Jinsiy erkinlikka qarshi kurash
Xizmat jihatidan qaramlik
Download 73.5 Kb.
|
jinoiy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moddiy qaramlik
- Subyektiv tomondan
Xizmat jihatidan qaramlik deganda, ayolning majbur etuvchi shaxsga xizmat yuzasidan bevosita bo`ysunishini yoxud aybdor shaxsga ma`lum xizmat mavqeidan kelib chiquvchi boshqa qaramligi (masalan: gumon qilinuvchining tergovchiga, biror narsani iltimos qilayotgan shaxsning ana shu iltimosni bajarish imkoniga ega bo`lgan shaxsga qaramligi va hokazo)ni tushunish lozim.
Moddiy qaramlik deganda, ayolning jinsiy erkinligiga tajovuz qilayotgan shaxsning to`liq qaramog`ida bo`lishi yoki yashash uchun zarur mablag`ning asosiy qismini undan olib turishi tushuniladi. Nomusga tegishdan farqli ravishda, ayolni jinsiy aloqa qilishga yoki jinsiy ehtiyojni g`ayritabiiy usulda qondirishga majburlash faktining o`zi, maqsadga erishilgan yoki erishilmaganidan qat`i nazar, tugallangan jinoyat deb qaralishi kerak. Basharti shaxs ayolning xohish-irodasi boshqa shaxs tomonidan bo`ysundirilganini bila turib, u bilan jinsiy aloqa qilsa yoki jinsiy ehtiyojni g`ayritabiiy usulda qondirsa, uning qilmishini JK 121-moddasi bilan kvalifikatsiya qilish mumkin emas. Ayrim hollarda aybdor majburlashga dalolat qilganligi uchun JK 28-moddasi orqali 121-moddasi bilan javobgarlikka tortiladi. Subyektiv tomondan mazkur jinoyat faqat to`g`ri qasd bilan sodir etiladi. Ushbu jinoyatning subyekti ayol kishi xizmat, moddiy yoki boshqa jihatlardan qaram bo`lgan shaxs hisoblanadi. O`z manfaatini ko`zlab, jabrlanuvchining xizmat, moddiy yoki boshqa jihatlardan qaramligidan foydalanib, uni erkak kishi bilan jinsiy aloqa qilishga majburlagan ayol ham jinoyatning subyekti bo`lishi mumkin. Adabiyotlar: Blinder B.A. Povtornost kak obstoyatelstvo, otyagchayusheye iznasilovaniye. - V kn.: Voprosi ugolovnogo prava, ugolovnogo protsessa i kriminologii. – Dushanbe, 1966. Osipov P.P. Polovie prestupleniya: obshiye ponyatiya, sotsialnaya sushnost i sistema sostavov: Avtoref. kand. diss. – L., 1966. Sushenko YU.K. Otvetstvennost za polovie prestupleniya protiv nesovershennoletnix po sovetskomu ugolovnomu pravu: Avtoref. kand. diss. – Saratov, 1967. Yakovlev YA.M. Otvetstvennost za mujelojstvo po sovetskomu ugolovnomu pravu. Dushanbe, 1968. Blinder B.A. Ugolovno-pravovaya oxrana svobodi i dostoinstva jenshini. – T.: Sb. nauch. trud. Tash. un-t., 1970. Ignatov A.N. Kvalifikatsiya polovix prestupleniy. M., 1974. Blinder B.A., Xalikov A. Nekotorie voprosi kvalifikatsii i preduprejdeniya polovix prestupleniy protiv nesovershennoletnix. – T.: Nauch. tr. / Tashkent. un-t., 1975. Xalikov A. Otvetstvennost za polovie prestupleniya protiv nesovershennoletnix. Avtoref. kand. diss. – T.: 1975. Dyachenko A.M. Nekotorie spornie voprosi kvalifikatsii iznasilovaniya. Trudi VYUZI. M., 1977. Vasilchenko G.S. Obshaya seksopatologiya. M., 1977. Kon I.S. Vvedeniye v seksologiyu. M., 1988. Xamrayeva A.G. Ugolovnaya otvetstvennost za iznasilovaniye pri otyagchayushix obstoyatelstvax. Avtoref. diss. kand. yurid. nauk., L., 1989. Download 73.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling