2.3. IJTIMOIY XAVFLI OQIBAT
Jinoiy oqibat jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan obyektdagi ijtimoiy zararli o‘zgarishlar shaklida namoyon bo‘ladi. Tajovuz predmetini yo‘qotish (mulkning yo‘q qilinishi, hayotdan mahrum qilish, davlat sirlari bilan bog‘liq hujjatlarni yo‘qolishi), tashkilot, korxona, muassasalarining normal faoliyat olib borishining, fuqarolarining ijtimoiy, mehnat, uy-joy, saylov va boshqa huquqlarining buzilishi ijtimoiy xavfli oqibat hisoblanadi.
Jinoiy oqibat tajovuz obyektlarida g‘ayriijtimoiy o‘zgarishlarni keltirib chiqarganligi sababli, ularning tarkibiy tasnifi ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri bu obyektlarning tarkibiga bog‘liqdir. Shunday qilib, jinoyatlar siyosiy va iqtisodiy zararni davlatga, shaxsga qarshi jismoniy va ruhiy ziyonni keltirib chiqaradi.
Jinoyatlar o‘zining tuzilishiga ko‘ra oddiy(bir vaqtdagi va bir negizdagi) va murakkab (ikki obyektli, davomiy) bo‘ladi. Bunday tasnif yoki jinoyat tarkibining ikki obyektdan iboratligi, yoki bir obyektning mohiyatidan, yoki zararli o‘zgarishlarni qilish jarayonining o‘ziga xosligi bilan belgilanadi. Masalan, bosqinchilik ikkita obyektli jinoyat hisoblanib, ular shaxsning sog‘lig’i va fuqarolarning mulkiy manfaatlaridir.
Moddiy tarkibli jinoyatlar obyektiv tomonining ikkinchi zaruriy belgisi jinoiy oqibatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |