Jinoyatning obyekti
Download 122.5 Kb.
|
IJTIMOIY XAVFLI OQIBAT TUSHUNCHASI VA TURLARI
Harakatsizlik shaxsning ijtimoiy xavfli, ongli va passiv xulq-atvoridir. Harakatsizlik shaxsning qilishi lozim va mumkin bo‘lgan harakatni qilmaganligi natijasida, jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazilganligi yoki zarar yetkazish xavfi tug‘ilganligida ifodalanadi.
Ijtimoiy xavfli harakatsizlik xuddi ijtimoiy xavfli harakatday tashqi dunyoga ta’sir o‘tkazadi va ma’lum o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Harakatsizlik birgina holatda muayyan harakatni amalga oshirishdan o‘zini tiyish bilan birga jinoiy xulq-atvor tizimini aks ettirishi mumkin. Misol uchun: mansabga sovuqqonlik bilan qarash jinoyatida mansabdor shaxs o‘ziga yuklatilgan vazifani doimiy ravishda bajarmay keladi. Harakatsizlik faqatgina ijtimoiy xavfli va g‘ayrihuquqiy bo‘lgan taqdirdagina jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari harakatsizlik uchun jinoiy javobgarlikni kelib chiqishining zaruriy shartlaridan yana biri imkoniyatning borligi va majburiyligi. Masalan, jinoyatchilar tomonidan bog‘lab qo‘yilgan qorovul talon-tarojning oldindani olmasa, o‘z vazifalariga insofsiz munosabatda bo‘lganligi uchun javobgarlikka tortib bo‘lmaydi, chunki u jismonan o‘z vazifalarini bajara olmaydi. Harakatsizlikda sub’yekt barcha munosabatlarda ham o‘zini passiv tutishi mumkin emas. Aksincha, u turli harakatlarni aktiv amalga oshirishi mumkin (aliment to‘lamay yurgan shaxs bir joydan ikkinchi joyga bemalol ko‘chib yurishi mumkin), biroq asosiy o‘ziga yuklatilgan majburiyatni bajarmaslik (bizning misolda aliment to‘lash majburiyati) harakatsizlik orqali amalga oshiriladi. Insonning har qanday qilimishi har doim ongli va aql-irodasi bilan sodir etiladi. Shuning uchun o‘z harakatlarining ahamiyatini anglay olmagan yoki harakatlarinii boshqara olmagan shaxsning harakatlari, hatto ijtimoiy-xavfli oqibatlarga olib kelgan taqdirda ham jinoyat hisoblanmaydi. Masalan, fuqaro A. sirpanib ketayotib, omon qolish niyatida biror narsani ushlab qolishga harakat qiladi. Biroq, yiqilayotib fuqaro O.ning kiyimidan tutadi, yiqilish natijasida fuqaro O. og‘ir jarohat oladi. Bunday holda kelib chiqqan oqibat uchun A. jinoiy javobgarlikka tortilmaydi, chunki bu uning ongiga, aql irodasiga bog‘liq bo‘lmagan tarzda yuz bergan. Shaxsning yengib bo‘lmaydigan jismoniy kuch yoki ruhiy zo‘rlik ta’sirida qonun bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatga xavf soluvchi qilmishi va uning oqibatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Jinoyat huquqi nazariyasida yengib bo‘lmaydigan kuch deganda, ma’lum bir (aniq) shaxsni stixiyali kuchlar (yong‘in, toshqin, bo‘ron va h.k.) ta’sirida o‘z irodasiga qarshi ma’lum bir xatti-harakatlarni qilib qo‘yish hodisalari (masalan, avtobusni to‘xtatishi natijasida, yo‘lovchilardan biri yiqilayotib, qo‘lini beixtiyor yonida turgan yo‘lovchining ko‘ziga tegib jarohatlashi, toshqin natijasida shifokorning chaqiruvga bora olmasligi va bemorning halok bo‘lishi va h.k.) tushuniladi. Tabiiy ofatni haqiqatdan ham yengib bo‘lmaganligini aniqlash uchun shaxsning unga qarshi kurash qobiliyati, vaziyat hisobga olinadi.
Download 122.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling