Jismoniy tarbiya fani bo'yicha o'quv tarbiya jarayonini rejalashtirish texnologiyasining asoslari
Download 158 Kb.
|
Oliy ta\'limda jismoniy tarbiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- II Bob Oliy talim muassalarida j ismoniy madaniya bo‘yicha ish shakllari
Oliy ta'limda jismoniy tarbiya Mundarija: Kirish………………………………………………………………………...…….3 Asosiy qism I Bob Oliy ta'lim muassalarida jismoniy tarbiya 1.1 Oliy ta'lim muassalarida jismoniy tarbiya fani bo`yicha rejalashtirish shartlari……………………………………………………………………….…….9 1.2 Oliy ta'lim muassalarida jismoniy tarbiya O`quv-tarbiya ishlarini rejalashtirish guruhlari…………………………………………………………….14 II Bob Oliy ta'lim muassalarida jismoniy madaniya bo‘yicha ish shakllari 2.1 O‘quvchilar jismoniy tarbiyasi……………….……………………………..18 2.2 Jismoniy tarbiya nazariyasi va mеtodikasi …..……………..28Xulosa…………………………………………………………………………….29 Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………30 Kirish Kurs ishining dolzarbligi: Jismoniy tarbiya bo`yicha o`quv dasturlari doimo takomillashib, vaqti bilan o`zgarib boradi. Maktab dasturining o`zgarish sabablariga quyidagilar kiradi: -o`quv dasturida o`zgarishlar bo`lsa; -o`quv sport bazasining birmuncha yaxshilanishi, fan yutuqlari va ilg`or tajribalarni o`quv jarayoniga qo`llash; -o`quvchilar ma`lumotining oshishi, metodikaning takomillashganligi, o`quvchilarning tayyorgarlik darajasi; - jismoniy tarbiyada yangi vazifalarning qo`yilishi izlanishga chaqiradi va yangi maqsadlarni hamda ish usullarini qo`llashni talab etadi. DTS va o`quv dasturining uqtirish xatini sinchiklab o`qish zarur, chunki unda o`qituvchi uchun eng zarur va muhim ma`lumotlar mavjud. Biroq dastur qanday takomillashgan bo`lmasin, bu hujjat “jismoniy tarbiya” fanini maqsadini, o`quv materialini va mazmunini belgilovchi hujjatdir. Eng muhimi, uni amalga oshirishda yuqori natijalarga erishish zarur. Jismoniy tarbiyaning hamma shakl va turlari shunga qaratilgan. Shuning uchun o`qituvchi o`quvchilarning jismoniy tarbiya darslarini bilimdonlik bilan rejalashtirishi kerak. O`qituvchilarning ko`p yillik tajribalari shuni ko`rsatadiki, jismoniy tarbiya darslaridan qo`yilgan vazifalarning samaradorligi tizimini tashkil etish zarur. Bu tizim qator rejalarni mantiqiy bir-biriga bog`lab, tugallangan hisoblanadi. Bularning har biri o`z funktsiyasiga ega. Bir butun olganda jismoniy tarbiya jarayonini maqsadga muvofiq qilib tashkil etish imkonini beradi. Bu tizim quyidagi hujjatlarni o`z ichiga oladi: a) yillik o`quv-tarbiya ishlarining reja-grafigi; b) dastur materiallarini darslarga taqsimlash rejasi, ish reja va dars konspekti. O`quv-tarbiya ishlarining reja grafigi. Bu barcha parallel sinflar uchun bir yilga tuziladi. Uning asosiy vazifasi bir tekis, o`quv materialini maqsadga muvofiq qilib taqsimlash va yillik ishni tartibga solishdir. Grafikni tuzib chiqish o`quv meteriallarining tahlilidan boshlanadi. Bu asosiy mashqlarni aniqlash, vaqtni hisobga olish, ularni o`zlashtirish uchun zarurdir. Hozirgi dastur tahlili shuni ko`rsatdiki, mashqlar har bir sinfda aniq qo`yilgan. Vaqtni taqsimlab chiqishda mashqlarni murakkabligini va o`quvchilar tomonidan shu mashqlarni o`zlashtirishning qiyinligi bilan bog`liq bo`lgan tomonlarni hisobga olish zarur. Download 158 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling