Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fanidan “Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida jismoniy, aqliy, axloqiy, estetik tarbiya turlarini shakillantirish ”
Download 52.75 Kb.
|
salohiddinova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kafedra mudiri: To’lqin Eshquvvatov. Dots. _____
- UMUMIY XULOSALAR. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI . Kirish. Mavzuning dolzarbligi.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT UNVERSITETI KATTAQO’RG’ON FILIALI MAKTABGACHA TA’LIM YO’NALISHI MAKTABGACHA TA’LIM VA PEDAGOGIKA KAFEDRASI JISMONIY TARBIYA NAZARIYASI VA METODIKASI fanidan “Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida jismoniy , aqliy , axloqiy , estetik tarbiya turlarini shakillantirish ” MAVZUSIDAGI KURS ISHI Bajaruvchi: Sulaymonova Hosiyat Salaydin qizi Ilmiy rahbar: Abdullayev Navro'z Kurs ishi Maktabgacha ta’lim va pedagogika kafedrasida bajarildi. Kafedra mudiri: To’lqin Eshquvvatov. Dots. _____ Kurs ishi kafedraning 2023-yil_____ majlisida himoya qilindi va __foizga baxolandi. Komissiya raisi: __________ A’zolari: _________ Kattaqo’rg’on-2023 MUNDARIJA KIRISH. I BOB. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida jismoniy , aqliy tarbiya turlarini rivojlantirish 1.1 Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida jismoniy tarbiyani shakillantirish 1.2 Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida aqliy tarbiyani shakillantirish II BOB Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida axloqiy va estetik tarbiya turlarini rivojlantirish 2.1 Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida axloqiy tarbiyaning o'rni. 2.2 Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida bolalarda estetik tarbiyani shakillantirish . UMUMIY XULOSALAR. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI. Kirish. Mavzuning dolzarbligi. Tarbiyaning maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, rivojlanishi, yoʻnalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi barkamol shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iboratdir. Chunki, kadrlar tayyorlash milliy modelimizning bosh muddaosi barkamol shaxs va intellektual salohiyatli mutaxassis tayyorlashdan iborat boʻlib, Oʻzbekistonning xalqaro andozalardagi zamonaviy taraqqiyotini ta’minlay oladigan, mustaqil fikr yuritadigan, tafakkurli, malakali, bilimli mutaxassis, ayni paytda insonning ichki sifatlari barq urib kamolotga yetgan kadrlarni tayyorlashni koʻzlaydi. Mazkur maqsadni amalga oshiruvchi asosiy omillardan biri tarbiya jarayonidir. Tarbiyaning maqsadi natijasi barkamol avlodni shakllantirishdir. Bu jarayon ikki tomonlama boʻlib, uyushtirish va rahbarlikni, shuningdek, oʻquvchi shaxsning oʻzi tomonidan faollik koʻrsatishni taqozo etadi. Bu jarayonda pedagog yetakchi vazifani bajaradi. Chunki ijtimoiy tarbiyaning umumiy maqsadlari, mohiyatini tushunadi, maqsad yoʻlida amalga oshirilayotgan vazifalar tizimidan yaxshi xabardor, tarbiya shakllari, metodlar va vositalarni asosli, ilmiy tarzda tanlab oladi va tarbiyaga tadbiq etadi. Inson shaxsi koʻp sonli omillar ta’siri natijasida shakllanadi va rivojlanadi: ob’ektiv va sub’ektiv, tabiiy va ijtimoiy, ichki va tashqi, odamlarning ongi va shuuriga bogʻliq boʻlgan va boʻlmagan. SHu sababli insonning oʻzi ham tashqi ta’sirni shunchaki aks ettiruvchi sust mavjudot emas. U oʻzining shaxsiy shakllanishi va rivojlanishi sub’ektidir. Tarbiya – shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon boʻlib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkonini beradi. Tarbiya - shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma’naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan hissiyotlarga ega boʻlishini ta’minlash yoʻlida koʻriladigan chora-tadbirlar yigʻindisi. Tarbiya jarayoni oʻzaro bogʻliq boʻlgan ikki faoliyatni – oʻqituvchi va oʻquvchi faoliyatini oʻz ichiga oladi. Tarbiya jarayonida oʻquvchining ongi shakllanib boradi. His-tuygʻulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur boʻlgan va ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil boʻladi. Download 52.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling