Jinsiy erkinlikka qarshi kurash


Ommaviy tartibsizliklar qatnashchisi tomonidan


Download 73.5 Kb.
bet7/10
Sana10.03.2023
Hajmi73.5 Kb.
#1256943
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
jinoiy

Ommaviy tartibsizliklar qatnashchisi tomonidan
sodir etilgan nomusga tegish
(O`zR JK 118-moddasi 3-qismi «v» bandi)
Zo`rlik ishlatib nomusga tegish ommaviy tartibsizliklar vaqtida uning qatnashchilari tomonidan sodir etilgan taqdirdagina aybdorning qilmishi JK 118-moddasi 3-qismi «v» bandi bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Agar zo`rlab nomusga tegish ommaviy tartibsizliklarning tashkilotchisi yoki faol qatnashchisi tomonidan sodir etilgan bo`lsa, aybdorning qilmishi JK 118-moddasi 3-qismi va 244-modda (ommaviy tartibsizliklar) bilan jinoyatlarning jami bo`yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim.
O`ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan nomusga tegish
(O`zR JK 118-moddasi 3-qismi «g» bandi)
Qilmish o`ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan, deb aybdorni JK 118-moddasi 3-qismi «g» bandi bilan jinoiy javobgarlikka tortish uchun, uning nomusga tegishdan oldin JK 34-modda 3-qismiga muvofiq qonunda belgilangan tartibda o`ta xavf­li retsidivist deb topilganligini aniqlash zarur.


Nomusga tegish natijasida og`ir oqibatlarga olib kelgan holatlar
(O`zR JK 118-moddasi 3-qismi «d» bandi)
Jabrlanuvchining o`limi, o`zini o`zi o`ldirish darajasiga yetkazish, zo`rlab nomusga tegish natijasida asab faoliyatining buzilishi yoxud jabrlanuvchiga JK 104-moddasida nazarda tutilgan oqibatlarning yetkazilishi, shuningdek, OITS kasalligi bo`lgan shaxsning buni bila turib shu kasallikni jabrlanuvchiga yuqtirishi og`ir oqibatlar, deb e`tirof etilishi mumkin.
Ehtiyotsizlik natijasida odam o`ldirishga olib kelgan nomusga tegish ham og`ir oqibatlarga olib kelgan nomusga tegish singari JK 118-moddasi 3-qismi bo`yicha jazolanadi va JK 102-moddasi bilan qo`shimcha kvalifikatsiyani talab qilmaydi. Qasddan odam o`ldirish bilan birgalikda sodir etilgan nomusga tegish JK 118-moddasi 3-qismi va 97-moddaning 2-qismi «z» bandi bilan jinoyatlar jami bo`yicha kvalifikatsiya qilinadi.
Nomusga tegish natijasida jabrlanuvchining qizligini yo`qotishi yoki homilador bo`lib qolishi og`ir oqibat deb e`tirof etilishi mumkin emas.
Nomusga tegish bilan bog`liq barcha hollarda zo`rlanganidan so`ng yuz bergan barcha og`ir oqibatlar bilan zo`rlik ishlatib jinsiy aloqa qilish o`rtasida sababiy bog`lanish mavjudligini aniqlash zarur. Shunday bog`lanish mavjudligi aniqlanmasa, jinoyatni JK 118-moddasi 3-qismi bilan kvalifikatsiya qilib bo`lmaydi.
Jabrlanuvchining og`ir ahvolda qoldirilishi natijasida o`lim sodir bo`lgan hollarda qilmish JK 118- moddasi 3-qismi «d» bandi va 117-moddaning 3-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Agar jabrlanuvchiga hayoti uchun xavfli og`ir tan jarohatlari yetkazilgan bo`lsayu, ammo bu JKning 104-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan oqibatlarga olib kelmasa, qilmish JK 118-moddasi 1-qismi va 104-moddaning 1-qismi bilan baholanadi.
Shaxsni o`ta og`ir oqibatlarga olib kelgan nomusga tegishda ayblash uchun ana shu oqibatlar qasddan qilingan harakat yoki ehtiyotsizlik natijasi ekanligini aniqlash zarur.

Download 73.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling