiqarib tashlanib, unga tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosini 18 yildan 17 yilga o`zgartirdi” 1 .
qaratilganligidan, sodir etilgan harakatning motivi, maqsadi va muayyan holatlaridan kelib chiqqan holda bezorilikni boshqa jinoyatlardan farqlay olishlari kerak. Jumladan, oilada, uyda qarindosh-urug`, tanish-bilishlarga nisbatan sodir etilgan haqoratlash, urish-do`pposlash, badanga yengil shikast yetkazish kabi harakatlar, agar ular shaxsiy kelishmovchilik natijasida kelib chiqqan bo`lsa yoxud jabrlanuvchining nojoiz xatti-harakatlari oqibatida sodir etilgan bo`lsa, shaxsga qarshi jinoyat deb baholanishi va Jinoyat kodeksi Maxsus qismi tegishli moddalari bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim. Basharti, shaxs o`z xatti-harakatlari bilan ayni vaqtda jamoat tartibini buzayotganligini va jamiyatga nisbatan ochikdan-ochiq hurmatsizlik qilayotganligini ham yaqqol anglagan bo`lsa, qilmish bezorilik sifatida kvalifikatsiya qilinadi va shaxsga qarshi jinoyatlarni nazarda tutuvchi moddalar bilan qo`shimcha kvalifikatsiya qilishni talab etmaydi 2 .
1 “Sud amaliyoti” kitobi, 2012 yil, №2. (03-543-02-sonli ajrim) 2 Muqumova M.Z. Bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash xususiyatlari . Yuridik fanlar nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. Ilmiy rahbar: M. Usmonaliyev. – T.: 2005. 51
Hozirgi kunda bezorilik jinoyati turli xil shaklda sodir etilmoqda. Ushbu jinoyatning kundan-kunga ko`payib borayotgani ushbu jinoyatni atroflicha o`rganib chiqishni talab etadi. Bezorilik jinoyatini sodir etilish darajasi ilova sifatida keltirilgan. Tahlil etilgan mavzu yuzasidan xulosa va takliflarimizni quyidagi tarzda bayon etishni lozim deb topdik: Jinoyat qonunchiligini rivojlantirish bo’yicha tavsiyalar: 1.
Sud-huquq tizimini rivojlantirish bo’yicha takliflar: 1. Mast odamlar har yili minglab kishilarning yostig`ini quritadigan, shuncha kishilarni mayib-majruh qiladigan yo`l-transport hodisalarini sodir etishda aybdor hisoblanadi. Jamiyat tartibini buzish bilan bog`liq jinoyatlarning yarmidan ko`prog`i mastlik holatida sodir etiladi, bunda ko`pincha boshqa odamlar sha’ni- qadr-qimmati kamsitiladi va hattoki sog`lig`iga, fuqarolarning mol-mulkiga zarar yetkazadi. Hususan, bezorilik harakatlarining qariyb 90 foizi mast holda sodir etiladi. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 56-moddasi “o” bandida ham mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop yohud kishining aql- idrokiga ta’sir qilivchi boshqa moddalar ta’siri ostida jinoyat sodir etish javobgarlikni og`irlashtiruvchi holat sifatida ko`rsatilgan. Shundan kelib chiqib, aytish kerakki, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi ikkinchi qismi “g” bandiga “mastlik holatida sodir etilsa” degan band qo`shilishi kerak.
bandiga ko`ra, bezorilik “takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan” sodir etilgan bo`lsa degan norma mavjud. Vaholanki, xavfli retsidivist sodir etadigan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi takroran sodir etishga nisbatan yuqoridir. 1
1 Ametov. A.J. Bezorilik oqibatidagi jinoyat: uni sodir etgan shaxsning kriminologik tavsif // Huquq va burch. Toshkent. 2012. №2. –B 58-59.
52
Bu haqida Oliy sud ham o`z qarorlarining birida tushuntirish berib, retsidiv jinoyat bir necha jinoyat turlari ichida eng xavflisi bo`lib, u shaxs tomonidan jinoiy xulq- atvor davom ettirilayotganidan dalolat berishini mustahkamlab qo`ygan. Shu sababli takroran va xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlikni JK 277-moddaning alohida qismlarida belgilashni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
ularning ijtimoiy xavflilik darajasidan kelib chiqqan. Hatto ishtirokchilarning ayrim shakllarining ijtimoiy xavfliligi yuqori ekani uchun Jinoyat kodeksida javobgarlik ham nazarda tutilgan (Jinoyat kodeksining 242-moddasi). Shunday bo`lsa ham, Jinoyat kodeksining qator me’yorlarida (Jinoyat kodeksining 97- moddasi 2-qismi “p” bandi) ishtirokchilikning bir necha shakllari uchun bir xilda javobgarlik nazarda tutilgan, ayrim me’yorlarida esa, ishtirokchilikning ba’zi shakllari uchun javobgarlik belgilash bilan cheklangan. Fikrimizcha, ishtirokchilik shakllarining ijtimoiy xavfliligi turlicha ekanligi bois, ular uchun javobgarlik differensatsiya qilinishi zarur. Shundan kelib chiqib, Jinoyat kodeksining 277-moddasida “bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib” sodir etilgan bezorilik uchun javobgarlik alohida bandda nazarda tutilsa, maqsadga muvofiq bo`lardi.
homilador ayolga nisbatan qilingan jinoiy xatti-harakat javobgarlikka tortilishi belgilab qo`yilgan (Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi “b” bandi). Chunki, Jinoyat kodeksining 56-modasi “a” bandiga ko`ra, homiladorligi aybdorga ayon bo`lgan ayolga nisbatan jinoyat sodir etish javobgarlikni og`irlashtiruvchi holat sifatida ko`rsatilgan. Lekin Jinoyat kodeksi 277-moddasining hech bir qismida bu me’yor belgilab qo`yilmagan. Shundan kelib chiqib, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277- moddasi 2-qismi “d” bandidagi “yosh bola, qariya, nogiron yoki ojiz axvoldagi shaxslar” qatoriiga “homiladorligi aybdorga ayon bo`lgan ayolga” degan jumla qo`shilsa maqsadga muvofiq bo`lar edi.
53
54
Rahbariy adabiyotlar: 1) Karimov I.A. Adolat – qonun ustuvorligida. Ikkinchi chaqiriq O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 2001-yil 29-avgustdagi oltinchi sessiyasidagi nutqi. “Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak”. 10-tom. – T.: “O`zbekiston”, 2002. 2) Karimov I.А. Qonun va adolat ustivorligi erkin va faravon hayot kalitidir. “Xalq so`zi”, 2004 yil 18-sentabr. 3) Karimov I.А. Inson, uning huquq va erkinliklari – oliy qadriyat. T. 14. – Toshkent: O`zbekiston, 2006. –280 b. 4) Karimov I.A. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo`shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” nomli ma’ruzasi. – T.: “O`zbekiston”, 2010. 5) Karimov I.А. Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish – mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy mezonidir. T.19. –Toshkent: O`zbekiston, 2011. – 360 b. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling