Jinoyatning obyekti


Download 122.5 Kb.
bet9/15
Sana05.01.2022
Hajmi122.5 Kb.
#209133
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
IJTIMOIY XAVFLI OQIBAT TUSHUNCHASI VA TURLARI

Jinoiy oqibat deganda qilmishning sodir etilishi natijasida jinoyat huquqi bilan qo‘riqlanayotgan ijtimoiy munosabatlarda yuz bergan o‘zgarish tushunilishi kerak. Shuningdek,, oqibat ijtimoiy munosabatlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarar yetkazadi yoki bevosita zarar yetkazish xavfini tug‘diradi. Jinoiy oqibatlar Jinoyat kodeksi tomonidan qo‘riqlanayotgan ijtimoiy munosabatlarni ma’lum darajada o‘zgartiradi(masalan, o‘zganing shaxsiy mulkiga zarar yetkazish, insonni hayotidan mahrum qilish, shaxsning sog‘lig’iga zarar yetkazilishi va hokazolar).

Kelib chiqqan oqibat moddiy bo‘lmasligi ham mumkin (masalan, fuqarolarning teng huquqliligi, yozishmalar siri, telefon so‘zlashuvlari, boshqa xabarlarni eshitshi, fuqarolar bilan munosabatda bo‘lish, vijdon erkinligini buzish va hokazolar).

Moddiy va jismoniy zararni aniq o‘lchash imkoniyati mavjud. Shuning uchun bunday zararni jinoyat tarkiblarida miqdoriga ko‘ra farqlaydilar. Bunda oddiy, og‘irlashtiruvchi va maxsus tarkiblarga bo‘lish odat qilingan. Misol uchun mulkni talon-taroj qilishda: talon taroj oddiy, ko‘p va juda ko‘p miqdorda bo‘ladi ( shu asosda differensiallashtiriladi).

JKning atamalarning huquqiy ma'nosi bo`limida ko`p miqdordagi zarar, ancha miqdordagi zarar, juda ko`p zarar, juda ko`p miqdor, ko`p bo`lmagan zarar, ko`p miqdor, ancha miqdorlarning eng kam oylik ish haqining muayyan baravari miqdorida hisoblanishining aniq mezonlari belgilab qo`yilgan.

Biroq moddiy zararlarning siyosiy, mafkuraviy, tashkiliy, ruhiy, ijtimoiy va boshqa tomonlarini o‘lchash ancha murakkabdir. Bunday zararlarni o‘lchash birligi sifatida vaqt, tajovuz obyektida zararli oqibatining cho‘zilishi(davomiyligi), yetkazilgan zararning chuqurligi, qaytarib bo‘lmasligi kabilar tan olinadi. Nomoddiy oqibatni aniq o‘lchamay, aniqlamay turib, quyidagi savollarga javob topish mushkuldir: qilmish ijtimoy xavflimi yoki kam ahamiyatlimi? Jinoyat sodir etilganmi yoki huquqbuzarlikmi? Shaxsni jazoga tortishda yetkazilgan zararning ijtimoiy xavfliligi hisobga olinishi kerakmi? Misol uchun, ma’muriy mayda bezorilik jinoiy bezorilikdan jamoat tartibini buzishdagi qo‘pollik darajasining belgilariga qarab farqlanadi. Bezorilikdan kelib chiqadigan zarar murakkab tarkibli bo‘lib, bir qator tashkiliy, jismoniy, mulkiy, ma’naviy oqibatlardan iborat bo‘ladi. Sodir etilgan qilmishda yuqoridagilarning barchasi yoki ayrimlari mavjud bo‘lishi mumkin. Agar bezorilik nomoddiy va nojismoniy bo‘lmagan zararning o‘zi bilan cheklangan bo‘lsa, bunda tashkiliy yoki ma’naviy zararni o’lchash masalasini hal qilish zarur bo‘ladi. Bunda jinoyatning davomiyligi, sodir etilgan qilmishning joyi, vaqti, sharoiti, ishtrirokchilarning xususiyati kabi masalalar inobatga olinadi. Ijtimoiy xavfli qilmish natijasida kelib chiqadigan oqibatlarni moddiy va nomoddiy turlarga bo‘lish mumkin. O‘z navbatida moddiy oqibatlarni mulkiy va shaxsiy xususiyatdagi ikki to‘rga ajratish mumkin:

Moddiy xususiyatdagi oqibatlar ma’lum o‘lchovga ega. Masalan, sog‘liqqa qarshi jinoyatlar, oqibatlariga qarab yengil, o‘rtacha og‘ir va og‘ir tan jarohatlariga ajratiladi. Yetkazilgan zarar obyektini aniqlash jinoyatni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish va adolatli jazo tayinlanishida muhim ahamiyatga egadir.

Moddiy tarkibli jinoyatlarda sodir etilgan qilmishning oqibatlari bu qilmishlarni oxiriga yetkazilgan jinoyat sifatida kvalifikatsiyalash imkoniyatini beradi. Qonunda ko‘rsatilgan oqibatlarning kelib chiqmaganligi qilmishlarni jinoyatga suiqasd qilish sifatida baholash imkonini beradi. Ayrim hollarda aynan qilmishning oqibatlari jinoyatning ma’muriy huquqbuzarliklardan farqlovchi belgisi hisoblanadi.

Jinoyat huquqiy normalarda oqibatning ko‘rsatilish shakllari turli xil bo‘lishi mumkin. Ba’zi hollarda Jinoyat kodeksining moddasida oqibat to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatiladi(masalan, Jinoyat kodeksining 104-moddasida qasddan badanga og‘ir shikast yetkazishning ta’rifi berilib, ushbu jinoyatning oqibatlari aniq ko‘rsatilgan). Ayrim hollarda oqibat jinoyat huquqiy me’yorlarni izohlash yo‘li bilan aniqlanadi.

Jinoyat tarkibining moddiy va formal jinoyatlarga bo‘linishi jinoyatni tamom bo‘lish vaqtini aniqlash va uni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish uchun ahamiyatlidir.

Jinoiy oqibatning kelib chiqishi bilan jinoyat tarkibi tugaydi. Biroq ayrim hollarda, jinoyatni tamom bo‘lgan deb topish uchun zaruriy element hisoblangan oqibat kelib chiqqandan so‘ng ham bir qator oqibatlarning kelib chiqishi davom etadi. Bunday oqibatlar qo‘shimcha yoki navbatdagi oqibat deb nomlanadi. Jinoyatni kvalifikatsiyalashda ular ahamiyat kasb etmaydi, sud tomonidan og‘irlashtiruvchi holat sifatida inobatga olinadi. Misol uchun jabrlanuvchi o‘ldirilganidan so‘ng uning rafiqasi kasal bo‘lib qolishi, onasining aqldan ozishi va hokazolar. Mana shu holatlar sud tomonidan og‘irlashtiruvchi holat sifatida tan olinishi mumkin, qachonki ularning jinoiy qilmish bilan bog‘liqligi isbotlangan bo‘lsa. Xo‘jalik va mansabdorlik jinoyatlarida qo‘shimcha oqibat boy berilgan foyda, turli neustoykalar bo‘lishi mumkin.

Shunday holatlar ham bo‘ladiki, sub’yekt kelib chiqishini xohlamagan, lekin oldindandan ko‘ra bilgan oqibatlar mustaqil jinoyat sifatida topiladi hamda jinoyatlar jami bo‘yicha ikki yoki undan ortiq jinoyatlarni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortiladi. Masalan, agar sub’yekt avtomashinani olib qochib, g‘ildiraklari va magnitafonini yechib olib, mashinani odam ko‘rmaydigan joyga tashlab ketsa va bu yerda mashina yaroqsiz holatga kelib qolsa uchta jinoyatning jami bo’yicha avtomashinani olib kochish, o‘g‘rilik va mulkka zarar yetkazish uchun javobgar bo‘ladi.

Jinoyat qonunida bir nechta murakkab tarkibli, ikki oqibatli jinoyatlar ham o‘z ifodasini topgan. Bunday jinoyatlar kvalifikatsion tarkibli deb nomlanadi. Bularga jabrlanuvchining o‘limiga olib kelgan og‘ir tan jarohatini yetkazish, insonlarni qurbon bo‘lishiga olib kelgan, mulkni nobud bo‘lishiga sabab bo‘lgan og‘ir oqibatlarni keltirib chiqargan davlat sirini oshkor qilish va boshqalar. Bunday jinoyatlarda obyektga birinchi zararni yetkazuvchi asosiy jinoiy oqibat - bu tan jarohatini yetkazish, mulkni nobud qilish. Ikkinchisi, esa keyin kelib chiqqan og‘ir oqibatlar, bo‘lib bular ham moddaning dispozitsiyasida ko‘rsatilgan zaruriy oqibat hisoblanadi. Bunda aybning shaklida ham o‘ziga xos tomoni bor: asosiy oqibatga - to‘g‘ri qasd; ikkinchisi - albatta, ehtiyotsizlik orqasida ro‘y bergan bo‘ladi.

Jinoyat huquqida alternativ, formal tarkibli jinoyatlar tushunchasi ham mavjud. Bular qatoriga obyektiv tomoni ikki mustaqil qismlardan tashkil topadigan jinoyat tarkibini kiritish darkor: bittasida faqatgina qilmishni sodir etilishi nazarda tutiladi, ikkinchisida qilmish bilan bir qatorda ijtimoiy xavfli oqibatni kelib chiqishi nazarda tutiladi. Misol uchun, Jinoyat kodeksi 1861–moddasida etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki maxsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan so’ng yoki ancha miqdorda sodir etilganligi uchun javobgarlik belgilangan. Ko‘rinib turibdiki, ushbu jinoyatning obyektiv tomoni ma’muriy jazo qo‘llanganidan so’ng ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etishda; yoki ijtimoiy xavfli qilmish natijasida ancha miqdorda zarar yetkazilishida ifodalanadi.

Ijtimoiy xavfli oqibatning ahamiyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi:



  1. 1.                Zarar va uning miqdori qilmishni kriminalizatsiya va dekriminalizatsiya qilish uchun asosiy mezon hisoblanadi;

  2. 2.                Jinoyatlar va ularning tarkiblarida zaruriy element hisoblanadigan jinoiy oqibatlar barcha holatda jinoyatni tasniflashda ishtirok etadi;

  3. 3.                Zarar – jinoiy va jinoiy bo‘lmagan huquqbuzarliklar, g‘ayriaxloqiy nojo‘ya harakatlarni farqlashda asosiy vositadir;

  4. 4.                Kam ahamiyatli qilmishlarni ham aniqlashda zarar(oqibat)ning o‘rni muhimdir;

  5. 5.                Keyingi qo‘shimcha oqibatlar agar shaxs ularni oldindandan ko‘ra bilgan bo‘lsa sud tomonidan jazoni og‘irlashtiruvchi holat sifatida qilmishni kvalifikatsiya qilishda inobatga olinadi.

 Sababiy bog‘lanish va uning jinoyat-huquqiy ahamiyati 

Moddiy tarkibli jinoyatlar obyektiv tomonining zaruriy belgilaridan uchinchisi-sababiy bog‘lanishdir. Sababiy bog‘lanish sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish va uning natijasida kelib chiqqan ijtimoiy xavfli oqibat o‘rtasidagi bog‘liqlikdir.

Jinoyat huquqida jinoiy oqibatlarni kelib chiqishiga sabab va sharoit bo‘lib, faqatgina jinoyat sub’yektining harakat yoki harakatsizligi hisoblanadi. Hech qanday tabiat kuchlari, aqli noraso shaxslar, hayvonlar yoki mexanizmlarning harakati jinoyatning sababi bo‘la olmaydi. Shunisi bilan jinoyat huquqidagi sababiy bog‘lanish jinoyat ishida sud ekspertlari tomonidan aniqlanadigan sababiy bog‘lanishdan farqlanadi. Masalan, odam o‘ldirish bilan bog‘liq barcha ishlarda sud tibbiy ekspertizasi o‘tkaziladi va unda o‘lim kelib chiqishining biologik sabablari aniqlanadi. Sud tibbiy ekspertizasi “Ana shu shaxsning harakatlari o‘lim kelib chiqishiga sabab bo‘lganmi?”-degan savolni qo‘ysa sud yoki tergovchi qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘ladi. Bu savolga javobni jinoyatni tasniflash vaqtida sud yoki tergovchi o‘zi beradi. Sud tibbiy ekspertizasi esa quyidagi xulosalarni beradi: uyqu arteriyasiga qattiq o‘tkir jism bilan urish oqibatida ko‘p qon yo‘qotilib, yurak to‘xtashiga olib kelgan va o‘lim kelib chiqishiga sabab bo‘lganmi? Bu ma’lomotlarga asoslanib tergovchi yoki sud gumon qilinuvchining(ayblanuvchi, sudlanuvchi) tegishli harakati(harakatsizligi) jarlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan-bo‘lmaganligini aniqlaydi.

Shaxsning harakat(harakatsizligi) natijasida g‘ayriijtimoiy, zararli oqibatlar kelib chiqish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Agar harakat ijtimoiy foydali yoxud ijtimoiy neytral bo‘lsa unda sababiy bog‘lanishni aniqlash kerak emas. Misol uchun:



  1. 1)               Agar oshxonaga yashirincha tushayotgan o‘smir qorovulning baqirishi oqibatida qochib ketayotib oyog‘ini sindirib olgan bo‘lsa qorovulning harakatlarini og‘ir tan jarohati yetkazilishida sabab bo‘lgan deb topib bo‘lmaydi.

  2. 2)               P. mast yotgan D.ni o‘rnidan turg’azib, uyi tomon yo‘naltirganidan so‘ng P. ko‘rmaydigan masofada D. mashina ostiga tushib qolishi kabi harakatlar o‘rtasida sababiy bog‘lanish mavjud emas.

Kelib chiqqan ijtimoiy xavfli oqibat uchun jinoiy javobgarlik masalasi faqat bu oqibat aynan shu qilmish sodir etilishi natijasida kelib chiqqanligi aniqroq so‘ng ko‘rsatilishi mumkin.

Agar oqibat sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish natijasida emas, balki boshqa sabablar tufayli kelib chiqqan bo‘lsa, u holda bu oqibatlar ushbu qilmishni sodir etgan shaxsga yuklatilishi mumkin emas. Masalan, shaxsning badaniga shikast yetkazilgan va u tibbiy yordam uchun vrachga murojaat qilgan va qon qo‘yish natijasida OITS(SPID) kasalligi yuqtirilganida badanga shikast yetkazgan shaxs jabrlanuvchining OITS(SPID) bilan kasallanganligi uchun javobgar bo‘lmaydi, chunki uning harakatlari bilan jabrlanuvchining OITS(SPID) bilan kasallanishi o‘rtasida sababiy bog‘lanish yo‘q. Jabrlanuvchi bu kasallikka tibbiyot xodimining beparvoligi yoki o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaralganligi tufayli yo‘liqqan.

Ijtimoiy xavfli harakat yoki harakatsizlikning zararli oqibatdan ilgari amalga oshirilishi sababiy bog‘lanishning muhim belgilaridan biridir. Zararli oqibat esa ijtimoiy xavfli harakat yoki harakatsizlikning natijasi bo‘lib, u ayni vaqtda yoki keyin sodir bo‘ladi. Aks holda ijtimoiy xavfli harakat yoki harakatsizlik bilan zararli oqibat o‘rtasida sababiy bog‘lanish mavjud bo‘lmaydi.

Ko‘pchilik hollarda sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish va kelib chiqqan oqibatlar o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishni aniqlash sud-tergov amaliyotida unchalik qiyinchilik tug’dirmaydi, chunki oqibatlar (masalan, hayotga tajovuz qilinganida hayot uchun muhim a’zolarga o‘q otish yo‘li bilan odamni o‘ldirish, sovuq qurol bilan badanga shikast yetkazish) ma’lum va aniq ko‘rinib turadi. Ammo ayrim hollarda sababiy bog‘lanishni aniqlash anchagina murakkab ish bo‘lib, ekspertiza o‘tkazish talab etiladi. Bu ko‘proq avtotransport harakati xavfsizligi qoidalarini buzish tufayli sodir etiladigan jinoyatlarni tergov qilishda qo‘llaniladi.

Sababiy bog‘lanish faqat harakat bilan sodir qilinadigan jinoyatlardagina jinoyat tarkibi obyektiv tomonining zaruriy belgisi hisoblanadi.

Harakatsizlik bilan qilinadigan jinoyatlardagi sababiy bog‘lanishni aniqlashda quyidagi xususiyatlar ko‘zda tutiladi:



  1. 1)               shaxsga muayyan harakatlar qilish majburiyati yuklatilganligi ;

  2. 2)               bu harakatni qilmaslik natijasida shu jinoyat tarkibi uchun qonunda belgilangan zararli oqibatning yuz bergan bo‘lishi ;

Sababiy bog‘lanish mavjudligini aniqlashda quyidagilarga e’tibor berish lozim:

  1. 1.                Oqibat sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizik) natijasida kelib chiqqan bo‘lishi kerak

  2. 2.                Kelib chiqqan oqibat sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmishning yoxud bu qilmish sodir etilishi natijasida ijtimoiy xavfli oqibat kelib chiqishining real xavfi bo‘lishi kerak. Agar jinoiy oqibat ijtimoiy xavfli qilmishning natijasi bo‘lmasa, ya’ni uning sodir etilishi natijasida obyektiv tarzda oqibatning kelib chiqishi real bo‘lmasa, shaxs jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas.

Harakatsizlik yo‘li bilan sodir etilgan jinoyatlarda sababiy bog‘lanish muammolari xuddi faol harakat bilan jinoiy qilmish sodir etishdagi kabi hal etiladi.

Qilmishning g‘ayriijtimoiy, huquqqa xilofligi yoki axloqqa zid ekanligini aniqlash qilmish va jinoiy oqibat o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishni tadqiq qilishning birinchi bosqichini tashkil qiladi.

Tadqiqotning ikkinchi bosqichi g‘ayrihuquqiy va axloqqa zid qilmish zararli oqibatlarni kelib chiqishiga kerakli sharoit yaratganligini aniqlashni o‘z ichiga oladi. O‘zganing mulkini ehtiyotsizlik orqasidan nobud qilishda, uyga ketayotib elektr plitkani choynagi bilan yoniq holatda qoldirib ketgan farroshni javobgarlikka tortib bo‘lmaydi. Chunki ekspertiza tomonidan aniqlanishicha omborga omborxona mudiri tomonidan rastratani yashirish niyatida, farroshning yong’in xavfsizligi qoidalarini buzishidan foydalangan holda o‘t qo‘yib yo‘q qilingan. Bu holatda farrosh yong’in xavfsizligi qoidalarini buzgan. Biroq uning harakatlari amalga oshirilgan yoki amalga oshirilmaganligidan qat’i nazar yong’in boshqa shaxs tomonidan sodir etilgan.

Sababiy bog‘lanish mavjudligini aniqlashning uchinchi bosqichi, haqiqatdan ham qilmish aynan jinoiy oqibatning sababi bo‘lganligini aniqlashdan iboratdir.

Harakatsizlikdagi sababiy bog‘lanishni aniqlash o‘ziga xos xususiyatga egadir. Agar harakatda shaxs qurol yoki vositalarni ishlatgan holda tashqi dunyoda bevosita o‘z kuchi bilan o‘zgarishlar qilsa, harakatsizlikda esa shaxs faol o‘zgartiruvchi harakatlarini amalga oshirmasa-da, tashqi tabiat kuchlariga, hayvonlarga, mexanizmlarga va boshqa shaxslarga zarar yetkazilishi uchun imkoniyat yaratadi. Harakatsizlik va jinoiy oqibat o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishni aniqlash bosqichlari va shartlari harakatdagi bilan bir xildir. Biroq jinoiy harakatsizlikning o‘ziga xosligigini inobatga olmoq darkor, ya’ni shaxs zararli oqibatlarni kelib chiqishining oldindani olishga majbur bo‘lgan yoki imkoniyati bo‘lganligini aniqlamoq kerak bo‘ladi.

 



  1. Download 122.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling