Jinoyatning obyekti


Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilgan vaqt


Download 122.5 Kb.
bet14/15
Sana05.01.2022
Hajmi122.5 Kb.
#209133
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
IJTIMOIY XAVFLI OQIBAT TUSHUNCHASI VA TURLARI

Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilgan vaqt deyilganda nafaqat yilning, kunning ma’lum bir vaqti tushunilmasdan, jinoyat sodir etgan shaxsning jinoiy javobgarligiga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadigan hodisalar yuz bergan muayyan davr tushuniladi. Masalan, jinoyatni harbiy xizmatni o‘tash vaqtida, favqulodda holat vaqtida sodir etganlik, shubhasiz, javobgarlikni kuchaytiradi. Onaning tug‘ish vaqtida yoki tug‘ishi hamon o‘z chaqalog‘ini o‘ldirganida vaqt qilmishni Jinoyat kodeksi 99-moddasi bilan kvalifikatsiya qilish uchun ahamiyatga ega. Agar shaxs tuqqanidan ma’lum vaqt o‘tganidan keyin o‘z chaqalog‘ini o‘ldirsa, u holda uning harakatlari Jinoyat kodeksi 97-modda bilan kvalifikatsiya qilinadi, aybdor qasddan odam o‘ldirganlik uchun javobgarlikka tortiladi. Jinoiy bezorilik, ommaviy tadbirlar o‘tkazilayotgan vaqtda sodir etilgan bo‘lsa, Jinoyat kodeksi 277-moddasining 3-qismi “v” bandi bo’yicha kvalifikatsiya qilinadi.


Download 122.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling