Jismoniy madaniyat nazariyasining ilmiy tadqiqot uslublari
Download 0.5 Mb.
|
Pedagogik kuzatishlar ilmiy tadqiqot usuliyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Pedagogik kuzatishlar ilmiy tadqiqot usuliyati
- Qarshiboyev Asilbek Marat o’gli
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI SPORT VA CHAQIRIQQACHA HARBIY TA’LIM FAKULTETI JISMONIY MADANIYAT KAFEDRASI Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanidan KURS ISHI Mavzu: Pedagogik kuzatishlar ilmiy tadqiqot usuliyati
Chirchiq – 2023 Mavzu: Pedagogik kuzatishlar ilmiy tadqiqot usuliyati Mundarija: Kirish………………………………………………………………….…………3 I.Bob.Ilmiy tadqiqotda nazariy taxlil va umumlashtirish……………………….5 1.1.Pedagogik kuzatish ilmiy tadqiqot uslubiyatlari……………………………5 1.2.Eksperiment ilmiy tadqiqot metodi…………………………………………8 II.Bob.Jismoniy tarbiya nazariyasi bo’yicha olib borilayotgan tadqiqot uslubiyotlari………………………………………………………….…………12 2.1.Jismoniy tarbiya kuzatish metodi……………………………………………12 2.2. Jismoniy tarbiya va sport kuzatishlar ilmiy tadqiqot metodi………………17 Xulosa………………………………………………………………………..…29 Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………...…30 Kirish O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev “Biz sog’lom avlodni tarbiyalab yetkazishimiz kerak. Sog’lom kishi deganda faqat jismoniy sog’lomlikni emas, balki sharqona odob-axloq va umumbashariy g’oyalar ruxida kamol topgan insonni tushunamiz”, - deydi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi yig’ilishidagi ma’ruzasida. “Sog’lom avlod uchun” ordeni ta’sis etilganligi, xalqaro xayriya jamg’armasi tashkil qilinganligi ham kelgusida sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalab yetkazishga xizmat qiladi. Har kim o’zini jismonan tarbiyalashi uchun jismoniy madaniyat va sportning zarurligini tuShunib yetishi va qunt bilan o’ziga yoqqan ma’lum bir jismoniy mashg’ulotlar tizimi asosida salomatligini shakllantirishi kerak. Xalqimiz farzandlarining jismoniy qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirish tarbiyaning ajralmas qismi bo’lgan jismoniy madaniyat jarayonida amalga oshiriladi. Jismoniy madaniyatning maqsadi jamiyatning sog’lom, xushchaqchaq, har tomonlama jismoniy rivojlangan, mehnat va Vatan himoyasiga tayyor turgan quruvchilarini tarbiyalashdan iborat uzoq muddatli, uyushtirilgan pedagogik jarayondir. O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturiga muvofiq tasdiqlansin. Quyidagilar Dasturning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:jismoniy tarbiya va sport sohasini tashkil etish va boshqarish tizimini rivojlantirishga yo‘naltirilgan qonunchilikni yanada takomillashtirish;jismoniy tarbiya va sport sohasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy sport komplekslarini qurish, ularni zamonaviy sport uskunalari va anjomlari bilan jihozlash, mazkur sohada xususiy sektorni rivojlantirish;jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish muassasalarini ilmiy-uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda sport maktablarini yuqori malakali murabbiylar va tibbiyot xodimlari bilan ta’minlash;ta’lim muassasalari o‘quvchi va talabalari, aholining keng qatlamlari o‘rtasida sog‘lomlashtirish, jismoniy tarbiya, ommaviy sport ishlarini tashkil etish, kompleks sport musobaqalarini o‘tkazish, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish va ularni maqsadli tayyorlash; O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2020-yil 24-yanvardagi “O’zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari tog’risida”gi 5924-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash hamda O’zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligining sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining 2022-yil uchun Respublika kalendar rejasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi yangi qarorni imzoladi. Qarorda mamlakatda aholining, ayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratilgani, iqtidorli sportchilarni saralab olish va maqsadli tayyorlash ishlarini tizimli tashkil etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilgani, o‘quvchi va talabalar orasida tobora ommalashib borayotgan «Umid nihollari», «Barkamol avlod», «Universiada» sport musobaqalari yoshlarni ommaviy tarzda sportga, sog‘lom sport tarziga oshno qilishning samarali vositasiga aylangani ta'kidlangan.O‘quv-trenirovka jarayonida murabbiy o‘z rahbarligi ostida shug‘ullanayotgan turli yoshga mansub guruh a’zolari tarkibidan qobiliyatli, boshqalarga o‘rnak bo‘ladigan bolalarni tanlab olishi va ularni o‘ziga faol yordamchi qilib tayyorlashi nafaqat mashg‘ulotlar samaradorligini oshiradi, balki sport intizomi, umuman ta’lim-tarbiya jarayonini maqsadga muvofiq tashkil qilishga yordam beradi. Ushbu masalaning yana bir ahamiyatli joyi, ya’ni yordamchi faollar joyi shundaki, yordamchi faollar ommaviy voleybolni tashkil qilishda, iste’dodli bolalarni izlab topish, turarjoylarda – mahallalardagi bolalarni voleybolga jalb qilish, musobaqalar tashkil qilish, me’yoriy mashq-testlarini hamda «Alpomish» va «Barchinoy» testlarini qabul qilishda alohida o‘rin egallaydi. Har bir murabbiyni sport to‘garagi va sport maktablarida o‘quv-trenirovka jarayonini maqsadga muvofiq tashkil qilishi uchun shug‘ullanuvchi bolani ta’lim olayotgan maktabi, o‘qituvchilari va ota-onalari bilan hamkorlikda ishlashi muhim ahamiyat kasb etadi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling