Jinoyat sodir etish bosqichlari tushunchasi va uning turlari


Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish


Download 48.53 Kb.
bet2/10
Sana14.05.2023
Hajmi48.53 Kb.
#1459182
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
jinoyatni sodir etish bosqichlari

Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish jinoyat sodir etish uchun shart-sharoitlarni yaratishda ifodalanadi. Jinoyatga suiqasd (harakat bilan, alohida hollarda harakatsizlik bilan) bevosita jinoyatni sodir etishga qaratilgan bo‘lib, jinoyatning obyektiv tomoni amalga oshiriladi, ammo u jinoyatchiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra oxiriga yetkazilmaydi. Tamom bo‘lgan jinoyatda jinoyat tarkibining barcha belgilari mavjud bo‘ladi. Dastlabki ikkita bosqich- jinoyatga tayyor-garlik va suiqasd jinoyat huquqi nazariyasida “taxminiy jinoiy hara-kat” tushunchasi asosida birlashtirilgan.
Shaxsning harakatida tamom bo‘lmagan jinoyat belgilarining mavjudligi obyektiv va subyektiv belgilar bilan chegaralangan. Shuningdek, jinoyatni sodir etish bosqichlari jinoyat turlariga ham bog‘liq bo‘ladi. Jinoyatni sodir etish bosqichi jinoyatchining aniq jinoiy tajovuzni amalga oshirishga qaratilgan jinoiy qasddir. Jinoyatni sodir etish bosqichlari qator obyektiv belgilari bilan farqlanadi.
Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish moddiy tarkibli jinoyatlarga xos bo‘lib, bu jinoyatning sodir etilish shakliga bog‘liqdir.
Bu qoida jinoyat sodir etishning ikkinchi bosqichi, ya’ni jinoyatga suiqasd qilishga ham to‘liq taalluqlidir.
Harakat orqali amalga oshiriluvchi formal tarkibli jinoyatga suiqasd bu jinoyatning obyektiv tomoni:
a) murakkab, ya’ni bir qancha harakatlardan iborat bo‘lsa;
b) davomli harakatlarda ifodalanadi. Jinoyat huquqi nazariyasiga ko‘ra jinoyatga harakatsizlik orqali ham tayyorgarlik ko‘rilishi mumkin. Amaliyotda esa bunday holatlar uchramaydi, chunki buni isbot qilish juda qiyin, uning xavflilik darajasi esa juda past.
Jinoyat sodir etish bosqichlari bir-biridan obyektiv belgilar – jinoiy harakatning tugash vaqtiga ko‘ra farqlanadi. Bu o‘rinda tajovuzning tamom bo‘lish vaqtiga ko‘ra farq qiluvchi moddiy va formal tarkibli jinoyatlarni farqlash lozim bo‘ladi.
Ba’zi amaliyot xodimlari va nazariyotchilar agar formal tarkibli jinoyat harakat orqali sodir etilgan bo‘lsa, unga suiqasd qilish mum-kinligini ta’kidlaydilar. Bu holat jinoyat obyektiv tomonining boshla-nish vaqti bilan tugallanish vaqti o‘rtasida muayyan vaqt o‘tganida ahamiyatga ega. Bunga pora berish jinoyati misol bo‘la oladi. Man-sabdor shaxs bilan bo‘lgan kelishuvga ko‘ra pora beruvchi mansabdor shaxsga poraxo‘rlik jinoyatning predmeti katta miqdordagi pul summasini pochta yoki telegraf orqali yuboradi. Pora berish predmeti yuborilganidan boshlab uni olgungacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida jinoyatga suiqasd qilinishi mumkin. Bunga firibgarlik jinoyati ham misol bo‘la oladi. Firibgarga jabrlanuvchi uchinchi shaxs orqali mul-kiy huquqini o‘tkazadi. Mulkiy huquq uchinchi shaxsga o‘tkazilgan vaqtdan boshlab, firibgar uni qabul qilib olguniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida jinoyatga suiqasd qilinadi.
Jinoiy oqibatning kelib chiqishi jinoyatning uchinchi, oxirgi bosqichini ifodalaydi. Moddiy tarkibli jinoyatlar obyektiv tomonning zaruriy belgisi bo‘lgan oqibat kelib chiqqach, jinoyat tamom bo‘lgan hisoblanadi. Jinoyatning oqibati-tajovuz obyektiga yetkazilgan turli: moddiy, jismoniy, ruhiy, siyosiy, ijtimoiy zararlarda ifodalanadi. Zararning xususiyati va miqdori Jinoyat kodeksida belgilanadi. Shuning uchun qonun talabidan kelib chiqib jinoyatning tamom bo‘lgan yoki bo‘lmaganligini belgilash mumkin.
Amaliyotda jinoyatning uchala bosqichini ham amalga oshirish zarur bo‘lmagan holatlar ham mavjud. Ba’zi hollarda shaxs jinoyatga faqat tayyorgarlik ko‘radi va shu bosqichning o‘zida jinoiy harakat tugaydi. Ba’zan jinoyatga suiqasd qiladi, ya’ni o‘ziga bog‘liq bo‘lma-gan sabablarga ko‘ra qilmishini oxiriga yetkaza olmaydi. Uchinchisida shaxs jinoyat tarkibi belgilarini to‘liq sodir etadi. Agar shaxs jinoyatga tayyorgarlik ko‘rib (qurol tayyorlasa), so‘ng jabrlanuvchini poylab unga o‘q uzsa, ammo o‘q tegmasa, qilmish odam o‘ldirishga suiqasd deb baholanadi. Agar o‘q tegib shaxs o‘lsa, jinoyat tamom bo‘lgan hisoblanib, oldingi ikki bosqichni ham qoplab ketadi.
Jazo tayinlashda jinoyat sodir etilishining har bir bosqichini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Chunki ular qilmishning ijtimoiy xavfliligini belgilaydi. Umumiy qoidaga ko‘ra, suiqasdga tayyorgarlik ko‘rishdan, tamom bo‘lgan jinoyat xavfliroqdir. Bu jinoyatning qaysi bosqichda tugallanganligiga qarab og‘irroq jazo tayinlanishini anglatadi. Jinoyatning har bir bosqichi alohida kvalifikatsiyani talab qiladi, bu aybdorning qilmishni to‘g‘ri anglab olish, uning xavflilik darajasini belgilash uchun kerak bo‘ladi. Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddasiga muvofiq jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish yoki unga suiqasd qilish uchun xuddi tamom bo‘lgan jinoyatga xos bo‘lgan jazo tayinlangan. Tamom bo‘lmagan jinoyat uchun javobgarlik asosi Jinoyat kodeksi 25-moddasi 1, 2-qismlarida nazarda tutilgan jinoyatga tayyorgarlik yoki jinoyat sodir qilishga suiqasd qilganlik tarkibining mavjudligidir. Shuning uchun mazkur bosqich-larda uzilgan jinoyatni huquqiy baholash uchun Umumiy qism normalariga murojaat qilinadi. Undagi umumiy asoslarning jami tamom bo‘lmagan jinoyat uchun javobgarlikning huquqiy negizini tashkil etadi. Shunday qilib jinoyatga tayyorgarlik ko‘rishning va suiqasd qilish bosqichlarini baholashda Jinoyat kodeksi Umumiy qisming 25-moddasi, shuningdek, Maxsus qismdagi bunday tamom bo‘lgan jinoyat uchun nazarda tutilgan javobgarlik qo‘llaniladi.




  1. Download 48.53 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling