Jinsiy erkinlikka qarshi kurash


Bir guruh shaxslar tomonidan nomusga tegish


Download 73.5 Kb.
bet5/10
Sana10.03.2023
Hajmi73.5 Kb.
#1256943
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
jinoiy

Bir guruh shaxslar tomonidan nomusga tegish deganda, jinoyatni sodir etishda ikki yoki undan ortiq aqli raso, 14 yoshga to`lgan jismoniy shaxslarning ishtirok etishi tushuniladi.
Jabrlanuvchi bilan jinsiy aloqani bevosita sodir etgan shaxs­gina nomusga tegishning ijrochisi deb e`tirof etilishi zarur. Ammo, nomusga tegishning ishtirokchilari (tashkilotchi, dalolatchi, yordamchi) bevosita jinsiy aloqa qilmagan, lekin boshqa shaxs­larning jabrlanuvchi bilan zo`rlik ishlatib, jinsiy aloqa qilishiga ko`maklashgan hollarda ularning qilmishi bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan nomusga tegish, deb e`tirof etilmaydi. Bunday hollarda ana shu shaxslarning qilmishi JK 28-moddasi orqali 118-moddaning tegishli qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Agar zo`rlab nomusga tegishning qolgan ishtirokchilari 14 yoshga to`lmaganligi yoxud aqli norasoligi sababli jinoyatning subyekti bo`la olmasa, bir guruh shaxslar tomonidan zo`rlab jabrlanuvchining nomusiga tegishni tashkil etgan, ammo jabrlanuvchi bilan jinsiy aloqada bo`lmagan shaxsning qilmishi JK 118-moddasi 1-qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi zarur. Bunday hollarda zo`rlab nomusga tegishning tashkilotchisi, agar u 18 yoshdan oshgan bo`lsa, JK 127-moddasi 3-qismi bilan ham javobgar bo`ladi.
Zo`rlab nomusga tegishning sodir etilishida ishtirok etgan, o`z harakatlari bilan ijrochining jinsiy aloqa qilishiga yordam bergan, ammo jabrlanuvchi bilan o`zlari jinsiy aloqa qilmagan shaxs­larning qilmishi JK 28-moddasi va 118-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan baholanishi lozim. Chunki bunday hollarda aybdorlar zo`rlab nomusga tegishni bevosita sodir etmaydilar, ya`ni jabrlanuvchi bilan bevosita jinsiy aloqa qilmaydilar.
Aybdorlar o`zaro kelishib, bir nechta ayollarga nisbatan zo`rlik ishlatib, qo`rqitib yoki ularning ojizligidan foydalanib, ular bilan birin-ketin jinsiy aloqa qilgan hollar ham zo`rlab nomusga tegish, deb topiladi.
O`ldirish bilan qo`rqitib nomusga tegish
(O`zR JK 118-moddasi 2-qismi «g» bandi)

Download 73.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling