Jismoniy madaniyat nazariyasining ilmiy tadqiqot uslublari


I.Bob.Ilmiy tadqiqotda nazariy taxlil va umumlashtirish


Download 0.5 Mb.
bet2/6
Sana02.02.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1147883
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Pedagogik kuzatishlar ilmiy tadqiqot usuliyati

I.Bob.Ilmiy tadqiqotda nazariy taxlil va umumlashtirish
1.1.Pedagogik kuzatish ilmiy tadqiqot uslubiyatlari
Barcha ilmiy fanlar kabi jismoniy madaniyat nazariyasi ilmiy izlanish uslublaridan foydalanadi. Hozirgi kunda ilmiy tekshirish uslublarining turlicha xillari bo`lib, qo`shma fanlarning tadqiqot uslublaridan, ayniqsa, fiziologiya, antropologiya, bioximiya, psixologiya va sotsial-tarixiy izlanish uslublaridan ko`prok extiyoj sezilayotganligi ahamiyatga molik.
Jismoniy madaniyat nazariyasining asosiy ilmiy tadqiqot uslublari–nazariy taxlil va umumlashtirish, pedagogik ko`zatish, eksperiment (tajriba) va matematik xisoblashdan iboratdir.
1. Ilmiy tadqiqotda nazariy taxlil va umumlashtirish.
Bizga ma`lumki, nazariy taxlil va umumlashtirish adabiyot materiallarini tula taxlil qilish va umumlashtirishdan boshlanadi. Adabiyot materiallarini tulik urganib chiqish juda qiyin. Sababi fizio logiya faiing o`zidan bir yilda ilmiy ishlarga oid 3000 dan ortik tadqiqot ishlarining natijalari e`lon qilinmoqda. U har 4-5 yilda yana shun chadanga ko`payadi bundan tashqari ilmiy jurnallardagi tadqiqotlar haqi dagi makolalar bir necha marotaba ko`paymoqda. Bunda yordamchi ilmiy predmet - "bibliografiya" fani tadqiqotchining ishini yengillash tiradi. U nash? qilingan adabiyotlarni tartibga soladi va ruyxatini to`zib chiqadi. Retrospektiv uslub orqali sistemaga solish ma`lum dav? ichidagi mavjud adabiyotlarning ilmiy yunalishi bo`yicha yangiliklarga qisqa izox beradi.
Bundan tashqari, tadqiqotchi "bibliografik tavsifnoma"dan ham foydalanadi. Tavsifnoma yangi chiqan adabiyot uchun yozma ravishda yoki referat sifatida(olingan ilmiy ish natijasini qisqartirgan xolda) tayyorlaydi, unga izox beradi.
Bibliogafik izlanish esa tadqiqotchining adabiyotlar ustidagi bir lamchi ishi bo`lib, tekshiruvchi izlanish orqali topilgan qarama-qarshi liklar ustida nazariy baxs yuritadi, ularni bir-biri bilan taqqoslaydi.

Nazariy taxlil va umumlashtirishning yana bir uslubi xujjat materiallari ustida ishlashdir. Jismoniy madaniyatning ko`p tomoni amaliy mashg`ulotlar uchun to`zilgan rejalar, kundaliklar, konspktlar va tunga uxshashlarda ifodalanadi. Ular albatta amaliyotni nazarda tutgan xolda to`zilgan bo`ladi. Ularni ilmiy jixatdan chukur o`rganish kutilmagan natijalarni berish mumkin. Masalan, jaxonning kuchli sportchilarini tayyorlash va ularning shug`ullanish rejalarini solishtirish, malakali sportchilarning kundaliklari, xaftalik, oylik, yillik jismoniy yo`q larning xajmi, mikdori, bajarish intensivligi va boshqalar tadqiqot chiga manba bo`lishi mumkin.


Ilmiy tadqiqot uchun musobaqa materiallari, ko`p yillik trenirovkalarning natijalarini o`rganish ham ob`ekt bo`ladi. Ilmiy maqsadda to`zilgan anketalar ham xujjat materiallari bo`lib xizmat qilishi mumkin. To`zilgan savollarga "xa" va "yo`q" deb javob berish ham ko`p xulosalarga olib keladi.
2. Pedagogik kuzatish ilmiy tadqiqot uslubiyatlari.
Bu guruxlarga xos metodlarning ijobiy tomoni shundaki, izlanuvchining o`zi tadqiqotda aynan ishtirok etmaydi. Bunga pedagogik izlanish kiradi. Hayotdagi ko`zatishdan farqli ularok, bu uslub ko`zatish pred metini aniq ifodalaydi, ko`zatilayotgan va undan aniqlangan dalillarni tezlik bilan xisobga oladigan sistema ishlab chiqadi va uni izlanishda qo`llaydi. Maxsus protokollar, yozuvdagi shartli ifodalagichlar va xokazolar. Barcha ilmiy ko`zatishlar natijasi ko`zatuvchining shaxsiy kobi liyatigagina bog`liq bo`lmasligi lozim, chunki urganilgan dalillar natijalar ko`pchilikda turlicha fikr xosil bo`lishiga olib keladi (bu metodda bir necha ko`zatuvchi bir paytning o`zida ko`zatish olib boradi va ular solishtiriladi. Bunda ayrim apparatlar usha harakatning bajari lishniy takrorlaydi yoki shunda ulchovga qarab aniq ko`zatib xulosalar qilinadi: foto, kinos`yomka, video, magnit tasmasi yozuvi va boshqalar).
Hozirgi zamon nazariyasi harakatlarni bajarishdagi ayrim ifoda langan (ijro etilgan, bajarilgan) dalillarni, bilimlarni aniq ifoda lashdan chiqqan xulosalar ob`ektivligida munozara, baxsga sabab bulmoq da.
Masalan, badiiy gimnastika, akrobatika, suvga sakrash, figurali uchish va xokazolarda harakatni ifodalashni bayon qilish (v "razitel nost)da tortishuvlarga duch kelinadi. Albatta, bunda pedagogik ko`zatish metodi kul keladi. Qator utirgan xakamlarning har qaysisi o`z fikrini bayon qiladi, umumiy xulosa shunga qarab chiqariladi.
Keng tarqalgan aniq xisobga olish metodlaridan biri xrono metr lashdir. «Xrono» - vaqt, «metr» ulchov demakdir. Bunda harakatni baja rish uchun sarflangan vaqtga qarab natija taxlil qilinadi. Masalan, 800 metrga yugurishda har bir 100 metr uchun sarf bo`lgan vaqt yoki darsni, trenirovka mashg`ulotining boshidan oxirigacha xronometrlash mashg`ulot ning asosiy vaqtini samarasiga baxo berish uchun foydalaniladi.
Ilmiy tekshirishning bu metodi tekshiruvchining o`zi tomonidan uyushtirilgan bo`lib, uning o`zini aktiv aralashuvi orqali olib boriladi. Bu metodda tekshiralayotgan jarayon maxsus sharoitda yoki yana qaytadan takrorlash uchun imkoniyat yaratiladi, tadqiqot uslubining qulay yoki qimmatli tomoni ham ana shundadir.
Jismoniy madaniyat jarayonida olib borilayotgan tajribani maxsus sharoitni xisobga olmay yoki sun`iy qaytadan usha sharoitni yaratishda tekshirilishi kerak bo`lgan masalaga oid bo`lmagan ochiq muammolar ham yuza ga kelishi mumkin. Bu uslubning salbiy tomonidir. Tajribani ob`ektiv utkazish amaliyotda tabiiy, modulli va laboratoriya eksperimentlari deb nomlangan xillarridan foydalaniladi.
Tabiiy eksperiment hayotiy sharoitda olib boriladi. Undan taj-riba ishtirokchilari butunlay bexabar (samaraligi shunda ham) bo`lishi mumkin. Masalan, bir maktabning ikki sinfda jismoniy madaniyat dars uslublar bilan olib borilib, natijani taqqoslash orqali qaysi samaradorligini aniqlashga erishiladi. Moduli eksperiment metodidan ko`zatuvchi hayotda uchraydigan oddiy sharoitdan bir oz o`zgargan muhitda tajriba utkazadi. Masalan, muskul kuchini ustirishda sportga yangi kelganlarda ish olib borildi, deylik.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling