Jinsiy erkinlikka qarshi kurash


Download 73.5 Kb.
bet3/10
Sana10.03.2023
Hajmi73.5 Kb.
#1256943
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
jinoiy

Jismoniy ojizlik deganda, shaxs aybdorning o`zi bilan jinsiy aloqaga kirishayotganini tushunsa ham zo`ravonga qarshilik ko`rsatish imkoniyatiga ega bo`lmagan holati (jismoniy kamchiligi, nogironligi natijasida, qarib qolganligi, jismoniy toliqqanligi sababli va hokazo) tushuniladi.
Jabrlanuvchining yoshligi, agar u o`zi bilan jinsiy aloqa qilishga rozilik bergan bo`lsa, uning ojizlik holatidan foydalanib, nomusga tegish, ya`ni yoshlar bilan jinsiy aloqa qilish deb kvalifikatsiya qilish uchun asos bo`lmaydi.
Alohida har bir holda jabrlanuvchining o`z yoshidan kelib chiqib, uning jinsiy aloqaning mohiyatini tushungan yoki tushunmaganligini aniqlash zarur. Basharti, kichik yoshdagi bola o`zi bilan sodir etilayotgan jinsiy aloqaning ahamiyatini tushungan va o`zi jinsiy aloqaga rozilik bergan bo`lsa, aybdorning qilmishi O`zbekiston Respublikasi JK 128-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim, buning uchun jabrlanuvchining voyaga yetmaganligini ayblanuvchining oldindan bilganligi zaruriy shart hisoblanadi.
Ichkilik yoki giyovandlik vositasi ta`sirida mast holda bo`lgan jabrlanuvchi bilan zo`rlik ishlatmay va qo`rqitmay jinsiy aloqada bo`lish jinsiy aloqani jabrlanuvchining ojizligidan foydalanib sodir etilgan, deb e`tirof etish uchun asos bo`la olmaydi.
Ojizlik holati deganda, mastlikning shunday darajasi tushuniladiki, bunda jabrlanuvchi o`zi bilan jinsiy aloqaga kirishilayotganini idrok eta olmaydi.
Nomusga tegish tarzidagi qilmishlarni kvalifikatsiya qilishda jabrlanuvchining ana shunday (ojiz) holatga tushishiga o`zi yoki boshqa biron kishi sabab bo`lganligi ahamiyat kasb etmaydi.
Jinsiy aloqa jabrlanuvchini aldash yo`li bilan (masalan, uylanishga, turmushga chiqishga va`da berish, boshqa biron imtiyoz berish) roziligini olib sodir etilgan bo`lsa, jinsiy aloqa qilgan shaxsning qilmishi nomusga tegish, deb kvalifikatsiya qilinmaydi.
Nomusga tegish defloratsiya yoki eyakulyatsiyadan qat`i nazar, jinsiy aloqa boshlangan paytdan e`tiboran tugallangan jinoyat deb e`tirof etiladi. Bevosita jinsiy aloqani sodir etishga qaratilgan, ammo aybdorning xohish-irodasiga bog`liq bo`lmagan sabablarga ko`ra nihoyasiga yetkazilmagan harakatlar nomusga tegishga suiqasd deb topiladi va O`zbekiston Respublikasi JK 25-moddasi hamda 118-moddasining tegishli qismi bilan (masalan: jabrlanuvchining irodasini bukish maqsadida uning kiyimlarini yechish, yirtish, mushtlash, kaltaklash, azob berish va hokazo) kvalifikatsiya qilinishi kerak.
Bularsiz bironta ham shahvoniy harakat, jinsiy aloqa qilishga urinish yoki shunday aloqani taklif etish nomusga tajovuz deb hisoblanmaydi.
Jabrlanuvchiga nisbatan uning sha`ni, qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlar sodir etilgan bo`lsa-yu, ayni vaqtda ayblanuvchining zo`rlik ishlatib jinsiy aloqa qilish niyati bo`lmagan bo`lsa, bunday shaxsning harakati nomusga tajovuz sifatida emas, shaxsga qarshi qaratilgan jinoyat (badanga shikast yetkazish, haqoratlash va hokazo) sifatida kvalifikatsiya qilinishi kerak.
Shaxs zo`rlik ishlatib, qo`rqitib yoki jabrlanuvchining ojizlik holatidan foydalanib, u bilan jinsiy aloqa qilishni istagan, ammo buning uchun qulay imkoniyat bo`lishiga qaramay, jinsiy aloqa qilmagan hollarda, qilmish nomusga tegishdan ixtiyoriy ravishda bosh tortish deb qaralishi kerak.
Bunday hollarda, O`zbekiston Respublikasi JK 26-moddasiga muvofiq, nomusga tegishdan ixtiyoriy qayt­ganlik uchun shaxs jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Ammo aybdorning qilmishida boshqa jinoyatning alomatlari bo`lsa, u ana shu jinoyat uchun javobgarlikka tortilishi kerak. Masalan, badanga shikast yetkazganlik, haqoratlash, mol-mulkni nobud qilish kabi nomusga tajovuz vaqtida sodir etilgan boshqa qilmishlar uchun.

Download 73.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling