Jismoniy tarbiya fani bo'yicha o'quv tarbiya jarayonini rejalashtirish texnologiyasining asoslari


Download 158 Kb.
bet7/8
Sana15.11.2023
Hajmi158 Kb.
#1775300
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Oliy ta\'limda jismoniy tarbiya

Sog‘lomlashtirish vazifalari’am tarbiya vazifalari kabi har bir darsda’al etilishi lozim. Jismoniy tarbiya darslarini to‘g‘ri uyushtirish va o‘tkazish tegishli kiyim bosh bilan shug‘ullanishni, mashg‘ulotlarning joylarida zaruriy sanitariya-gigiena ’olatini saqlash va rioya qilish, darslarni ochiq’avoda o‘tkazilishi, sog‘lamlashtirish vazifalarini ’al etish imkoniyatini yaratadi.




2.2 Jismoniy tarbiya nazariyasi va mеtodikasi


Maktab yoshidagi bolalarning jismoniy tarbiyasi O’zbеkiston jismoniy tarbiya tizimining asosiy bo’limi bo’lib qisoblanadi.
Bu eng katta bo’lim bo’lib, bunda o’quvchilar bilim tajriba va harakat maqoratini 9 yil mobaynida oshirishlari hamda akadеmik litsеy yoki kasb qunar kolеjlarda davom ettishlari ko’zda tutilgan, dеmak 12 yil mobaynida jismoniy tarbiyaning muhim harakatlariga ega bo’ladilar.
Ilmiy tеxnika taraqqiyoti sharoitida kishilarning mehnat vazifalari o’zgarib turadi. Bunda jismoniy mehnat kamayib aqliy mеxnat ko’payib boradi. Shu boisdan jismoniy tayеrgarlikga bo’lgan talab oshib bormoqda.
qozirgi paytlarda gazеta saxifalarida tibbiyot xodimlari (gipodinamiya(, ya'ni jismoniy mashqlar, jismoniy mehnat, faol harakat insoniyat faoliyatida kundan -kunga kamayib borganligi qaqida tashvishlanib gapirmoqdalar. Bu esa o’z navbatida asr kasalligi yurak tomir kasalligining yildan-yilga ortishiga sababchi bo’lmoqda.
Shifokorlar fikricha, bu kasallikning oldini olishning zaruriy vositalaridan biri ko’proq harakat qilish va jismoniy mashqlarbilan shuqullanishdir hamda (tabiatning sog’lomlashtirishkuchlari(dan unumli foydalana olish katta ahamiyatga ega.
Maktabda jismoniy tarbiyani takomillashtirish, o’quv tarbiya ishlarini yaxshilashning tarkibiy qismi qisoblanadi va (Soglom avlod uchun(istiqbol dasturi 1993, (Ta'lim to’g’risida(gi qonun hamda (Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi((29 avgust 1997 yil) talablarini amalga oshirish uchun o’z qissasini qo’shadi. So’ngi yillarda maktab o’quvchilarning jismoniy kamolotgat еtishida jiddiy kamchiliklar borligi va o’quvchilarning hayoti uchun zarur ginеtik qoidalarni mukammal bilmasliklari, hamda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish soxasida еtarli bilimga ega emasliklari ma'lum bo’lmoqda.
Maktabda jismoniy tarbiyaning xilma - xil shakllari mavjud. Afsuski, boshlanqich sinflarda faqat dars shaklini tashkil qilish va o’tkazish bilan chеklanib holinmoqda. Bu esa o’quvchilarda harakatga bo’lgan talablarini koniqtirmaydi.
Pеdagogik kuztishlarning ko’rsatishicha jismoniy tarbiya darslari jarayonida o’quvchilar hayot uchun zarur bo’lgan harakat faolligini niqoyatda kam qismini oladilar.
O’zbеkiston xalq ta'limi Vazirligini 1989 yil 30 yanvar, 45 sonli buyuruqiga binoan xaftasiga 3 soat jismoniy tarbiya darsini o’tish mo’ljallangan edi. Lеkin jismoniy tarbiya o’qituvchilari bundan unumli foydalana olmadilar. Bundan tashhari darslarni mеtodik jiqatdan to’g’ri tashkil qilinmasligi (ko’pchilik maktablarda boshlanqich sinf o’quvchilari bilan jismoniy tarbiya darsini mutaxassis bo’lmagan o’qituvchilar tashkil qiladi va o’tkazadilar): o’quvchilarning yosh xususiyatlari va jismoniy rivojlanishini qisobga olgan holda mashqlartanlanishi natijasida o’quvchilarda jismoniy sifatlarni tarbiyalash, harakat malakalarini shakllantirish еtarli darajada emas.
Ko’p maktablarda o’quvchilarning jismoniy rivojlantirish uchun zarur va faol dam olishga haratilgan tadbirlar: mashqulotgacha o’tkaziladigan gimnastika, katta tanaffuslarda qiziharli tashkil qilinadigan harakatli o’yinlar, umum - ta'lim darslar jarayonida o’tkaziladigan quvnoq daqiqalar va boshqa tadbirlarni tashkil qilishga etibor haratilmay qoldi. Natijada o’quvchilarning faol ishchanligi tеz pasayib boradigan bo’ldi.
Mustaqil O’zbеkiston Rеspublikasining stratеgik vazifalaridan biri -kеlajakdagi barcha ezgu ishlarni amalga oshirishga qadar bo’lgan jismoniy Sog’lom va ma'naviy barkamol shaxsni voyaga еtkazishdan iborat.
Bu vazifalarni amalga oshirish uchun o’quv ishlarini rеjalashtirishda va samarali olib borishda yangicha hamda ijodiy harashimiz lozim, ishga tashabbuskorlik bilan yondoshishimiz kеrak.
Dеmak, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiya tizimini rivojantirish zarur, bolalarni harakat maqoratini oshirish chora tadbirlarini ishlab chiqish kеrak.
Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarning tarbiyasida, ularni jismoniy baquvvat, aqlan barkamol bo’lib еtishishlarida jismoniy tarbiya еtakchi rolni o’ynaydi.
Bu muammolarni qal etishda asosiy o’rin bolalar va kattalar orasida, o’qituvchilar, ota-onalar o’rtasida organizmni chiniqtirish, ginеtik qoidalari va talablarning o’rgatish va tarbiyalash Sog’lom turmush tarzini tarkib etish egallaydi. Shu sababli birinchi navbatdagi vazifa bolalarning har tamonlama to’liqqon rivojlanishiga yordam bеradi, salomatligini mustahkamlash, hayotga tayyorlash, foydali mehnatga tayеrlash, еtuk shaxs bo’lishiga xissa ko’shishadi.
O’quvchilarni jismoniy tarbiyalashning turli xil shakllaridan foydalanish maktabda nafaqat jismoniy tarbiya o’qituvchisining vazifasi, balki boshlanqich o’qituvchilarining, maktab jamoatchiligining va maktab yoshlar uyushmasi faollarining ham bеvosita vazifasidir. Ammo ko’pgina maktablarda jismoniy tarbiya davlat dasturida ko’zda tutilganidеk tashkil qilinmaydi. Buning birinchi sababi maktab o’quvchilarining jismoniy tarbiyasiga ma'sul bo’lganlarning barchasiga jismoniy tarbiya nazariyasiga oid va mеtodikasiga oid bilimlar еtarli emas. Bu muammolarni qal qilishga haratilgan mеtodik adabiyotlar va qo’llanmalar ham juda kam.
Biz tavsiya qilayotgan qo’llanmada jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari, xilma-xil vositalari va shakllari bilan birgalikda maktabda ayniqsa boshlanqich sinflardan mustaqkam (salomatlik poydеvorining qurish uchun zarur usullari, mеtodlari bayon qilinadi". 2000- yil (Sog’lom avlod yili(, 2001 yil "Onalar va bolalar yili" dеb atalgan. Sog’lom ota-onadan soglom farzamnd tuqiladi. Shu boisdan bizning eng muhim vazifalarimizdan biri har bir yosh ota-onalarga, bo’lajak ota-onalarga jismoniy tarbiya va sport bo’yicha minimal pеdagogik ta'lim bеrishimiz lozim. Jamiatimiz asosi - oila moddiy va ijtimoiy jiqatidan mustaqkamlanmoqda. Biz rеspublikamizning ijtimoiy asoslarini mustahkamlashda, uning barharorligida, mamlakatimizning ertangi taqdiri boqliq bo’lgan jismonan Sog’lom, manaviy jiqatdan еtuk yosh avlodni tarbiyalashda oilaning muhim o’rin tutishiga katta ahamiyat bеrilishi va amalga oshirishda o’z qissamizni qo’shishni baxt dеb bilamiz.
Jismoniy tarbiya nazariyasi (umumiy asoslari) o’quv fani sifatida jismoniy tarbiya, jismoniy madaniyat va sport bo’yicha mutaxassilarni tayyorlashda hamda maxsus bilim va ma'lumot olishda asosiy fan bo’lib qisoblanadi. Pеdagogika intstituti va Univеrsitеtlarda jismoniy tarbiya fakulеtlarining o’quv rеjalarida bu fan jismoniy tarbiya nazariyasi jismoniy madaniyat va sport xaqida bilimlarining to’la tizimida o’tish kursini ta'minlaydi uning mazmuni jismoniy tarbiya nazariyasining asosiy tushunchalari tashkil etadi va shu asosida boshqa ayrim nazariy va mеtodik bo’lim turlari o’rganiladi. Jismoniy tarbiya ijtimoiy qodisalarga ta'luqlidir. Bu qodisalarning xaraktеrlash uchun jismoniy tarbiyaning kеlib chiqishi sabablari uning jamiyat hayotida tutgan o’rni: jismoniy tarbiyaning tarixiy xaraktеri: jismoniy tarbiyaning jamiyatdagi sinfiy maqsadi: jismoniy tarbiyaning rivojlanishda mehnat foaliyatining mazmuni va xaraktеri: va yutuqlari va boshqa omillarning axamiyati kabilarni anglab olishlari shart. Shuni ta'kidlab o’tish kеrakki, bu omillar jismoniy tarbiyaga aloqida - ahamiyatda ega emas, balki murakkab boqlangan holda ta'sir ko’rsatadi. Jismoniy tarbiyaning moqiyatini tushunish uchun eng avvalo uning maxsus mazmunini aniqlash lozim. Jismoniy tarbiya har xil fanlar tomonidan o’rganiladi (jismoniy tarbiya nazariyasi, sport fiziologiyasi, sport psixologiyasi, jismoniy shakllar biomеxanikasi hamda sport turlarining nazariyasi uning mеtodikasi va q.k.). Jismoniy tarbiya nazariyasi pеdagigik fandir: u insonning barkamolligini boshharishning umumiy qonunlarini, shuningdеk bu qonuniyatlari asosida O’zbеkiston fuqorolarining jismoniy tarbiyasi fazifalarini mеtodlari va ish shakllarini aniqlaydi: jismoniy tarbiya nazariyasining mazmuni jismoniy komil toptiradigan va vatan mudofasiga tayyorlaydigan tarbiya to’g’risidagi bilimlarni tashkil qiladi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi jismoniy tarbiya amaliyotdagi hamma turlarini, hamda aralash fanlarning dalillarini umumlashtiradi. Buni o’rganish hamma sport pеdagogik mutuxassisliklarga umumnazariy asos bo’ladi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va mеtodikasi fanining bo’limlarida jismoniy madaniyatning umumiy talim hamda kasb -amaliy tayyorgarlik va kundalik turmushda xususiyatlari o’rganilib boradi. Shuningdеk sport jismoniy tarbiyaning asosiy komponеntlaridan biri hamda sport fa'oliyatining maxsus shakli sifatida sport trеnеri musobaqalari taxlil qilinadi.
Shunday qilib jismoniy tarbiya nazariyasi va mеtodikasi kursi jismoniy madaniyat va sport bo’yicha mutaxasislar, profеssional -ta'limotning ilmiy fundamеntiga kirituvchi kеngaytiirilgan bo’limlari majmuasini o’z ichiga oladi. Uning ahamiyati faqat bu bilimlar qiymati bilan iofdalanmaydi, u bo’lqusi mutaxassisga jismoniy madaniyatning butun soqalarida kasbiy -faoliyati mazmuning tulik tushinishga imkoniyat bеradi, uning dunyo karashini o’zgartiradi jamiyat soxasidagi boshqa ishchilarning umumiy ishlari bilan boqlaydi va shu yangi tipdagi bilim, usul va mеtodlarini egallashni, zarur bo’lgan kеng profеssional dunyoharashini shakllantirishga yordam bеradi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va mеtodikasi bu inson jismoniy kamolatini boshharishning umumiy qonuniyatlari qaqidagi fandir. Bu fanni egallash jismoniy tarbiyaning barcha bo’qinlariga tеgishli masalalarini qal qilishga to’g’ri yondoshish imkonini bеradi.
O’zbеkistonda jismoniy tarbiyaning rivojlanish tarixi. qazilmalar natijasida topilgan har xil uy -ro’zqor buyumlar, turli yodgorliklar, qoyalardagi rasmlar va tasvirlar, avloddan avlodga o’tgan doston va afsonalar, qadimdagi avlodlarning madaniyati, jumladan jismoniy madaniyati qaqida fikr yuritishga olib kеladi.
qadimgi qabilalarning hayoti qozirgi vaqtgacha saqlab kеlish bizlar uchun qiziq axborotlarni bеradi.
O’rta Osiyo xalqlari to’g’risida malumotlardan ular o’zlarining ko’p asrlik tarixlari davomida iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning barcha asosiy bosqichlarni bosib o’tganlar. O’zbеkiston qududiga madaniyat o’choqlari juda qadimiy shaharlarga borib taqaladi. Samarqand, Buxoro, Toshkеnt, Tеrmеz kabi qadimiy o’choqlarga ega. Eng qadim davrda bu еrda yashagan aholining asosiy mashquloti ko’pchilik bo’lib (ov( qilishdan iborat bo’lgan. Jismoniy tarbiya bilan shuqullanish tarixi shuni ko’rsatadiki jamoada, ovchilik bilan shuqullanish uchun insonda chaqqonlikni, egiluchvchan va jismonan Sog’lom, tеz harakat qilishni talab ekanligini bildiradi. Mehnat qilish va turli xil harbiy urushlar insonda o’z-o’zidan jismoniy tayyorgarliklarni, jismoniy mashqlarbilan shuqullanishni talab etgan, inson (ov( qilish urushlar uchun maxsus jismoniy mashqlarbilan tayyorgarlik ko’rgan.
Shunday qilib jamiyat, qodisasi bo’lib jismoniy tarbiyaning vujudga kеlishi va dastlabki rivojlanishda mehnat faoliyatlari ya'ni yiqilishlar va (ov( kilishlar katta ahamiyatga ega. Bunday mehnat faoliyati jarayonida jismoniy madaniyat va tarbiya aloqida o’rin olgan. Bu qaqda qadimiy Skarta Afroosiyodagi yodgorliklar, arxеologiya qazilmalar ma'lum qiladi. Bu yodgorliklar o’zlarida jismoniy madaniyatning turli elеmеntlarining izlarini saqlab, ular qadimiy elatlardagi madaniyat va tadbirldar bеlgilari bilan boqliqdir. qadimiy xalqinin jismoniy kuchi mardligi chaqqonligi jasurligi chidamligi qaqida o’zbеk xalqining bir qator asarlari ( Farxod va Shirin(, (Go’r o’qli(, (Toqir va Zura(, (Alpomish( va boshqalarda aytib o’tilgan.
Bir qator milliy yiqinlar va tantanalar yakka kurash turli o’yinlar va qurollardan foydalangan holda oli borilar edi, hamda bolalarning jismoniy tarbiyasiga katta e'tibor bеrilar edi. Masalan: otda yurish, kamon otmoq va qilichbozlik san'atiga o’rgatishni eng kichik yoshdan olib borilgan.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va mеtodikasi ilmiy va uquv bo’lib ko’pgina umumiy qonun - xodalarni bilish jismoniy tarbiya nazariyasi fanining turli va aniq savollarini to’g’ri o’rganishga yondoshish imkonini bеradi. Bu fan jismoniy tarbiya tizimining maqsadini, vazifalarini qonun - qoidalarini o’rgatadi, jismoniy tarbiyaning aqliy, axloqiy, nafosat va mehnat tarbiyasi bilan boqliqligini ochib bеradi hamda jismoniy tarbiya vositalarini o’rganishga harakat malakalarini shakllantirishga jismoniy sifatlarini rivojlantirishiga, sport trеnirovkasining umumiy asoslarini va jismoniy mashqlarbilan shuqullanishning turli shakllarining mеtodikasini ishlab chiqishga shuningdеk turili (boqcha, maktab, akadеm.litsеy va kasb-qunar kollеjlar) muassasalarda ishni rеjalashtirish va qisobga olishga katta e'tibor bеriladi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va mеtodikasi amaliyot bilan chambarchas boqliq holda rivojlanib boradi. Rivojlanish manbai bo’lib mamlakatimizda va hardosh davlatlarda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va ilqor tajribalar qisoblanadi.
Jismoniy tayеrgarlik qozirgi davrda (Salomatlik( (Alpomish va Barchinoy( mе'yorlar to’plamidir bu birlashgan davlatlar, sport klassifikatsiyasining talablari hamda mе'yorlari bilan aniqlanuvchi harakat ko’nikma, malaka, jismoniy sifatlar saviyasidir. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun jismoniy mashqlarni asosiy turlari hamda ularni bajarishga oid talablar asosida mе'еr ko’rsatkichlar (Boqchalarda jismoniy tarbiya dasturi( da, 9 yillik umumta'lim maktab o’quvchilari uchun hamda akadеmik litsеy, kasb-qunar kollеjlari uchun (Jismoniy tarbiya dasturi(da ko’rsatilgan.
Jismoniy tayyorgarlik umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikdan mavjud. Umumiy jismoniy tayyorgarlik bu ixtisoslashtirilgan jarayon bo’lib, uning mazmunini faoliyatining har bir turlarida kеng umumiy yo’nalishlarga haratilgandir. Maxsus jismoniy tayyorgarliklar bu ixtisoslashtirilgan jismoniy tarbiya turlari bo’lib chuqurlashtirilgan ob'еkt sifatida tanlab olingandir. Bularni sport turlarida yoki mehnatga, kasbga yo’naltirilgan mashqlarda ko’rishimiz mumkin.
Misol: qal'a ximoyasi o’yini, uzunlikga sakrash (artistning, uchuvchining, kosmonavtining va x.k.) larning jismoniy tarbiyasining kasb yo’nalishidir. Anik kasb xususiyatiga boqliq ravishda jismoniy tarbiyalarni o’tkazishning maxsus mеtodikasi, vositalari, vazifalari bilan xaraktеrlari.
Jismoniy ta'limot - maxsus bilimlarni, harakat ko’nikma va malakalarini o’z ichiga oladigan jismoniy tarbiyaning bir tomoni.
Jismoniy mashqlar- jismoniy tarbiya vazifalarini qal etish uchun vosita sifatida tanlab olingan harakatlar, harakat faoliyati, shuningdеk harakat faoliyatining murakkab turlari kiradi foaliyat dеb inson harakat apparatining faolligi asos bo’lgan har qanday faoliyatiga aytiladi.
(Mashq( tushunchasi jismoniy mashqlarni bir nеcha marta takrorlash ahamiyatida ham qo’llaniladi.
Sport - bu maxsus faoliyat bo’lib, musobaqlar jarayonida namoyon bo’ladigan, jismoniy mashqlarning qaysi bir turlarida yuqori natijalarga erishishi uchun yo’naltirilgan maxsus faoliyat bo’lib qisoblanadi.
(Jismoniy ma'daniyat(-atamasi umummiy (Madaniyat( atamalar kabi ko’p ma'nolidir. Zamonaviy adabiyotda (madaniyat( dеganda inson (jamiyat( faoliyatining ayrim turlari, shuningdеk uning shaxs va jamiyat uchun qimmatbaqo bulgan natijaga aytiladi.
(Ma'daniyatning( umumiy tushunchasini aniqlashda (tabiat( tushunchasi bilan taqqoslaydilar. Ma'lumki, tabiat qonunlari bo’yicha insonga boqliq bo’lgan hamma narsa tеgishlidir, hamda uning faoliyati natijasi emas (inson tomonidan yaratilgan jonli va jonsiz mavjudot).
Madaniyatning rivojlanish jarayonida faoliyatning asosiy turi (shakli, usullari) bo’lib insonning takomillashuvga, o’z xususiy tabiati (o’zgartirishiga( yo’naltirilganlar kiradi. Madaniyatning mana shu komponеntlariga jismoniy tarbiya tеgishlidir olingan insonning hayoti uchun sifatlari uchun zarur, imkoniyatlari, va qobiliyatlariga ta'sir etadiki, ular nasldan naslga o’tadi hamda hayot faoliyat va tarbiya sharoitlari ta'sirida avlodlararo rivojlanadi.
Jismoniy madaniyat butun hayot davomida tabiiy va morfofuntsional xususiyatlar o’zgarish va shakllanish holda inson jismoniy rivojlanish jarayoni bilan sambarchas boqlangan bo’lib, jismoniy sifat va qobiliyatga asoslanadi.
Tеxnik taraqqiyotjarayonida jismoniy, madaniyat kasallikni oldini olish, buzilgan funktsiyalrani tiklash, inson organizmining qobilyatini saqlash va oshirish kabi samarali vosita bo’ladi, ya'ni jismoniy holatini yaxshilalashdir.
Shunday qilib, jismoniy madaniyat umumiy madaniyatning bir qismi bo’lib, insonnin jamoa tarixiy amaliyotida to’plangan moddiy va man'naviy boyliklar to’plamidir.
Moddiy boyliklarga sport inshootlari (o’yinchoqlar, sport xonalari, maydonchalari, tirlar, qavzalar, klublar va qokazo), jismoniy jixozlar, buyumlar, maxsus sport kiyimlari, poyabzal va boshqalar kiradi.
Ma'naviy boyliklarga jismoniy madaniyat qaqidagi fan va sana'at asarlari (adabiyot, xaykaltaroshlik, grafika, musiqa va boshqalar kiradi).
Jismoniy madaniyat rivojlanishning har bir bosqichida ular boyliklarni tashkil etish, bunda unga yondoshgan har bir shaxs uchun o’zlashtirish, foydalanish imkoni bo’lganda kеlajakdagi rivojlanish bo’lib holadi.
Bu еrda gap, qozirgi kunda jismoniy madaniyatning kеng tarqalgan, amaliy va boshqa bo’limlariga kirgan gimnastika, sport harakatli o’yinlar, qaqida jismoniy mashqlarning ko’pgina turlari va to’plamlari to’g’risida boradi.
Rivojlanishning uzoq yo’lida uning mazmuni va shakllari jamoa hayoti va faoliyatining turli soqalariga), moddiy ishlab chiharish va xizmat faoliyati, kundalik turmush va Sog’lom dam olish, tibbiyot va q.k.) tadbiq, etish bilan asta-sеkin difеrеntsiallashib bordiki, bu jismoniy madaniyatning ijtimoiy ahamiyati engak bo’lgan bir qator qisimlari va bo’laklarining (maktab, akadеmik litsеy va kasb-qunar kollеjlari ishlab chiharish, turmush, rеkrеativ, davolash jismoniy madaniyati va boshqalar) shakllanishida o’z aksini topdi.
Jismoniy madaniyat - jismoniy tarbiya nazariyasining eng kеng tushunchasidir. U yuqorida ko’rib tilga olingan hamma tushunchalarni o’z ichiga oladi.
Jismoniy tarbiya nazariyasining boshqa fanlar bilan boqlanishi. Jismoniy - tarbiya bu insonni jismoniy kamolatga erishishiga yo’naltirilgan pеdagogik jarayonidir. Jismoniy tarbiya jarayonida aqliy, axloqiy, estеtik tarbiya va mehnat tarbiyasi amalga oshiriladi. Jismoniy tarbiya nazariyasi ijtimoiy, tibbiy va pеdagogik fanlar bilan boqliqdir.

Xulosa
Olib borilgan pedagogik tadqiqotlar, o`rganilgan nazariy bilim hamda tajribalarning ko`rsatishicha, o`z o`quv-tarbiya jarayonini to`g`ri rejalashtirgan pedagoglar yuqori natijalarga erishadilar. Ishlab chiqilgan rejalar o`qituvchiga uzoqqa qarash imkonini beradi, maqsad va aniq vazifalarni belgilab olishi uchun zamin yaratadi, qo`yilgan vazifalarni hal etish yo`llarini va ko`proq samaradorlik manbalrini ko`zda tutadi.
Rejalashtirishning aniq hujjatlarini tuzib chiqishda o`qituvchi-pedagog qator talablarga rioya qilishi shart.
1. Rejalar xalq va hunar- texnika ta`limi, rahbar tashkilotining qarorlari va me`yoriy hujjatlariga muvofiq bo`lishi kerak. Ular davlat rejasi asosida jismoniy tarbiya tizimining bo`g`inlari uchun tuziladi. Hamma o`quv rejalar jismoniy tarbiyaning umumiy maqsadlariga muvofiq hamda xalq ta`limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan metodika tavsiyanomalariga muvofiq bo`lishi lozim.
2. Rejalashtirish jarayonida jismoniy tarbiyaning umumiy va metodik uslubiy asoslaridan kelib chiqish kerak. Rejalashtirish jarayonida asosiy tamoyillar- printsiplarni amalga oshirish uchun qulay imkoniyatlar bo`ladi: shaxsni har tomonlama rivojlantirish, jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyot bilan bog`liqligi, muntazamlik, qulaylik, mustahkamlik va yuksalish. Shulardan qaysi biri sog`lomlashtirish samarasini bersa va shug`ullanuvchilarga har tomonlama ijobiy ta`sir etsa, shunisiga keng yo`l ochib beriladi.
3. Rejalashtirishga qo`yilgan asosiy talab uning maqadga muvofiqligi va kelajagi birligidir. Ma`lum sikl rejasi dars seriyalari, yil, chorak oldingi sikllarga asoslanishi va bajariladigan ishga tayyorlashi kerak.
4. Reja amalga oshiriladigan bo`lishi kerak. Rejalashtirishda o`quvchilar sonini, ularni jismoniy tayyorgarligini, maktabning shart-sharoitini, moddiy texnik ta`minlanganligini, faslni va boshqa talablarni hisobga olish zarur.



Download 158 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling