Jinoyatning obyekti
Jinoyat obyektiv tomonining fakultativ belgilari
Download 122.5 Kb.
|
IJTIMOIY XAVFLI OQIBAT TUSHUNCHASI VA TURLARI
5. Jinoyat obyektiv tomonining fakultativ belgilari
Agar qonun chiqaruvchi qonunning tegishli moddasida jinoyat tarkibida fakultativ belgilardan aqalli bittasini ko‘rsatsa, u holda bu belgi jinoyatning zaruriy belgisi bo‘lib qoladi. Muayyan qilmishning sodir etilishida bu belgining yo‘qligi, shaxsning qilmishida jinoyat tarkibining yo‘qligini anglatadi. Jinoyatning obyektiv tomonini to‘la tavsif etish uchun jinoyat sodir etilgan joy, vaqt, usuli, vaziyat va qo‘llanilgan vositalar kabi jinoyat obyektiv tomonining fakultativ belgilarini ko‘rib chiqish kerak. Jinoyat obyektiv tomoni fakultativ belgilari muayyan jinoyat tarkibining zaruriy va zaruriy bo‘lmagan belgilari bo‘lishi mumkin. Jinoyat obyektiv tomonining fakultativ belgisi qonunda ko‘rsatilganida, shunday belgisiz sodir etilgan qilmish uchun shaxsni javobgarlikka tortish mumkin bo‘lmaydi. Shuning uchun fakultativ belgilarning yuridik ahamiyati shundaki, ular jinoyat obyektiv tomonining zaruriy yoki zaruriy bo‘lmagan belgisi hisoblanadi. Zaruriy yoki fakultativ belgilar ayrim hollarda jinoyatning zaruriy belgilari hisoblansa, boshqa hollarda sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holat bo‘lib, jinoyatning kvalifikatsiyasiga ta’sir etmaydi. Fakultativ belgi jinoyatning zaruriy belgisi hisoblanmaganida jinoyatning kvalifikatsiyasiga ta’sir etmasa-da, jazo tayinlanishida javobgarlikni og‘irlashtiruvchi yoki yengillashtiruvchi holat sifatida hisobga olinishi mumkin va lozim. Fakultativ belgilar ichida usul va vosita qilmishning vujudga kelishiga bevosita bog‘liqdir. Bu ikki belgi qilmishning bevosita xususiyatini anglatadi. Jinoyat sodir etilgan joy, vaqt va sharoit jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga jinoiy tajovuz amalga oshiriladigan sharoitlar sifatida namoyon bo‘ladi. Download 122.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling